Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ksilazol nazal. sprey 1,0/50mg/ml 10ml №1
Ksilazol nazal. sprey 1,0/50mg/ml 10ml №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ксилометазолин, декспантенол
Страна производитель
Турция
Дозировка
1мг/мл
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ksilazol
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) ksilometazolin, dekspantenol
Dori shakli
nazal sprey.
Tarkibi
Ksilazol, bolalar uchun nazal sprey
1 ml preparat quyiagilarni saqlaydi
faol moddalar 0,5 mg ksilometazolin gidroxloridi, 50 mg dekspantenol;
yordamchi moddalar dinatriy gidrofosfat geptagidrati, natriy digidrofosfat monogidrati, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.
Ksilazol, nazal sprey
1 ml preparata quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 1 mg ksilometazolin gidroxloridi, 50 mg dekspantenol;
yordamchi moddalar dinatriy gidrofosfat geptagidrati, natriy digidrofosfat monogidrati, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Burun bo‘shlig‘i kasalliklarida mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan shishga qarshi va boshqa preparatlar. Ksilometazolin boshqa vositalar bilan majmuada.
ATX kodi R01AV06
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ksilometazolin α-adrenomimetik faollikka ega bo‘lgan mahalliy qon-tomirlarni toraytiruvchi (dekongestantlar) guruhiga kiradi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatidagi qon-tomirlarni torayishini chaqiradi, burun yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklaydi, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi. Preparatning ta'siri odatda tomizilgandan so‘ng bir necha minutdan keyin boshlanadi va 10 soatgacha davom etadi.
Dekspantenol – V guruhi vitamini – pantoten kislotasining hosilasidir. Shilliq qavatni regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, hujayra metabolizmini normallashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarning mustahkamligini oshiradi. Regeneratsiya qiluvchi, metabolik va biroz yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetika
Ksilometazolin mahalliy qo‘llanganida deyarli so‘rilmaydi, plazmadagi kontsentratsiyasi shu darajada kamki, zamonaviy analitik usullar bilan aniqlash imkoni yo‘q.
Dekspantenol mahalliy qo‘llanganida teri orqali tez so‘riladi va pantoten kislotasiga aylanadi, u plazma oqsillari (asosan β-globulin va albumin bilan) bilan bog‘lanadi. Uning qondagi kontsentratsiyasi 0,5-1 mg/l, qon zardobidagi kontsentratsiyasi – 100 mkg/l ni tashkil etadi. Pantoten kislotasi organizmda metabolizmga uchramaydi (Ko-A ga kirishishidan tashqari), o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Rinit ko‘rinishlari bilan kechuvchi o‘tkir respirator kasalliklarda, o‘tkir allergik rinit, vazomotor rinit, sinusitlar, o‘tkir o‘rta quloq otitida (burun halqumning shilliq qavati shishini kamaytirish uchun majmuaviy davolash tarkibida), rinoskopiyani yengillashtirish uchun, burun bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan jarrohlik aralalashuvlaridan keyin burun orqali buzilgan nafas olishni tiklash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intranazal qo‘llash uchun mo‘ljallangan
Ksilazol, bolalar uchun nazal sprey
Preparat 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga har bir burun yo‘liga bir marta purkaladi, kuniga 3 martadan oshmasligi kerak. Preparatning dozasi individual sezuvchanlik va klinik reaktsiyasiga bog‘liq.
Ksilazol, nazal sprey
Preparat kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga har bir burun yo‘liga bir marta purkaladi, kuniga 3 martadan oshmasligi kerak. Preparatning dozasi individual sezuvchanlik va klinik reaktsiyasiga bog‘liq.
Ksilazol preparatini 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas, faqat bir necha kun tanaffusdan keyingina takroran qo‘llash mumkin. Bolalar qo‘llash davomiyligi yuzasidan shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash usuli purkagich uchligidan himoya qalpoqchasi yechiladi. Spreyni birinchi marta qo‘llashdan oldin dori vositasi bir maromda purkalgunicha purkagich uchligini bir necha marta bosilsin, keyinchalik yana foydalanilganda flakon qo‘llash uchun tayyor hisoblanadi.
Preparatni qo‘llashdan oldin burun yo‘llari tozalansin, purkagich uchligi burun yo‘liga kiritilsin, flakon vertikal holatda ushlansin. Purkash vaqtida burun orqali yengil nafas olish tavsiya etiladi. Foydalanilgandan keyin purkagich uchligini artilsin va himoya qalpoqchasi yopilsin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, ammo <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, ammo <1/100); kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Nafas tizimi tomonidan juda kam hollarda – vaqtinchalik yengil ta'sirlanish (burun shilliq qavatini achishishi yoki qurishi), preparatning samarasi pasayganida shilliq qavati shishini kuchayishi (reaktiv giperemiya), burundan qon ketishi.
Nerv tizimi tomonidan juda kam hollarda – bosh og‘rig‘i, bezovtalik, uyqusizlik, toliqish (uyquchanlik).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan kam hollarda – yurak urishini his etish, yurak ritmini tezlashishi va arterial bosimni oshishi; juda kam hollarda – aritmiya.
Tayanch-harakat apparati tomonidan juda kam hollarda – tirishishlar (ayniqsa bolalarda).
Immun tizimi tomonidan tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (teri va shilliq qavatlarni qichishish, shishi va toshma).
Tez-tez va/yoki uzoq muddat qo‘llanganida – burun halqumning shilliq qavatini ta'sirlanishi va/yoki shishi, achishish, sanchish, aksirish, gipersekretsiya, allergik reaktsiyalar, burunning shilliq qavati shishi, qusish, bosh og‘rig‘i, quruq rinit, yurak urishini his etish, arterial bosimni oshishi, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi, depressiya (yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida) bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• quruq rinit;
• bosh miya pardalarida o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvi (anamnezida);
• 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (bolalar uchun nazal sprey);
• 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga (nazal sprey) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni MAO ingibitorlari, traniltsipromin yoki tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qo‘llash ushbu preparatlarni yurak-qon tomir tizimiga ta'sir qilishi oqibatida arterial bosimni oshishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi
• MAO ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, yoki arterial bosimni oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari qabul qilinganida;
• ko‘z ichki bosimi oshganida, ayniqsa yopiq burchakli glaukomada;
• yurak-qon tomir tizimini og‘ir darajadagi buzilishlarida (masalan, koronar kasalliklar, arterial gipertenziya, taxikardiya);
• feoxromotsitomada;
• moddalar almashinuvini buzilishlarida (masalan, gipertireoz, diabet);
• porfiriyada;
• prostata bezi giperplaziyasida.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik davrida Ksilazol preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu patsiyentlar guruhida ksilometazolinni qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Ksilometazollinni ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi noma'lum, shuning uchun laktatsiya davrida Ksilazol preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Ksilazol, bolalar uchun nazal sprey, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Ksilazol, nazal sprey, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Uzoq muddat qo‘llanganida yoki yuqori dozalarda qo‘llanganida Ksilazolning tizimli samaralari, shu jumladan yurak-qon tomir va markaziy nerv tizimlariga ta'sirini istisno qilish mumkin emas. Bunday holatlarda avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyati buzilgan bo‘lishi mumkin, shuning uchun potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish yoki bajarishdan saqlanishi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida yoki bexosdan peroral qabul qilinganida quyidagi simptomlar qorachiqlarni torayishi (mioz), qorachiqlarni kengayishi (midriaz), ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, isitma, tirishishlar, taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, qon-tomirlar yetishmovchiligi, yurak urishini to‘xtashi, gipertenziya, o‘pka shishi, nafas faoliyatini buzilishi, gallyutsinatsiyalar rivojlanishi mumkin.
Patsiyentlarda shuningdek markaziy nerv tizimining, uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya, shok, nafas faoliyatini to‘xtashi va koma bilan kechuvchi susayish simptomlari paydo bo‘lishi mumkin.
Davolash faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, me'dani yuvish, o‘pkalarni kislorod bilan ventilyatsiyasini o‘tkazish bajariladi. Arterial bosimni pasaytirish uchun 5 mg fentolamin 0,9% li natriy xloridi eritmasida eritilib vena ichiga sekin yuboriladi yoki 100 mg fentolamin peroral qabul qilinadi. Qon-tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas. Zarurat bo‘lganida isitmani tushiruvchi va tirishishga qarshi vositalar qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli
Nazal sprey 10 ml dan purkagich uchligi va himoya qalpoqchasi o‘rnatilgan sariq rangli shisha flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan so‘ng preparat 12 hafta davomida ishlatilsin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Dr Sertus Ilach Sanayi ve Tidjaret Limited Shirketi», Turkiya
(“Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjlar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
“World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.