Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Prednizolon 5mg №100
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
5 мг
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Prednizolon
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Prednizolon
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda Prednizolon - 5 mg.
Yordamchi moddalar laktoza (sut qandi), kartoshka kraxmali, magniy stearati yoki kaltsiy stearati.
Ta'rifi Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Glyukokortikosteroid.
Farmakologik xususiyatlari
Prednizolon – gidrokortizonning degidratlangan analogi bo‘lgan glyukokortikoid preparatdir. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, desensibilizatsiyalovchi, shokka qarshi, antitoksik va immunodepressiv ta'sir ko‘rsatadi.
Spetsifik sitoplazmatik retseptorlar bilan o‘zaro ta'sirlashadi va hujayra yadrosiga kiradigan kompleks hosil qiladi, matritsa ribonuklein kislotasi (m RNK) sintezini rag‘batlantirib oqsillarni, shu jumladan hujayraviy samaralar bilan bilvosita bog‘liq lipokortinni hosil bo‘lishini qo‘zg‘atadi. Lipokortin fosfolipaza A2 ni faolligini susaytiradi, araxidon kislotasini ajralib chiqishini bostiradi va yallig‘lanish, allergiya va boshqa jarayonlarni avj olishiga yordam beruvchi prostaglandinlarni, leykotriyenlar sintezini bostiradi.
Gipofiz tomonidan adrenokortikotrop gormonini ajralib chiqishini va ikkilamchi - endogen glyukokortikosteroidlar sintezini bostiradi. Tireotrop va follikulani rag‘batlantiruvchi gormonlarni sekretsiyasini susaytiradi.
Limfotsitlar va eozinofillar sonini kamaytiradi, eritrotsitlar sonini oshiradi (eritropoetinniishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi).
Oqsil almashinuvi plazmada albumin/globulin koeffitsiyentini oshirib, oqsil miqdorini (globulinlar hisobiga) kamaytiradi, jigar va buyraklarda albuminlar sintezini oshiradi, mushak to‘qimasida oqsillarni katabolizmini kuchaytiradi.
Lipid almashinuvi yuqori yog‘ kislotalari va triglitseridlar sintezini oshiradi, yog‘larni qayta taqsimlaydi (yog‘larni asosan yelka, yuz, qorin sohalarida to‘planishi yuz beradi), giperxolesterinemiyani rivojlanishiga olib keladi.
Uglevodlar almashinuvi me'da – ichak yo‘llaridan uglevodlarni so‘rilishini oshiradi, glyukozani jigardan qonga tushishini oshishiga olib keluvchi glyukozo-6–fosfataza faolligini oshiradi, fosfoenolpiruvatkarboksikinaza faolligini va glyukoneogenezni faollashuviga olib keluvchi aminotransferazalar sintezini oshiradi.
Suv–elektrolit almashinuvi organizmda natriy va suvni tutib qoladi, kaliyni chiqarilishini rag‘batlantiradi (mineralokortikoid faollik), me'da–ichak yo‘llarida kaltsiyni so‘rilishini kamaytiradi, suyaklardan kaltsiyni “yuvib” chiqaradi, uni buyraklar orqali chiqarilishini oshiradi.
Yallig‘lanishga qarshi samarasi eozinofillar va semiz hujayralar tomonidan yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqarilishini susaytirishi, lipokortinni hosil bo‘lishini qo‘zg‘atishi va gialuron kislotasini ishlab chiqaradigan semiz hujayralar sonini kamayishi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamayishi, hujayra membranalari va organellalarning (ayniqsa lizosomalarning) membranalarini barqarorlashishi bilan bog‘liq.
Allergiyaga qarshi samara allergiya mediatorlarini sintezini va sekretsiyasini bostirilishi, sensibilizatsiyalangan semiz hujayralardan va bazofillardan gistamin va boshqa faol moddalarni ajralib chiqishini tormozlanishi, qonda aylanib yuruvchi bazofillar sonini kamayishi, limfoid va biriktiruvchi to‘qimani rivojlanishini susayishi, T– va V–limfotsitlar, semiz hujayralar sonini kamayishi, effektor hujayralarni allergiya mediatorlariga bo‘lgan sezuvchanligini pasayishi, antitelalarni hosil bo‘lishini susayishi, organizmni immun javobini o‘zgarishi natijasida rivojlanadi.
Nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarida ta'siri, asosan yallig‘lanish jarayonlarini tormozlanishiga, shilliq qavatni shishini rivojlanishini susaytirishi yoki uni oldini olishi, bronx shilliq osti qavati epiteliysida eozinofil infiltratsiyasini tormozlanishi va bronxlarning shilliq qavatida aylanib yuruvchi immun komplekslarini to‘planishiga asoslangan. Shilliq qavatining eroziyasini va deskvamatsiyasini tormozlanishi yuz beradi. Prednizolon mayda va o‘rta kalibrli bronxlarning beta–adrenoretseptorlarini endogen katexolaminlarga va ekzogen simpatomimetiklarga bo‘lgan sezuvchanligini oshiradi, shilliqni ishlab chiqarilishini susaytirishi yoki qisqartirishi hisobiga qovushqoqligini pasaytiradi.
Shokka qarshi va antitoksik ta'siri arterial bosimni oshishi (aylanib yuruvchi katexolaminlarning kontsentratsiyasini oshishi va ularga nisbatan adrenoretseptorlarni, shuningdek vazokonstriktorlarni sezuvchanligini oshishi hisobiga), tomirlar devorini o‘tkazuvchanligini pasayishi, membranani protektor xususiyatlari, endo - va ksenobiotiklarni metabolizmida ishtirok etuvchi jigar fermentlarini faollashuvi bilan bog‘liq.
Immunodepressiv samarasi limfotsitlarni proliferatsiyasini (ayniqsa T–limfotsitlarni) susayishi, V–hujayralarni migratsiyasini bostirilishi va T- va V-limfotsitlarning o‘zaro ta'sirini, sitokinlarni limfotsitlar va makrofaglardan ajralib chiqishini tormozlanishi (interleykin–1, interleykin-2, gamma–interferon) va antitelalarni hosil bo‘lishini pasayishi bilan bog‘liq.
Yallig‘lanish jarayonida biriktiruvchi to‘qimadagi reaktsiyalarni tormozlaydi va chandiq to‘qimani hosil bo‘lish ehtimolini pasaytiradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi yuqori, peroral qabul qilinganda qondagi maksimal kontsentratsiyaga 1-1,5 soatdan keyin erishiladi. Plazmada 90% gacha prednizolon oqsillar transkortin (kortizol bog‘lovchi globulin) va albuminlar bilan bog‘lanadi.
Jigarda, buyraklarda, ingichka ichakda, bronxlarda metabolizmga uchraydi. Oksidlangan shakllari glyukuron kislotasi yoki sulfatlar bilan reaktsiyaga kirishadi. Metabolitlari faol emas. Yarim chiqarilish davri - 2-4 soatni tashkil qiladi. Safro va siydik bilan kalava filtratsiyasi yo‘li bilan chiqariladi va 80–90% naychalarda qayta so‘riladi. 20% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Endokrin buzilishlar birlamchi va ikkimlamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi (shu jumladan buyrak usti bezi olib tashlangandan keyingi holat); buyrak usti bezining tug‘ma giperplaziyasi, nimo‘tkir tireoidit.
Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari revmatoid artrit; tizimli qizil yugurik; dermatomiozit; sklerodermiya; tugunli periarteriit.
Revmatik isitma, o‘tkir revmokardit.
Bo‘g‘imlarning o‘tkir va surunkali kasalliklari yelka-kurak periartriti; ankilozlanuvchi spondilit (Bexterov kasalligi); podagrali va psoriatik artrit; osteartroz (shu jumladan posttravmatik); poliartrit; yuvinil artrit, kattalarda Still sindromi; bursit; nospetsifik tendosinovit; sinovit, epikondilit.
O‘tkir va surunkali allergik kasalliklar dori vositalariga va ovqat mahsulotlariga allergik reaktsiyalar; dorivor ekzantema; zardob kasalligi; eshakemi; pollinoz; angionevrotik shish; allergik rinit.
Bronxial astma, astmatik holat.
Qon va qon yaratish tizimi kasalliklari autoimmun gemolitik anemiya; o‘tkir limfo – va miyeloid leykozlar; limfagranulematoz, trombotsitopenik purpura, agranulotsitoz; panmiyelopatiya; kattalarda ikkilamchi trombotsitopeniya; eritroblastopeniya (eritrotsitar anemiya); tug‘ma (eritroid) gipoplastik anemiya.
Teri kasalliklari pufakli yara; psorioz, eksfoliativ dermatit; atopik dermatit; diffuz neyrodermit; kontakt dermatit (terini katta yuzasini shikastlanishi bilan bo‘lgan); toksidermiya; seboreyali dermatit; toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi); bullyoz gerpessimondermatit; xavfli ekssudativ eritema (Stivens–Djonson sindromi).
Ko‘zlarning allergik va yallig‘lanish kasalliklari shox pardani allergik reaktsiyalari; kon'yunktivitning allergik shakllari; simpatik oftalmiya; og‘ir sekin kechuvchi oldingi va orqa uveitlar; ko‘ruv nervini nevriti.
Ma'da–ichak yo‘llarining kasalliklari yarali kolit, Kron kasalligi; gepatit; lokal enterit.
O‘pka raki (tsitostatik preparatlar bilan majmuada).
Miyelom kasalligi.
O‘pka kasalliklari o‘tkir alveolit, o‘pka fibrozi, II–III bosqichdagi sarkoidoz. Autoimmun genezli buyrak kasalliklari (shu jumladan o‘tkir glomerulonefrit), nefrotik sindrom.
Tuberkulyozli meningit, o‘pka tuberkulyozi.
Aspiratsion pnevmoniya (spetsifik kimyoterapiyasi bilan birga).
Berlioz, Leffler sindromi (boshqacha davolash bilan davolab bo‘lmaydigan turlari).
Tarqalgan skleroz.
Bosh miya shishi (shu jumladan miya o‘smasi fonida yoki jarrohlik aralashuvlari, nur bilan davolash va bosh jarohati bilan bog‘liq), oldindan parenteral qo‘llangandan keyin qo‘llanadi.
A'zolarni ko‘chirib o‘tkazilganda transplantatni ko‘chish reaktsiyasini oldini olish.
Onkologik kasalliklar fonidagi giperkaltsiyemiya. Sitostatik terapiya o‘tkazilganda ko‘ngil aynishi va qusishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Doza va davolash davomiyligini shifokor shaxsiy ravishda ko‘rsatmalar va kasallikni og‘irligiga qarab tanlaydi.
Sutkalik dozani odatda bir marta yoki ikki barobar dozada kunora, tonggi soatlarda, tonggi soat 6 dan 8 gacha bo‘lgan intervalda qabul qilinadi.
Yuqori sutkalik dozalarni 2–4 marta qabul qilishga taqsimlash mumkin, bunda ertalab katta dozalarni qabul qilish lozim. Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida yoki bevosita undan keyin, oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish lozim.
O‘tkir holatlarda va o‘rinbosar davolash sifatida kattalarga boshlang‘ich sutkada 20–30 mg dozadan buyuriladi, bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada 5-10 mg ni tashkil qiladi. Ayrim kasalliklarda (nefrotik sindrom, ayrim revmatik kasalliklar) yanada yuqori dozalarda buyuriladi. Davolashni asta–sekin kamaytirib to‘xtatiladi. Agar anamnezida psixozlar bo‘lsa, yuqori dozalarni shifokorning qat'iy nazorati ostida buyuriladi.
Bolalar uchun dozalari boshlang‘ich doza – sutkada 1-2 mg/kg dan 4-6 marta qabul qilishga bo‘linadi, bir maromda ushlab turuvchi doza – sutkada 0,3–0,6 mg/kg ni tashkil qiladi.
Preparat buyurilganda glyukokortikosteroidlarning sutkalik sekretor ritmini hisobga olish lozim ertalab dozaning katta qismi (yoki hammasini) buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez–tezligi va yaqqolligi qo‘llashni davomiyligi, ishlatilayotgan dozaning kattaligi va prednizolonni buyurilishini sirkad ritmiga rioya qilinishiga bog‘liqdir.
Endokrin tizimi tomonidan buyrak usti bezi faoliyatini susayishi, glyukozaga bo‘lgan tolerantlikni pasayishi, “steroidli” qandli diabet yoki yashirin qandli diabet, Itsenko– Kushing sindromi (oysimon yuz, gipofizar tipidagi semirish, girsutizm, arterial bosimni oshishi, dismenoreya, amenoreya, miasteniya, striyalar), bolalarda o‘sishni va jinsiy rivojlanishni sekinlashishi.
Me'da–ichak yo‘llari tomonidan oral kandidozi, ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit, me'da va 12-barmoq ichakning “steroid” yara kasalligi, ishtahani oshishi yoki pasayishi, meteorizm, hiqchoq tutish. Kam hollarda – “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi.
Yurak–tomir tizimi tomonidan arterial bosimni oshishi, aritmiyalar, bradikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligini rivojlanishi (moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda) yoki kuchayishi, EKG da gipokaliyemiyaga xos o‘zgarishlar, giperkoagulyatsiya, trombozlar. O‘tkir va nimo‘tkir miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda – nekroz o‘choqlarini tarqalishi, chandiq to‘qimasini shakllanishini sekinlashishi, bu yurak mushagini uzilishiga olib kelishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan deliriy, dezoriyentatsiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar, maniakal – depressiv psixoz, depressiya, paranoyya, bosh miya ichki bosimini oshishi, asabiylashish yoki bezovtalanish, uyqusizlik, bosh aylanishi, vertigo, miyachaning soxta o‘smasi, bosh og‘rig‘i, tirishishlar.
Sezgi a'zolari tomonidan orqa subkapsular kataraktasi, ko‘ruv nervini bo‘lishi mumkin bo‘lgan shikastlanish bilan kechuvchi ko‘z ichki bosimini oshishi, ko‘zni ikkilamchi bakterial, zamburug‘li yoki virusli infektsiyalarini rivojlanishiga moyillik, shox qavatini trofik o‘zgarishlari, ekzoftalm.
Moddalar almashinuvi tomonidan gipokaltsemiya, tana vaznini oshishi, manfiy azot muvozanati (oqsillarni yuqori parchalanishi), ko‘p terlash.
Mineralokortikoid faollik bilan bog‘liq nojo‘ya ta'sirlar – suyuqlik va natriyni tutilishi (periferik shishlar), gipernatriyemiya, gipokaliyemik sindrom (gipokaliyemiya, aritmiya mialgiya yoki mushaklarni spazmi, holsizlik va toliqish).
Tayanch–harakat apparati tomonidan bolalarda o‘sishni va suyakni shakllanishi jarayonini sekinlashishi (epifizar o‘sish sohalarini muddatdan oldin berkilishi), osteoporoz (juda kam hollarda – suyaklarni patologik sinishi, yelka va son suyaklarining boshchasini aseptik nekrozi) mushak paylarini uzilishi, “steroid” miopatiya, mushak massasini kamayishi (atrofiya).
Teri qoplamalari va shilliq qavati tomonidan jarohatlarni bitishini sekinlashishi, petexiyalar, ekximozlar, terini yupqalashi, giper – yoki gipopigmentlari, husnbuzarlar, striyalar, piodermiya va kandidozlarni rivojlanishiga moyillik.
Buyrak va siydik–chiqarish yo‘llari kasalliklari tungi siyishlar sonini tezlashishi, kaltsiy va fosfatlarni yuqori ekskretsiyasi oqibatidagi siydik – tosh kasalligi.
Immun tizimi kasalliklari tarqalgan (teri toshmasi, qichima, anafilaktik shok) va mahalliy allergik reaktsiyalar.
Boshqalar infektsiyalarni rivojlanishi yoki zo‘rayishi (bu nojo‘ya samarani paydo bo‘lishi immunodepressantlarni va emlashlarni birga qo‘llashga yordam beradi), leykotsituriya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Prednizolonga yoki preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qisqa muddat davomida qo‘llash uchun yagona qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.
Bolalarda o‘sish davrida glyukokortikosteroidlarni faqat mutloq ko‘rsatma bo‘yicha va davolovchi shifokorning o‘ta sinchkov kuzatuvchi ostida qo‘llash kerak.
Prednizolonni quyidagi hollarda va kasalliklarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim
Virusli zamburug‘li yoki bakterial tabiatiga ega parazitar va infektsion kasalliklar (hozirgi vaqtda yoki yaqinda o‘tkazilgan kasalliklar, shu jumladan bemor bilan yaqinda bo‘lgan muloqot) oddiy gerpes, o‘rab oluvchi temiratki (viremik faza), suvchechak, qizamiq; amyobiaz, strongiloidoz, tizimli mikoz; faol va yashirin tuberkulyoz. Og‘ir infektsion kasalliklarda faqat spetsifik davolash fonida qo‘llashga emlashdan oldin yo‘l qo‘yiladi.
Emlashdan oldingi va keyingi davrlarda (emlashgacha bo‘lgan 8 hafta va emlashdan keyin 2 hafta davomidagi davr), BTSJ bilan emlangandan keyingi limfadenit.
Immuntanqislik holatlari (shu jumladan OITS yoki OITV – bilan infektsiyalanish).
Me'da–ichak yo‘llari kasalliklari me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligi, ezofagit, gastrit, o‘tkir yoki yashirin peptik yara, yaqinda shakllangan ichak anastomozi, perforatsiya yoki abstsess xavfi bilan bo‘lgan yarali kolit, divertikulit.
Yurak–tomir tizimi kasalliklari, shu jumladan yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti (o‘tkir yoki nimo‘tkir miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda nekroz o‘choqlarini tarqalishi mumkin, chandiq to‘qimasini shakllanishini sekinlashi va buni natijasida yurak mushagini uzilishi), dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, giperlipidemiya.
Endokrin kasalliklar qandli diabet (shu jumladan uglevodlarga nisbatan tolerantlikni buzilishi), tireotoksikoz, gipotireoz, Itsenko–Kushing kasalligi, semirish (III–IV darajali).
Og‘ir surunkali buyrak va yoki jigar yetishmovchiligi, nefrourolitiaz. Gipoalbuminemiya va uni paydo bo‘lishiga yordam beradigan holatlar.
Tizimli osteoporoz, gravis miasteniyasi, o‘tkir psixoz, poliomiyelit (bulbar entsefalit shakldan tashqari), ochiq va yopiq burchakli glaukomada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Fenobarbital, fenotoin, rifampitsin, efedrin, aminoglutetimid, aminofenazon (“jigar” mikrosomalar fermentlari induktorlari) glyukokortikosteroid gormonlarni terapevtik ta'sirini pasaytiradi.
Insulin va peroral gipoglikemik preparatlarining gipoklikemik ta'sirini susayishi tufayli, dozalarini kamaytirish talab qilinishi mumkin.
Bilvosita antikoagulyantlar qabul qilinganida antikoagulyant samaralarni kuchayishi ham, susayishi ham yuz berishi mumkin (dozalarga tuzatish kiritish talab qilinadi).
Antikoagulyantlar va trombolitiklar me'da–ichak yo‘llaridan qon ketishini rivojlanish xavfi ortadi.
Etanol va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) - me'da–ichak yo‘llaridan eroziv–yarali shikastlanishlarni paydo bo‘lish xavfi kuchayadi (artritlarni davolashda NYaQP bilan majmuaviy qo‘llanadi terapevtik samaralarni yig‘indisi tufayli glyukokortikosteroidlarni dozalarini kamayishi.
Atsetilsalitsil kislota – prednizolon uni chiqarilishini tezlashtiradi va qondagi kontsentratsiyasini kamaytiradi. Glyukokortikosteroid preparatlar bekor qilingandan keyin salitsilatlar kontsentratsiyasini oshishi va intoksikatsiyani rivojlanishi mumkin. Salitsilatlarni ultserogen ta'siriga ko‘ra, gastrointestinal qon ketishlarini rivojlanish va yaralanish xavfi ortadi.
Indometatsin – prednizolonning nojo‘ya samaralarini xavfi oshadi (prednizolonning albuminlar bilan bo‘lgan bog‘idan indometatsin tomonidan siqib chiqarilishi kuchayadi).
Amfoteratsin V, diuretiklar, teofillin, yurak glikozidlarini qabul qilinganda gipokaliyemiya xavfi oshadi.
Karboangidraza ingibitorlari va “halqali” diuretiklar osteoporozni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Estrogenlar va peroral estrogen saqlovchi kontratseptivlarni qabul qilinganda glyukokortikosteroidlarni klirensi pasayadi, yarim chiqarilish davri uzayadi, prednizolonning terapevtik va toksik samaralari kuchayadi.
Metotreksatning gemotoksikligi oshadi.
Somatotropinni o‘sishga bo‘lgan rag‘batlantiruvchi ta'sirini pasaytiradi.
D vitamini – uni ichakda kaltsiyni so‘rilishiga bo‘lgan ta'siri pasayadi.
Prazikvantel – uni kontsentratsiyasi kamayadi.
M–xolinoblokatorlar (shu jumladan antigistamin preparatlar va tritsiklik antidepressantlar) va nitratlar - ko‘z ichki bosimini oshishiga yordam beradi.
Izoniazid va meksiletin – prednizolon ularning metabolizmini oshiradi (ayniqsa “sekin” atsetilatorlarda), bu ularning plazmadagi kontsentratsiyasini pasayishiga olib keladi.
Adrenokortikotrop gormon – prednizolonning ta'sirini kuchaytiradi.
Ergokaltsiferol va paratgormon – prednizolon chaqiradigan osteopatiyani rivojlanishga to‘sqinlik qiladi
Siklosporin va ketokonazol, prednizolonning metabolizmini sekinlashtirib, qator hollarda uning toksikligini oshirishi mumkin.
Glyukokortikosteroidlar antigipertenziv preparatlarni gipotenziv samarasini pasaytiradi
Androgenlar va steroid anabolik preparatlarni prednizolon bilan bir vaqtda buyurish periferik shishlarni va girsutizmni rivojlanishiga, husnbuzarlarni paydo bo‘lishiga yordam beradi.
Mitotan va buyrak usti bezini po‘stlog‘ini boshqa ingibitorlari - prednizolon dozasini oshirish zarurligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Tirik viruslarga qarshi vaktsinatsiyalar - va immunizatsiyani boshqa turlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda viruslarni faollashuvini va infektsiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Immunodepressantlar - infektsiyalarni va limfomani yoki Epshteyn–Barr virusi bilan bog‘liq boshqa limfoproliferativ buzilishlar xavfini oshiradi.
Antipsixotik vositalar (neyroleptiklar)va azatioprin, prednizolon buyurilganida kataraktani rivojlanish xavfini oshiradi.
Antatsidlarni bir vaqtda buyurish prednizolonni so‘rilishini pasaytiradi.
Antitireoid preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda prednizolonni klirensi kamayadi, tireoid gormonlar bilan esa oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashni boshlashdan avval bemor uchun mumkin bo‘lgan qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash kerak. Klinik tekshirishlar yurak – tomir buzilishini, o‘pkani rentgenologik tekshirishni, me'da va 12-barmoq ichakni, siydik – chiqarish tizimini, ko‘rish a'zolarini tekshirishni o‘z ichiga olishi kerak.
Steroid bilan davolashni o‘tkazishdan oldin va o‘tkazish vaqtida qonni umumiy tahlilini, qon va siydikda glyukozani kontsentratsiyasini, plazmada elektrolitlarni nazorat qilish kerak.
Glyukokortikosteroidlar bilan ayniqsa yuqori dozalarda davolash davrida, uni samaradorligini pasayishi tufayli emlashni o‘tkazish tavsiya qilinmaydi.
Glyukokortikosteroidlarning o‘rtacha va yuqori dozalari arterial bosimini oshirishi mumkin.
Tuberkulyozda preparat faqat tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan birga buyurilishi mumkin.
Interkurrent infektsiyalarda, septik holatlarda bir vaqtda antibiotik bilan davolash o‘tkazilishi kerak.
Glyukokortikosteroidlar bilan uzoq davolanganda gipokaliyemiyadan saqlanish uchun kaliyni buyurish zarur. Addison kasalligida preparatni buyrak usti bezini yetishmovchiligini rivojlanish xavfi tufayli (Addison krizi) barbituratlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Glyukokortikosteroid gormonlar bolalarda va o‘smirlarda o‘sishni sekinlashishini chaqirishi mumkin. Preparatni kunora buyurish odatda bunday nojo‘ya samarani rivojlanish ehtimolini minimal darajada saqlashi yoki tushirishga imkon beradi.
Keksa yoshda nojo‘ya reaktsiyalar tez – tezligi oshadi. To‘satdan bekor qilinganda, ayniqsa yuqori dozalarni qo‘llangan hollarda glyukokortikosteroidlarni “bekor qilish” sindromi ishtahani pasayishi ko‘ngil aynishi, tormozlanib qolish, tarqalgan suyak – mushak og‘riqlari, asteniya paydo bo‘ladi.
Preparatni qabul qilish natijasida buyrak usti bezi yetishmovchiligi va u bilan bog‘liq asoratlar ehtimolini, preparatni asta – sekin bekor qilib, pasaytirish mumkin. Preparat bekor qilingandan keyin buyrak usti bezi yetishmovchiligi bir necha oy davom etishi mumkin. Shuning uchun bu davrda har qanday stress holatlarda gormonal davolash lozim.
Gipotireozda va jigar sirrozida glyukokortikosteroid gormonlar ta'siri kuchayishi mumkin.
Bemorlarni, ular va ularning yaqinlarini suvchechak, qizamiq, gerpesli bemorlar bilan muloqatda bo‘lishdan saqlanish kerakligi to‘g‘risida ertaroq ogohlantirish lozim. Glyukokortikosteroidlar bilan tizimli davolash o‘tkazilayotgan bo‘lsa yoki glyukokortikosteroid preparatlar bilan yaqin 3 oy davomida davolash o‘tkazilgan holatlarda va bunda bemor emlanmagan bo‘lsa, nospetsifik immunoglobulinlarni buyurish lozim.
Glyukokortikosteroid preparatlar bilan davolash qandli diabetda (shu jumladan oilaviy anamnezda), osteoporozda (postmenopauza davrida xavf yuqori bo‘ladi) arterial gipertenziyada, surunkali psixotik reaktsiyalarda (glyukokortikosteroid gormonlar ruhiy buzilishlarni chaqirishi va emotsional noturg‘unlikni kuchaytirishi mumkin), anamnezda tuberkulyoz bo‘lganida, glaukomada, steroidli miopatiyada, me'da va 12–barmoq ichak yarasida, tutqanoqda, ko‘zning oddiy gerpesida (shox qavatining perforatsiya xavfi tufayli) tibbiy nazoratni talab qiladi.
Kuchsiz mineralokortikoid samarasi tufayli, buyrak usti bezi yetishmovchiligida o‘rinbosar davolash uchun preparatni mineralokortikoidlar bilan birga ishlatiladi.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qonda glyukoza miqdorini nazorat qilish va zarurat bo‘lganda davolashni muvofiqlashtirish kerak.
Avtomobilni va ishchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat odamning transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfni faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin, chunki preparat bosh aylanishi va boshqa sanab o‘tilgan qobiliyatlarga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Prednizolonni homiladorlik vaqtida faqat, agar ona uchun taxmin qilinadigan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsagina qo‘llash mumkin.
Homiladorlikni I uch oyligida Prednizolonni faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi.
Homiladorlik davrida uzoq davolanganda homilani o‘sishida buzilish mumkinligini inkor etib bo‘lmaydi. Homiladorlikning III uch oyligida homilani buyrak usti bezini po‘stlog‘ining atrofiyasi paydo bo‘lish xavfi mavjud bo‘lib, u chaqaloqlarga o‘rinbosar davolashni o‘tkazishni talab qilish mumkin.
Glyukokortikosteroidlarni ko‘krak sutiga o‘tishi mumkinligi tufayli, preparatni emizish davrida qo‘llashga zarurat bo‘lganida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozaga bog‘liq nojo‘ya holatlar kuchayishi mumkin. Prednizolonning dozasini kamaytirish kerak. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 5 mg.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
Kontur o‘ramlar 5-10 ta qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” IICHK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.