Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Omarens kaps. modifikatsiya qilingan kaps. 0.4mg №30
Omarens kaps. modifikatsiya qilingan kaps. 0.4mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тамсулозин
Страна производитель
Испания
Дозировка
0,4 мг
Производитель
Spey Medical Ltd, Великобритания произведено: Synthon Hispania, S.L.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Omarens
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tamsulozin
Dori shakli
ajralib chiqishi modifikatsiya qilingan kapsulalar.
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda – tamsulozin gidroxloridi** 0,4 mg,
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza (101 tozalikdagi)***, metakril kislotasi va polisorbat 80 (2,8%) saqlovchi etil akrilati sopolimerini 30% li aralashmasi (1 1), natriy laurilsulfati (0,7%), trietiltsitrati, talk, tozalangan suv****
pelletni qobig‘i 30% metakril kislotasi va polisorbat 80 (2,8%) saqlovchi etil akrilati sopolimerini 30% li aralashmasi (1 1), natriy laurilsulfati (0,7%), talk, trietiltsitrat, tozalangan suv****.
jelatin kapsulalar qobig‘ining tarkibi
korpusini tarkibi temir (III) oksidi (E172), titan dioksidi (E171),
qopqog‘ini tarkibi indigokarmin FD&C zangori 2, temir (II, III) oksidi, (E 172), titan dioksidi (E171), temir (II) oksidi (E 172), jelatin.
** - suvsiz moddaga qayta hisoblanganida,
*** - tamsulozin gidroxloridining nazariy miqdorini o‘zgarishini kompensatsiya qilish uchun,
**** - quritish bosqichida bartaraf bo‘ladi.
Ta'rifi korpusi to‘q sariq rangli va qopqoqchasi zaytun rangli qattiq jelatin kapsulalar. Kapsulaning ichidagisi – oq yoki deyarli oq rangli pelletlar.
Farmakoterapevtik guruhi
Urologik kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Prostata bezining havfsiz gipertrofiyasini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Tamsulozin.
ATX kodi G04CA02
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Tamsulozin – Omarens preparatining ta'sir etuvchi moddasi bo‘lib, alfa1-adrenoretseptorlarning selektiv konkurentli ingibitori hisoblanadi. Preparat alfa1A va alfa1D adrenoretseptorlarning kichik turlariga yaqin, tamsulozinni ushbu retseptorlar bilan bog‘lanishi prostata bezi va siydik chiqarish kanalining silliq mushaklarini bo‘shashishiga olib keladi.
Omarens preparati siydik oqimining maksimal tezligini oshiradi, prostata bezi va uretradagi silliq mushaklarni bo‘shashishi orqali obstruktsiyani kamaytiradi (shu bilan siyishni buzilish simptomlarini yengillashtiradi). Bundan tashqari, preparat siydik tutilishi simptomlarini kamaytiradi, bunda qovuqni noturg‘unligi asosiy rol o‘ynaydi. Siydikni tutilishi simptomlarida va siyishni buzilishlarida kuzatiladigan bu simptomlar uzoq muddat davolashda saqlanib turadi (bu jarrohlik yo‘li bilan davolash yoki kateterizatsiya o‘tkazilgungacha bo‘lgan vaqtni ahamiyatli darajada uzaytiradi).
α1-adrenoretseptorlarning antagonistlari periferik qon tomirlar qarshiligini kamaytirishi orqali arterial bosimni pasaytirishi mumkin. O‘tkazilgan tadqiqotlarda arterial bosimni ahamiyatli darajada pasayishi kuzatilgan. Tamsulozinning genotoksik hususiyatlari aniqlanmagan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Tamsulozin ingichka ichakda so‘riladi, preparatning biokiraolishligi 100% ga yaqin. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish tamsulozinning biokiraolishligini pasaytiradi. Patsiyentga tamsulozinni nonushtadan so‘ng yoki birinchi marta ovqatlangandan so‘ng qabul qilishni tavsiya etish orqali preparatni doimiy ravishda so‘rilishini ta'minlash mumkin.
Tamsulozinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari to‘g‘ri proportsional hususiyatga ega. Tamsulozin och qoringa bir marta qabul qilinganidan so‘ng tamsulozinni plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga taxminan 6 soatdan keyin erishiladi, muvozanatli holatga erishilganidan so‘ng, buning uchun preparat ko‘p marta qabul qilinganida taxminan 5 kun talab etiladi, patsiyentlarda Cmax ga preparat bir marta qabul qilingandagiga nisbatan taxminan uchdan ikki qismga yuqori darajaga erishiladi. Ushbu qonuniyat keksa yoshdagi odamlarda kuzatilganligiga qaramasdan, preparatni yosh odamlar tomonidan qabul qilinishi o‘xshash o‘zgarishlar bilan kechish ehtimoli bor.
Preparat bir marta yoki ko‘p marta qabul qilinganidan so‘ng preparatni plazmadagi kontsentratsiyasi uchun yaqqol ifodalangan individual farqlar xarakterlidir.
Taqsimlanishi
Tamsulozin organizmda plazma oqsillari bilan taxminan 99% ga bog‘lanadi.
Biotransformatsiyasi
Tamsulozinni jigar orqali birinchi marta o‘tish samarasi past. Tamsulozinning katta qismi plazmada o‘zgarmagan holda bo‘ladi, preparat jigarda metabolizmga uchraydi.
Preparatning hech bir metaboliti preparatning ta'sir etuvchi moddasining faolligidan ortiq faollikka ega emas. Ahamiyatsiz yoki o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligida preparatning dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Chiqarilishi
Tamsulozin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi, bunda o‘zgarmagan preparatning qismi taxminan 9% ni tashkil etadi.
Tamsulozin ovqatdan keyin bir marta qabul qilinganidan so‘ng va muvozanatli holatga erishilganidan so‘ng, preparatning yarim chiqarilish davri muvofiq taxminan 10-13 soatni tashkil etishi aniqlangan. Preparatning taqsimlanish hajmi taxminan 0,2 l/kg ni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Prostata bezini xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) dizurik buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Peroral qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Ichga kuniga bir kapsuladan nonushtadan keyin yoki birinchi marta ovqatlangandan keyin qabul qilinadi. Kapsulani butun holida, suv bilan yutish kerak, chaynalmasin, chunki bu preparatni ajralib chiqish tezligiga ta'sir qilishi mumkin. Davolash kursi shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.
Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 10 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarni davolash ehtiyotkorlik bilan amalgan oshirilishi kerak, chunki bunday patsiyentlarni tekshirish o‘tkazilmagan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tez-tez (>1/100, <1/10) bosh aylanishi, eyakulyatsiyani buzilishi.
Tez-tez emas (>1/1 000, <1/100) bosh og‘rig‘i, taxikardiya, ortostatik gipotenziya, ko‘krak qafasida og‘riq, rinit, dispnoe, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, diareya, toshma, terini qichishishi, eshakemi, asteniya, belda og‘riq, bo‘shashgan rangdor parda sindromi (katarakta yoki glaukoma yuzasidan o‘tkazilgan operatsiyada tor qorachiq sindromining varianti).
Kam hollarda (>1/10 000, <1/1 000) xushdan ketish, uyquni buzilishi (uyquchanlik yoki uyqusizlik), angionevrotik shish, xilpillovchi aritmiya.
Juda kam hollarda (>1/10 000, <1/1 000) Stivens-Djonson sindromi, priapizm.
Uchrash tezligi noma'lum noaniq ko‘rish, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, burundan qon ketishi, og‘izni qurishi, ekssudativ eritema, eksfoliativ dermatit.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning faol komponentiga yoki yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• ortostatik gipotenziya (shu jumladan anamnezida);
• og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi;
• bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 10 ml/min) da ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'sirini tekshirish bolalar va o‘smirlarda o‘tkazilmagan. Tamsulozin atenolol, enalapril yoki teofillin bilan bir vaqtda buyurilganida dorilarning noxush o‘zaro ta'sirlari kuzatilmagan.
Preparatni simetidin bilan bir vaqtda qabul qilish qon plazmasida tamsulozinning kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi, furosemid bilan bir vaqtda qabul qilish esa – preparatning plazmadagi kontsentratsiyasini pasayishiga olib keladi, kontsentratsiyalari ruxsat etilgan chegaralarda qoladi.
Laboratoriya sharoitlarida, diazepam, propranolol, trixlormetiazid, xlormadinon, amitriptilin, diklofenak, glibenklamid, simvastatin va varfarinlar tamsulozinni odam plazmasiga erkin taqsimlanishini o‘zgartirmaydilar. Shunday qilib, tamsulozin diazepam, propanolol, trixlormetiazid va xlormadinonni erkin taqsimlanishini o‘zgartirmaydi.
In vitro sharoitlarida jigar mikrosomalari yordamida o‘tkazilgan (tsitoxrom R450 izoformalari ishtirokida amalga oshadigan jarayonlarni aks ettiruvchi) tadqiqotlarda amitriptilin, salbutamol, glibenklamid va finasterid bilan jigarda yuz beradigan metabolizm darajasiga o‘zaro ta'siri aniqlanmagan. Biroq, diklofenak va varfarin tamsulozinning chiqarilish tezligini oshirishi mumkin.
Arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar, masalan, umumiy anesteziya uchun qo‘llanadigan preparatlar yoki α1-adrenoretseptorlarning boshqa antagonistlari bilan bir vaqtda buyurilganida ularning gipotenziv ta'siri kuchayishi mumkin.
Omarens preparatini CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tamsulozinning samarasini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Ketokonazol (CYP3A4ning ma'lum kuchli ingibitori) ni bir vaqtda buyurish tamsulozinning AUC va Cmax ni muvofiq 2,8 va 2,2 marta oshishiga olib kelgan.
Tamsulozinni CYP2D6 fenotipli “sekin metabolizatorlar” ega bo‘lgan patsiyentlarga CYP3A4 yaqqol ingibitorlari bilan majmuada qo‘llash mumkin emas.
Tamsulozinni CYP3A4 ning yaqqol va o‘rtacha darajadagi ingibitorlari bilan majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Tamsulozinni paroksetin, CYP2D6 yaqqol ingibitori bilan bir vaqtda buyurish tamsulozinning Cmax va AUC ni muvofiq 1,3 va 1,6 marta oshishi bilan kechgan, biroq ushbu o‘zgarishlar klinik jihatdan ahamiyatsiz deb baholangan.
Maxsus ko‘rsatmalar
α1-adrenoretseptorlarning boshqa antagonistlari qo‘llanganida bo‘lgani kabi, ayrim hollarda Omarens preparati bilan davolash arterial bosimni pasayishi bilan kechishi, natijada xushni yo‘qotish holati rivojlanishi mumkin. Ortostatik gipotoniyaning birinchi belgilari (bosh aylanishi, holsizlik) paydo bo‘lganida, ushbu simptomlar yo‘qolmagunicha patsiyent o‘tirishi yoki yotishi kerak.
Omarens preparatini buyurishdan oldin, simptomlari prostata bezini havfsiz giperplaziyasi kabi namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklarni istisno qilish uchun bemorni tekshirish kerak. Buning uchun barmoq to‘g‘ri ichak tekshiruvini muntazam ravishda o‘tkazish, va zarurat bo‘lganida prostata beziga spetsifik antigen (PBSA) ni aniqlash kerak.
Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <10 ml/min) bo‘lgan bemorlarni Omarens preparati bilan davolash tavsiya etilmaydi, chunki bunday bemorlarda havfsizlikni o‘rganish o‘tkazilmagan. Tamsulozin preparatini qabul qilayotgan yoki ilgari qabul qilgan ayrim patsiyentlarda, katarakta yoki glaukoma yuzasidan operativ davolash o‘tkazilganida operatsiya vaqtida rangdor pardani bo‘shashishi sindromi (tor qorachiq sindromi varianti) kuzatilgan. Ushbu holat operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyin ko‘z tomonidan asoratlarni rivojlanish havfini oshirishi mumkin. Operatsiyadan 1-2 hafta oldin preparatni qabul qilishni to‘xtatish asoratlarni rivojlanish havfini pasaytirishi mumkin, garchi davolash to‘xtatilgandan keyingi samara klinik jihatdan tasdiqlanmagan va rangdor pardani bo‘shashishi sindromi shuningdek tamsulozinni qabul qilishni operatsiyani boshlashdan oldin ancha erta to‘xtatgan bemorlarda ham kuzatilgan. Omarens preparatini katarakta yoki glaukoma yuzasidan operatsiya o‘tkazish buyurilgan bemorlarga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Operatsiyaga tayyorgarlik vaqtida jarrohlar va oftalmologlar operatsiya vaqtida rangdor pardani bo‘shashishi sindromi rivojlanganida uni davolashga tayyor bo‘lish uchun, katarakta yoki glaukomani operativ davolash rejalashtirilgan patsiyent ilgari Omarens preparatini qabul qilgan yoki qabul qilayotganligini aniqlashlari kerak. CYP2D6 fenotipi bo‘yicha sekin metabolizatorlar bo‘lgan bemorlarga tamsulozinni CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari bilan birga berish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparat faqat erkaklarni davolash uchun mo‘ljallangan.
Transport vositalari va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta'sir qilish xususiyati
Avtomobil va harakatlanayotgan mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan, biroq bosh aylanishi rivojlanishi mumkinligi tufayli, preparatni qabul qilish vaqtida transport vositasini boshqarishda yoki potentsial havfli mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari og‘ir darajadagi arterial gipotoniya bo‘lishi mumkin.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir yoki osmotik surgi vositalar (natriy sulfiti kabi) ni qabul qilish kerak. Patsiyentni gorizontal holatga o‘tkazish normal arterial bosimni va yurak qisqarishlari sonini tiklashi mumkin. Ushbu davolash choralari samarasiz bo‘lganida aylanib yuruvchi qon hajmini oshirishga qaratilgan choralarni o‘tkazish, shuningdek qon tomirlarni toraytiruvchi va kardiotonik preparatlarni yuborish mumkin, dinamikada buyrak faoliyatini baholash va tutib turuvchi davolash o‘tkazish kerak. Omarens oqsillar bilan faol bog‘langanligi sababli, gemodializ samarasiz bo‘ladi.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan polivinilxlorid polietilen plyonka, polivinildixlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
3 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"Synthon Hispania S.L.", Ispaniya.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Sorrento marketing LLC
Toshkent sh., Yashnabod tumani, Sodiq Azimov ko‘ch., 68
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.