Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gelisal sirop 27.78mg/5ml 100ml dan
Gelisal sirop 27.78mg/5ml 100ml dan
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Плюща листьев экстракт
Страна производитель
Польша
Дозировка
27,78мг/5мл 100мл
Производитель
Medana Pharma S.A.Польфарма
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gelisal
Ta'sir etuvchi modda (MNN) pechak barglarining ekstrakti
Dori shakli
sirop.
Tarkibi
5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol modda oddiy pechak barglarining quruq ekstrakti (Hederae helicis folii extractum siccum 4–81)– 27,78 mg;
yordamchi moddalar propilenglikol, kaliy sorbati, kristallanmaydigan suyuq sorbitol (E420), limon kislotasi monogidrati, ksantin kamedi, arpabodiyon aromatizatori, makrogol glitserol gidroksistearati, tozalangan suv.
Ta'rifi Sariq-jigarrang rangli, arpabodiyon o‘tli xidli quyuq suyuqlik. Xiralashishi va cho‘kma hosil qilishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.
ATX kodi R05CA12
Farmakologik xususiyatlari
Gelisal preparati – o‘simliklardan olinadigan dori vositasi bo‘lib, faol modda - pechak barglarining ekstraktini saqlaydi. Balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik va bronxlarning silliq mushaklariga kuchsiz spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Balg‘amning qovushqoqligini kamaytirib, uning ko‘chishi (evakuatsiyasi) ni tezlashtirishga yordam beradi. Bu nafasni yaxshilanishiga, yo‘talni kamayishi va yo‘qolishiga yordam beradi.
Ta'sir mexanizmi oxirigacha ma'lum emas.
Qo‘llanilishi
O‘simliklardan olinadigan dori preparati bo‘lib, balg‘amli (nam) yo‘tal balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Ichga, ovqatdan keyin buyuriladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar — 1,25 ml (1/4 shprits) sirop (bu 6,945 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 1 marta buyuriladi.
1–4 yoshli bolalar — 2,5 ml (1/2 shprits) sirop (bu 13,89 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2 marta buyuriladi;
4–12 yoshli bolalar — 2,5 ml (1/2 shprits) sirop (bu 13,89 mg oddiy pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2-3 marta buyuriladi;
12 yoshdan oshgan bolalar, kattalar — 5 ml (to‘liq shprits) sirop (bu 27,78 mg oddiy pechak barglarining quruq - ekstraktiga to‘g‘ri keladi) sutkada 2-3 marta buyuriladi;
Yuborish yo‘li
Ichga qabul qilinadi.
Shprits shaklidagi dozatordan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
1.Flakon qopqog‘i buraladi (pasga ezib, bosiladi va soat strelaksiga qarama-qarshi buraladi).
2.Dozator flakon boshchasidagi bo‘shliqqa bosib qiritilgan bo‘lishi kerak.
3.Dozatorni to‘ldirish uchun, flakonni tagini tepaga aylantiriladi, so‘ngra dozator porshenini ehtiyotkorlik bilan pasga tortiladi, shpritsga preparatning zarur bo‘lgan miqdorini olinadi.
4.Flakonnni avvalgi holatiga aylantiriladi va undan doztorni ehtiyotkorlik bilan aylantirib, ajratib olinadi.
5.Dozatorning uch qismini bolaning og‘izga kiritib, keyin sekin porshenni bosib, dozator ichidagisi yuboriladi.
6.Qo‘llab bo‘lgandan keyin, flakondagi qopqoqni yaxshilab buraladi; dozatorni yuvib, quritiladi.
Qo‘llash davomiyligi
Agar dori vositasini qo‘llashni boshlagandan keyin yo‘tal bir xaftadan ortiq saqlanib tursa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish zarur.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan reaktsiyalar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya) haqida xabar berilgan. Tez-tezligi noma'lum
Allergik reaktsiyalar (eshakemi, teri toshmalari, yuzda qizil dog‘lar, nafas olishni qiyinlashishi) haqida ma'lumotlar mavjud. Tez-tezligi noma'lum
Barcha nojo‘ya (g‘ayri oddiy) samaralar, shu jumladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan samaralarni paydo bo‘lishi to‘g‘risida davolovchi shifokorga xabar berish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir etuvchi moddaga yoki Araliaceae oilasiga mansub o‘simliklariga, shuningdek har qanday yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xabar berilmagan.
Biroq, kodein yoki dekstrometorfan kabi opiatlarni saqlovchi, yo‘talga qarshi vositalarni shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ikki yoshgacha bo‘lgan bollarda Gelisal preparati bilan davolashni shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng boshlash lozim.
4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uzoq muddatli yoki qayta takrorlanuvchi yo‘talda preparat bilan davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Xansirash, isitma va yiringli yo‘talda shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish zarur.
Kodein yoki dekstrometorfan kabi opiatlarni saqlovchi, yo‘talga qarshi vositalarni shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Gastrit va me'daning yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma'lumot
Sirop qand saqlamasligi tufayli uni diabeti bo‘lgan patsiyentlar qabul qilishlari mumkin.
Preparat sorbit saqlaydi.
5 ml preparatda 4,2 g kristallanmaydigan suyuq sorbitol (E420) saqlanadi, bu 2,94 g sorbitga muvofiqkeladi.
Fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaydtgan patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari lozim.
Homiladorlik yoki laktatsiya davri. Preparatni homilador ayollarda va emizikli ayollarda qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuningdek preparatni homilaga ta'siri bo‘yicha ham ma'lumotlar yo‘q.
Preparatni faqat ona uchun foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandaginaqo‘llash mumkin.
Transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Doza oshirib yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va xavotirlik hissini chaqirishi mumkin.
1,8 g o‘simlik hom ashyosiga to‘g‘ri keladigan, oddiy pechak barglarining ekstrakti tasodifan qabul qilgan 4 yoshli bolada agressiv holat va diareya kutatilganligixaqida xabar berilgan.
Davolash
Doza oshirib yuborilgan holatlarida simptomatik davolashni o‘tkazish bilan patsiyentni holatini nazorat qilish zarur.
Chiqarilish shakli
100 ml dan preparat kafolat xalqasi bo‘lgan buraladigan polietilen qopqoqli va bolalarni flakonni ochishiga to‘sqinlik qiluvchi xavfsizlik moslamasi bo‘lgan, adaptorli jigarrang polietilen flakonlarda. Flakonga etiketka yopishtiriladi. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va peroral yuborish uchun dozator-shprits bilan birgakarton qutilarga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqoribo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon birinchi marta ochilganidan keyin preparatni 6 oy davomida ishlatish mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
Medana Farma AJ
Loketka ko‘ch. 10., 98-200 Seradz, V. Polsha
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.