Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bronxipret tomchilari 50ml
Bronxipret tomchilari 50ml
Nomi | Narx | |||||
Бронхипрет капли 50 мл (0000191703##1904) |
UZS 60 800
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тимьяна обыкновенного травы экстракт, плюща листьев экстракт
Страна производитель
Германия
Дозировка
50 мл
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Bronxipret®
Ta'sir etuvchi moddalar tog‘jambil o‘tining suyuqekstrakti, pechak barglarining suyuq ekstrakti.
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun tomchilar.
Tarkibi
1 ml Bronxipret® (bu 1 g ga muvofiq keladi) quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
0,5 ml tog‘jambil o‘tining suyuq ektrakti (12–2,5),
0,03 ml pechak barglarining suyuq ekstrakti (11);
yordamchi moddalar natriy saxarini, limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv, gidroksipropil betadeks, etanol.
Etanol miqdori 24% (hajm/hajm).
Ta'rifi och-jigarrang rangli, tiniq yoki biroz xira, tog‘jambil ta'mli suyuqlik. Saqlash jarayonida xiralishishi yoki cho‘kma tushishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
Balg‘am ko‘chiruvchi prepapatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlarning majmuasi
ATX kodi R05CA10.
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, sekretolitik, bronxolitik ta'sir ko‘rsatadi. Balg‘amning yopishqoqligini pasayishiga va uni chiqarilishini tezlashishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Taqdim qilinmagan.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining yo‘tal va balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklari (traxeit, traxeobronxit, bronxit) ni davolashda balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
YoshiBir martalik dozaSutkalik doza
Kattalar va 12 yoshdan boshlab o‘smirlar2,6 ml7,8 ml
6-11 yoshdagi bolalar 1,3 ml3,9 ml
Bronxipret® tomchilarini o‘lchov stakanchadan foydalanib, kuniga uch marta yuqoridagi jadvalda ko‘rstilgan yoshga muvofiq dozada qabul qiling. Zarurati bo‘lganida Bronxipret® tomchilarini oz miqdordagi suyuqlik (masalan bir stakan suv) bilan qabul qilish mumkin.
Qo‘llash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq.
Har bir qo‘llashdan oldin chayqatilsin!
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori vositalari kabi Bronxipret® tomchilari ham nojo‘ya samaralarga ega bo‘lishi mumkin, ular har doim ham paydo bo‘lmaydi.
Nojo‘ya samaralarini baholashda asos sifatida ularni paydo bo‘lish tez–tezligi bo‘yicha quyidagi ma'lumotlar olinadi
Juda tez–tez davolangan 10 patsiyentdan 1 nafaridan ko‘pida
Tez–tez davolangan 100 patsiyentdan 10 nafaridan kamrog‘ida, lekin 1 nafaridan ko‘prog‘ida
Tez-tez emas davolangan 1000 patsiyentdan 100 nafaridan kamrog‘ida, lekin 10 nafaridan ko‘prog‘ida
Kam hollarda davolangan 10000 patsiyentdan 1000 nafaridan kamrog‘ida, lekin 100 nafaridan ko‘prog‘ida
Juda kam hollarda davolangan 10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida, yoki noma'lum
Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. U nojo‘ya samaraning og‘irlik darajasi va keyingi zarur choralar yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.
Tez-tez emas me'da–ichak yo‘llari tomonidan spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi shikoyatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Juda kam hollarda hansirash, toshma, eshakemi, yuzni, og‘iz va/yoki og‘iz-halqumni shishi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining birinchi belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi haddan ziyod kuchli bo‘lsa yoki Siz ushbu ilova–varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini kuzatsangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Pechak, tog‘jambil, boshqa labgullilar (Lamiaceae) ga va selderdoshlar (Araliaceae) ga yoki Bronxipret® tomchilarining har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bronxipret® tomchilarini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirining hollari hozirgi vaqtgacha noma'lum. Bronxipret® tomchilari bilan bir vaqtda qabul qilinayotgan boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Bronxipret® tomchilarini yo‘talga qarshi preparatlar bilan, shuningdek balg‘amni xosil bo‘lishini kamaytiradigan dori vositalar bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu suyulgan balg‘amni yo‘talib chiqarilishini qiyinlashtiradi. Antibakterial dori vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bronxipret® tomchilarini 6 yoshdan kichik bolalar qabul qilishlari mumkin emas.
Muvofiq tadqiqotlarlarning yo‘qligi tufayli, preparatni homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
Agar shikoyatlar preparat bir hafta qabul qilinganidan keyin yo‘qolmasa yoki nafas olishni qiyinlashishi, isitma, yiringli yoki qon aralash balg‘am paydo bo‘lganida, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Gastrit yoki me'da yarasi bo‘lgan patsiyentlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Gastrit yoki me'da yarasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Preparat 24% etanol saqlaydi (hajm nisbatida). Alkogolizm bilan xastalangan yoki alkogolizmdan davolanishni muvaffaqiyatli yakunlagan patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Dori vositasini tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada qabul qilayotgan bolalarni davolaganda, shuningdek yuqori xavf guruhiga mansub patsiyentlarni, masalan jigar kasalliklari va tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarni davolaganda alkogolning miqdorini e'tiborga olish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun izoh Bronxipret® tomchilari kam miqdorda o‘zlashtiriladigan uglevodlar saqlaydi.
Avtotransportni haydash va mashinalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati hech qanday alohida ehtiyotkorlik choralari talab qilinmaydi.
Saqlash jarayonida preparat xiralashishi yoki cho‘kma tushishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida qorinda og‘riqlar, qusish va diareya bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda bu haqida shifokoringizga xabar bering, u zarur choralar to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar 50 ml va 100 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Preparatni original o‘ramida, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilgandan keyingi yaroqlilik muddati 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptciz.
Ishlab chiqaruvchi
BIONORIKA SE.
Kershenshtaynershtrasse 11-15
92318 Noymarkt
Telefon 09181 231-90
Telefaks 09181 231-265
Internet www.bionorica.de
E–pochta info@bionorica.de
O‘zbekiston Respublikasi xududida mahsulot (tovar) ning sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona manzili
«Bionorica SE /Bionorika SE/» vakolatxonasi
Toshkent sh., Bosh Pochtamt, a/q 95
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.