Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rint burun spreyi mentol bilan 0,5mg/g 10ml fl
Nomi | Narx | |||||
Ринт спрей назальн. с ментолом 0,5мг/г 10 мл фл (160923##2 133) |
UZS 38 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Оксиметазолин
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,5 мг/мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rint nazalniy sprey s mentolom
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Oksimetazolin
Dori shakli
Nazal spreyi
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100% moddaga qayta hisoblanganda 0,5 mg oksimetazolin gidroxloridi;
yordamchi moddalar ratsemik kamfora; mentol (levomentol); benzalkoniy xloridi; dinatriy edetati (Trilon B); benzil spirti; polietilenglikol 400 (makrogol 400); povidon; natriy karboksimetiltsellyuloza – mikrokristall sellyuloza; natriy digidrofosfati, digidrati; natriy gidrofosfati, dodekagidrati; in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq bo‘lmagan, oqish gelsimon suyuqlik yoki o‘ziga xos hidli va tiksotrop xususiyatli (saqlanganda quyuqlashadi va chayqatilganda suyuladi) eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR- a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita. (Burun bo‘shlig‘i kasalliklarida mahalliy qo‘llash uchun shishga qarshi va boshqa preparatlar. Simpatomimetiklar, oddiy preparatlar).
ATX kodi R01AA05.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Rint nazalny sprey s mentolom mahalliy tomirlarni toraytiruvchi vositalar guruhiga kiradi. Oksimetazolin burun shilliq qavatidagi shishlarni bartaraf etib simpatomimetik va tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Preparat sepish joyida tomirlarni toraytiradi, burun bo‘shlig‘i va yuqori nafas yo‘llarini shilliq qavatini shishini kamaytiradi, burundan ajralmalar ajralishini kamaytiradi. Burundan nafas olishni tiklaydi. Burun shilliq qavatidagi shishlarning bartaraf etilishi burun yondosh bo‘shliqlarini, o‘rta quloq bo‘shlig‘i aeratsiyasini tiklanishiga yordam beradi, bakterial asoratlarning rivojlanishini oldini oladi.
Oksimetazolin viruslarga qarshi, yallig‘lanishlarga qarshi, immunomodulyator va antioksidant ta'sir ko‘rsatadi. Klinik tadqiqotlar o‘tkazish vaqtida majmuaviy ta'sir mexanizmi tufayli, o‘tkir rinit simptomlarini (burun bitishi, rinoreya, aksirish, o‘zini yomon his etish) tezroq va samarali bartaraf etishi isbotlangan.
Farmakokinetikasi
Preparatning ta'siri tez boshlanadi (qo‘llangandan keyin bir necha minutdan keyin). Terapevtik kontsentratsiyalarda mahalliy nazal qo‘llanganda burun shilliq qavatini ta'sirlamaydi, giperemiya chaqirmaydi. Yarim chiqarilish davri preparatni qo‘llagandan keyin taxminan 35 soatni tashkil etadi. Preparatning 2,1% buyraklar orqali, taxminan 1,1% axlat bilan chiqariladi.
Ta'sirning davomiyligi – 12 soatgacha.
Qo‘llanilishi
Burun bitishi bilan kechuvchi o‘tkir respirator kasalliklar.
Allergik rinit.
Vazomotor rinit.
Burun bo‘shlig‘ining yondosh bo‘shlig‘i kasalliklarida, yevstaxiitda drenajni va burundan nafas olishni tiklash uchun.
Burun yo‘llarida diagnostik muolajalardan oldin shishni bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Har qo‘llashdan oldin flakonni jadal silkitish kerak. Himoya qiluvchi qalpoqchani yechish kerak. Birinchi foydalanishdan oldin dozalovchi moslamani bir necha marta aerozol oqimi paydo bo‘lgungacha bosish kerak. Uchlikni burun yo‘liga qo‘yish va dozalash moslamasiga bosish kerak, bu vaqtda burun bilan chuqur nafas olish kerak, bunda boshni orqaga egish zarurati yo‘q. So‘ngra uchlikni boshqa burun yo‘liga qo‘yib muolajani takrorlash kerak. Qo‘llangandan keyin uchlikni tozalab artish kerak va flakonni himoya qalpoqchasi bilan yopish kerak.
Preparat kattalarga va 6 yoshdan katta bolalarga, har bir burun yo‘liga 1 purkashdan, sutkada 2-3 marta buyuriladi. Tavsiya etilgandan yuqori dozalarni faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llansin. Preparatni 5-7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Preparatni takroran faqat bir necha kundan so‘ng qo‘llash mumkin.
Vositani saqlanganda quyuqlashishini va chayqalganda suyulishini nazarda tutgan holda, har qo‘llashdan oldin flakonni jadal silkitish kerak
Birinchi foydalanishdan oldin dozalovchi moslamani bir necha marta aerozol oqimi paydo bo‘lgungacha bosish kerak
Uchlikni burun yo‘liga qo‘yish va dozalash moslamasiga bosish kerak, bu vaqtda burun bilan chuqur nafas olish kerak
Boshni orqaga egish zarurati yo‘q
Uchlikni boshqa burun yo‘liga qo‘yib muolajani takrorlash kerak
Qo‘llangandan keyin uchlikni tozalab artish kerak va flakonni himoya qalpoqchasi bilan yopish kerak
Bolalar. Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nafas tizimi tomonidan.
Tez-tez (≥1% - <10%) burunda diskomfort, burun shilliq qavatini achishishi yoki qurishi, aksirish.
Kam hollarda (≥0,01% - <0,1%) oksimetazolin qo‘llanganda samarasi tugagandan keyin, kuchli burun bitishi hissi (reaktiv giperemiya) kuzatilishi mumkin.
Uchrash tezligi/yakka holatlar bo‘yicha noma'lum burundan qon ketishlar. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va kichik yoshdagi bolalarda (ayniqsa dozani oshirib yuborilganda) apnoe
Nerv tizimi tomonidan.
Kam hollarda (≥0,01% - <0,1%) bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, toliqish, tirishish, gallyunatsiya (ayniqsa bolalarda).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan.
Tez-tez emas (≥0,1% - <1%) mahalliy nazal qo‘llanganda palpitatsiya, taxikardiya, va arterial gipertenziya kabi tizimli samaralar chaqirishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan.
Allergik reaktsiyalar jumladan, toshma, qichishish, angionevrotik shish paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Atrofik rinit.
Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari va (MAO) ingibitorlari bilan davolash to‘xtatilgandan keyin 2 hafta davomida, shuningdek arterial bosimni oshiruvchi boshqa preparatlarni qo‘llanishida.
Ko‘z ichki bosimini oshishi, ayniqsa yopiq burchakli glaukoma.
Yurak-tomir kasalliklari og‘ir shakllarida (masalan, yurak ishemik kasalliklari, arterial gipertenziya).
Feoxromotsitoma.
Metabolik buzilishlar (gipertireoz, qandli diabet, porfiriya).
Prostata bezining gipertrofiyasida.
Transfenoidal gipofizektomiyadan keyin yoki qattiq miya qavatining ochilishlari bo‘lgan jarrohlik aralashuvlaridan keyin qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
MAO ingibitorlari va arterial bosimni rivojlanish xavfi tufayli, arterial bosimni oshiruvchi boshqa preparatlarni qo‘llash mumkin emas. Boshqa qon-tomirlarni toraytiruvchi dori vositalari bilan birgalikda buyurganda nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni uzoq vaqt qo‘llashdan va dozani oshirib yuborishdan saqlanish kerak. Burun uchun shishga qarshi vositani uzoq vaqt qo‘llash preparatning ta'sirini kamayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu vositadan haddan ko‘p qo‘llash burun shilliq qavatining atrofiyasiga va dorili rinit bilan reaktiv giperemiya chaqirishi mumkin.
Preparatni qo‘llagandan keyin surunkali riniti bo‘lgan patsiyentlarga va diagnostik muolajalardan oldin shishni bartaraf etish holatlarida alohida kuzatuv zarur. Tavsiya etilgandan yuqori dozalarni faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash kerak.
Preparat tarkibida bir dozada 10 mkg miqdorda benzalkoniy xloridi mavjudligi, bronxospazm rivojlanishini sababchisi bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llansin.
Tavsiya etilgan dozadan oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat tavsiya etilgan yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llangandan keyin, yurak qon-tomir tizimiga umumiy ta'sirini istisno qilib bo‘lmaydi. Bunday hollarda avtotransportni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sezilarli darajada doza oshirib yuborilgandan keyin yoki tasodifan ichga qabul qilinganda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin midriaz, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, tana haroratining ko‘tarilishi, spazmlar, taxikardiya, palpitatsiya, aritmiya, yurak qon- tomir yetishmovchiligi, yurak to‘xtashi, ter ajralishining kuchayishi, ajitatsiya, konvulsiya, arterial gipertenziya, o‘pka shishi, nafas buzilishlari, oqarish, mioz, giposmiya, ruhiy buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, uyquchanlik, haroratni pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, apnoe va koma rivojlanishi bilan kechuvchi markaziy nerv tizimi funktsiyasini susayishi yuzaga kelishi mumkin.
Doza oshirib yuborilgan terapevtik tadbirlar me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, o‘pka ventilyatsiyasi. Arterial bosim pasayganda fentolamin qo‘llansin. Vazopressor vositalarni qo‘llash mumkin emas. Zarur hollarda tirishishga qarshi davolash o‘tkazish mumkin.
Chiqarilish shakli
10 ml dan nazal qo‘llash uchun mo‘ljallangan purkagichli nasos-dozatorli shisha flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
.
«Farmak» AJ. Ukraina
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.