Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ksilozolin-MF burun tomchilari yoki burunga qo‘llash uchun sprey 0.1% 15ml
Ksilozolin-MF burun tomchilari yoki burunga qo‘llash uchun sprey 0.1% 15ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Дозировка
0,1% 15 мл
Форма выпуска
Капли назальные
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Ksilozolin-MF
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ksilometazolin
Dori shakli
burun tomchilari yoki burunga qo‘llash uchun sprey.
Tarkibi
1 ml 0,05% li eritma quyidagilarni saklaydi
faol modda ksilometazolin gidroxloridi………………….0,5 mg.
yordamchi moddalar dinatriy edetati – 0,5 mg, natriy gidrofosfat digidrati – 2 mg, natriy digidrofosfat digidrati – 2 mg, natriy xloridi – 7,3 mg, 10% li benzalkoniy eritmasi shaklida benzalkoniy xloridi – 0,1 mg, tozalangan suv – 1 ml gacha.
1 ml 0,1% li eritma quyidagilarni saklaydi
faol modda ksilometazolin gidroxloridi………………….1,0 mg.
yordamchi moddalar dinatriy edetati – 0,5 mg, natriy gidrofosfat digidrati – 2 mg, natriy digidrofosfat digidrati – 2 mg, natriy xloridi – 7,3 mg, 10% li benzalkoniy eritmasi shaklida benzalkoniy xloridi – 0,1 mg, tozalangan suv – 1 ml gacha.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqliq.
Farmakoterapevtik guruxi Antikongestiv vosita – alfa–adrenomimetik.
ATX kodi R01AA07
Farmakologik xususiyatlari
Ksilometazolin alfa 2–adrenomimetik ta'sirga ega maxalliy qon tomirlarni toraytiruvchi vositalar (dekongestantlar) guruhiga mansub, burun shilliq qavatining qon tomirlarini torayishini chaqiradi, va shu bilan burun – xalqum bo‘shlig‘ining shilliq qavatinining shishi va giperimiyasini bartaraf qiladi. Rinitlarda burun orqali nafas olishni yengillashtiradi.
Terapevtik kontsentratsiyalarda shilliq qavatinini ta'sirlamaydi, giperemiyani chaqirmaydi. Preparatning ta'siri bir necha minutdan keyin boshlanadi va 10 – 12 soat davom etadi.
Farmakokinetikasi
Ksilometazolin mahalliy qo‘llanganida deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun qon plazmasidagi kontsentratsiyasi juda kam (zamonaviy analitik usullar bilan aniqlanmaydi).
Qo‘llanilishi
O‘tkir rinit (shu jumladan, o‘tkir respirator kasalliklar fonidagi va allergik rinit), pollinoz, sinusit, yevstaxiit, o‘rta otitda (burun – xalqum shishini kamaytirish uchun) qo‘llanadi.
Burun bo‘shlig‘idagidiagnostik muolajalar uchun bemorni tayyorlash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Intranazal buyuriladi.
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 0,05% li eritma har bir burun yuliga 1 tomchidan (purkashdan) kuniga 1-2 marta buyuriladi; kuniga 3 martadan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun 0,1% li eritma har bir burun yuliga 1 tomchidan (purkashdan) buyuriladi (zarurati bulganda takrorlash mumkin), kuniga 3 martadan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Preparat kupi bilan 7 kun kullaniladi, keyinchalik shifokor kursatmasi buyicha.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy reaktsiyalar tez-tez va/yoki uzoq vaqt qo‘llanganida – burun-halqum shilliq qavatini ta'sirlanishi va/yoki qurishi, achishish, paresteziyalar, aksirish, gipersekretsiya; burun shilliq qavatini shishi.
Tizimli reaktsiyalar qusish, bosh og‘rig‘i, yurak urishini his qilish, arterial bosimni oshishi, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi; depressiya (yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatningkomponentlariga yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma, atrofik rinit, tireotoksikoz, bosh miya pardalaridagi jarrohlik aralashuvlari (anamnezdagi), homiladorlik, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (0,05%li Ksilozolin-MF uchun); 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (0,1% Ksilozolin-MF uchun) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan qandli diabet, stenokardiyaning III-IV funktsional sinfida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bir vaqtda qo‘llanishi tizimli ta'sirni kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq muddat, masalan, surunkali rinitda, qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni faqat ona uchun foyda va homila va bolaga bo‘lgan xavf nisbati sinchiklab baholangandan keyin, ehtiyotkorlik bilan, tavsiya etilgan dozani oshirishga yo‘l qo‘ymasdan qo‘llash kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Tavsiya qilinganidan yuqori dozalarda qabul qilish transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiya tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin, bu ehtiyotkorlikka rioya qilishni talab etadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroklilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Nazal tomchilar 0,05% va 0,1%. 10 ml, 20 ml dan tyubik tomchilagichlarda. Nazal sprey 0,05% va 0,1%. 15 ml dan preparat kup dozali purkagich uchlik bilan ta'minlangan va ximoya kalpokchali tyubiklarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroklilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chikaruvchi
«Mediofarm» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sergeli tumani,Qumariq ko‘chasi, 10 uy.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.