Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dismenorm tab. gomeop. №80
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Матричная настойка Agnus castus, Pulsatilla pratensis D3, Rosmarinus officinalis D2, Apis mellifica
Страна производитель
Германия
Производитель
Deutsche Homoopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dismenorm®
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar Agnus castus - 125 mg (quruq qoldik 1mg), Apis mellifica D3 - 25 mg, Pulsatilla D3 – 25 mg, Rosmarinus officinalis D2 - 25 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati , bug‘doy kraxmali, magniy stearati.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, ikki tomonlama yassi faskali, katta bo‘lmagan dog‘lari bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi gomeopatik dori vositalari.
ATX kodi G02CX
Farmakologik xususiyatlari
Kasallikni tushunishiga va dori substantsiyasini qo‘llanilishini tushinish yuzasidan gomeopatik davolash ana'naviy tibbiyotdan yaqqol farqlanadi. Gomeopatik vositalar organizmning xususiy himoya mexanizmlarini rag‘batlantiradi va shu tarzda uni potentsial o‘z-o‘zini davolashni faollashtiradi. Gomeopatik vositaga organizmning javobi qat'iy shaxsiydir. Shu sababli dozospetsifik farmakologik samaralari, farmakodinamik yoki farmakokinetik ma'lumotlarni aniqlab bo‘lmaydi.
Qo‘llanilishi
Hayz ko‘rish oldi sindromi va muntazam bo‘lmagan hayz ko‘rish kabi hayz ko‘rish siklini buzilishlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilish kerak. Xolat yaxshilanganida preparatni qabul qilishni tez-tezligini pasaytirish kerak.
Qo‘llash usuli
Tabletkalarni ovqatdan 30 minut oldin yoki 30 minutdan keyin, og‘izda sekin erishiga imkon bergan holda qabul qilish lozim. Zarur bo‘lganda tabletkani oz miqdordagi suvda (masalan, choy qoshiqda) eritish tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam xollarda (<1/10000) yoki noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga asosan tez-tezligi baxolab bo‘lmaydi) Agnus castus saqlovchi dori preparatlarini qabul qilganda, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; ko‘ngil aynishi va abdominal og‘riq kabi me'da-ichak tomonidan buzilishlar, xusn buzar toshmalar va hayz ko‘rish siklini buzilishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari xaqida ma'lumotlar bor, teri toshmalari, eshakemi (qichishadigan pufakchalar paydo bo‘lishi), yuz to‘qimalarini shishi, hansirash va yutishdagi qiyinchiliklar bilan kuzatiluvchi og‘ir darajadagi yuqori reaktsiyalar.
Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Izoh Gomeopatik dori vositasi qo‘llanganda birlamchi vaqtinchalik axvol yomonlashishi mumkin. Bunday xolatlarda preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Asalari zaxariga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga ma'lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik emizish, estrogenlarga bog‘liq o‘smalar yoki gipofiz o‘smalarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agnus castus faol moddani dofaminergik va estrogen samarasi mumkinligi tufayli preparat dofaminagonistlar, dofaminantagonistlar, estrogenlar va antiestrogenlar bilan o‘zaro ta'sirlashishi mumkin. Har qanday boshqa dori vositalarini bir vaqtda qo‘llanilishi zarur xollarida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ushbu preparat laktoza va bug‘doy kraxmali saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan patsiyentlar preparatni qabul qilishlari mumkin emas. Oz miqdorda bug‘doy kraxmali glyuten saqlashi mumkin, ammo seliakiyasi bo‘lgan odamlar uchun deyarli xavfsizdir. Bug‘doyga allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarga (tseliakiyadan farqli) ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas. Agar o‘tkir xolat yaxshilanmasa yoki yemonlashsa, yoki agar qo‘shimcha shikoyatlar paydo bo‘lsa shifokor bilan maslaxatlashing.
Bolalar
Yetarlicha klinik ma'lumotlar yo‘qligi tufayli 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Dismenorm homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Agnus castus faol ingrediyenti tufayli laktatsiya davrida preparatni qabul qilish mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
250 mg dan tabletkalar, 80 tabletkadan flakonda; 1 flakondan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
Doyche Xomeopati – Union DXU – Artsnaymittel GmbX & Ko. KG
Ottoshtrasse 24, 76227 Karlsrue, Germaniya, Tel. +49 (721) 40 93 236
Deutsche Homöopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co. KG
Ottostrasse 24, 76227 Karlsruhe, Germany.
Tel. +49 (721) 40 93 236
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.