Primafungin vag. supp. 100mg №3
49 000 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Молдова
Yoʻriqnoma: Primafungin vag. supp. 100mg №3
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
PrimafunginTa'sir etuvchi modda (XPN): natamitsin
Dori shakli
vaginal suppozitoriylarTarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:Faol modda: natamitsin - 100 mg;
Yordamchi moddalar: setil spirti, sorbitan trioleati, polisorbat-80, natriy gidrokarbonati, adipin kislotasi, qattiq yog‘.
Ta'rifi
sariqdan och-sariq rangligacha yoki och-sariq tusli sariq rangli, silindrkonik shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriyning sirti yaltiroq va/yoki xira bo‘lishi, havoli va g‘ovak o‘qi va voronkasimon chuqurchasi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.Farmakoterapevtik guruhi
Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar (kortikosteroidlar bilan majmuasi mustasno). Natamitsin.ATX kodi: G01AA02.
Farmakologik xususiyatlari
Makrolidlar guruhiga mansub, keng ta'sir doirasiga ega zamburug‘larga qarshi poliyen antibiotik. Fungitsid ta'sir ko‘rsatadi. Natamitsin xujayra membranalarining sterollarini bog‘lab, ularning butunligi va faoliyatini buzadi, bu mikroorganizmlarni nobud bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pchilik patogen achitqisimon zamburug‘larga (ayniqsa Candida albicans), dermatomitsetlar (Trichophyton, Microsporum, Epidermophyton), achitqilar (Torulopsis va Rhodotorula), boshqa zamburug‘larga (Aspergillus, Penicillium, Fusarium, Cephalosporium), shuningdek ayrim sodda hayvonlarga (trixomonadalar) nisbatan faol. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga ta'sir qilmaydi. Klinik amaliyotda natamitsinga rezistentlik uchramaydi.Farmakokinetikasi
Tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi, chunki shilliq qavatlarning yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.Vaginal suppozitoriylar tana harorati ta'sirida eriydi va ko‘pik massa hosil bo‘ladi, bu faol moddani shilliq qavati bo‘ylab bir tekis taqsimlanishini ta'minlaydi.
Qo‘llanilishi
- Vulva va qinning zamburug‘li zararlanishlari.- Sitostatiklar, glyukokortikoidlar yoki keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklar bilan davolashda profilaktika maqsadida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intravaginal qo‘llanadi.Katta yoshdagi ayollarga 1 suppozitoriydan 3-6 kun davomida qo‘llanadi. Suppozitoriyni qin ichiga (yotgan holatda), sutkada 1 marta qinga iloji boricha chuqurroq kiritish tavsiya qilinadi.
Davolashni bir necha kun davomida o‘tkazish zarurati tug‘ilgan hollarda, davolash kursini hayz ko‘rish boshlanishidan oldin tugatish yoki davolashni u tugaganidan keyin boshlash lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy reaktsiyalar - shilliq qavatni yengil ta'sirlanishi, achishish hissi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.Dorilarning o‘zaro ta'siri
Primafungin preparatining dorilar bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Pediatriyada qo‘llanishiNatamitsin bu dori shaklida bolalarda qo‘llanmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Primafungin preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash potentsial xavfli mexanizmlarni haydash va boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Vaginal suppozitoriylar qo‘llanganda tizimli ta'siri deyarli inkor etiladi, chunki preparat shilliq qavat orqali so‘rilmaydi.Chiqarilish shakli
Vaginal suppozitoriylar 100 mg dan. 3 suppozitoriydan PVX/PE plyonka kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ramdan №3 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.Saqlash sharoit
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchining nomi va manzili
«FARMAPRIM» MChJ
Porumben, Kriulen r-oni, Krinilor ko‘ch., 5
Moldova Respublikasi, MD-2028,
www.farmaprim.md
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.