Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nayatoks maz 20g
Nayatoks maz 20g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Яд кобры, метилсалицилат , эвкалиптовое масло, камфора
Страна производитель
Вьетнам
Производитель
Mekophar Chemical Pharmaceutical Joint-Stock Company
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
NAYATOKS
Ta'sir etuvchi modallar oddiy kobra ilonining quruq zahari, metilsalitsilat, kamfora, evkalipt moyi.
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
100 g surtma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 12 STB (sichqon ta'sir birligi) oddiy kobra ilonining quruq zahari, 4 g metilsalitsilat, 3 g kamfora, 2 g evkalipt moyi (tsineol 1,4 g ga ekvivalent);
yordamchi moddalar 81 g vazelin, 10 g asalari mumi.
Ta'rifi biroz sarg‘ish tusli oq rangli, kamfora, evkalipt moyi, metilsalitsilatning o‘ziga hos hidili, bir xil surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy ta'sirlovchi vosita.
ATX kodi M02AS
Farmakologik xususiyatlari
NAYATOKS surtmasi mahalliy ta'sirlovchi va og‘riq qoldiruvchi (chalg‘ituvchi) ta'sirga ega. Terining sezuvchan retseptorlarini ta'sirlanishi va yuqori faol moddalar (gistamin, fermentlar, organik kislotalar va boshqalar) ni so‘rilishi qon tomirlarining kengayishiga, teridan quyida joylashgan to‘qimalar trofikasining yaxshilanishga yordam beradi hamda preparatning og‘riq qoldiruvchi ta'sirini belgilaydi.
Qo‘llanilishi
Surtma turli etiologiyaga ega artritlarda, nevralgiya, mialgiya, ishias, radikulitda va tayanch-harakat apparatining og‘ir sindromi bilan kechuvchi boshqa kasalliklarida sirtga qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
SIRTGA BUYURILADI!
Surtma terining og‘riqli sohalariga sutkada 1 marta 5 g dan 10 g gacha (1-2 choy qoshiq surtma) dozada qismlarga bo‘lib, surtiladi va teriga ishqalanadi, kuchli og‘riq hislarida esa - og‘riqli sindrom yo‘qolgunicha sutkada 2 marta qo‘llanadi. Davolash kursi shifokorning maslahatisiz 10 kundan oshmasligi kerak. Surtmani qo‘llagandan so‘ng, uni ko‘zga va boshqa shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ayrim hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng yo‘qoluvchi teri tomonidan allergik reaktsiyalar (qizarish, qichishish, toshma) bo‘lishi mumkin! Har qanday nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik, teri kasalliklari va surtma surtilgan joyda teri qoplamlarining mexanik shikastlanishi, o‘pkaning faol tuberkulyozi, isitmali holatlar, umumiy holsizlanish, bosh miyada va koronar qon aylanishining yaqqol yetishmovchiligi, angiospazmlarga moyillik, jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari, homiladorlik va emizish davri, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Bolalar, anamnezda atsetilsalitsilat kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul kilinganda qo‘zg‘aladigan bronxial astmaga ko‘rsatmalar bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarining o‘zaro ta'siri
Preparat teri giperemiyasini chaqiradi va teri osti to‘qimasida qon aylanishini reflektor ravishda kuchaytiradi, shunday qilib, mahalliy ta'sirga ega boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanganida, ularni so‘rilishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Katta miqdorlarda ishlatish metotreksatning toksikligini i oshirishi va gipoglikemik vositalarning terapevtik samarasini susaytirishi mumkin. Preparatni peroral antikoagulyantlar bilan ishlatmang.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni bolalarda shifokor maslahatisiz qo‘llash tavsiya etilmaydi. Surtmani ochiq yaralarga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Surtma ko‘z shilliq qavatlariga ehtiyotsizlik oqibatida tushgan hollarda, ularni ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saklansin va yaroklilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma; 20 g dan surtma alyumin tubada. Bitta tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, qorong‘i joyda, 15-250S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Mekofar Kemikal-Farmasyutikal Djoynt Stok Kompanii»
Vyetnam, Xo Shi Min sh., 297/5 L Tx'ong Kiyet ko‘ch., 11 rayon,
O‘zbekiston Respublikasi xududida sifat bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
MCHJ “MATLUBOTCHI”
Toshkent sh., Olmazor tumani, Djami ko‘ch., 5.
Telefon +998 71 248 32 05
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.