Ulkaril krem 2 g
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
5%
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Узбекистан
Yoʻriqnoma: Ulkaril krem 2 g
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
Ulkaril®Ta'sir etuvchi modda (XPN): Atsiklovir
Dori shakli
KremTarkibi
Faol modda: Atsiklovir – 500 mg.Yordamchi moddalar: ketostearil spirti, poloksamer, oq vazelin, mineral yog‘, polietilenglikol, natriy laurilsulfati, distillangan suv.
Ta'rifi
Oq rangli, hidsiz, moy/suv gomogen emulsiya.Farmakoterapevtik guruhi
Viruslarga qarshi vositalar.Farmakologik xususiyatlari
Atsiklovir oddiy gerpes Herpes simplex 1 va 2 turlari, o‘rab oluvchi temiratki virusi (Varicella zoster), Epshteyn-Barr virusi va sitomegalovirusga nisbatan faoldir.Preparatning viruslarga qarshi faolligi yuqori tanlab ta'sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning ta'siri virusning timidinkinaza fermenti bilan raqobatli o‘zaro ta'siri bilan belgilanadi. Uning ta'sirida preparat bir qator ketma-ket reaktsiyalar orqali atsiklovir trifosfatiga aylanadi, u virus DNK-polimerazasi bilan o‘zaro ta'sirga kirishib, yangi viruslar uchun sintezlanayotgan DNK-ga o‘rnashib oladi. Natijada viruslarning yangi avlodini replikatsiyasi bostiriladi.
Farmakokinetikasi
Sirtga qo‘llanilganda qon aylanish tizimiga deyarli so‘rilmaydi va tizimiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Kremni terining jarohatlangan sohasiga surtilganda, shu joyda preparatning 5 soatdan kam bo‘lmagan vaqt davomida bir xil darajada saqlanib turadigan terapevtik kontsentratsiyasi hosil bo‘ladi.Kremni intakt teriga qo‘llanilganda so‘rilishi juda oz, qonda va siydikda aniqlanmaydi.
Jarohatlangan teri orqali o‘rtacha so‘riladi.
Qo‘llanilishi
5% li krem oddiy gerpes Herpes simplex 1 va 2 turlari viruslari chaqirgan teri infektsiyalarini (shu jumladan boshlang‘ich va qaytalanuvchi genital gerpesi) va Herpes labialis ni davolash uchun qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Krem zararlangan sohaga sutkada 5 marta (tungi vaqtdan tashqari) taxminan 4 soatlik interval bilan surtiladi. Davolashni infektsiya belgilari paydo bo‘lgandan keyin iloji boricha ertaroq boshlash juda muhimdir. Davolash davomiyligi - 5 kun, zarurati bo‘lganida 10 kungacha davom ettirish mumkin. Agar 10 kundan keyin infektsiya ko‘rinishlari bartaraf etilmasa, davolash taktikasini qayta ko‘rib chiqish lozim.Nojo‘ya ta'sirlari
Ayrim patsiyentlarda kremni qo‘llaganda: vaqtinchalik, tez o‘tib ketuvchi o‘tkir yoki achishtiradigan og‘riq, qichima bo‘lishi mumkin, shuningdek patsiyentlarning ayrimlarida eritema, terini qurishi va tortishish hissi kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Atsiklovirga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.Atsiklovirni homiladorlik davrida qo‘llash bo‘yicha tajriba uncha ko‘p emas. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganida, ona uchun kutiladigan foyda va homila uchun bo‘lishi mumkin xavf darajasini baholash lozim. Atsiklovir mahalliy qo‘llanganida ko‘krak sutiga o‘tish-o‘tmasligi ma'lum emas. Shuning uchun preparatni emizikli onalarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
OITV chaqirgan infektsiyalarda preparat sitovudin bilan bir vaqtda buyurilganda, bu preparatlarning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Bir vaqtda qo‘llanilganida probentsid, preparatning buyrak naychalari sekretsiyasini kamaytiradi va shu bilan preparatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini va yarim chiqarilish davrini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya etiladigan dozalar, surtishlar soni va davolash davomiyligini oshirmaslik kerak. Atsiklovirning 5% li kremi ishlatilganida infektsiyani boshqa odamga o‘tishini yoki kasallik belgilari yo‘q bo‘lganida infektsiyani qaytalanishini bartaraf qilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Atsiklovir kremi Herpes simplex tomonidan chaqirilgan virusli infektsiyani qaytalanishini oldini olish uchun ishlatilmaydi. Bundan tashqari, atsiklovirning 5% li kremini ishlatishga asoslangan klinik sezilarli virusli chidamlilik aniqlanmagan. Kremni faqat teriga surtish uchun mo‘ljallangan va uni ko‘zga yoki shilliq qavatga surtish mumkin emas.Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari (tasodifan yutib yuborilganda): bosh og‘rig‘i, nevrologik buzilishlar, nafas qisishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, buyrak faoliyatini buzilishi, letargiya, tirishishlar, koma.Davolash: hayotiy muhim a'zolarning faoliyatini yetarli darajada ishlab turishni ta'minlash.
Chiqarilish shakli
“Ulkaril®” 5% li krem tubalarda, 10 g dan.Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
2 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.Ishlab chiqaruvchi
CHEK "NOBEL PHARMSANOAT"Iste'molchilar dori vositasi sifati bo‘yicha fikr-mulohazalari, shikoyatlari va nojo‘ya ta'sirlari yoki dori vositasining samaradorligi mavjud emasligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzil bo‘yicha yuborishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 "A"
Tel: (99871) 265 90 99; Faks: (99871) 265 91 99.
E-mail: pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.