Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pektolvan Stop oral tomchilar 25ml (flak.) Farmak
Pektolvan Stop oral tomchilar 25ml (flak.) Farmak
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бутамират, гвайфенезин
Страна производитель
Украина
Дозировка
25 мл
Производитель
ПАО «Фармак»
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли оральные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pektolvan Stop
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) butamirat sitrati, guayfenezin
Dori shakli
oral tomchilar
Tarkibi
1 ml preparat (33 tomchi) quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 100% moddaga qayta hisoblanganda 4 mg butamirat sitratini, 100% moddaga qayta hisoblanganda 100 mg guayfenezin;
yordamchi moddalar propilenglikol, polisorbat 80, qizilmiya ildizi ekstrakti, «Alpiyskiye travы» ozuqa aromatizatori, tozalangan suv, 96% li etanol.
Ta'rifi sariq rangdan sarg‘ish-jigarranggacha bo‘lgan tiniq, qovushqoq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
yo‘talga qarshi vositalar va ekspektorantlar, majmualar.
ATX kodi R05FV02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Yo‘talga qarshi, mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sir ko‘rsatuvchi majmuaviy preparat. Preparat tarkibiga kiruvchi butamirat sitrati periferik ta'sir ko‘rsatuvchi yo‘talga qarshi moddalarga taalluqli bo‘lib, preparatga qaramlikni keltirib chiqarmaydi, nafas olish markazini so‘ndirmaydi.
Butamirat sitratining yo‘talga qarshi ta'siri guayfenezinning balg‘am ko‘chiruvchi ta'siri bilan to‘ldiriladi, guayfenezin bronxial bezlar sekretsiyasini kuchaytiradi, mayda tukli epiteliy faolligini kuchaytiradi, balg‘am qovushqoqligini pasaytiradi va bu bilan uning ko‘chishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Butamirat sitrati peroral qo‘llanganidan keyin tez va to‘liq so‘riladi, qon plazmasi oqsillari bilan 98% gacha bog‘lanadi. Yo‘talga qarshi ta'sir ko‘rsatuvchi ikkita metabolitni hosil qilgan holda metabolizmga uchraydi, ularning 90% dan ortig‘i buyraklar orqali chiqariladi; faqat ularning katta bo‘lmagan qismi ekskrementlar bilan ajratiladi. Yarim chiqarilishbiologik davri taxminan 6 soatni tashkil etadi.
Guayfenezin peroral qo‘llanganidan keyin ovqat hazm qilish yo‘llaridan tezda va yengil absorbtsiyalanadi. Katta bo‘lmagan miqdori qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Buyraklar orqali eng avvalo metabolitlar shaklida, katta bo‘lmagan qismi o‘zgarmas holatda chiqariladi. Biologik yarim parchalanish davri 1 soatni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Kelib chiqishi har xil bo‘lgan quruq, qichituvchi, xurujsimon yo‘tal. Preparatni jarrohlik operatsiyasidan oldingi va keyingi davrda yo‘talni bartaraf qilish uchun qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi. Ovqatlangandan keyin qabul qilish avzalroq. Yoshga bog‘liq ravishda tomchilarning tegishli miqdorini 50-100 ml suyuqlikda (suv, choy, meva sharbatida) eritiladi.
Preparatni qabul qilishlar orasidagi interval 4-6 soatni tashkil etishi kerak.
Patsiyentning tana vazniga bog‘liq ravishda quyidagi dozalarga amal qilish lozim
7 kg gacha – sutkada 3-4 marta 8 tomchidan,
7-12 kg – sutkada 3-4 marta 9 tomchidan,
12-20 kg – sutkada 3 marta 14 tomchidan,
20-30 kg – sutkada 3-4 marta 14 tomchidan,
30-40 kg – sutkada 3-4 marta 16 tomchidan,
40-50 kg – sutkada 3 marta 25 tomchidan,
50-70 kg – sutkada 3 marta 30 tomchidan,
70-90 kg – sutkada 3 marta 40 tomchidan.
Guayfenezinning maksimal sutkalik dozasi 6 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – sutkada 300 mg (99 tomchi), 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – sutkada 600 mg (198 tomchi), 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – sutkada 1200 mg, kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun – sutkada 2400 mg ni tashkil etadi.
Ko‘p miqdorda suyuqlikni qabul qilish davolash samaradorligini oshiradi. Agar Pektolvan Stop preparatini juda ham kichik (tana vazni 7 kg dan kam bo‘lgan) bolalarga buyurilsa, dozani kamaytirish mumkin. Agar bola preparat eritilgan 100 ml suyuqlikni hammasini ichmasa ham suyuqlikda preparat tomchilari sonini (to‘liq kontsentratsiyasini) oshirish mumkin emas.
Shifokorning maslahatisiz preparatni 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Agar tavsiya etilgan dozalarga rioya qilinsa, preparat ta'siri odatda yaxshi o‘tkaziladi. Nojo‘ya ta'sirlar odatda preparat dozasi pasaytirilganidan keyin yo‘qoladi.
Metabolizm tomonidan ishtahani yo‘qligi.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, uyquchanlik.
Eshitish a'zolari va muvozanat tomonidan bosh aylanishi.
Nafas olish a'zolari tomonidan nafas olishni qiyinlashishi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan ovqat hazm qilish yo‘llarida noxushlik hissi, ko‘ngil aynishi, me'dada og‘riq, qusish, diareya.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan urolitiaz.
Immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, angionevrotik shishish, teri toshmalari, qichishish, eshakemi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, gravis miasteniyasida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Butamirat yo‘tal refleksini so‘ndirishi tufayli balg‘am ko‘chiruvchi vositalarni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish zarur, chunki bu nafas yo‘llarida shilimshiqlarni to‘planib qolishiga olib kelishi mumkin, bu esa bronxospazm va nafas yo‘llarini infektsiyalanishi xavfini oshiradi.
Litiy va magniy guayfenezin ta'sirini kuchaytiradi.
Guayfenezin paratsetamol va atsetilsalitsil kislotasining og‘riqsizlantiruvchi ta'sirini, alkogolning va markaziy nerv tizimini so‘ndiruvchi boshqa moddalarning ta'sirini kuchaytiradi.
Markaziy ta'sir mexanizmli miorelaksantlar guayfenezinning nojo‘ya ta'sirlarini, ayniqsa mushak zaifligini kuchaytirishi mumkin.
Guayfenezin siydikda 5-gidroksiindolsirka kislotasi aniqlanadigan diagnostik testlarning (reagent sifatida nitrosonaftoldan foydalangan holda fotometrik usul) va vanilbodom kislotasining soxta ijobiy natijalarini keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur tahlilni o‘tkazish uchun siydikni to‘plashga qadar 48 soat oldin Pektolvan Stop preparati bilan davolashni to‘xtatish zarur.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni bronxial astmasi, surunkali bronxiti yoki emfizemasi, balg‘amli yo‘tali va/yoki chekish bilan bog‘liq turg‘un yoki surunkali yo‘tali bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash kerak emas.
Preparatni tuberkulyozda, pnevmokoniozda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Agar yo‘tal o‘tib ketmasa yoki kuchaysa, davolashni qayta ko‘rib chiqish zarur.
Pektolvan Stop preparati maksimal bir martalik doza (40 tomchi) qabul qilinganida 34,3 hajmiy %, ya'ni 350 mg gacha etanolni (alkogolni) saqlaydi, bu taxminan maksimal bir martalik doza qabul qilinganida 8 ml pivo yoki 3 ml vinoga ekvivalentdir. Bu alkogolizm bilan xastalanganlar uchun nojo‘ya oqibatlarga olib kelishi mumkin. Homilador yoki emizikli ayollarni, shuningdek bolalar va jigar kasalliklari yoki tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlar kabi yuqori xavf guruhidagilarni davolashda etanolning mavjudligini hisobga olish lozim.
Agar ayrim qand moddalari ta'sirini ko‘tara olmaslik aniqlansa, ushbu dori vositasini qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi. Homilador ayollarda yoki hayvonlarda nazorat ostidagi tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Guayfenezinni homiladorlikning І uch oyligida qo‘llanilganida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda chov churrasi paydo bo‘lishi hollari oshishi haqida xabar berilgan. Shu sababli preparatni homiladorlikning І uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Preparatni homiladorlikning ІІ, ІІІ uch oyliklarida yoki emizish davrida shifokor fikriga ko‘ra ona uchun kutiladigan davolash samarasi homila/bola uchun potentsial xavfdan ortiq bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Butamirat sitrati yoki guayfenezin ona sutiga singib o‘tishi noma'lum. Xavfsizlik nuqtai nazaridan emizish davrida preparatni qo‘llash foydava xavflarini sinchiklab taqqoslash zarur.
Bolalar. Preparatni 6 oylikdan boshlab bolalarda ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘llash mumkin.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri. Kam hollarda preparat uyquchanlikni keltirib chiqarishi mumkin, bu avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ma'lum darajada ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli avtomobilni boshqarishda yoki diqqat-e'tiborni talab qiluvchi boshqa ishni bajarishda (masalan mexanik vositalarni boshqarishda) ehtiyot bo‘lish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida guayfenezinning toksik ta'siri belgilari – uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, mushak zaifligi ustun bo‘ladi.
Diareya, bosh aylanishi, arterial gipotenziya kabi dozani oshirib yuborilishi belgilari shuningdek kuzatilishi mumkin. Rentgen negativ urolitiaz bo‘lishi mumkin.
Maxsus antidot mavjud emas.
Davolash. Me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish amalga oshiriladi. Simptomatik davolash yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarini, buyrak faoliyati va elektrolit muvozanatini bir maromda saqlab turishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Chiqarilish shakli
Flakonga 25 ml preparat solingan. Qutida 1 flakon joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda original o‘ramida saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Farmak» JAJ.
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 74.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.