Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Urostim tabl. 50 mg №10
Nomi | Narx | |||||
Уростим табл. 50 мг №10 (790823##2 267) |
UZS 159 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Уростим табл. 50 мг №10 (790823##2 387) |
UZS 159 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Уростим табл. 50 мг №10 (790823##2 391) |
UZS 159 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Gruziya
Дозировка
50 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: ARAFARMA, ООО
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Urostim
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Preparatning bir tabletkasi quyidagi mikrob turlarini
Eshcerichia coli 29 (3x10⁹ bakterial hujayralari),
Eshcerichia coli 75 (3x10⁹ bakterial hujayralari),
Proteus mirabilis, Klebsiella pneumonia, Enterococcus faecalis har bir mikroorganizmlarini hujayralarini - 0,4x10⁹ miqdoridagi 50 mg liofilizirlangan o‘lik bakterial hujayralarini va stabilizator ko‘rinishida dekstran 40 ni saqlaydi.
Yordamchi moddalar mikrokristallik sellyuloza (101 turi), bug‘doy kraxmali, kremniy dioksidi, povidon K25, magniy stearati.
Farmakoterapevtik guruhi
Immunitetni rag‘batlantiruvchi vosita
ATX kodi LOZAX.
Farmakologik xususiyatlari
Immunitetni rag‘batlantiruvchi preparat.
Urostim polibakterial immunitetni rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lib, u organizmning tabiiy rezistentligini va urogenital yo‘llarining turli infektsiyalariga nisbatan spetsifik immunitetini oshiradi. Urostim hujayra va gumoral darajalarda ta'sir ko‘rsatib, immun tizimini rag‘batlantiradi, tizimli va lokal immunitetni faollashuviga yordam beradi, immunitetni rag‘batlantiradi.
Qo‘llanilishi
Urostim peroral qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Kattalarda urogenital yo‘llarining o‘tkir, qaytalanuvchi va surunkali nospetsifik infektsiyalarini, ularni chaqiruvchi mikroorganizmlarning turlaridan qat'iy nazar qaramay immunterapiya va profilaktikasi uchun qo‘llanadi.
Preparatni ayniqsa pistitlarda, piyelonefritlarda, prostatitlarda, simptomsiz bakteriuriyalarda va boshqalarda qo‘llash tavsiya qilinadi.
Zarurat bo‘lganida Urostimni antibiotiklar bilan majmuada buyuriladi. Urostimni uzoq muddatli antibiotikoterapiya fonida immun faolligi pasaygan patsiyentlarga buyurish ayniqsa muhim va foydalidir.
Qo‘llash usuli va dozalari
Odatda preparat 1 tabletkadan sutkada 1 marta, ertalab och qoringa buyuriladi.
Kattalarga o‘tkir urogenital infektsiyalarda Urostimning 1 tabletkasini, antibiotiklar bilan birga ertalab, och qoringa buyuriladi. Davolash simptomlar yo‘qolgunicha, ammo kamida 10 kun davomida davom ettiriladi.
Surunkali va qaytalanuvchi urogenital infektsiyalarda — 1 tabletkani ertalab, och
qoringa 2-3 oy davomida buyuriladi. Zarurati bo‘lganida Urostim bilan davolashni 3 oydan keyin qayta boshlash mumkin.
Urostimni operatsiyadan keyingi asoratlarini oldini olish uchun qo‘llash mumkin. Bunday holatlarda preparatni qabul qilish operatsiyadan bir oy oldin boshlanadi va operatsiyadan keyin yana bir oy davomida davom ettiriladi - 1 tabletkani sutkada 1 marta buyuriladi. O‘tkazib yuborilgan dozalarni to‘ldirish uchun preparatni ikki barobar dozalarini qabul qilishga hojat yo‘q. Bunday holatlarda o‘tkazib yuborilgan dozalarga e'tibor qilmaslik va davolashni odatdagi tartibda davom ettirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Klinik tadqiqotlarda Urostimning nojo‘ya samaralari aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-antitelolar sintezini oshishi bilan kechuvchi autoimmun buzilishlar.
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Urostimni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Uni boshqa dori vositalari bilan, shu jumladan antibiotiklar bilan majmuada buyurish mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Urostim yordamchi modda sifatida bug‘doy kraxmalini saqlaydi, buni seliakiya bilan xastalangan patsiyentlar albatta hisobga olishlari kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash avtotransportni yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Urostimni homiladorlikning 1 uch oyligida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
50 mg dan tabletkalar, o‘ramda 10 yoki 30 tabletka.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi
va qayd etuvchi egasi
"GM Pharmaceuticals Ltd."
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65, tel. +99532 2404801/02, Faks 99532 2404803
Mahsulot litsenziyasining egasi
REFARMED Chemmicals Ltd (Shveytsariya).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.