Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Galazolin Kombi nazal sprey 0.5mg+50.0mg/ml 10ml
Galazolin Kombi nazal sprey 0.5mg+50.0mg/ml 10ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ксилометазолин, декспантенол
Страна производитель
Польша
Дозировка
0,5мг+50,0мг/мл 10 мл
Производитель
Warsaw Parmaceutical Works Polfa S.A., Польша произведено: Medana Pharma SA
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Galazolin Kombi, nazal sprey, eritma (0,5 mg+50,0 mg)/ml,
Galazolin Kombi, nazal sprey, eritma (1,0 mg+50,0 mg)/ml,
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Xylometazoline+Dexpanthenol
Dori shakli
nazal sprey, eritma
Tarkibi
Galazolin Kombi, nazal sprey, eritma (0,5 mg+50,0 mg)/ml,
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 0,5 mg ksilometazolin gidroxloridi va 50,0 mg dekspantenol;
yordamchi moddalar dinatriy fosfat dodekagidrati; kaliy digidrofosfati, benzalkoniy xloridi eritmasi, tozalangan suv.
Nazal spreyning 1 dozasi (0,1 ml eritma) 0,05 mg ksilometazolin gidroxloridi, va 5,0 mg dekspantenol saqlaydi.
Galazolin Kombi, nazal sprey, eritma (1,0 mg+50,0 mg)/ml,
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1,0 mg ksilometazolin gidroxloridi va 50,0 mg dekspantenol;
yordamchi moddalar dinatriy fosfat dodekagidrati; kaliy digidrofosfati, benzalkoniy xloridi eritmasi, tozalangan suv.
Nazal spreyning 1 dozasi (0,1 ml eritma) 0,1 mg ksilometazolin gidroxloridi va 5,0 mg dekspantenol saqlaydi.
Ta'rifi rangsiz yoki deryali rangsiz tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR-a'zolarining kasalliklarini davolash uchun vosita.
Kod ATX R01AA06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ksilometazolin gidroxloridi
Ksilometazolin gidroxloridi simpatomimetik ta'sirga ega bo‘lgan imidazol homilasi bo‘lib, asosan alfa-adrenergik retseptorlariga ta'sir ko‘rsatadi. Burun shilliq qavatining qon-tomirlarini qisqarishini chaqiradi, buning natijada burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining shishi va giperemiyasi kamayadi. Burun shilliq qavatining giperemiyasini kamayishi shamollash kasalliklarida va burunda o‘tkazilgan operatsiyalardan keyingi davrda burun yo‘llarining o‘tkazuvchanligini buzilishi simptomlarida kuzatiladigan patsiyentlardagi burun orqali nafasni yengillashtiradi. Qo‘llangandan keyin bir necha minut (odatda 5-10 minut) davomida ta'siri boshlanadi.
Dekspantenol
Dispantenol pantoten kislotasining spirtli hosilasi hisoblanadi va V guruhi, vitaminlariga kiradi. Organizmda koenzim A ni asosiy tashkil qiluvchisigacha aylanganidan keyin, karbonsuvlar, yog‘lar va oqsillarning metabolizmi jarayonida ishtirok etadi. Normal o‘sishi, nerv tizimining funktsiyasi, teri va shilliq qavatlarining regeneratsiyasi uchun zarur hisoblanadi. Atsetilxolin va kortikosteroidlar sintezida ishtirok etadi. Soch va tirnoqlarning o‘sishiga ta'sir qiladi, shuningdek yaralarning bitishini tezlashtiradi.
Farmakokinetikasi
Ksilometazolin gidroxloridi
Intranazal qo‘llangan holida, ksilometazolin gidroxloridining so‘riladigan miqdori tizimli ta'siri, masalan, markaziy nerv tizimi tomonidan va (yoki) yurak qon-tomir tizimi tomonidan namoyon bo‘lishi uchun yetarlicha bo‘lishi mumkin.
Odamda farmakokinetik tadqiqotlarning ma'lumotlari mavjud emas.
Dekspantenol
Dekpantenol teri orqali so‘riladi va organizmda fermentativ yo‘l bilan pantoten kislotasigacha oksidlanadi. Plazmada vitamin oqsillar bilan bog‘langan shaklda tashiladi. Pantoten kislotasi koenzim A ni tashkil qiluvchi elementi hisoblanadi, u ko‘pchilik biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Teri va shilliq qavatlarda dekspantenolning metabolizmiga taaluqli aniq tadqiqotlar mavjud emas. Ichga qabul qilgandan keyin taxminan dozada 60-70% ning siydik bilan, 30-40% axlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Yalliqlanish kasalliklari vaqtida va jarroxlik aralashuvlaridan keyin burun bo‘shlig‘ida shilliq qavatlarini bitish jarayonlarini rag‘batlantirish va burun yo‘llarining o‘tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida, burun yo‘llarining o‘tkazmasligini simptomatik davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni yo‘riqnomaga muvofiq yoki shifokor yoki farmatsevt tavsiyasiga ko‘ra qo‘llash kerak.
Xar qanday shubxa xollarida shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak.
-Galazolin Kombipreparati faqat intranazal qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
-Gigiyenik nuqtai nazardan preparat o‘ramini faqat bir patsiyent qo‘llashi kerak.
-Quyida keltirilgandan katta dozada qo‘llash mumkin emas.
Galazolin Kombi, nazal sprey, eritma (0,5 mg+50,0 mg)/ml,
Spreyning 1 dozasi 0,1 ml eritma saqlaydi.
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Xar bir burun yo‘liga bir dozadan sutkada 1 yoki 2 marta (xar 8-10 soatda).
Xar bir burun yo‘liga preparatni sutkada 3 dozadan ko‘p qo‘llash mumkin emas.
Bolaga -Galazolin Kombi preparatini faqat katta yoshli shaxs yuborishi kerak.
Galazolin Kombi, nazal sprey, eritma (1,0 mg+50,0 mg)/ml,
Spreyning 1 dozasi (0,1 ml eritma) saqlaydi.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar
1 dozadan sprey xar bir burun yo‘liga sutkada 1 yoki 2 marta (xar 8-10 soatda).
Preparatni xar bir burun yo‘liga sutkada 3 dozadan ko‘p qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llashning davomiyligi
Preparatni 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Agar 7 kun o‘tgach yaxshilanish yuz bermasa yoki patsiyent o‘zini yomon xis etsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Preparatni bolalarda qo‘llashning davomiyligi bo‘lsa doim shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Preparatni yana qo‘llashni boshlashdan oldin bir necha kun tanaffus qilish kerak.
Qo‘llash usuli
1.Preparatni xar bir qo‘llash oldidan himoya qapqog‘ini yechish kerak.
2.Yangi flakonni birinchi qo‘llashdan oldin, qopqog‘ini yechgandan keyin, sprey bulutchasi paydo bo‘lguncha dozatorni 3-5 marta bosish kerak. Keyingi qo‘llashlar oldidan dozatorni bir necha marta bosish shart emas.
3.Dozatorning uchini burun yo‘liga kiritish kerak.
4.Flakonni vertikal xolatda tutib turib, dozatorni bosish kerak, bu burun yo‘liga preparatning dozasini purkalishiga olib keladi.
5.Muolajani preparatni boshqa burun yo‘liga yuborish takrorlanadi.
6.Qo‘llangandan keyin himoya qalpoqchasini kiritib qo‘yish kerak.
Preparatni qo‘llashni o‘tkazib yuborilgan xolda
Preparatning o‘tkazib yuborgan dozasini o‘rnini bosish maqsadida ikki barobar dozani qo‘llash mumkin emas, shuningdek preparatni xar bir burun yo‘liga sutka davomida 3 dozadan ko‘p qo‘llash mumkin emas.
Ushbu preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan keyingi xar qanday shubxa xollarida shifokor yoki farmatsevtga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Xar bir dori preparati kabi, Galazolin Kombi ham nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin, lekin ular xar patsiyentda bo‘lmasligi mumkin.
Tez-tez emas (100 patsiyentdan 1 tasidan kamida paydo bo‘ladi).
-yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, angionevrotik shish, eshakemi, qichishish).
Kam xollarda (10000 patsiyentdan 1 tasidan kamida paydo bo‘ladi).
-yurak urishini kuchayishi
-taxikardiya
-arterial bosimni oshishi
Juda kam xollarda (10000 patsiyentdan 1 tasidan kamida paydo bo‘ladi).
-qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, charchoqlik (masalan, uyquchanlik, sedatsiya), bosh og‘rig‘i, gallyutsinatsiyalar (asosan bolalarda);
-aritmiya;
-preparatning samarasini kamayishi bilan shilliq qavatining shishini kuchayishi, burundan qon ketishi;
-tirishishlar (ayniqsa bolalarda).
Tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini baholash imkoniyati yo‘q).
-burun shilliq qavatining achishishi va qurishi, aksirish.
Yuqorida sanab o‘tilgan yoki bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan xar qanday boshqa noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan xolida, ular haqida shifokor yoki farmatsevtga xabar berish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Ksilometazolin gidroxloridiga, dekspantenolga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
-Quruq rinit (rhinitis sicca.)
-Endonazol usul bilan o‘tkaziladigan xirurgik aralashuvlardan keyin va miyaning qattiq qobig‘ini ochilishi bilan kechuvchi xirurgik aralashuvlaridan keyin.
-2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (Galazolin Kombi nazal sprey, eritma (0,5 mg+50,0 mg)/ml uchun).
-6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (Galazolin Kombi nazal sprey, eritma (1,0 mg+50,0 mg)/ml uchun).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Patsiyent qo‘llagan yoki oxirgi vaqtda qo‘llayotgan (shu jumladan nazal qo‘llash uchun preparatlar) barcha dori preparatlari, shuningdek qo‘llashni rejalashtirgan preparatlar haqida shifokor yoki farmatsevtga xabar berish kerak.
- Ksilometazolinni va traniltsipromin monoaminooksidaza (MAO) tritsiklik antidepressantlar kabi ingibitorlari, shuningdek arterial bosimni oshiruvchi dori preparatlar bir vaqtda qo‘llanganda, bu preparatlarni yurak tomir tizimiga ta'siri arterial bosimni oshishi natijasida kuzatilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin, shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashish kerak.
Quyidagi xollarda Galazolin Kombi preparatini qo‘llashda alohida extiyotkorlikka rioya qilish kerak
-monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari va arterial bosimni oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlarni qo‘llash;
-ko‘z ichki bosimini oshishi, ayniqsa yopiq burchakli glaukoma xolida;
-yurak tomir tizimining kasalliklari (masalan, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya);
-feoxromtsitomalar;
-metabolik kasalliklar (masalan, gipertireoz, qandli diabet);
-simpatomimetiklarga yuqori sezuvchanlik.
Agar Galazolin Kombi preparatini qo‘llash vaqtida uyqusizlik, bosh aylanishi, tremor, ritmik bo‘lmagan yurak urishi, arterial bosimni oshishi kabi simptomlar paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
-porfiriya;
-prostata bezining giperplaziyasi;
-tavsiya etilgan dozalarda yuqorisini qo‘llash mumkin emas;
-surunkali rinitda burun shilliq qavatining atrofiyasini xavfi tufayli, preparat faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llanishi kerak;
-Galazolin Kombi preparatini 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas, chunki bundan davomiyroq qo‘llash, davolash qiyin bo‘lgan burun shilliq qavatining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin;
-Simpatomimetiklarni uzoq vaqt qo‘llash yoki ularni tavsiya etilgan dozalardan katta dozalarda qo‘llash, burun shilliq qavatining reaktiv giperemiyasini va natijada nafas yo‘llarining torayishiga olib kelishi mumkin.
“Rikoshet samarasi” burun yo‘llarining torayishiga olib kelishi mumkin, bu patsiyentni preparatni qayta qo‘llashga majburlaydi va uni muntazam qo‘llash o‘tishi mumkin. Keyinchalik ikkilamchi medikamentoz rinit (rhinitis medicamentosa) va xatto burun shilliq qavatining atrofiyasi, rivojlanadi.
Burun shilliq qavatining reaktiv giperemiyaning yengilroq xolatlarida simpatomimetik vositalarni, oldin bir burun yo‘lida (burun o‘tkazuvchanligini tutib turish uchun), so‘ngra esa simptomlar bartaraf bo‘lgandan keyin, ikkinchi burun yo‘lida qo‘llashni bekor qilish yetarli bo‘ilishi mumkin.
-infektsiyaning o‘tishi xavfini hisobga olib, preparat o‘ramini faqat bir patsiyent ishlatishi kerak;
-benzalkoniy xloridni saqlash tufayli, preparat burun shilliq qavatining qo‘zg‘atuvchanligini chaqirishi mumkin;
-agar bolalarda preparatni qo‘llash vaqtida qo‘zg‘aluvchanlik yoki uxlashda qiyinchiliklar paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni tuxtatish kerak;
-Galazolin Kombi nazal sprey, eritma (0,5 mg + 50,0 mg)/ml, 2 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas;
-Galazolin Kombi nazal sprey, eritma (0,5 mg + 50,0 mg)/ml 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Agar patsiyentka homilador bo‘lsa, emizayotgan bo‘lsa, homiladorligini gumon qilsa yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsa, u preparatni qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashish kerak. Homilaning rivojlanishiga preparatni ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar yetarlicha emas, shuning uchun homiladorlik vaqtida homiladorlik vaqtida Galazolin Kombini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Ksilometazolinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun emizuvchi ayollar Galazolin Kombini qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Agar preparatini tavsiyalarga binoan qo‘llansa, transport vositalarini va mashinalarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri kutilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar patsiyent tavsiya etilgan dozaga nisbatan katta dozani qabul qilgan bo‘lsa, yoki tasodifan preparatni yutib yuborsa, agar ayniqsa buni bola qilgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Ksilometazolin gidroxloridi
Dozani oshirib yuborilishi
ning simptomlari
Imidazol xosilalari bilan intoksikatsiyaning klinik manzaralari tushinarsiz bo‘lishi mumkin, chunki MNT va yurak-qon tomir tizimining susaytirilishi davri rag‘batlantirish davri bilan almashib turishi mumkin.
Dozani oshirib yuborlishi, ayniqsa bolalarda, MNT ga ahamiyatli ta'siriga, shu jumladan tirishishlar, koma, bradikardiya, apnoe, gipertenziya yoki gipotenziya, mushaklar tangligini oshishiga olib kelishi mumkin.
MNT rag‘batlantirilish belgilariga xavotirlik, qo‘zg‘aluvchanlik, gallyutsinatsiyalar va tirishishlar kiradi.
MNT susayishi simptomlari tana haroratini pasayishi, lanjlik, uyquchanlik va koma ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Shuningdek mioz (midriaz), terlash, isitma, sianoz, teri qoplamlarini oqarib ketishi, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, bradikardiya, aritmiya, yurakni to‘xtashi, gipertenziya, shoksimon gipotenziya, o‘pka shishi, nafasni susayishi va apnoe paydo bo‘lishi mumkin.
Davolash
Doza og‘ir oshirib yuborilganida statsionar davolash talab qilinadi.
Ksilometazolin gidroxloridini tez so‘rilishi tufayli, zudlik bilan faollashtirilgan ko‘mir (absorbent), natriya sulfatini (surgi vositasi) qabul qilish yoki me'dani yuvish kerak (yuqori dozalarda).
Arterial bosimni ά-adrenoretseptorlarning noselektiv blokatori yordamida pasaytirish mumkin. Tomirlarni toraytiruvchi vositalarni qo‘llash mumkin emas. Zarurati bo‘lganda tana haroratini pasaytiruvchi, tirishishga qarshi preparatlar va kislorod bilan davolashni buyurish kerak.
Dekspantenol
Pantoten kislotasi va uning xosilalari, shu jumladan dekspantenol, biroz toksiklik namoyon etadi. Doza oshirib yuborilgan xolda maxsus davolash zarurati yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 ml dan eritma 15 ml sig‘imli polietilen flakonlarda, nasosli alyumin qalpoqcha bilan berkitilgan, dozator va himoya kiritmali applikator bilan. Flakonga etiketka yopishtirilgan. 1 flakondan ilova-varaqasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroartda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatidan so‘ng ishlatilmasin.
Flakon ochilgandan so‘ng 12 hafta davomida ishlatish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Medana Farma AJ
98-200 Seradz
V.Loketka ko‘ch., 10, Polsha
Qayd etish guvoxnomasining egasi
Varshavskiy farmatsevticheskiy zavod Polfa AJ
Karolkova ko‘ch., 22/24, 01-207 Varshava, Polsha
Maxsulotni sifati bo‘yicha e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
“Polfarma” vakolatxonasi AJ,
Toshkent sh., Fidokor ko‘ch., 32
Tel +99871 150 21 74, 150 21 75, 150 21 76
Faks +998971 150 21 77
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.