Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ulkavis tab. 120mg №56
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Висмута трикалия дицитрат
Страна производитель
Словения
Дозировка
120 мг
Производитель
KRKA, d.d.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Ushbu ilova-varaqada qanday ma'lumot saqlanadi
1.Ulkavis® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi.
2.Ulkavis® preparatini qo‘llashdan avval Siz nimalarni bilishingiz kerak.
3.Ulkavis® preparatini qanday qo‘llash kerak.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari.
5.Ulkavis® preparatini qanday saqlash kerak.
6.O‘ram ichidagi modda va boshqa ma'lumotlar.
1. Ulkavis® preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi.
Qorinning yuqori qismidagi simptomlar me'da yoki o‘n ikki barmoq ichak (ingichka ichakning birinchi bo‘limi) shilliq qavatini yallig‘lanishi oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda shuningdek yara ham bo‘lishi mumkin. Ulkavis® preparati himoya qavatini hosil qilib (plyonka ko‘rinishida), yarani bitishini tezlashtiradi va shilliq qavatini yallig‘lanishini bartaraf etadi, hamda me'dadagi kislota ta'sirida chaqirilgan ta'sirlanishni tarqalishini to‘xtatishga yordam beradi. U shuningdek shilliq qavatini yallig‘lanishini va yara kasalligini chaqirishi mumkin bo‘lgan Helicobacter pylori mikroorganizmiga nisbatan antibakterial faollikka ega.
Yarani to‘liq bitishi uchun mikroorganizmlarni yo‘qotish kerak. Ulkavis® preparati bu mikroorganizm tomonidan chaqirigan infektsiyalarni yo‘q qilinishiga yoki yaqqolligini kamayishiga yordam beradi. Ulkavis ® preparatini odatda Helicobacter pylori dan xalos bo‘lishga yordam berishi uchun boshqa preparatlar bilan majmuada ishlatiladi.
Qo‘llanilishi
• Zo‘rayish bosqichidagi, shu jumladan Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi.
• Zo‘rayish bosqichidagi, shu jumladan Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan surunkali gastrit va gastroduodenit.
• Asosan diareya simptomlari bilan kechuvchi ichakning ta'sirlanish sindromi.
• Me'da-ichak yo‘llarining organik kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lmagan funktsional dispepsiyada qo‘llanadi.
2. Ulkavis® preparatini qo‘llashdan oldin Siz nimalarni bilishingiz kerak
Quyidagi holatlarda Ulkavis® preparatini qabul qilmang
-agar Sizda vismut oksidiga yoki ushbu preparatning boshqa komponentlariga (6-bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya bo‘lsa;
-agar Sizda buyrakning og‘ir kasalliklari (og‘ir buyrak yetishmovchiligi) bo‘lsa;
-homiladorlik vaqtida va emizish davrida;
-4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ulkavis® preparatini qo‘llashdan avval o‘z shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Ulkavis® preparatini vismut saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilmang.
Vismut saqlovchi preparatlarni uzoq vaqt qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Preparatni tavsiya qilingan dozalarida kurslik davolash tugaganida ta'sir etuvchi moddaning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi 3-58 mkg/l dan oshmaydi, intoksikatsiya esa faqat qon plazmasidagi kontsentratsiya 100 mkg/l dan yuqori bo‘lgandagina kuzatiladi.
Ulkavis® preparatini qo‘llaganda vismut sulfatini hosil bo‘lishi natijasida ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin. Ba'zida tilni biroz qorayishi aniqlanadi.
Boshqa dori preparatlari va Ulkavis® preparati
Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz o‘z shifokoringizga yoki farmatsevtga habar qiling. Boshqa, preparatlarni ayniqsa me'dada kislotalikni muhitni pasaytiruvchi preparatlarni Ulkavis® preparati qabul qilinganidan yarim soat oldin yoki keyin qo‘llamang, chunki ular uning ta'siriga xalaqit berishi mumkin. Ulkavis® preparati tetratsiklinlar guruhidagi antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ularning samarasini pasaytirishi mumkin.
Ulkavis® preparatini ovqat va ichimliklar bilan qo‘llanilishi
Ulkavis® preparatini qabul qilishdan oldin yoki keyin kamida bir soat davomida hech narsa yemang va ichmang. Sut, mevalar yoki meva sharbati, xususan preparatni kerakli ta'sirini qiyinlashtirishi mumkin.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi,fertillikka ta'siri
Agar Siz homilador bo‘lsngiz, yoki emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilayotgan bo‘lsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, har qanday dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Ulkavis® preparatini homiladorlik vaqtida yoki Siz emizsangiz qabul qilmang.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
Ulkavis® preparatini transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilish ehtimoli kam.
3. Ulkavis® preparatini qanday qo‘llash kerak
Preparatni har doim shifokor yoki farmatsevt Sizga aynan aytganidek qo‘llash kerak. Agar Sizda shubhalar paydo bo‘lsa, o‘z shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar Ulkavis® preparatini 1 tabletkadan sutkada 4 marta ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin va kechasiga yoki 2 tabletkadan sutkada 2 marta ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin buyuriladi.
4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada 8 mg/kg dozada buyuriladi, bolaning tana vazniga qarab, sutkada 1-2 tabletkadan (sutkada 1-2 qabul qilishga muvofiq) buyuriladi. Bunda sutkalik doza hisoblangan dozaga (sutkada 8 mg/kg) yaqin bo‘lishi kerak.
Ulkavis® preparatini oz miqdordagi suv bilan ovqatdan 30 minut oldin qabul qilinadi. Tabletkani qabul qilishdan oldin va keyin kamida yarim soat davomida yemang va ichmang. Agar Siz ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborsangiz ham, Siz baribir tabletka (lar) ni qabul qilishingiz kerak.
Davolash davomiyligi
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash uchun bir davolash kursining davomiyligi 4 haftadan 8 haftagachani tashkil qiladi.
Bir davolash kursining maksimal davomiyligi ikki oyni tashkil qiladi; Ulkavis® preparatini yoki vismut saqlagan boshqa preparatlarni bundan uzoq vaqt davomida qabul qilmang. Ulkavis® preparati bilan davolangandan keyin ikki oy davomida Vismut saqlovchi hech qanday preparatlarni qabul qilmang.
Agar Siz Ulkavis® preparatini keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Tavsiya qilingan dozadan ortiq dozada uzoq vaqt qabul qilish oqibatidagi Ulkavis® preparatining dozasini oshirib yuborilishi buyrak funktsiyasini buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu simptomlar Ulkavis® preparati bekor qilinganda to‘liq qaytuvchandir. Zaharlanish belgilari paydo bo‘lganida me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni va tuzli surgi vositalarini qabul qilish kerak. Keyinchalik davolash simptomatik bo‘lishi kerak. Qon plazmasida vismutning yuqori kontsentratsiyasi bilan kechuvchin buyrak funktsiyasini buzilish hollarida helat birikmalarni hosil qiluvchilarni (penitsillamin, dimelyarkaptopropan- sulfonat natriy) buyurish mumkin.
Buyrak funktsiyasi yaqqol buzilgan hollarida gemodializ ko‘rsatilgan.
Agar Siz Ulkavis® preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun ikki barobar katta dozada qabul qilish kerak emas. Agar Siz navbatdagi dozani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, agar Sizga bu vaqtda keyingi dozani qabul qilish kerak bo‘lmasa, uni eslagan zahoti qabul qiling. Agar Sizga bu vaqtda keyingi dozani qabul qilish kerak bo‘lsa, u holda o‘tkazib yuborilgan dozani qo‘llamang.
4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Hamma dori preparatlari kabi, ushbu preparat ham, garchi ular hammada paydo bo‘lmasa ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin,.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, tez-tez ichni kelishi, qabziyatlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu holatlar sog‘liq uchun havfli emas va vaqtinchalik xarakterga ega.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, terini qichishishi. Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganda vismutni markaziy nerv tizimida to‘planishi bilan bog‘liq entsefalopatiya rivojlanishi mumkin.
5. Ulkavis® preparatini qanday saqlash kerak.
Ushbu preparatni bolalar ololmadigan joyda saqlash lozim.
Ushbu preparatning karton qutida va blisterda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanmang.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga mos keladi.
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, nam va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Dori preparatini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan birga tashlab yubormaslik kerak. Siz bundan buyon qo‘llamaydigan dori preparatlarni qanday utilizatsiya qilish to‘g‘risida farmatsevtdan so‘rang. Ushbu choralar atrof-muhitni himoya qilinishiga yordam beradi.
6.O‘ram ichidagi modda va boshqa ma'lumotlar
Ulkavis® preparati nima saqlaydi.
-Ta'sir etuvchi modda - vismut oksidi. Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka 120, 00 mg vismut oksidiga ekvivalent bo‘lgan 303,03 mg vismut trikaliy ditsitratni saqlaydi.
--Yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, povidon K30, poliakrillin kaliy, makrogol 6000, magniy stearati.
Qobig‘i Opadray II tiniq *, titan oksidi.
*Opadray II tiniq polivinil spirti, makrogol 4000, talk.
Ulkavis® preparati va o‘ram ichidagi qanday ko‘rinishga ega
Dumaloq, biroz ikki yoqlama qavariq, , chetlari o‘yilgan plyonka qobiq bilan qoplangan oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.
14 tabletkadan OPA/Al/PVX folgali yoki alyuminiy folgali blisterda 2, 4 yoki 8 blisterdan ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.
Berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmaryeshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.
«KRKA, d.d., Novo mesto»ning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi/ Iste'molchilarning e'tirozlarini qabul qiladigan tashkilot
100015, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 14
Tel. +99871 150 2828, +99871 150 2929, telefaks +99871 150 1044

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.