Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Limenda vaginal suppozitoriylar 750mg/200mg №7
Nomi | Narx | |||||
Лименда ваг.суппозитории 750мг/200мг №7 (402003300##2 268) |
UZS 90 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метронидазол, миконазол
Страна производитель
Турция
Дозировка
750 мг/200 мг
Производитель
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суппозитории вагинальные
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Limenda
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Metronidazol, Mikonazol
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
Vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 750 mg metronidazol, 200 mg mikonazol nitrati;
yordamchi modda qattiq yog‘ (vitepsol S55).
Ta'rifi oq rangdan oq sarg‘ish ranggacha yoki sarg‘ish-yashil tusli ranggacha bo‘lgan torpedosimon shaklli suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruxi Ginekologik kasalliklarda qo‘llanadigan antiseptik va mikroblarga qarshi vositalar.
ATX kodi G01AF20
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Limenda antibakterial va trixomonadaga qarshi vosita sifatida metronidazol va zamburug‘larga qarshi vosita sifatida mikonazol nitratni o‘zida saqlaydi.
Metronidazol 5-nitroimidazollar guruhidan antiprotozoy antibakterial vosita bo‘lib, sodda hujayrali mikroorganizmlar chaqirgan infektsiyalar va anaerob bakteriyalar bilan bog‘liq ko‘pgina infektsiyalarga qarshi samaralidir. Metronidazol anaerob bakteriyalarga, jumladan anaerob streptokokklar va shuningdek Trichomonas vaginalis va Gardnerella vaginalis ga nisbatan samaralidir.
Mikonazol nitrati keng ta'sir doirasiga ega imidazolning sintetik hosilasi bo‘lib, patogen zamburug‘larga, shuningdek Candida albicans ga nisbatan samaralidir, bundan tashqari mikonazol nitrati grammusbat bakteriyalarga nisbatan ham samaralidir. Mikonazol nitrati sitoplazmatik membranada ergosterol sinteziga ta'sir ko‘rsatadi. Mikonazol nitrati in vitro sharoitida Candida turlarida mikotik hujayrani o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi va xujayrada glyukoza ishlatilishini ingibitsiya qiladi.
Metronidazol va mikonazol sinergist yoki antagonist hisoblanmaydi.
750 mg metronidazol/200 mg mikonazol nitrat majmuasining samaradorligi va xavfsizligini o‘rganish yagona markazli ochiq nazoratsiz klinik tadqiqotlarda vaginit tashhisi bo‘lgan 104 nafar patsiyentlar ishtirokida o‘tkazilgan. Kandidoz, bakterial va trixomonal vaginitda va aralash infektsiyalarda ushbu majmuani 7 kun davomida qo‘llash muvofiq 96,6%, 98,1%, 97,3% va 98% holatlarda klinik sog‘ayishga olib kelgan. Mikrobiologik sog‘ayishga muvofiq 89,8%, 96,2%, 100% va 91,7% holatlarda erishilgan.
750 mg metronidazol/200 mg mikonazol nitrat majmuasining samaradorligi, xavfsizligi va o‘zlashtiraolinishligi boshqa randamizatsiya qilingan ochiq qiyosiy tadqiqotlarda klinik va mikrobiologik sog‘ayish darajalari muvofiq 84% va 76% ni tashkil qilishi aniqlangan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Metronidazol intravaginal qo‘llanganida, uning biokiraolishligi ichga qabul qilingandagiga nisbatan 20% ni tashkil etadi. Suppozitoriyni qo‘llagandan so‘ng muvozanatli holatga erishilganida metronidazolning plazmadagi kontsentratsiyasi 1,1-5,0 mkg/ml ni tashkil qilgan.
Mikonazol nitratni intravaginal qo‘llaganda so‘rilishi sezilarsiz (dozasining taxminan 1,4%). Suppozitoriyni qo‘llagandan so‘ng mikonazol nitrati plazmada aniqlanmaydi.
Taqsimlanishi
Metronidazol plazma darajasiga yaqin kontsentratsiyalarda to‘qima va organizm suyuqliklarida, jumladan o‘t, suyak, ko‘krak bezi va ko‘krak sutida, serebral abstsess, orqa miya suyuqligi, jigar va jigar abstsessida, so‘lak, urug‘ suyuqligi va vaginal sekretsiyalarda tarqaladi. Metronidazol platsentar to‘siqdan o‘tadi va homila qon aylanish tizimiga tushadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi 20% dan ortiq emas. Taqsimlanish hajmi 0,25-0,85 l/kg ni tashkil qiladi.
Mikonazol nitratni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 90-93%. Orqa miya suyuqligiga deyarli o‘tmaydi, lekin boshqa to‘qimalarga keng taqsimlanadi. Taqsimlanish hajmi 1400 l ni tashkil qiladi.
Biotransformatsiya
Metronidazol jigarda oksidlanish oqibatida metabolizmga uchraydi. Gidroksil metaboliti faol hisoblanadi. Siydik bilan chiqariladigan ikki asosiy metabolitlari gidroksil metaboliti va sirka kislotasi hisoblanadi. Gidroksil metaboliti metronidazolning 30% biologik faolligiga ega. Mikonazol nitrati ikki nofaol metabolitlarni hosil qilish bilan jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Metronidazolning yarim chiqarilish davri 6-11 soatni tashkil etadi. Tizimli yoki mahalliy qo‘llaganda axlat bilan dozaning 6-15% chiqariladi,siydik orqali esa dozasining 60-80% (ushbu miqdorning 20% o‘zgarmagan ko‘rinishda) chiqariladi.
Mikonazol nitratning yarim chiqarilish davri 24 soatni tashkil etadi. 1% dan kamroq buyraklar orqali chiqariladi. Taxminan 50% axlat orqali asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Candida albicans chaqirgan vulvovaginiti;
Gardnerella vaginalis va anaerob bakteriyalari chaqirgan bakterial vaginoz;
Trichomonas vaginalis chaqirgan trixomanadali vaginit;
aralash infektsiyalar chaqirgan vaginitlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat intravaginal qo‘llaniladi, 1 suppozitoriydan kechqurun 7 kun davomida yoki shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq qinga chuqur kiritiladi.
Qaytalanuvchi vaginitlarda yoki boshqa davolash turlariga rezistent bo‘lgan vaginitlarda preparatini 1 suppozitoriydan kechqurun 14 kun davomida qo‘llash kerak.
Vaginal suppozitoriy Limendani orqaga yotgan holatda o‘ramida mavjud bo‘lgan bir martalik barmoq qopchasi yordamida qinga chuqur kiritish kerak.
Yutilmasin va boshqa har qanday usullarda qo‘llanilmasin. Preparatni hayz davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki uning samaradorligi pasayishi mumkin.
Buyrak/jigar yetishmovchiligi
Metronidazolning yarim chiqarilish davri buyrak yetishmovchiligida o‘zgarmaydi. Shunday ekan metranidazol dozasini kamaytirish zarurati yo‘q, ammo gemodializni talab qiluvchi og‘ir bo‘yrak yetishmovchiligida dozaga tuzatishlar kiritish kerak.
Og‘ir jigar yetishmovchiligida metronidazol klirensi pasayadi. Jigar entsefalopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda metronidazolni plazmada uning kontsentratsiyasi oshishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, bu entsefalopatiya simptomlarini kuchaytirishi mumkin. Jigar entsefalopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda metronidazolning sutkalik dozasini uchdan biriga kamaytirish kerak.
Pediatrik populyatsiya
Preparat 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash uchun mo‘ljalllanmagan.
Keksa yoshli patsiyentlar
65 yoshdan oshgan keksa ayol patsiyentlar uchun dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalarni uchrash tez-tezligining ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, no < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, lekin < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, lekin < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholashni imkoni yo‘q).
Metronidazolni vaginal qo‘llanilishini peroral qo‘llash bilan solishtirganda plazmada uning kontsentratsiyasini (2-12%) juda past darajada bo‘lishiga olib keladi, chunki tizimli noxush reaktsiyalarning uchrash tez-tezligi ham juda past. Mikonazol nitrati 2-6% holatlarda boshqa vaginal zamburug‘larga qarshi imidazol hosilalari kabi qinni ta'sirlanishi (achishishi, qichishishi) keltirib chiqarishi mumkin.
Vaginitda qinning shilliq qavatini yallig‘lanishi tufayli, qinni ta'sirlanishi (achishishi, qichishishi) birinchi suppozitoriy kiritilganidan so‘ng yoki davolanishning uchinchi kuniga kelib kuchayishi mumkin. Bu asoratlar davolanish davomida tez yo‘qoladi. Kuchli ta'sirlanganida davolashni to‘xtatish kerak.
Faol ingrediyentlarni tizimli qo‘llaganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush reaktsiyalar quyida keltirilgan
Qon va limfatik tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – leykopeniya
Immun tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – o‘ta sezuvchanlik reaktsiyalari, allergik reaktsiyalar (og‘ir holatlarda anafilaksiya rivojlanishi mumkin).
Psixikani buzilishlari tez-tez emas – depressiya; juda kam hollarda –psixikani o‘zgarishi.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez - bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; uchrash tezligi noma'lum – charchashlik, holsizlik, ataksiya, tirishishlar, metranidazolni yuqori dozalarda va/yoki uzoq muddat qo‘llaganda periferik neyropatiya kuzatilishi mumkin.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – ta'm buzilishi, og‘izda “metall” ta'mi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, og‘izni qurishi, diareya, ishtahani yo‘qolishi, qorinda og‘riq va spazmlar.
Umumiy buzilishlar va qo‘llash usuliga bog‘liq bo‘lgan buzilishlar juda tez-tez- vaginal ajralmalar; tez-tez – vaginit, qinning ta'sirlanishi, chanoq sohasida diskomfort; tez-tez emas – chanqoqlik hissi; kam hollarda vaginal qichishish, achishishi va ta'sirlanishlar, qorinda og‘riq, teri toshmasi; mahalliy ta'sirlanishlar va sensibilizatsiya (sezuvchanlik reaktsiyalar), kontaktli dermatit.
Intravaginal yuborilganda noxush reaktsiyalar juda kam uchraydi, chunki qonda metranidazolning darajasi ancha past.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar
Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
preparatning komponentlariga yoki boshqa imidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
davolash vaqtida va davolash tugagandan so‘ng 3 kun davomida alkogol iste'mol qilish;
davolash vaqtida va davolashgacha 2 hafta davomida disulfiram qabul qilish;
jigar funktsiyasini og‘ir darajadagi buzilishlari;
tutqanoq;
porfiriya;
homiladorlikni birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Metronidazolni so‘rilishi natijasida quyidagi dorilarning o‘zaro ta'sirini kuzatish mumkin
Alkogol alkogolni o‘zlashtirolmaslik (disulfiramsimon reaktsiyalarni rivojlanish havfi).
Amiodaron kardiotoksiklikni rivojlanish havfini oshishi (QT oralig‘ini uzayishi, “piruet” turidagi taxikardiya, yurak urishini to‘xtashi).
Astemizol va terfenadin ushbu birikmalarning metabolizmi ingibitsiya bo‘lishi va ularning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Disulfiram markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar (psixotik reaktsiyalar) bo‘lishi mumkin.
Fenitoin fenitoinning kontsentratsiyasi oshishi va plazmada metronidazolni darajasi pasayishi mumkin.
Fenobarbital plazmada metronidazolni darajasi pasayishi mumkin.
Ftoruratsil qon plazmasida ftoruratsilning kontsentratsiyasini va uning toksik ta'sirini oshishi.
Karbamazepin qon plazmasida karbamazepinning kontsentratsiyasini oshishi.
Litiy litiyning toksik ta'sirini kuchayishi.
Peroral antikoagulyantlar antikoagulyant samarasi kuchayishi mumkin (qon ketishini rivojlanish havfi yuqori).
Siklosporin siklosporinning toksik ta'sirini oshishi kuchayishi.
Simetidin qon plazmasida metronidazolning kontsentratsiyasini oshishi va nevrologik buzilishlar xavfi.
Jigar fermentlari, glyukoza (u geksokinaza usuli bilan aniqlanganida), teofillin va prokainamidning qondagi kontsentratsiyasiga ta'sir qilishi mumkin.
Mikonazol nitratni so‘rilishi oqibatida dorilarning o‘zaro ta'sirini quyidagi turlari kuzatilishi mumkin
Atsenokumarol, anizindion, dikumarol, fenindion, fenprokumon, varfarin qon ketishi havfi oshishi mumkin.
Astemizol, sizaprid, terfenadin ushbu preparatlarni metabolizmi ingibitsiya bo‘lishi va ularning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Fenitoin va fosfenitoin fenitoinni toksik samaralarni rivojlanish havfi (ataksiya, giperrefleksiya, nistagm, tremor).
Fentanil opioid preparatlarning ta'sirin davomiyligi (markaziy nerv tizimi va nafas tizimining funktsiyasini susayishi) uzayishi.
Glimepirid gipoglikemiya rivojlanishi.
Karbamazepin karbamazepinning klirensi pasayishi.
Oksibutinin oksibutinin metabolizmini ingibitsiya bo‘lishi, buning oqibatida uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi oshadi (og‘iz qurishi, qabziyat, bosh og‘rig‘i).
Oksikodon oksikodonning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshishi va uning klirensini pasayishi.
Pimozid kardiotoksiklikni samaralari (QT oralig‘ini uzayishi, “piruet” turidagi taxikardiya, yurak urishini to‘xtashi) xavfini oshishi.
Siklosporin siklosporin toksik samarasini (buyrak funktsiyasini buzilishi, xolestaz, paresteziyalar) kuchayishi havfi.
Tolterodin sitoxrom R450 2D6 ning faolligi past bo‘lgan patsiyentlarda tolterodinning biokiraolishligi oshishi.
Trimetreksat trimetreksat toksik samarasi (suyak ko‘migini susayishi, buyrak va jigar funktsiyasini pasayishi, me'da-ichak yo‘llarini yarali shikastlanishi) oshishi.
Alohida guruh patsiyentlar
Alohida guruh patsiyentlarda dorilarni o‘zarota'sirlari tadqiqotlari o‘tkazilmagan.
Pediatrik populyatsiya
Bolalarda dorilarni o‘zaro ta'sirlari tadqiqotlari o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Disulfiramga o‘xshash reaktsiyalar kuzatilishi mumkinligi tufayli davolash vaqtida va davolash tugaganidan keyin, 3 kun davomida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Yuqori dozalarda va uzoq vaqt davomida tizimli qo‘llaganda metronidazol periferik neyropatiya va tirishishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Limenda preparatini bokira qizlar va balog‘atga yetmagan qiz bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Limenda suppozitoriylarini boshqa vaginal preparatlar (masalan, tamponlar, vaginal dushlar va spermitsidlar) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Trixomonadali vaginiti bo‘lgan ayol patsiyentlarda jinsiy sherigini xam bir vaqtda davolash kerak.
Lateksli prezervativ yoki diafragmalarni vaginal antibakterial preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash lateks kontratseptiv vositalarning samaradorligi pasaytirishi mumkin. Shuning uchun mikonazol saqlovchi suppozitoriylarni lateksli prezervativ yoki lateksli diafragma bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan anafilaksiya va angionevrotik shish rivojlanish ehtimoli mavjud, shunga o‘xshash noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish darkor.
Kokeyn sindromi bo‘lgan patsiyentlarda tizimli davolash uchun metronidazol saqlovchi mahsulotlar bilan davolashdan keyin og‘ir gepatotoksik/o‘tkir jigar yetishmovchiligi holatlari, shu jumladan juda tez rivojlanuvchi o‘lim bilan yakunlangan holatlar haqida xabarlar bo‘lgan. Shuning uchun ushbu populyatsiyaga metronidazolning xavf/foyda nisbatini sinchkov baholagandan keyin va faqat muqobil davolash mavjud bo‘lmaganda qo‘llash kerak. Jigar funktsiyasi tashhisoti bevosita davolashlar boshlashdan oldin, davolash vaqtida va tugagandan keyin jigar funktsiyasi norma chegaralarigacha yoki boshlang‘ich ko‘rsatkichlarga erishilgunga qadar amalga oshirish kerak. Agar davolash vaqtida jigar sinamalarining tekshiruv natijalari sezilarli yuqori darajada bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Kokeyn sindromi bo‘lgan patsiyentlarda jigar funktsiyasi buzilishlarining har qanday simptomlari haqida o‘zining shifokoriga darhol xabar berishi va metronidazol qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Fertillik, homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Potentsial tug‘ish yoshidagi ayollar/kontratseptsiya
Limenda preparati bilan davolash vaqtida muvofiq kontratseptsiya usullarini qo‘llash kerak, chunki faol ingrediyentlarni homila rivojlanishiga ta'siri to‘liq ma'lum emas.
Homiladorlik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ma'lumotlari homiladorlik, homilani embrional/fetal rivojlanishi, tug‘ruq va/yoki postnatal rivojlanishga ta'siri nuqtai nazaridan yetarli emas. Odamga potentsial xavfi noma'lum.
Preparatni homiladorlikni birinchi uch oyligida qo‘llash haqida ma'lumotlar yetarli emas. Limenda suppozitoriylarni homiladorlikni birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikni ikkinchi va uchinchi uch oyligida foyda va xavf nisbati shifokor tomonidan baholanishi zarur, preparatni agar zarurat bo‘lmasa homiladorlik vaqtida qo‘llamaslik kerak.
Laktatsiya
Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak, chunki metronidazol ko‘krak sutiga o‘tadi. Emizishni davolash tugaganidan so‘ng 24-48 soatdan keyin davom ettirish mumkin.
Fertillik
Metronidazol va mikonazol nitratni alohida qo‘llanganida fertillikka salbiy ta'siri yuzasidan dalillar yo‘q.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Metronidazolni tizimli qo‘llaganda avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin. Vaginal yuborganda metronidazol tizimli qo‘llash bilan solishtirganda juda past darajada so‘riladi. Limenda avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin, chunki u bosh aylanishi, ataksiya, charchoqlik va holsizlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Suppozitoriylarni ko‘p miqdorda qo‘llanganda metronidazolni tizimli samaralari rivojlanishi mumkin. Metronidazol vaginal qo‘llanganda hayot uchun xavf tug‘diradigan simptomlar chaqirishi ehtimoli kam.
Metronidazol dozasini oshirib yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, diareya, qichishish, og‘izda metall ta'mi, ataksiya (xarakat buzilishlari), bosh aylanishi, paresteziyalar, tirishishlar, leykopeniya, siydik rangi to‘qlashishi mumkin.
Mikonazol nitrat dozasini oshirib yuborilganda og‘iz va tomog‘da qizish hissi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, diareya kuzatilishi mumkin.
Ko‘p miqdordagi suppozitoriylarni bexosdan ichga qabul qilganda zaruratga ko‘ra me'dani yuvish mumkin. Shundan so‘ng 12 g gacha metronidazolni ichga qabul qilgan shaxslarda ahvolning yaxshilanishiga erishish mumkin. Maxsus antidoti mavjud emas. Simptomatik va tutib turuvchi davolash tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Vaginal suppozitoriylar.
7 suppozitoriy stripda.
1 yoki 2 strip barmoq qopchalari (muvofiq 7 yoki 14 dona) va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.