Blemaren vishillovchi tabletkalar №80
399 100 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Германия
Yoʻriqnoma: Blemaren vishillovchi tabletkalar №80
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Preparatning savdo nomi
BlemarenDori shakli
vishillovchi tabletkalarTarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: limon kislotasi – 1197,0 mg; kaliy gidrokarbonati – 967,5 mg; natriy sitrati – 835,5 mg;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mannitol, adipin kislotasi, makrogol 6000, natriy saxarinati, limon aromatizatori.
Ta'rifi
oq rangli, dumaloq shaklli, yassi, qirrali, limon hidli tabletkalar.Farmakoterapevtik guruhi
nefrolitiazni davolash uchun vosita.ATX kodi: G04BS
Farmakologik xususiyatlari
Siydikni rN 6,6-6,8 ko‘rsatkichgacha ishqoriylashtirish hisobiga (siydik rN 6,6-6,8 chegaralarida siydik kislotasining tuzlarini erishi ahamiyatli darajada oshadi) siydik kislotali toshlarni eritadi va hosil bo‘lishini oldini oladi. Bundan tashqari kalьtsiy chiqarilishini kamaytiradi, siydikda kalьtsiy oksalatini erishini yaxshilaydi, kristallar hosil bo‘lishini ingibitsiya qiladi va shu orqali kalьtsiy-oksalat toshlarini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.Farmakokinetikasi
Biokiraolishligi – taxminan 100%. Buyrak orqali chiqariladi.Qo‘llanilishi
- siydik kislotali va kalьtsiy-oksalat toshlarini eritish va ularni hosil bo‘lishini oldini olish;- aralash siydik kislotali-oksalat toshlarini eritish (oksalatlarning miqdori 25% dan kam bo‘lganida);
- sitostatiklar yoki siydik kislotasini chiqarilishini oshiruvchi preparatlarni qabul qiluvchi shaxslarda siydikni ishqoriylashtirish;
- teri porfiriyasini simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vishillovchi tabletkalar:Qabul qilishdan oldin tabletkalar 200 ml suyuqlikda (choy, meva sharbati yoki ishqoriy mineral suv) eritiladi. Sutkalik doza – 2-6 tabletkani tashkil qiladi.
Sutkalik doza kun davomida teng taqsimlanadi va ovqatdan keyin qabul qilinadi. Agar sutka davomida siydik rN 6,2-7,0 (siydik kislota toshlarini eritish uchun); 7,5-8,5 (tsistin toshlari uchun); 7,2-7,5 (porfiriyani davolash uchun); kamida 7,0 (tsitostatiklar bilan davolaganda) chegarasida bo‘lsa doza to‘g‘ri tanlangan deb hisoblanadi. Agar siydik rN ko‘rsatkichi ko‘rsatilgandan pastroq bo‘lsa, dozani oshirish, agar yuqori bo‘lsa – kamaytirish kerak. Davolash davomiyligi – 4-6 oyni tashkil qiladi.
Samaradorlik nazoratini (siydik rN ni aniqlash) kuniga 3 marta, har bir martalik dozani qabul qilishdan oldin indikator qog‘ozi yordamida amalga oshiriladi. Qog‘ozda olingan rang 2 minut davomida shkala bo‘yicha baholanadi va olingan ko‘rsatkich nazorat kalendariga kiritiladi.
Sistin toshlari bo‘lganida va porfiriyani davolaganda samaradorlikni nazorat qilish uchun rN 7,2 dan 9,7 gacha kattalikda bo‘lgan maxsus indikator qog‘ozni ishlatish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, shishlar (natriyni tutilishi), metabolik alkaloz, dispepsiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- o‘ta yuqori sezuvchanlik;- o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi;
- metabolik alkaloz;
- mochevinani parchalovchi mikroorganizmlar chaqirgan siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari;
- siydik rN 7 dan yuqori;
- qat'iy tuzsiz parhezga rioya qilish zarurati (masalan arterial gipertenziyaning og‘ir shakllari) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sitratlar va alyumin saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish alyuminni so‘rilishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday preparatlarni qabul qilish orasidagi oraliq kamida 2 soatni tashkil qilishi mumkin.
Preparatning tarkibida kaliy mavjudligi tufayli, yurak glikozidlarini Blemaren bilan birga buyurganda ularning samarasi susaytirishi mumkin.
Arterial bosimni pasaytiruvchi ayrim dori vositalari (al'dosteron antagonistlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment blokatorlari), shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va analьgetiklar kaliyni chiqarilishini kamaytirishi mumkin. Bunday vositalarni bir vaqtda qabul qilish mumkinligini shifokor belgilaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
O‘rtacha sutkalik doza (4 vishillovchi tabletka) taxminan 1,5 mg kaliy va 0,9 g natriy saqlaydi (osh tuzini qabul qilish cheklangan bemorlarda e'tiborga olish kerak). Kaliy ionlarini tutilishi bilan kechmaydigan surunkali buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga buyurish mumkin. Siylik kislotali toshlarni eritganda sutkalik dozani oshirish mumkin emas, chunki rN 7,0 dan oshganida siydik kislotali kristallarda fosfatlarni cho‘kishi yuz beradi, bu ularni keyinchalik erishiga to‘sqinlik qiladi. Davolash vaqtida oqsil va purin asoslariga boy ovqatlarni qabul qilishni cheklash, shuningdek yetarli miqdorda suyuqlik (kamida 1,5-2 litr) qabul qilishni ta'minlash kerak.Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
20 tabletkadan plastmass tubada. 4 tuba indikartor qog‘oz, nazorat kalendari va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.Yaroqlilik muddati
2 yil.Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Ochilgandan keyin namlikdan himoyalansin!
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.Ishlab chiqaruvchi
Esparma GmbX,Germaniya Bilefelьder shtrasse 1, 39 171 Zyul'tsetal/Osterveddingen
Ishlab chiqarilgan
Alьfamed farbilь GmbX, GermaniyaXilьdebrandstr. 12, 37081 Gettingen
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Esparma» GmbX ning mas'ul vakili Vayts Irina Valerьevna
O‘zbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Yunus-Obod tumani, 4 kvartal, 79 uy, 68 xona.
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.