Bromgeksin sirop 40ml Radiks
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Bromgeksin sirop 40ml Radiks
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
BromgeksinTa'sir etuvchi modda (XPN): bromgeksin
Dori shakli
siropTarkibi
faol modda: bromgeksin gidroxloridi– 80 mg;yordamchi modda: ozuqaviy sorbit yoki qand, nipagin (metilparaben), 96% etil spirti, mentol, qalampir yalpiz moyi, muskatli mavragi moyi, tozalangan suv.
Ta'rifi
rangsiz yoki biroz bo‘yalgan, o‘ziga xos ta'mli va hidli eritma.Farmakoterapevtik guruhi
balg‘am ko‘chiruvchi vositaATX kodi: R05CB02
Farmakologik xususiyatlari
Mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Bronxial sekretining seroz komponentini ko‘paytiradi. Nordon mukopolisaxaridlar ko‘ndalang bog‘larini buzishi tufayli, balg‘amni yopishqoqligini kamaytiradi. Balg‘amni yopishqoqligini kamayganligi va tebranuvchi epiteliy faollashgani hisobiga balg‘am chiqishi yaxshilanadi. O‘pka surfaktanti sintezini rag‘batlantiradi.Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklari (jumladan infektsiya oqibatida kelib chiqqan), bronxial astmaning infektsion-allergik shakli, bronxoektatik kasalligi, o‘pka tuberkulyozi va boshqa hollarda bronxial sekret hosil bo‘lishining buzilishi va uning yopishqoqligining patologik ko‘payib ketishida qo‘llanadi. Bronxografiyadan keyin kontrast moddaning chiqishini tezlashtirish uchun ham buyuriladi.Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ovqat qabulidan qat'iy nazar ichga qabul qilinadi. Kattalarga va 14 yoshdan katta o‘smirlarga 8-16 mg dan (2-4 choy qoshiq) bir kunda 3-4 marta buyuriladi. 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalarga – 2-4 mg dan (0,5-1 choy qoshiq) bir kunda 3 marta; 6 yoshdan 14 yoshgacha – 4-8 mg dan (1-2 choy qoshiq) bir kunda 3 marta tavsiya etiladi. Tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarga ham shunday dozada buyuriladi. Preparatning ta'siri odatda 24-48 soatdan keyin ba'zida davolash kursi boshlangandan 4-6 sutkadan keyin namoyon bo‘ladi. Davolash muddati 4 kundan 4 haftagacha davom etadi.Buyrak funktsiyasining buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga preparatni kichik dozada yoki odatiy dozani, katta intervalda buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda: preparat uzoq muddat qo‘llanilganda-ko‘ngil aynishi, qusish, dispeptik holatlar, yara kasalligining zo‘rayishi. Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, rinit va boshqalar). Juda kam hollarda – angionevrotik shish, qon zardobida transaminazalar mikdorining ko‘payishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik, laktatsiya davri, preparatga yoki uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, yo‘talga qarshi yoki ayniqsa kodein saqlovchi preparatlarni qabul qilish (suyultirilgan balg‘amni yo‘tal bilan chiqishini qiyinlashishi tufayli), qo‘llash mumkin emas.Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘pka to‘qimalariga antibiotiklarni (eritromitsin, sefaleksin, oksitetratsiklin) o‘tishiga yordam beradi. Ishqoriy eritmalar bilan nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Me'daning yara kasalligida, hamda anamnezda me'dadan qon ketishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar bo‘lganida, preparatni shifokor nazorati ostida qo‘llanadi. Bolalarda davolashni bronxlardan sekret chiqib ketishiga yordam beruvchi ko‘krak qafasini vibratsion massaji bilan birga olib borish kerak. Homiladorlik davrida, faqat davolash samarasi homilaga salbiy ta'siri xavfidan ko‘proq bo‘lganda preparat qo‘llanadi.Davolash jarayonida yetarli mikdorda suyuqlik iste'mol qilish tavsiya qilinadi, bu esa preparatni sekretolitik ta'sirini saqlab turadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya.Davolash: maxsus antidot yo‘q. Davolash simptomatik. Darhol qusishni chaqirish, so‘ng suyuqlik (sut yoki suv) berish lozim. Preparatni qabul qilgandan so‘ng 1-2 soat davomida me'dani yuvish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
4 mg/5 ml eritma flakonlarda 40 ml, 90 ml dan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga.Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” MChJ,O‘zbekiston Respublikasi, 100054, Toshkent sh., Lutfiy ko‘ch, 50.
Tel.: (+99871) 273-92-31, faks: (+99871) 273-80-58.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.