Urolesan oral tomchilar 25 ml
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
25 мл
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Украина
Yoʻriqnoma: Urolesan oral tomchilar 25 ml
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Urolesan (Urolesan)Dori shakli
oral tomchilar.Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:Faol moddalar: 67,60 mg qarag‘ay moyi, 16,90 g qalampir yalpiz moyi, 92,95 mg kanakunjut moyi, 194,35 g (1:1) yovvoyi sabzi mevasining suyuq ekstrakti, 278,80 g (1:1) oddiy qulmoq qubbalarining suyuq ekstrakti, 192,95 g (1:1) tog‘rayhon o‘tining suyuq ekstrakti;
yordamchi moddalar: dinatriy edetati.
Ta'rifi
ko‘kimtir-jigarrangdan to jigarranggacha bo‘lgan, o‘ziga xos yalpiz hidli suyuqlik.Farmakoterapevtik guruhi
urologiyada qo‘llanadigan vositalar.ATX kodi: G04BX.
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Urolesan preparatini tashkil qiluvchilari siydik chiqarish yo‘llari va buyraklarning yallig‘lanishlarini kamaytiradi, buyraklar va jigarni qon bilan ta'minlanishini kuchayishiga yordam beradi, diuretik, antibakterial, safro haydovchi ta'sir ko‘rsatadi, siydikda himoya kolloidini hosil qiladi va yuqori siydik yo‘llari va o‘t qopining silliq mushaklarining tonusini me'yorlashtiradi.Urolesan mochevinani va xloridlarni chiqarilishini oshiradi, qovuqdan va buyraklardan mayda konkrementlarni va qumni chiqarilishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Siydik-chiqarish yo‘llari va buyraklarning o‘tkir va surunkali infektsiyalari (tsistitlar va piyelonefritlar); siydik-tosh kasalligi va siydik-kislotali diatez (konkrementlarni, ular olib tashlanganidan keyin hosil bo‘lishini oldini olish); surunkali xoletsistitlar (shu jumladan kalkulez), o‘t yo‘llarining diskineziyasi, o‘t-tosh kasalligi.Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga, ovqatdan oldin qabul qilinadi.Kattalar uchun tavsiya qilinadigan doza: 8-10 tomchidan (qandga, qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar uchun - nonga) sutkada 3 marta. Qabul qilishning davomiylii 5-30 kun. Zarurati bo‘lganida takroriy kurslar bo‘lishi mumkin. Buyrak va jigar sanchiqlarida bir martalik doza 15-20 tomchini tashkil qiladi.
7-14 yoshli bolalar uchun tavsiya qilinadigan doza: 5-6 tomchidan (qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar uchun – nonga) sutkada 3 marta.
Bir martalik doza, yuborish tez-tezligi va davolashning davomiyligini shifokor shaxsiy belgilaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Alohida hollarda preparat qo‘llanganida:
- ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispeptik holatlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘rig‘i);
- allergik reaktsiyalar: qichishish hissi, yuzni qizarishi, teri toshmasi, angionevrotik shish (tomoqni qirilishi hissi, nafasni qiyinlashishi, yuzni, tilni shishi);
- markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, umumiy holsizlik;
- yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, gipotenziya kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;- gastritlar, me'da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Konkrementlarning diametri 3 mm dan oshgan holda preparatni qo‘llash mumkin emas.Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llashning tajribasi yo‘q.
Bolalar.
7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashning zarurati bo‘lganida Urolesan siropi tavsiya qilinadi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
O‘rganilmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin.Davolash: ko‘p iliq suyuqlik ichish, tinchlik, faollashtirilgan ko‘mir, atropin sulьfati (0,0005-0,001 g).
Chiqarilish shakli
25 ml dan flakon-tomizgichlarda, 1 flakon-tomizgich qutida; 25 ml dan birinchi ochish nazoratili qopqoqcha bilan yopilgan flakon-tomizgichda. 1 flakon-tomizgich qutida.Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Flakon ochilganidan keyin saqlash sharoitiga rioya qilinganida preparatning yaroqlilik muddati o‘zgarmaydi.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
“Galichfarm” JAJ, Ukraina, 79024, Lьvov sh., Oprыshkovskaya ko‘ch., 6/8.O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:
O‘zbekiston Respublikasida “Arterium” Korporatsiyasini vakolatxonasi, Tashkent sh., 100000, Mustakillik ko‘chasi, 59-uy. tel.: +99871 237 51 53
faks: +99871 237 51 54 .
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.