Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rinazolin nazal sprey 0,5 mg/ml 15ml Farmak
Rinazolin nazal sprey 0,5 mg/ml 15ml Farmak
Nomi | Narx | |||||
Риназолин Спрей наз. 0,5 мг/мл 15мл. в п/э флак. Фармак (30823##1954) |
UZS 21 800
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Риназолин Спрей наз. 0,5 мг/мл 15мл. в п/э флак. Фармак (30823##1962) |
UZS 21 800
Stokda yetarli (10)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Оксиметазолин
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,5 мг/мл
Производитель
ПАО «Фармак»
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rinazolin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) oksimetazolin
Dori shakli
nazal sprey.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 0,5 mg modda oksimetazolin gidroxloridi 100% ga qayta hisoblanganda;
yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi, polietilenglikol, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy fosfat dodekagidrati, povidon, propilenglikol, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR-organlar kasalliklarini davolash uchun vosita. (Burun bo‘shlig‘i kasalliklarida mahalliy foydalanish uchun shishga qarshi va boshqa preparatlar. Simpatomimetiklar).
ATX kodi R01AA05
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Rinazolin® mahalliy qon-tomirlarini toraytiruvchi vositalar guruhiga kiradi. Oksimetazolin simpatomimetik va qon-tomirlarini toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, burun shilliq qavatining shishishini bartaraf etadi. Qo‘llash joyida qon-tomirlarini toraytiruvchi, burun shilliq qavati va yuqori nafas yo‘llarining shishishini kamaytiradi, burun oqishini kamaytiradi. Burun nafas yo‘llarini tiklaydi. Burun shilliq qavatining shishishini bartaraf etish burun bo‘shlig‘ining o‘simtalarini, o‘rta quloq bo‘shlig‘ini tiklashga yordam beradi, bu bakterial asoratlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Oksimetazolin viruslarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, immunomodulyatsion va antioksidant ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu kombinatsiyalangan ta'sir mexanizmi tufayli klinik sinovlar davomida o‘tkir rinit simptomlarini (burun bitishi, rinoreya, aksirish, o‘zini yomon xis qilish) tezroq va samaraliroq bartaraf etishi isbotlangan.
Farmakokinetikasi
Terapevtik kontsentratsiyalarda mahalliy nazal qo‘llanilishi bilan u burun shilliq qavatini ta'sirlamaydi, giperemiyani keltirib chiqarmaydi. Yarim chiqarilish davri preparatni qo‘llanilgandan keyin taxminan 35 soatni tashkil etadi. Preparatning 2,1% buyraklar orqali, taxminan 1,1% ahlat bilan chiqariladi.
Preparatni ta'sir etish muddati – 12 soatgacha.
Qo‘llanilishi
O‘tkir rinit.
Allergik rinit.
Infektsion bo‘lmagan vazomotor rinitning hurujlarida.
Burun bo‘shlig‘ining o‘simtalari kasalliklarida, rinit bilan bog‘liq yevstaxiit bilan drenaj va burun nafas yo‘llarini tiklash uchun.
Burun yo‘llarida diagnostik manipulyatsiyalardan oldin shishishni bartaraf etishi uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni qo‘llashdan oldin darhol flakonni tana haroratigacha keltirishuchun kaftingizda ushlab turish kerak. Preparatni yuborishdan oldin burunni yaxshilab tozalash kerak. Qo‘llashda flakonni vertikal holda, purkagichni yuqoriga qaratib tutib turing. Qo‘llashdan oldin flakonning himoya qopqog‘ini yechib oling, nasadkaning uchligini burun katagiga joylang, flakonni qisqa keskin harakat bilan siqib oling va uchlikni burundan chiqarib oling. Purkash vaqtida burun orqali ozgina nafas olish tavsiya etiladi.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga - har burun katagiga sutkada 2-3 marta 1 marta purkaladi. Bir martalik dozani sutkada 3 martadan ortiq va 5-7 kundan uzoq muddatda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Tavsiya etilganidan yuqori dozalarni qo‘llamang.
Preparatni faqat bir necha kundan keyin qayta qo‘llash mumkin.
Bollar
6 yoshdan oshgan bolalarga buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Uchrash tez-tezligi bo‘yicha nojo‘ya samaralari quyidagi toifalarga bo‘linadi juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% va <10%), tez-tez emas (≥0,1% va <1%), kam xollarda (≥0,01% va <0,1%), juda kam xollarda (<0,01 %) va kamdan-kam xolatlari.
Nerv tizimi tomonidan.
Juda kam xollarda xavotirlanish, uyqusizlik, yuqori charchoq (uyquchanlik, sedatsiya), bosh og‘rig‘i, gallyutsinatsiyalar (ayniqsa, bolalarda).
Yurak-qon tomirlari tomonidan.
Kam xollarda palpitatsiya, taxikardiya, arterial gipertenziya.
Juda kam xollarda aritmiya.
Nafas olish tizimi tomonidan.
Tez-tez burunda diskomfort (masalan, achishish) yoki burun shilliq qavatini quruqligi, aksirish.
Tez-tez emas Rinazolin® preparatini qo‘llash ta'siri tugagandan so‘ng, kuchli burun bitishi, burundan qon ketish hissi mavjud.
Juda kam xollarda chaqaloqlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda apnoe.
Mushak-skelet tizimi tomonidan.
Juda kam xollarda tirishish (ayniqsa bolalarda).
Immunitet tizimi tomonidan.
Tez-tez emas o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (angionevrotik shish, toshma, qichishish) kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
i
Oksimetazolinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Atrofik rinit.
Transfenoidal gipofizektomiya yoki bosh miya qobig‘ining ochilib qolishi bilan boshqa jarrohlik aralashuvlardan keyin qo‘llamang.
Monoaminoksidaza ingibitorlarini (MAO) qo‘llanilganda va MAO ingibitorlari bilan davolanishni to‘xtatgandan keyin 2 hafta ichida va arterial bosimini oshiradigan boshqa dorilarni qo‘llashda.
Ko‘z ichi bosimining oshishi, ayniqsa yopiq burchakli glaukomasida.
Yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir shakllari (masalan, ishemik yurak kasalligi) va arterial gipertenziya.
Feoxromotsitoma.
Metabolik buzilishlar (masalan, gipertireoz, qandli diabetda).
Prostat bezining giperplaziyasi.
Porfiriyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Oksimetazolinni traniltsipromin tipidagi MAO ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar va gipertenziv vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash bilan arterial bosimining oshishi mumkin. Shuning uchun bu preparatni birgalikda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni uzoq muddat qo‘llash va dozani oshirib yuborishdan saqlanish kerak. Burun uchun shishga qarshi uzoq muddat qo‘llash preparat ta'sirining susayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu vositani suiiste'mol qilish shilliq qavatini atrofiyasini va giperemiya bilan bog‘liq medikamentoz rinitga olib kelishi mumkin. Tavsiya etilganidan yuqori dozalar faqat shifokor nazorati ostida qo‘llanilishi kerak. Preparat tarkibida benzalkoniy xloridning bir dozada 18 mkg miqdorida bo‘lishi bronxospazmga olib kelishi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik
Homiladorlik va emizish davrida preparatni juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Tavsiya etilgan dozadan oshib ketishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Emizish
Oksimetazolinning ona sutiga o‘tishi haqidagi ma'lumotlar noma'lum. Preparatni emizish vaqtida foyda va xavf nisbati to‘liq baholangan taqdirda qo‘llash kerak. Emizish vaqtida tavsiya etilgan dozadan oshirmang, chunki dozani oshirib yuborish ayolda ona suti miqdorini kamaytirishi mumkin.
Preparatni tavsiya etilganlardan yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llashdan keyin yurak-qon tomirlar tizimiga umumiy ta'sirni istisno qilish mumkin emas. Bunday hollarda transport vositasini boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilish
Dozani sezilarli darajada oshirib yuborish yoki tasodifiy qabul qilishdan keyin quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin midriaz, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, haroratni ko‘tarilishi, spazmlar, taxikardiya, palpitatsiya, aritmiya, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, yurak to‘xtashi, terlashning ko‘payishi, ajitatsiya, tirishishlar, arterial gipertenziya, o‘pka shishi, nafas olishni buzilishi, rangni oqarishi, mioz, giposmiya, ruhiy buzilishlar.
Bundan tashqari, uyquchanlik, tana haroratining pasayishi, bradikardiya, arterial gipotoniya, apnoe va komaning mumkin bo‘lgan rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladigan markaziy nerv tizimi tomonidan funktsiyalarning susayishi namoyon bo‘lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborishda terapevtik choralar me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni iste'mol qilish, o‘pkani shamollatish. Arterial bosimining pasayishi bilan fentolamindan foydalaning. Vazopressor vositalarni qabul qilmaslik tavsiya etiladi. Agar zarur bo‘lsa, tirishishga qarshi terapiya ko‘rsatiladi.
Chiqarilish shakli
15 ml dan dozatori bilan nasadkasi va himoya qopqoqli bilan ta'minlangan polietilen flakonlarda. 1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan, 25oS dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘ch., 63.
Ishlab chiqaruvchi
ning joylashgan joyi va uning faoliyat ko‘rsatayotgan joyining manzili.
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘ch., 74.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari sifati bo‘yicha e'tiroz (taklif) larni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
"Farmak" AJ ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi
O‘zbekiston Respublikasi,
100170, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Ziyelilar ko‘ch. 12a, 1/2
Tel. +998 (71) 235-77-13;
HYPERLINK "mailtoinfo@farmak.ua" info@farmak.ua
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.