Doktor Mom mazi 20g
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
20 мл
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Индия
Yoʻriqnoma: Doktor Mom mazi 20g
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
DOKTOR MOM® OT PROSTUDIDori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtmaTarkibi
20 g surtma quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:
kamfora 1,05 g levomentol 0,61 g
muskat yong‘og‘ining moyi 0,11 ml
skipidar moyi 1,11 ml
timol 0,02 g evkalipt moyi 0,30 ml
yordamchi modda:
suyuq yumshoq parafin 20,0 gacha yetarli miqdorda.
Ta'rifi
oq yoki deyarli oq rangli, levomentol va kamfora xidli yarim tiniq surtma.Farmakoterapevtik guruhi
o‘tkir respirator kasallik (O‘RK) simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.ATX kodi: R05X
Farmakologik xususiyatlari
Mahalliy ta'sirlovchi, chalg‘ituvchi, yallig‘lanishga qarshi va antiseptik ta'sir ko‘rsatadi.Qo‘llanilishi
Tumov, burun bitishi hissi bilan birga kechuvchi o‘tkir respirator kasalliklar, shuningdek, mushak og‘riqlari, beldagi og‘riqlar, bosh og‘riqlarini simptomatik davolashda qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat sirtga qo‘llash uchun!- tumov yoki burun bitishida surtmani burunning qanotchalariga surting;
- mushaklar, bel og‘riqlarida, surtmani og‘riqli sohalarga surting. Yaxshiroq natijaga erishish uchun og‘riqli sohani issiq bog‘lov bilan yoping;
- bosh og‘rig‘ida surtmani chakka soha terisiga surting.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar kuzatish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.Teri qoplamalarini shikastlanishlari, preparatni qo‘llash mo‘ljallangan joylarda teri kasalliklarini mavjudligi.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surtmani ko‘zga, burun va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlariga, shuningdek terining shikastlangan joylariga tegishidan saqlanish kerak.Agar dori vositasi yaroqsiz holga kelgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa – uni oqava suvlarga yoki ko‘chaga tashlamang! Dori vositasini paketchaga joylang va ahlat konteyneriga soling. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi!
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador va emizikli ayollarda qo‘llash tajribasi bo‘lmaganligi tufayli, preparatni ushbu guruhga buyurish tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni va harakatlanuvchi texnikani boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma.20 g dan polietilen bilan laminatsiya qilingan alyumin folga, buraluvchi qopqoq bilan berkitilgan polipropilen bankada.
Bir banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
15°S dan 25°S gacha haroratda.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
«Yunik Farmasyutikal Laboratoriz» («Dj. B. Kemikals end Farmasyutikals Ltd.» firmasining bo‘limi), Vorli, Mumbay – 400 030, Hindiston/Unique Pharmaceuticals Laboratories (A Division of J.B. Cemicals Pharmaceuticals Ltd),
Worli, Mumbai 400 030, India
E'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«Djonson & Djonson» MChJ, Rossiya
121614, Moskva sh., Krыlatskaya ko‘ch. 17, 2 qur.;
tel: (495) 726-55-55
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.