Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
Toshkent bo‘yicha
bepul
Kuryer bilan eshikkacha
Eshikgacha 30-40 daqiqa ichida yetkazib beriladi. Yetkazib berish xizmatining ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni soat 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent bo‘yicha
8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi
| Yetkazib berish | Toshkent bo‘yicha | |
| Topshirish punktidan olib ketish | bepul |
Toshkentdagi topshirish punktigacha yetkazib berish bepul.
|
| Kuryer bilan eshikkacha | 8 000 so‘mdan boshlab yetkazib berish manzilini hisobga olgan holda avtomatik ravishda hisoblanadi |
Доставка до двери в 30-40 минут. Время работы службы доставки с 9-00 до 21-00 ежедневно без выходных.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Диклофенак
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Dozasi
75 мг/3 мл
Производитель
Dentafill PlyusЧП
Chiqarillish shakli
Inyeksiya uchun eritma
Diklofenak in'ektsiya uchun eritma 75 mg/3ml 3ml №5 (Dentafill Plyus) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Diklofenak
Ta'sir etuvchi modda (XPN) diklofenak natriy
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda diklofenak natriy – 25 mg;
yordamchi moddalar natriy metabisulьfiti, propilenglikolь, benzil spirti, mannitol, 10% natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.
Ta'rifi rangsiz, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruxi Nesteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.
ATX kodi MV01AV05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Diklofenak og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va antipiretik samaralarga ega nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositasidir. U siklooksigeneza faolligini va prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qiladi. Diklofenak bilan davolanish vaqtida prostaglandinlar darajasini pasayishi siydikda, me'da shillig‘ida va sinovial suyuqlikda kuzatiladi. Preparat revmatik kasalliklarning hamma shakllarini davolash uchun, hamda turli genezli og‘riq sindromini kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Farmakokinetikasi
Plazmada cho‘qqi kontsentratsiyasiga yarim soat davomida erishiladi. Diklofenak qon zardobi oqsillari, asosan alьbuminlar bilan 99% bog‘lanadi. Diklofenak sinovial suyuqlikka o‘tadi, u yerda qon plazmasidagi kontsentratsiyasining 60-70% ga yetadi. 3-6 soatdan keyin diklofenakni va uning metabolitlarining sinovial suyuqligidagi kontsentratsiyasi qon plazmasidagidan yuqori bo‘ladi. Diklofenak sinovial suyuqligidan qon plazmasidagiga qaraganda sekinroq chiqariladi.
Yakuniy yarim chiqarilish davri (T1/2) 1-2 soatni tashkil qiladi. Buyraklar va jigar faoliyatining yengil buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda yarim chiqarilish davri o‘zgarmaydi. Diklofenak deyarli jigarda to‘liq, asosan gidroksil guruxini qo‘shilish va metoksi guruhi qo‘shilish yo‘li orqali metabolizmga uchraydi.
Preparatning dozasini taxminan 70% siydik bilan farmakologik nofaol metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Diklofenakning faqat 1% o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Metabolitlarining qolgan qismi safro va ahlat bilan chiqariladi. Keksa yoshli patsiyentlarda preparatning so‘rilishi, metabolizmi yoki chiqarilishi ahamiyatli o‘zgarmaydi.
Qo‘llanilishi
Yallig‘lanishga qarshi va/yoki og‘riq qoldiruvchi samaraga tez erishish kerak bo‘lgan kasalliklarda
• revmatik yallig‘lanish kasalliklari (revmatoid artrit, seronegativ spondiloartrit, surunkali yuvenil artirit va boshqa etiologiyali artritlar);
• tayanch-harakat apparatining degenerativ revmatizmi (artroz, spodilez);
• mikrokristallik artrit (podagrik artrit, soxtapodagrik artrit);
• bo‘g‘imdan tashqari revmatizm (periaritit, bursit, miozit, tendinit, sinovit);
• skelet-mushak tizimining og‘riq bilan kechuvchi boshqa kasalliklarida qo‘llaniladi.
Og‘riq qoldiruvchi sifatida Diklofenak yumshoq to‘qimalarning jaroxatlarida, stomatologiyada, xirurgik aralashuvlardan so‘ng, og‘ir migrenoz xurujlarda, hamda buyraklar yoki o‘t-safo sanchiqlarida ishlatiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Yaqqol og‘riqlarda - 1 ampula sutkada bir yoki ikki marta mushak ichiga yuboriladi. Preparatning boshqa shakllariga o‘tishni (ichakda eruvchi plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, kapsulalar, suppozitoriyalar) iloji boricha tezroq amalga oshirish kerak.
Buyrak sanchig‘ida zarurati bo‘lganida mushak ichiga 75 mg/3 ml Diklofenakni takroran 30 minutdan so‘ng yuborish mumkin.
Diklofenakni boshqa dori vositalari bilan bir shpritsda aralashtirish mumkin emas.
Preparatni keksa yoshdagi patsiyentlarda buyrak yoki jigar yetishmovchiligining og‘ir shakllari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. (“
Maxsus ko‘rsatmalar
va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).
Ushbu dori shakli bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da–ichak yo‘llari (MIY) tomonidan
Tez-tez emas ko‘ngil aynishi, diareya, qabziyat, me'da sanchig‘i, dispepsiya, meteorizm.
Tez-tez qon ketishi, yaralar, perforatsiyalar.
Alohida hollarda me'da ichak yo‘llarining quyi bo‘limlarining shikastlanishi, shu jumladan nospetsifik gemorragik kolit, yarali kolit yoki Kron kasalligining qaytalanishi yoki zo‘rayishi kuzatiladi.
Nerv tizmi tomonidan
Tez-tez bosh og‘rig‘i va vertigo.
Tez-tez emas bosh aylanishi, depressiya, uyqusizlik, charchoqlik, xavotirlik, ta'sirchanlik, uyquchanlik.
Buyraklar tomonidan o‘zgarishlari
Kam hollarda buyrak yetishmovchiligi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya.
Alohida hollarda interstitsial nefrit, nefrotik sindrom, buyrak so‘rgichlarining nekrozi yoki proteinuriya.
Jigar tomonidan o‘zgarishlari
Kam hollarda xolestaz, sariqlik, simptomsiz gepatit (shu jumladan o‘tkir gepatit, surunkali faol gepatit), gepatotsillyular nekroz.
Alohida holllarda fulьminant (yashin tezligida rivojlanadigan) gepatit.
Teri tomonidan o‘zgarishlar va o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Tez-tez toshma yoki ekzantema.
Tez-tez emas qichishish yoki eshakemi.
Alohida hollarda fotosezuvchanlik, anafilaktik reaktsiyalar (bronxospazm, angionevrotik shish, anafilaktik shok).
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan
Shishlar, arterial gipertenziya va yurak yetishmovchiligi. Klinik tekshirish ma'lumotlariga va epidemiologik ma'lumotlar asosida diklofenakni ayniqsa yuqori dozalarda (150 mg dan har kuni) uzoq vaqt davomida qo‘llash, arteriyalarning trombozini rivojlanishi xavfini (masalan, miokard infarkti yoki insulьtning rivojlanish xavfi) biroz oshishi bilan bog‘liq bo‘lishini taxmin qilish mumkin.
Qon yaratish a'zolari tomonidan o‘zgarishlar
Alohida hollarda anemiya, tromotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz. Nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish kerak. Patsiyentlar nojo‘ya samaralari yoki ularni eslatuvchi simptomlarni rivojlanishi to‘g‘risida shifokorga xabar qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Diklofenakka yoki preparatning boshqa komponentlariga, salitsilatlarga yoki boshqa nesteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga, bronxial astma, eshakemi yoki rinit bilan namoyon bo‘ladigan o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• me'da yoki o‘n ikki barmoq ichakning yarali shikastlanishi, me'da ichakdan qon ketishi;
• yurak yetishmovchiligining og‘ir shakli;
• bolalik yoshida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Patsiyentlar har qanday dori vositasini qabul qilayotganliklari haqida, shu jumladan o‘zlari mustaqil qabul qilayotganlari haqida ham shifokorga xabar berishlari kerak.
Diklofenakni birga qo‘llash va
• litiy yoki digoksin – ularning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin;
• ba'zi diuretiklar – diuretik ta'sirini pasaytirishi mumkin;
• kaliy tejovchi diuretiklar – qondagi kaliy miqdorini oshirishi mumkin;
• atsetilsalitsil kislotasi va boshqa nesteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar – noxush samaralarining rivojlanishi ta'siri xavfini oshirashi mumkin;
• siklosporin – siklosporinning nefrotoksikligini oshirishi mumkin;
• metotreksat – metotreksatning zaharliligini oshirishi mumkin;
• antigipertenziv vositalar – ularning samarasini pasaytirishi mumkin;
Odatda Diklofenak peroral gipoglikemik vositalarning samaradorligini o‘zgartirmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Parenetral yuborilganida dozani oshirib yuborilishini ehtimoli kam. Parenteral yuborilganida dozani oshirib yuborilishini klinik simptomlari, uning boshqa dori shakllari ishlatilaganidagi simptomlari bilan o‘xshash. Ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriya soxasida og‘riqlar, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, asabiylik kabi tipik simptomlardan tashqari ba'zida qon bilan qusish, melena, ongni chalkashishi, nafasni susayishi, tirishish va buyrak yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin. Spetsifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma. 3 ml dan neytral shisha ampulalarda. 5, 10 ampuladan qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«DENTAFILL PLYUS» MChJ 100102, O‘zbekistan Respublikasi, Toshkent sh., Yangixayot tumani, Marg‘ib ko‘chasi, 1-uy. Tel./ (+998 71) 231-78-00 www.dentafill.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.