Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinupret Forte draje №20
Sinupret Forte draje №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Корни горечавки, цветки первоцвета, трава щавеля, цветки бузины черной, трава вербены
Страна производитель
Германия
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Драже
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sinupret® Forte
Dori shakli
draje.
Tarkibi
1 draje quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Gentianae radix (gajak o‘t ildizi)12 mg
Primulae flos (navro‘zgul gullari)36 mg
Rumicis herba (shovul o‘ti)36 mg
Sambusi flos (marjon guli)36 mg
Verbenae herba (tizimgul o‘ti)36 mg
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, tozalangan suv, laktoza monogidrati, jelatin, sorbitol, stearin kislotasi, kaltsiy karbonati, glyukoza siropi, magniy oksidi, makkajo‘xori kraxmali, dekstrin, glikolli tog‘ mumi, asosi butillangan metakrilat sopolimer, kanakunjut moyi, saxaroza, shellak, talk, titan dioksidi, indigo-karmin (alyumin) (E132), riboflavin (E101).
Ta'rifi dumaloq, ikki tomoni qavariq, yashil rangli, yuzasi silliq draje.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.
ATX kodi R05X
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat.
Farmakologik xususiyatlari
preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog‘liqdir. Sinupret® Forte sekretolitik, sekretomotor, shuningdek yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababli, preparat burunning yondosh bo‘shliqlaridan va yuqori nafas yo‘llaridan shilliq sekretni chiqarilishiga yordam beradi. Shu bilan birga preparat virusga qarshi va antibakterial xususiyatlariga ega va infektsiyalarda yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning barcha faol moddalari haqida ma'lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, farmakokinetikasi va biologik kiraolishligi bo‘yicha tadqiqot ma'lumotlari yo‘q.
Qo‘llanilishi
Yopishqoq sekret hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali sinusitlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Burunning yondosh bo‘shliqlarini yallig‘lanish kasalliklarini (sinusitlarni) davolash uchun o‘simliklardan olinadigan preparat.
Ichga qo‘llash uchun buyuriladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga 1 drajedan bir kunda 3 marta buyuriladi.
Drajeni butunligicha, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik (masalan, bir stakan suv) bilan yutish kerak. Sinupret® Forte drajesini qabul qilish 7-14 kundan oshmasligi kerak.
Agar simptomlar saqlanib qolsa yoki vaqti-vaqti bilan qaytalansa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak buzilishlari (masalan, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi) kam hollarda namoyon bo‘ladi.
Yakka hollarda terida toshma, qichishish kabi teri allergik reaktsiyalari kuzatilishi mumkin. Shuningdek, Kvinke shishi, hansirash, yuzni shishi kabi allergik reaktsiyalar ham yuzaga kelishi mumkin.
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida Sinupret® Forte drajelarini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning faol va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
Kerakli ma'lumotlarni yo‘qligi sababli, preparatni 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa antibakterial dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin va maqsadga muvofiqdir.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri hozirgi vaqtgacha noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida Sinupret® Forte dori vositasini faqat shifokor buyurishi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Glyukoza, laktoza, saxaroza yoki sorbitolni o‘zlashtiraolmaslikda Sinupret® Forte dori vositasini faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina qo‘llash mumkin.
Preparat tavsiya qilingan dozalarda qabul qilinganida avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab qiluvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qandli diabet bemorlari uchun ma'lumot preparatning bir martalik dozasi o‘rtacha 0,03 “non birligi” ni (NB) saqlaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz preparatni katta dozada qabul qilgan bo‘lsangiz, kerakli choralarni ko‘rish uchun shifokoringizga murojaat qiling. Nojo‘ya ta'sirlar kuchli namoyon bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Har birida 20 yoki 25 drajedan blisterlar.
O‘ram o‘lchami 20, 50 yoki 100 draje.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
BIONORIKA SE
Kershenshtaynershtrasse 11-15,
92318 Noymarkt
Telefon +49 9181 231 90
Faks +49 9181 231 265
Qadoqlovchi
Dori vositasini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
XK «Pharmed®»
O‘zbekiston Respublikasi, 100132, Toshkent sh., Ibrat ko‘ch., 1,
Tel/faks 247-45-90
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.