Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Femion kapsulalari №20
Nomi | Narx | |||||
Фемион капс №20 (6423002##2 269) |
UZS 47 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Экстракты растений
Страна производитель
Узбекистан
Производитель
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Femion
Dori shakli
Kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagi o‘simliklarning quruq ekstraktini saqlaydi
To‘shalgan Yakortsev mevalari100 mg
Qishki olcha ildizi100 mg
Dorivor zanjabil ildizpoyasi50 mg
Qizdiruvchi Mukuna urug‘i25 mg
Ekma Sparji ildizi25 mg
Xind Saraki po‘stlog‘i25 mg
Xardvika valerianasi ildizi25 mg
Oddiy Fenxel mevasi17 mg
Ekma koriandr mevasi17 mg
Avraam daraxti urug‘i16 mg
Yordamchi moddalar natriy benzoati, kaliy sorbati, laktoza, mikrokristall selyuloza (Avitsel 102), makkajo‘xori kraxmali.
Ta'rifi
kulrang qopqoqli va binafsha rangli korpusli 0-sonli kapsulalarga to‘ldirilgan, o‘ziga xosxidga egabo‘lgan och jigarrangdan to‘q jigarrang kukunga qadar.
Farmakoterapevtik guruxi
G20 turli xil ayellar kasalliklarini davolash uchun
Faol komponentlarning asosiy xususiyatlari
To‘shalgan Yakortsi
(Tribulus terrestris)
Ayollar bepushtligini, impotentsiyani davolashda va uzoq muddatli kasalliklardan keyingi tiklanish uchun keng qo‘llanadi. Libidoni oshiradi va zardobda follikulalarni rag‘batlantiruvchi (FRG) gormoni va estradiolning darajasini oshishi hisobiga jinsiy faoliyatni yaxshilaydi.
Qishki olcha
(Withania somnifera)
Qishki olchajinsiy va umumiy holsizlikni bartaraf qilish qobiliyati bilan baholanadi. U xavotirlik rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, stress bilan kurashishga yordam beradi va hotirjamlik hissini ta'minlaydi. Hayotga chidamlilik, energiya zahirasi, jinsiy chidamlilikni oshirish qobiliyatiga ega. Qishki olcha erkaklar uchun ham ayollar uchun ham teng samaralidir, umumiy asteniyani davolash uchun qo‘llanishi mumkin. Jismoniy kuchsizlik bilan bog‘liq dismenoreyada samaralidir.
Dorivor zanjabil
(Zinqiber officinalls)
Zanjabil reproduktiv faollikni va bachadonning ish faoliyatini rag‘batlantirib, katalizator kabi ta'sir qiladi. Bunga qo‘shimcha u mushak tonusini tutib turishga yordam beradi va reproduktiv tizimining faoliyatini me'yorlashtiradi. Zanjabil hayz siklini me'yorlashtirish qobiliyatiga ega va qon aylanishini yaxshilaydi. Ayollarda zanjabil preparatlari hayz kelishi va ovulyatsiyada mushak spazmlarini yo‘qotish va og‘riqlarni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qizdiruvchi Mukuna
(Mucuna Pruriens)
Ushbu o‘simlik jinsiy hohishni oshiradi va organizmni quvvatlaydi. Ayollar bepushtligini davolashda qo‘llanadi. Kuchli afrodiziak hisoblanadi va yoqimli jinsiy qo‘zg‘alish tuyg‘usi yuz berishini rag‘batlantiradi.
Sparja ekmasi
(Asparaqus racemosus)
Sparja – ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlovchi, eng kuchli tonusni oshiruvchi vositalardan biri sanaladi. U ayollar reproduktiv tizimining tonusini oshiradi, tozalaydi, oziqlantiradi va mustahkamlaydi, va ko‘pincha klimakterik sindromi, amenoreya, dismenoreya, menopauza davridagi buzilishlari va kichik chanoq a'zolarining yallig‘lanish kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi. Bu o‘simlik shuningdek, biriktiruvchi to‘qimani mustahkamlaydi, qon yaratilishini yaxshilaydi, bachadonni homiladorlik uchun tayyorlaydi va tug‘ruqdan keyingi tonik kabi ta'sir qiladi. Shuningdek laktatsiyani rag‘batlantiradi va organizmning gormonal fonini boshqaradi.
Hind Sarakasi
(Saraca indica)
Dismenoreya bilan birga kechuvchi, menorragiya kabi xayz siklining buzilishlarini davolash uchun juda qimmatbaho o‘simlik hisoblanadi. Ushbu o‘simlikning po‘stlog‘i endometriy va tuxumdon to‘qimalariga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi va leykoreya va ichki qon ketishlarni davolash uchun qo‘llanadi.
Xardvika valerianasi
(Valeriana hardwicki)
Tinchlantiruvchi vosita sifatida, asosan nerv zo‘riqishlarini yo‘qotish uchun qo‘llanadi. Valeriana uyquni yaxshilaydi va yuqori arterial bosimni kamaytiradi. Dismenoreyada, gipertenziyada, ta'sirlangan ichak sindromi va boshqalarni davolash uchun qo‘llanadi.
Oddiy Fenxel
(Foenicufum vulqare)
Bu o‘simlikning mevalari venerik kasalliklarni davolashda va hayz siklini boshqarish uchun qo‘llanadi.
Ekma kariandr
(Coriandrum sativum)
Kariandrning urug‘lari isitmani tushiradi, tinchlantiruvchi ta'sirga ega va hayz siklini boshqaradi.
Afraam daraxti
(Vitex fqnus castus)
Avraam daraxti (prutnyak) tez ta'sir qiluvchi afrodiziak hisoblanmaydi, reproduktiv tizimning ishini me'yorlashtirishga yordam beradi. Bu o‘simlik lyuteinlovchi gormon sekretsiyasini oshishi bilan gipofizning ishini rag‘batlantiradi, u jinsiy gormonlarning faoliyatini nazorat qiladi. Bu o‘simlikning ekstrakti oligomenoreya va ikkilamchi amenoreyani, giperprolaktinemiya va sariq tananing yetishmovchiligi tufayli, hayz siklining buzilishlarini davolash uchun samarali qo‘llanadi.
Qo‘llanilishi
• Ayollardagi psixogen jinsiy buzilishlar.
• Libidoni pasayishi.
• Ikkilamchi bepushtlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llanishi
Davolash kursi
Doza
Ayollardagi psixogen jinsiy buzilishlar
2 oy – shifokorning maslahati bilan uzaytirish mumkin.
2 kapsuladan kuniga 2 marta ovqatdan keyin. Yoki shifokor buyurganidek.
Libidoni pasayishi.
Ikkilamchi bepushtlik
3 oy - shifokorning maslahati bilan uzaytirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat ingrediyentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Bachadon, sut bezi va qin raki.
• Fibroleyomioma
• Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
va ogohlantirishlar
Femion bilan davolashni boshlashdan oldin to‘liq umumiy va ginekologik tekshirish o‘tkazish kerak.
Davolash jarayonida quyidagi gormonlarning darajasini monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi
- Lyuteinlovchi gormon
- Folekulalarni rag‘batlantiruvchi gormon
- Estrogen
- Progesteron
- Prolaktin
Homiladorlik yuz bergan holda preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
20/60 kapsula plastmassa flakonda, 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Qizdirishdan, yorug‘lik va namlik ta'siridan himoya qilinsin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
Herbion
The way to health
Xerbion Pakistan Prayvet Limited,
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.