Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Prorenal tab. №100
Prorenal tab. №100
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Эссенциальные фосфолипиды
Страна производитель
Индонезия
Производитель
Novell Pharmaceutical Laboratories
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Prorenal
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidarilarni saqlaydi
faol moddalar
DL-3-metil-2-okso-valerian kislotasi
(DL-izoleytsinni α-keto-analogi), kaltsiyli tuzi67 mg
4-metil-2-okso-valerian kislotasi
(leytsinni α-keto-analogi), kaltsiyli tuzi101 mg
2-okso-3-fenil-propion kislotasi
(fenilalaninni α-keto-analogi), kaltsiyli tuzi68 mg
3-metil-2-okso-moy kislotasi
(valinni α-keto-analogi), kaltsiyli tuzi86 mg
DL-2-gidroksi-4-metiltio-moy kislotasi
(metioninni α-gidroksi-analog), kaltsiyli tuzi59 mg
L-lizin monoatsetati105 mg
L-treonin53 mg
L-triptofan23 mg
L-gistidin38 mg
L-tirozin30 mg
yordamchi moddalar izopropil spirti, polividon, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kroskarmelloza, tal'k, magniy stearati;
qobig‘ini tarkibi titan ikki oksidi, dixlormetan, etanol, FDC sariq 5 Al-Lake, makrogollar, gipromelloza, vanilin.
Tarkibi
bir tomoni tekis va boshqa tomonidan bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
buyrak yetishmovchiligini davolash uchun qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi V06DD
Farmakologik hususiyatlari
Prorenal (XPN – aminokislotalarni ketoanalogi) buyrak faoliyatini buzilishi fonida organizmga almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni yetarli darajada tushmasligi tufayli buzilgan moddalar almashinuvini tiklanishiga olib keladi. Buyrak faoliyatini surunkali buzilishi bo‘lgan bemorlarning organizmida oqsil sinteziga olib keladi, oqsil almashinuvi mahsulotlarini organizmga toksik ta'sir qilish darajasini pasaytiradi, umumiy holatini yaxshilaydi.
Prorenal – tarkibiga almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar kiruvchi dori preparatdir, bu aminokislotalarsiz organizm to‘g‘ri faoliyat ko‘rsata olmaydi. U buyrak to‘qimasini shikastlanishi va qonda moddalar almashinuvi, eng avvalo, oqsil almashinuvi oqibatida hosil bo‘lgan zaharli moddalarning miqdorini asta-sekin ko‘payib borishi fonida buyrak faoliyati buzilganida buyuriladi. Bemorning qonida organizmga toksik ta'sir ko‘rsatuvchi qoldiq azot va uning komponentlarini katta miqdori aniqlanadi. Qoldiq azot – mochevina, aminokislotalar azoti, siydik kislotasi, kreatin va kreatinindan tarkib topgan oqsil bo‘lmagan azot (plazmada oqsillar almashinuvi mahsulotlari) yig‘indisidir.
Oqsil almashinuvini buzilishi, organizm hayot uchun zarur bo‘lgan aminokislotalarni olmaydi, ayni vaqtda qonda oqsillar almashinuvining zaharli mahsulotlari katta miqdorda to‘planishiga olib keladi. Organizmga toksik ta'sirini kamaytirish uchun bemorga oqsillar miqdori cheklangan parhez buyuriladi, bu oqsil yetishmasligiga olib keladi.
Prorenal organizmga almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni olib keladi (ulardan odam organizmi oqsillari quriladi), ammo bunda organizmga tushayotgan azotning miqdori cheklangan bo‘ladi. Bu holat ketosterilning tarkibiga organizm tomonidan tez o‘zlashtiriladigan va oqsillar almashinuvining toksik mahsulotlarini utilizatsiyasiga olib keladigan aminokislotalarning keton analoglari kirganligi tufayli shunday amalga oshadi.
Bunday ta'sir mexanizmi oqsillar va minerallar almashinuvini yaxshilanishiga, va demak bemorning umumiy holatini yaxshilanishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Preparatning farmakokinetikasi o‘rganilmagan, chunki uning barcha komponentlari moddalar almashinuvida qatnashadigan tabiiy moddalar hisoblanadi va organizmda ularning harakatini kuzatish imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
Kompensatsiyalangan va kompensatsiyalanmaran siydik tutilishida surunkali buyrak yetishmovchiligini davolash (kam oqsilli,yuqori kaloriyali parhez bilan bir vaktda) uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Surunkali buyrak yetishmovchiligi
Ko‘pchilik xollarda, kuniga 3 marta qabul qilinadi. Ovqatlanish vaktida 4-8 tabletkadan butun holida yutiladi.
Kompensatsiyalangan siydik tutilishi
Odatda 4-6 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi, tarkibida kuniga tana vazniga 0,5-0,6 oqsil/kg saqlovchi, oqsil kam, yuqori kaloriyali ovqat bilan birga qabul qilinadi, bu taxminan 35-45 g ni va kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg ni tashkil etadi.
Kompensatsiyalanmagan siydik tutilishi
Odatda 4-6 tabletkadan kuniga 3 marta qabul qilinadi, tarkibida kuniga tana vazniga 0,3-0,4 oqsil/kg saqlovchi, oqsil kam, yuqori kaloriyali ovqat bilan birga qabul qilinadi, bu taxminan 20-30 g ni va kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg ni tashkil etadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan dozalash tartibi tana vazni taxminan 70 kg bo‘lgan kattalar uchun yaroqlidir.
Ketokislota buyrak yetishmovchiligining darajasiga bog‘liq ravishda uzoq muddat davolash uchun qo‘llanadi. Ketokislotalarni ayollarga homiladorlik vaqtida va bolalarga qo‘llash bo‘yicha natijalar olinmagan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Giperkaltsiyemiya rivojlanishi mumkin. Zardobda kaltsiyning miqdorini muntazam ravishda tahlil qilish kerak. Yetarli kaloriyali ovqat iste'mol qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Giperkaltsiyemiya;
- Aminokislotalar metabolizmini buzilishida qo‘llash mumkin emas;
Xomilador ayollar va bolalar uchun preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan .
Dorilarning o‘zaro ta'siri
So‘rilishiga xalaqit bermasligi uchun, kaltsiy bilan qiyin eruvchan birikmalarni hosil qiladigan preparatlar (masalan, tetratsiklin) Ketokislota tabletkalari bilan bir vaqtda qabul qilinmasligi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kaloriyaning zahirasi yetarli ekanligiga ishonch hosil qiling. Ketokislotalar anabolik yo‘l bilan o‘zlashtirilishiga kafolat bo‘lishi uchun patsiyent kuniga tana vazniga 150-170 kDj (35-40 kkal)/kg qabul qilishi kerak. Ketokislota uremiya simptomlarini yaxshilanganligi sababli, alyuminiy gidroksidini qabul qilish, imkon boricha, kamaytirilishi kerak.
Kaltsiy bir tabletka tarkibida 50 mg kaltsiy saqlaydi. Ketokislota giperkaltsiyemiyani chaqirishi mumkin. Kuniga 25 dan ortiq Ketokislota tabletkalari qabul qilinganida yoki tarkibida kaltsiy saqlovchi boshqa preparatlar (masalan, giperkaltsiyemiyani davolashda ionitlar) yoki antatsidlar bir vaqtda qabul qilinganida, ayniqsa giperkaltsiyemiyadan saqlanish kerak. Shuning uchun zardobda kaltsiyning miqdorini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Prorenal preparatining dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma'lumotlar keltirilmagan.
Preparatning nojo‘ya ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Qutida plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletkadan 10 strip va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma saqlanadi.
Saqlash sharoiti
Xona xaroratida (15-30oS) saqlansin. Yorug‘likdan himoyalansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chikaruvchi
“Novell Pharmaceutical Laboratories”
Bogor - lndonesia
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.