Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rinoksil Bebi tomchilari 0.01% 10ml
Rinoksil Bebi tomchilari 0.01% 10ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ксилометазолин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
0,01%
Производитель
Nika Pharm,ДХО (упаков) Флумед-Фарм,ООО,КП, Молдова (произ),Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли назальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalarda berish tartibi
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Rinoksil Bebi
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Oksimetazolin
Dori shakli
Nazal tomchilari
Tarkibi
0,01 % li 100 ml eritma saqlaydi
faol modda oksimetazolin gidroxloridi 0,01 g;
yordamchi moddalar natriy fosfat digidrati, dinatriy edetati (trilon B), benzalkoniy xloridi, propilenglikol, 0,1 M xlorid kislotasi eritmasi yoki 0,1 M natriy gidroksidi eritmasi, tozalangan suv.
0,025 % li 100 ml eritma saqlaydi
faol moda oksimetazolin gidroxloridi 0,025 g
yordamchi moddalar evkalipt moyi, natriy fosfat digidrati, dinatriy edetati (trilon B), benzalkoniy xloridi, propilenglikol, 0,1 M xlorid kislotasi eritmasi yoki 0,1 M natriy gidroksidi eritmasi, tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi
Lor a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Oksimetazolin mahalliy qon tomirlarni toraytiruvchi dori vositalariga mansub. α–adrenomimetik ta'sir ko‘rsatadi. Imidazolinning hosilasi sifatida, kichik kontsentratsiyalarda u asosan α2–adrenomimetik ta'sir ko‘rsatadi, yuqori dozalarda α1–adrenoretseptorlariga ham ta'sir ko‘rsatadi. Preparatning qon tomirlarni toraytiruvchi samarasi, burun yo‘llari, yon bo‘shliqlari va yevstaxiyev nayining shilliq qavatini shishini, qizarishini va burun bo‘shlig‘ida ajralmalarni chiqishini kamayishi bilan namoyon bo‘ladi. Burun shilliq qavati va yon bo‘shliqlari qon tomirlarining mahalliy torayishi, preparat qo‘llanganidan keyin 5-10 minutdan so‘ng paydo bo‘ladi va 10-12 soat davomida davom etadi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganda tizimli so‘rilishi past.
Qo‘llanilishi
O‘tkir rinit (shu jumladan allergik), vazomotor rinit, sinusit, shamollash kasalliklarida burun orqali nafas olishni qiyinlashishi, yevstaxeit, o‘rta otit, burun – halqum sohasida rinoskopiya va boshqa muolajalarni o‘tkazishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar 4 haftalikkacha bo‘lgan bolalarga Rinoksil Bebining 0,01% li eritmasi har bir burun bo‘shlig‘iga 1 tomchidan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Hayotining 5 haftasidan boshlab va 1 yoshgacha – har bir burun bo‘lig‘iga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta buyuriladi.
Shuningdek quyidagi muolajani ham samaradorligi isbotlangan yoshiga ko‘ra 0,01% li eritmaning 1-2 tomchisi bilan paxtani ho‘llab bo‘shliqlarini artish.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Rinoksil Bebining 0,025% eritmasining tomchilarni har bir burun bo‘shlig‘iga 1 tomchidan kuniga 2-3 marta qo‘llanadi. Rinoksil Bebining 0,01%, 0,025% li eritmalari tomchilarini 3–5 kundan ortiq qo‘llamaslik lozim. Tavsiya qilingandan yuqori dozalarni faqat shifokorning kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ba'zida – burun qavatlarini achishish yoki qurish hissi, aksirish. Kam hollarda – reaktiv giperemiya. Ko‘p marta qo‘llash taxikardiya va arterial bosimni oshishi kabi tizimli simpatomimetik samaralarga olib keladi. Juda kam hollarda - bezovtalanish, uyqusizlik, charchoqlik, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Oksimetazolinga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda, atrofik rinitda, yopiq burchakli glaukomada, sedativ vositalari, monoaminooksidaza ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlarni ishlatilganda qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Rinoksil Bebini boshqa mahalliy qon tomirlarni toraytiruvchi vositalari, boshqa burun ichiga qo‘llanadigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlarni bir vaqtda qo‘llanganda arteril bosim oshishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni, taxikardiyasi, ko‘z ichki bosimini oshishi, gipertireozi, qandli diabeti, feoxromatsitomasi bo‘lgan bemorlarga, MAO ingibitorlarinibir vaqtda qo‘llanganda va ularni qabul qilish tugagandan keyin 10 kungacha bo‘lgan muddatda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Uzoq vaqt qo‘llashdan va dozani oshirib yuborilishidan saqlanish lozim.
Flakondan faqat bitta shaxs (infektsiyani yuqish xavfi tufayli) foydalanishi kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani ahamiyatli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilingandan keyin mioz, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, gipertermiya, taxikardiya, aritmiya, qon tomir yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, nafas buzilishlari, o‘pka shishi, yurakni to‘xtab qolishi kabi simptomlar aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari, ruhiy buzilishlar, shuningdek markaziy nerv tizimi faoliyatini buzilishlari rivojlanishi mumkin bo‘lib, ular uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni to‘xtashi va komani rivojlanishi bilan birga kechadi.
Davolash Qabul qilishni to‘xtatish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
0,01% yoki 0,025% nazal tomchilar 10 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
.
3 yil.
Dorixonalarda berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“NIKA PHARM” ShXJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Maraimova ko‘ch., 48.
www.nikapharm.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.