Samprost eritma tayyorlash uchun liofilizat 5mg №10
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Yoʻriqnoma: Samprost eritma tayyorlash uchun liofilizat 5mg №10
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
SamprostTa'sir etuvchi modda (XPN): prostata ekstrakti
Dori shakli
mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatTarkibi
faol modda: jinsiy yetuklikka erishgan, buqa va buzoq prostata bezi polipeptidlari (prostatasi) – 5 mg$ yordamchi moddalar: glitsin – 10 mg/Ta'rifi
oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, tabletkalar, qumoqlar yoki kukun ko‘rinishida liofilizatsiya qilingan massa.Farmakoterapevtik guruhi
surunkali prostatitni davolash uchun vositaATX kodi: G04BX
Farmakologik xususiyatlari
Shishni, leykotsitar infiltratsiyani va prostata bezi venalari trombozini kichrayishiga olib keladi, epitelial xujayralar sekretor faoliyatini normallashtiradi, atsinus sekretida letsitin donachalarini miqdorini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi.Tromb hosil bo‘lishini kamaytiradi, antiagregant faollikka ega.
Farmakokinetikasi
Ma'lumotlar yo‘q.Qo‘llanilishi
Samprostni kattalarda surunkali prostatitni va prostata bezidagi operatsiyadan keyingi asoratlarni davolash uchun qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni mushak ichiga 5-10 mg dan sutkada bir marta 5-10 kun davomida yuboriladi.Preparatni yuborishdan oldin 1 ml 0,25-0,5% li prokain, 0,9% li natriy xlorid eritmasida yoki in'ektsiya uchun suvda eritiladi. Zarurat bo‘lganida qayta davolash kursi o‘tkaziladi (1-6 oydan keyin).
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Prostata ekstrakti birga qo‘llanganda nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni toksikligini oshiradi. Prostata ekstrakti birga qo‘llanganda peroral antikoagulyantlarni faolligini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori preparatini ta'sirini mumkinligi haqida ma'lumotTransport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga biron-bir salbiy ta'siri kuzatilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat, 5 mg.5 mg dan ta'sir etuvchi modda alyumin qalpoqcha bilan o‘ralgan tibbiy rezina tiqin bilan berkitilgan 5 ml hajmli shisha flakonlarda.
10 flakondan PVX plyonkali ilovasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil.Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
«Samson-Med» MChJ, Rossiya, 196158, Sankt-Peterburg, Moskovskoye shosse, 13Tel.: (812) 326-36-44, faks (812) 702-45-91
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.