Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Toksivenol in'ektsiya uchun eritma 150+1.5mg 3ml №10
Toksivenol in'ektsiya uchun eritma 150+1.5mg 3ml №10
Nomi | Narx | |||||
Токсивенол р-р д/и 150+1,5мг 3мл. №10 (1904004##1533) |
UZS 45 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Троксерутин, карбазохром
Страна производитель
Турция
Дозировка
150 мг+1,5 мг 3 мл
Производитель
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Toksivenol
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) trokserutin, karbazoxrom
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
Preparatning 1 ampulasi quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 150 mg trokserutin, 1,5 mg karbazoxrom;
yordamchi moddalar natriy xloridi, natriy gidroksidi va/yoki xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi to‘q sariq rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Angioprotektorlar. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiruvchi preparatlar. Gemostatik vosita.
ATX kodi S05SA54
Farmakologik hususiyatlari
Trokserutin va karbazoxrom komponentlaridan tarkib topgan optimal majmua preparatning yuqori farmakologik samaradorligini ta'minlaydi, bu kapillyarlarning sustligi oshganida qon-tomir kasalliklari va qon ketishi sindromini maqsadga muvofiq ravishda davolash imkonini beradi.
Trokserutin, shuningdek R4 vitamini sifatida ma'lum, u qon-tomirlarning rezistentligini kuchaytirib (qon-tomirlarni himoya ta'siri) va o‘tkazuvchanligini kamaytirib, qonning suyuq komponentini to‘qimalarga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi (shishga qarshi va o‘tkazmaslik ta'siri). Preparatning farmakologik samarasi keyinchalik faollashib, qon-tomirlar devorining mustahkamligi uchun javob beradigan mukopolisaxarid – gialuron kislotasini ishlab chiqaradigan gialuronni susayishi va membranalar o‘tkazuvchanligining himoya faoliyatini bajaradigan S vitaminining ta'sirini kuchayishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, qon-tomirlarni kengaytiruvchi va shishni rivojlanishini chaqiradigan modda gistaminni ajralib chiqishini pasayishi kuzatiladi.
Karbazoxrom – ikkilamchi aminoguruhi va o-difenol guruhlarini yo‘qligi tufayli, simpatomimetik faollikka ega bo‘lmagan adrenalinning oksidlanish mahsuloti – ortoxinondir. Qon ketayotgan sohadagi mayda qon-tomirlariga mahalliy qon tomirlarni toraytiruvchi ta'siri qon ketishi davomiyligini qisqarishiga ta'sir qiladi. Bunday ko‘rinish arterial bosim oshmasdan va yurak faoliyatiga ta'sir qilmasdan amalga oshadi. Kapillyarlarning mustahkamligi va o‘tkazuvchanligiga, shuningdek qon-tomirlarning tonusi va qisqaruvchi kuchiga karbazoxromni yaqqol tarzda ta'sir qilishi aniqlangan.
In'ektsiya uchun eritma dori shakli shoshilinch davolashda va tez terapevtik samara kuzatilishi zarur bo‘lgan holatda qo‘llanadi.
Qo‘llanilishi
• surunkali venoz yetishmovchilik, venalarni varikoz kengayishi, yuzaki tromboflebit, periflebit, jarohatdan keyingi shish, gematomalar, surunkali venoz yetishmovchilikda trofik buzilishlar (dermatitlar, trofik yaralar);
• gemorroidal tugunlar;
• diabetik angiopatiya;
• retinopatiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
va davolash kursi individual mushak ichiga sutkada 3-9 ml.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat nojo‘ya samaralarsiz, yaxshi o‘zlashtiriladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat qon-tomirlar devorining strukturasi va o‘tkazuvchanligiga nisbatan askorbin kislotasining ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ampulaning ichidagi eritmani tarkibida askorbin kislotasini saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish vaqtida preparat psixomotor reaktsiyalar tezligiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini ataylab yoki bexosdan oshirib yuborish simptomlari kuzatilmagan. Dozasi oshirib yuborilganida – simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 3 ml dan sariq rangli shisha ampulalarda. 5 ampula kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Rotafarm Ilachlari Limited Shirketi», Turkiya
(“Rotapharm Ilaçlarl Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Mefar Ilach Sanayii A.Sh.», Turkiya
(Ramazanolu Max. Ensar Djad. № 20, 34906 Kurtkyoy-Pendik/Istambul)
“Mefar İlaç Sanayii A.Ş.”, Turkey
(Ramazanoğlu Mah. Ensar Cad. No 20, 34906 Kurtköy-Pendik/İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.