Atsiklovir surtma 5% 10g MR
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
5%
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Узбекистан
Yoʻriqnoma: Atsiklovir surtma 5% 10g MR
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
AtsiklovirTa'sir etuvchi modda (XPN): Atsiklovir
Dori shakli
SurtmaTarkibi
Atsiklovir (suvsiz moddaga qayta hisoblanganda) – 5,0 g.Polietilenglikol (polietilenoksid) yuqori molekulyar va past molekulyar.
Ta'rifi
Oq srag‘ish tusli yoki oq rangli surtma.Farmakoterapevtik guruhi
Viruslarga qarshi vosita.ATX kodi: D06VV03
Farmakologik xususiyatlari
Viruslarga qarshi preparat, gerpes virusiga nisbatan yuqori tanlab ta'sir qilish xususiyatiga ega bo‘lgan atsiklik purin nukleozidining sintetik analogi. Virus bilan infektsiyalangan hujayra ichida atsiklovir virus timidinkinazasi ta'sirida mono-, di- va trifosfat atsiklovir hosil bo‘lgunigacha qator ketma-ket rivojlanuvchi transformatsiya reaktsiyalari yuz beradi. Atsiklovir tri fosfati virus DNK si zanjiriga kiradi va virus DNK- polimeraza sintezini raqobatli ingibirlashi orqali uning sintezini to‘xtatadi. In vitro atsiklovir oddiy gerpes – Herpes simplex ni I va II turlari, Varicella zoster viruslariga nisbatan: yuqoriroq kontsentratsiyalarda esa Epshteyn-Barra virusiga nisbatan faol. In vivo sharoitida atsiklovir terapevtik va profilaktik, avvalom bor Herpes simplex viruslari chiqargan infektsiyalarda samarali.Farmakokinetikasi
Surtma sog‘lom teriga qo‘llaganda: so‘rilishi minimal, shikastlangan terida – o‘rtacha. Qonda va siydikda aniqlanmaydi. Buyrak faolliyati me'yorida bo‘lgan bemorlarda qon zardobidagi kontsentratsiyasi 0,28 mkg/ml gachani, surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda – 0,78 mkg/ml gachani tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqariladi (sutkalik dozani 9,4% gachasi).Qo‘llanilishi
Terining oddiy gerpesi, genital gerpes (birlamchi va qaytalanuvchan): cheklangan o‘rab oluvchi temiratki (yordamchi davolash).Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Surtma shikastlangan sohaga sutkada 5-6 marta (iloji boricha infektsiyaning boshlanishidan oldin) teng vaqt oralig‘ida surtiladi.Qaytalanuvchan infektsiyaning davolashni prodromal bosqichi vaqtida yoki infektsiyaning belgilarini namoyon bo‘lishining eng boshida boshlash muhim.
Davolashning davomiyligi kamida 5 kun, maksimum - 10 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Alohida hollarda qo‘yilgan joyida og‘riq va achishish, qichishish, teri toshmasi, vulьvit. Ko‘rsatilgan ko‘rinishlar preparat bekor qilingandan keyin yo‘qoladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Atsiklovir yoki valatsiklovirga yoki preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Extiyotkorlik bilan homiladorlik, laktatsiya davri.
Preparatni homiladorlikda ona uchun kutiladigan foyda faqat homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan xollarda qo‘llash mumkin. Onaning tizimli qon oqimiga tushganida atsiklovir ko‘krak sutiga o‘tadi, ammo surtma qo‘llanganida bola oladigan preparatning miqdori juda oz.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Immunostimulyatorlar bilan birga qo‘llash atsiklovirning samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Shilliq qavatlarga (ayniqsa og‘iz va burunning), hamda ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat qo‘yilganidan keyin darxol yuvinish va cho‘milish mumkin emas. Immuniteti pasaygan patsiyentlarga (OITV/OITSda yoki suyak ko‘miki ko‘chirib o‘tkazilgandan keyin) va infektsiyaning og‘ir va qaytalanuvchan hollarida, atsiklovir surtmasini mahalliy qo‘llash fonida preparatni tizimli buyurish kerak.2,5 smli uzunlikdagi surtmani shikastlangan terining 25 kv. Sm ga surtish lozim. Terining boshqa soxalariga autoinokulyatsiyani oldini olish uchun barmoqqa kiygiziladigan rezinani va rezina qo‘lqoplarni ishlatish kerak.
Atsiklovir gerpesning jinsiy yo‘l bilan yuqishini oldini olmaydi, shuning uchun davolash davrida jinsiy aloqalardan, klinik belgilari bo‘lmasada saqlanish kerak.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Atsiklovir sirtga qo‘llaganida dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan.Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 5% surtma, 5 g, 10 g yoki 15 g dan tubalarda.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
«MERRYMED FARM» MChJ QK,O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol KFY, Sherbuloq MFY, tel: (8369) 224-67-22.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.