Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Zedpar gel 30g №1 (Diklofenak)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диклофенака диэтиламин, метилсалицилата, ментола льняное масло
Страна производитель
Индия
Производитель
Combitic Global Caplet Pvt.Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Zedpar gel™
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) diklofenak dietilamin, metilsalitsilat, mentol, zig‘ir moyi.
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
diklofenak dietilamin 11,6 mg;
metilsalitsilat 100 mg;
mentol 50 mg;
zig‘ir moyi 30 mg.
yordamchi moddalar benzil spirti, izopropil spirti, karbopol, trietanolamin, propilenglikol, polisorbat-80, tozalangan suv.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli yumshoq, bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy ta'sir qiluvchi yallig‘lanishga qarshi vosita.
ATX kodi M02AX.
Farmakologik hususiyatlari
Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.
Diklofenak yaqqol yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi yallig‘lanish o‘chog‘ida SOG-1 va SOG-2 larni noselektiv susaytirish, araxidon kislotasining metabolizmini buzilishi va prostaglandinlar biosintezini susayishi bilan bog‘liq. Yallig‘lanish jarayonida Zedpar gelini qo‘llash og‘riq sindromi va to‘qimalarni shishini kamayishi yoki bartaraf bo‘lishiga olib keladi.
Zig‘ir moyi asosiy komponenti alfa-linolen kislotasi (to‘yinmagan yog‘ kislotasini etil spirti) bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega.
Diklofenak va metilsalitsilat mahalliy qo‘llanganida, ular tez so‘riladi va teri osti yog‘ qavati, mushak to‘qimasi, bo‘g‘im kapsulasi va bo‘g‘im bo‘shlig‘iga kirib, bo‘g‘imlarda og‘riq va yallig‘lanishni bartaraf qilib, ertalabki tanglik va bo‘g‘imlar shishini kamaytirib, harakatlar hajmini oshishiga olib keladi.
Mentol – teriga surtilganida qon tomirlarni kengaytirib, sovush va og‘riqni kamayishi hissini chaqiradi, shuningdek kuchsiz antiseptik hususiyatlarga ega.
Farmakokinetikasi
Zedpar gelining teri orqali so‘riladigan miqdori u qo‘yilgan maydonga proportsional, shuningdek preparatning yig‘indi dozasi va terining gidratatsiyasi darajasiga bog‘liq. Preparat sirtga qo‘llanganida 6% dan ko‘p bo‘lmagan diklofenak so‘riladi.
Metabolizmi asosan gidroksidlanish yo‘li orqali bir necha hosilalarining hosil bo‘lishi bilan amalga oshiriladi, ulardan ikkitasi farmakologik faol, lekin diklofenakka qaraganda ahamiyatli darajada kam. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Qon plazmasidagi diklofenakning umumiy tizimli klirensi o‘rtacha minutiga 263±56 ml, yarim chiqarilishning yakuniy davri esa – 1-3 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Paylarni cho‘zilishidagi shish va og‘riqni, bel, bo‘g‘imlar va mushaklardagi og‘riqni kamaytiradi.
Tayanch-harakat apparatining og‘riq va yallig‘lanish bilan kechuvchi quyidagi kasalliklarida qo‘llanadi
• yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning posttravmatik yallig‘lanishi (cho‘zilishlar, zo‘riqishlar va lat yeyishlar oqibatidagi, sportdagi jarohatlar);
• yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, periartikulyar to‘qimalarning shikastlanishi va boshqalar);
• mushaklar va bo‘g‘imlarning kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq sindromi va shish (revmatoid artrid, osteoartroz, radikulitlar, lyumbago, ishias va boshqalar);
• Dyupley sindromi umurtqalararo diskni ko‘chishi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Zedpar gel faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Terining shikastlangan sohalariga kuniga 3-4 marta surtiladi va gel yo‘qolgunicha ishqalanadi. Surtmani qo‘llash maydoniga qarab gelning optimal miqdori olinadi va ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Zedpar kam hollarda nojo‘ya reaktsiyalar chaqiradi. Ba'zida gel qo‘yilgan sohada qizarish, qichishish yoki achishish hissi, papulalar, vezikulalar, terini ko‘chishi paydo bo‘ladi. Alohida patsiyentlarda fotosensibilizatsiya aniqlanishi mumkin.
Juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari aniqlanadi (toshma, eshakemi, bronxial astma, angionevrotik shish).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• teri qoplamalarining butunligini buzilishi;
• homiladorlikning III uch oyligi;
• laktatsiya davri (emizish);
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
• preparatning komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYaQV yuqori sezuvchanlik;
• patsiyentlarda aspirin qo‘zg‘atgan astmatik holatlarda qo‘llash mumkin emas.
Zedpar jigar porfiriyasida (zo‘rayish bosqichida), me'da-ichak yo‘llari (MIY) ning eroziv-yarali shikastlanishlarida, jigar va buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlarida, surunkali yurak yetishmovchiligida, bronxial astmada, keksa yoshdagi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘zaro ta'sirining paydo bo‘lish ehtimoli kam, chunki Zedpar geli sirtga qo‘llanganida tizimli so‘rilishi juda kam. Preparatni boshqa NYaQV bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Zedpar geli fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Zedpar gelini mahalliy kosmetik vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Zedpar gelini ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanib, faqat shikastlanmagan teriga surtish kerak. Qo‘yilganidan keyin okklyuzion bog‘lov qo‘yish mumkin emas. Preparatni ko‘zga va shilliq qavatlariga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Zedpar gelini homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning I va II uch oyliklarida qo‘llash, faqat ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holda mumkin.
Diklofenak va uning metabolitlari ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Zedpar geli avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishini ehtimoli kam, chunki sirtga qo‘llanganida diklofenakning tizimli so‘rilishi juda kam. Preparat tasodifan ichga qabul qilinganida diklofenakning peroral shakllari uchun xarakterli bo‘lgan nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Tizimli nojo‘ya samaralari paydo bo‘lgan holda me'dani yuvish va adsorbentni qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
30 g dan laminatsiyalangan tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Combitic Global Caplet Pvt. Ltd”
M-15, D-2, D-3, Industrial Area, Sonepat-131001 (Hr.), Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.