Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pantap 40 tab. №14
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пантопразол
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
40 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pantap®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Pantoprazol
Dori shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
faol modda Pantoprazol natriy seskvigidrat (40 mg pantoprazolga ekvivalent);
yordamchi moddalar natriy kroskarmelloza, mikrokristallik sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, magniy karbonat, aerosil, talk magniy stearat;
qobiq film qoplama uchun material 603 (gidroksipropiltsellyuloza, talk, audragid, siprofleks, PEG 6000, sariq temir oksidi, titan oksidi, simetikon emulsiyasi, natriy gidroksid).
Ta'rifi Oval shakldagi, sarg‘ish - krem (och sariq) rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Pantoprazol me'da sekretsiyasining blokatori bo‘lib, pariyetal hujayralardan xlorid kislotasi sekretsiyasini final bosqichini katalizlovchi ferment, N+, K+ ATF-aza proton nasosini, ingibirlashi orqali xlorid kislotasi sekretsiyasini ham kamaytiradi. Bunda preparat kislota ham asosiysini, ham rag‘batlantirilganini (rag‘batlantiruvchining tabiatidan qat'iy nazar) ingibirlanishiga olib keladi. Bir marta qabul qilingandan keyin kislota sekretsiyasini ingibirlanishi 24-72 soat davom etadi. Preparatni qabul qilish to‘xtatilganida, sekretor faollik asta-sekin o‘zining dastlabki holatiga 7 kundan keyin qaytadi. Pepsin sekretsiyasini susaytirmaydi, gastrinning zardobdagi darajasini oshiradi, u odatda preparat bilan davolash to‘xtatilgandan keyin 1-2 hafta davomida dastlabki ko‘rsatkichga qaytadi. Antibiotiklarning antixelikobakter samarasini namoyon bo‘lishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin pantoprazol tez so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 20 mg yoki 40 mg li birinchi dozadan keyin erishiladi. O‘rtacha, 1,0-1,5 mkg/ml ga teng bo‘lgan 20 mg doza uchun Smax 2-2,5 soatdan keyin va 2,0-3,0 mkg/ml - 40 mg doza uchun 2,5 soatdan keyin erishiladi. Ushbu ko‘rsatkich bu preparatni ko‘p marta qo‘llagandan keyin doimiy bo‘lib qoladi.
Taqsimlanish hajmi (Vd) 0,15 l/kg ni, klirensi - 0,1-l/soat/kg ni tashkil qiladi. Preparatning yarim chiqarilish davri (T1/2) - 1 soat.
Preparatning farmakokinetikasi preparat bir marta qo‘llanganidan keyin ham va ko‘p marta qo‘llanganidan keyin ham bir xil.
Pantoprazolni qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 98% ni tashkil qiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosiy chiqarilish yo‘li - buyraklar orqali (tahminan 80%) pantoprozolning metabolitlari ko‘rinishida, oz miqdorda ahlat bilan chiqariladi. Qon plazmasidagi va siydikdagi asosiy metaboliti sulfat bilan kon'yugatsiyalanuvchi desmetilpantoprazoldir.
Mutloq biokiraolishligi - 77%. Ularni ovqat bilan bir vaqtda qo‘llash “kontsentratsiya-vaqt” egri chiziq ostidagi maydon (AUC) va Smax ga ta'sir qilmaydi.
Preparatni buyraklar faoliyati cheklangan patsiyentlarda (shu jumladan gemodializdagipatsiyentlarda) qo‘llanganda dozani pasaytirish talab qilinmaydi. Sog‘lom patsiyentlarda bo‘lgani kabi, pantoprazolning T1/2 qisqadir. Preparatning juda oz qismigina dializlanadi. To‘planib qolish yuz bermaydi.
Jigar sirrozi (Child tasnifi bo‘yicha A va V sinflari) bo‘lgan patsiyentlarda T1/2 ko‘rsatkichi, pantoprazolni 20 mg dozada qo‘llanganida 3-6 soatgacha va 40 mg dozada qo‘llanganida esa 7-9 soatgacha oshadi. AUC ko‘rsatkichi (20 mg doza uchun) 3-5 marta va (40 mg doza uchun) 5-7 marta oshadi. Smax sog‘lom patsiyentlarga nisbatan 1,3 marta (20 mg doza uchun) va 1,5 martaga (40 mg doza uchun) oshadi.
Keksa patsiyentlarda AUC va Smax ni biroz oshishi klinik ahamiyatga ega emas.
Qo‘llanilishi
Me'da va o‘nikki barmoq ichak yarasini, shu jumladan N2 gistamin retseptorlarining antagonistlariga chidamli bo‘lgan, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalari bilan davolash oqibatida chaqirgan eroziv-yarali shikastlanishlar, reflyuks-ezofagit, Zollinger-Ellison sindromini davolash va oldini olish. Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasi bo‘lgan patsiyentlarda Helicobacter pylori ni (antibiotiklar bilan majmuaviy) bartaraf etishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan oldin (odatda ertalab), ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan ichiladi.
Me'da yarasini va reflyuks-ezofagitni simptomatik davolash tavsiya qilinadigan doza 20-40 mg bo‘lib, 2-4 hafta davomida har kuni qabul qilinadi. Boshlang‘ich davolash kursidan so‘ng to‘liq sog‘aymagan va davolashni boshqa turlariga chidamli bo‘lgan patsiyentlar uchun preparatning dozasi kuniga 40 mg gacha oshiriladi va davolash yana 4 haftagacha davom ettiriladi. Davolash kursining davomiyligi ko‘rsatmaga ko‘ra tayinlanadi, lekin u 8 haftadan oshmasligi kerak.
Duodenal yarada odatdagi doza 2 hafta davomida har kuni qabul qilinadigan 20-40 mg hisoblanadi. Boshlang‘ich davolash kursidan keyin to‘liq sog‘aymagan patsiyentlar uchun davolash yana keyingi 4 haftagacha uzaytiriladi. Yarani yomon bitishida boshlang‘ich doza 40 mg bo‘lib, 4 haftalik davolash davomiyligi tavsiya qilinadi.
Yarani qaytalanishi va reflyuks-ezofagitni oldini olish uchun kuniga 10-40 mg doza tavsiya qilinadi.
Preparat bilan uzoq vaqt uzluksiz davolash tavsiya etilmaydi.
Zollinger-Ellison sindromida tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza 40 mg, har kuni. Dozani shaxsiy ravishda kuniga 240 mg gacha oshirish mumkin (bunday holda uni 2 marta qabul qilishga bo‘linadi), davolash davomiyligi kasallik simptomlarining dinamikasiga bog‘liq.
Helicobacter pylori ga nisbatan bakteritsid samaraga erishish uchun preparat 40 mg dozada kuniga 2 marta, muvofiq antibiotiklar (amoksitsillin, klaritromitsin, tetratsiklin va boshqalar) bilan turli sxemalarda qabul qilinadi, ular 7 dan 14 kungacha davom etadi. Yaraning to‘liq tuzalishi uchun, ikkiyoqlama yoki uchyoqlama davolashdan keyin antatsidlar bilan qo‘shimcha davolash kerak bo‘lishi mumkin.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatida chaqirilgan yaralarda tavsiya qilinadigan doza kuniga 20-40 mg hisoblanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ayrim hollarda (taxminan 1%) quyidagilar bo‘lishi mumkin
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, lohaslik hissi, paresteziyalar, ayrim hollarda – depressiya va gallyutsinatsiyalar (moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda).
Me'da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan kolit, diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, ta'm sezishni o‘zgarishi, stomatit, bilirubin darajasini oshishi yoki oshmasligi bilan kechuvchi, jigar fermentlari faolligini oshishi, glikozuriya, giperbilirubinemiya.
Nafas tizimi tomonidan laringit, kam – bronxospazm, astma.
Tayanch-harakat apparati tomonidan artralgiya, mialgiya, mushaklarni kuchsizligi.
Qon yaratish tizimi tomonidan ayrim xollarda – anemiya.
Teri reaktsiyalari teri toshmasi, eshakemi va/yoki qichishish, ko‘p shaklli eritema.
Boshqa reaktsiyalar alohida hollarda – periferik shishlar, ko‘rishni buzilishi, gematuriya, impotentsiya, ter ajralib chiqishini kuchayishi, isitmalash, buyrak og‘riqlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, nevrotik turdagi dispepsiya, me'da-ichak yo‘llarini xavfli o‘sma kasalliklari, buyrak va jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari, homiladorlik, laktatsiya, 12 gacha bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat diazepam, varfarin va fenitoinni, shuningdek jigarda sitoxrom R450 ishtirokida mikrosomal oksidlanishi orqali metabolizmga uchraydigan boshqa dori vositalarini organizmdan chiqarilishini sekinlashtiradi.
Preparatni qabul qilish fonida me'da shirasining rN biologik kira olishligida muhimomil bo‘lgan ayrim dorilarni (masalan, ketokonazol, ampitsillin va uni hosilalari, temir tuzlari) so‘rilishi pasayishi mumkin.
Preparatni antatsidlar, metoprolol, teofillin, lidokain va xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida dori vositalarining ta'sirini o‘zgarishi kuzatilmasligi aniqlangan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Keksa bemorlar va jigar yoki buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar uchun dozani maxsus tanlash talab qilinmaydi.
Davolashni boshlashdan avval me'da va qizilo‘ngachda xavfli o‘sma jarayoni yo‘qligini istisno qilish kerak, chunki preparatni qabul qilish simptomlarni niqoblashi mumkin,
bu to‘g‘ri tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi va kechiktiradi. Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganida qonda jigar fermentlari faolligini muntazam nazorat qilish va u oshganida pantoprazolni bekor qilish kerak.
Pantoprazolni homiladorlikda qo‘llash kerak bo‘lganida ona uchun kutiladigan foyda va homila uchun bo‘lgan potentsial xavfni qiyoslash kerak. Laktatsiya davrida preparatni qabul qilish zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish kerak, chunki eksperimental tadqiqotlarda pantoprazolni ko‘krak suti bilan chiqarilishi aniqlangan.
Preparat bilan davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarish va diqqatni jamlash talab qiladigan mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish lozim.
Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni bir marta 400 mg gacha bo‘lgan dozada qabul qilish hech qanday havf soluvchi simptomlarni rivojlanishiga olib kelmaydi. Dozani bundan ham yuqoriroqga oshirib yuborish hollarda, mahsus antidoti yo‘qligi tufayli, me'dani yuvish va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Gemodializ bilan qonni preparatdan tozalash samarasiz.
Chiqarilish shakli
«Pantap®», qobiq bilan qoplangan tabletkalar, №14, №28, flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"Nobel İlaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.", Turkiya
Qadoqlangan
CHEK "NOBEL PHARMSANOAT"da
Iste'molchilar dori vositasi sifati bo‘yicha fikr-mulohazalari, shikoyatlari va nojo‘ya ta'sirlari yoki dori vositasining samaradorligi mavjud emasligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzil bo‘yicha yuborishlari mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99.
E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.