Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Biolektra Magnezium fortis. vish. tab. limon ta'mli 365mg №10
Biolektra Magnezium fortis. vish. tab. limon ta'mli 365mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Магний
Страна производитель
Германия
Производитель
Гермес Арцнаймиттель ГмбХ
Форма выпуска
Таблетки шипучие
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Biolektra Magnezium fortissimum
Ta'sir etuvchi modda (XPN) magniy oksidi, magniy karbonati
Dori shakli
vishillovchi tabletkalar
Tarkibi
Vishillovchi 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 242,0-369,4 mg magniy oksidi va 365 mg magniyga to‘g‘ri keladigan 670 mg magniy karbonati;
yordamchi moddalar suvsiz limon kislotasi, natriy gidrokarbonati, suvsiz natriy karbonati, kaliy gidrokarbonati, natriy saxarini, natriy siklamati, natriy xloridi, limonli «MN» aromatizatori ((mannit (E421), sorbit (E420) saqlaydi), laymali «MGK» aromatizatori mannit (E421), sorbit (E420) saqlaydi).
Ta'rifi dumaloq, oq yassitsilindrik, shikastlanishlarsiz silliq yuzali, bir tomonida«Biolectra» bosib tushirilgan yozuv bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
magniy preparatlari.
ATX kodi A12SS10.
Farmakologik xususiyatlari
Moddalar almashinuvidagi o‘zining markaziy roli tufayli magniy organizm uchun muhim element hisoblanadi. Magniy organizmda ko‘pchilik energetik jarayonlarni ta'minlash uchun zarur, shuningdek oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, nuklein kislotasi almashinuvida va nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanlik jarayonlarida ishtirok etadi.
Ko‘pchilik energiyani generatsiya qilish yoki sarflash faoliyatlari (masalan, kimyoviy reaktsiyalar, makro- va mikroelementlarni tashilishi, mushaklarni qisqarishi) magniyga bog‘liq va organizmni magniy bilan ta'minlanishini buzilishida yetarli bo‘lmagan darajada amalga oshirilishi yoki to‘liq izdan chiqishi mumkin.
Magniy glyukozani parchalovchi fermentlarni, xujayrada oksidlanish fermentlarini, oqsil sintezi fermentlarini faollashtiradi, u shuningdek miokardni qisqarish jarayonida muhim rol o‘ynaydi; fibrinogen va trombotsitlar stabilizatori hisoblanadi. Ma'lumki, magniy tanqisligi arterial gipertenziyani, qon tomirlar spazmini, neoplastik kasalliklarni va siydik-tosh kasalligini rivojlanishida patogenetik mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Stress xolatlarida erkin ionizatsiyalangan magniyni ko‘p miqdori chiqariladi, shuning uchun magniyni qo‘shimcha miqdori stressga bo‘lgan rezistentlikni oshishiga yordam beradi. Magniy kaltsiy ionlarini antagonisti bo‘lib, nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanligi jarayonlarida yetakchi rol o‘ynaydi.
Katta organizmni magniyga bo‘lgan ehtiyoji taxminan 20-30 g ni tashkil qiladi. Taxminan 50% suyaklarda, 45% xujayralarda va faqat umumiy sonidan 5% qon plazmasida aniqlash mumkin.
Magniyning xujayra ichidagi kontsentratsiyasi 10 dan 60 mmol/l gacha o‘zgarib turadi, qon plazmasida magniyni ahamiyatli normal kontsentratsiyasi taxminan 0,7 dan 1,1 mmol/l gacha mavjud. Qon plazmasida taxminan 2/3 magniy ionlari suyultirilgan holatda va taxminan 1/3 proteinlar bilan bog‘lanadi.
Farmakokinetikasi
Magniy ichga qabul qilinganida magniyni organizmda dastlabki miqdoriga bog‘liq ravishda so‘riladi. Organizmda magniy tanqisligida ko‘proq so‘riladi, magniy bilan to‘yinganida esa – kamroq so‘riladi. Rezorbtsiya organizmni talabiga qarab tezlashadi yoki sekinlashadi, bu fiziologik faol moddalar uchun xarakterlidir. Magniyni muvozanat kontsentratsiyasida va jigar faoliyati buzilishi bo‘lmaganida, magniyning dozasi yuqori bo‘lishiga qaramasdan, organizmda magniyning norma chegarasidan ortiqcha to‘planishi kuzatilmaydi.
Ichakda so‘rilgandan keyin magniyni chiqarilishi asosan buyrak orqali yuz beradi. O‘zlashtirilmagan magniy axlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Organizmda magniyni tanqisligini davolash va oldini olish, mushak faoliyati tomonidan buzilishlar sabab bo‘lgan hollarda (neyromushak buzilishlari, tirishishlar) surunkali jismoniy va aqliy toliqishda, ta'sirchanlik, mialgiya, jadal jismoniy va aqliy yuklamalarda, homiladorlikda qo‘llanadi. Uzoq vaqt chekish va alkogolni suiste'mol qilish natijasida paydo bo‘lgan gipomagniyemiyada, surgi vositalarini uzoq qo‘llaganda, kontratseptiv vositalarni, ayrim diuretiklarni yoki muntazam giperglikemiyali yoki osmotik diurezli qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Biolektra Magnezium fortissimum dozasi organizmda magniyning tanqislik darajasiga bog‘liq.
O‘rtacha sutkalik dozasi 1-2 vishillovchi tabletkalarni tashkil qiladi (365-730 mg magniy ionlari = 15-30 mmol).
O‘smirlarga va kattalarga 1 vishillovchi tabletkadan sutkada 1-2 marta buyuriladi.
Og‘ir magniy tanqisligida shifokor nazorati ostida preparatni yuqoriroq dozalari buyurilishi mumkin.
Tabletka bir stakan suvda eritiladi, tayyor bo‘lgan eritmani ichish kerak.
Davolash davomiyligi organizmda magniy tanqisligi asosida yotgan sabablarga bog‘liqdir.
Magniyni yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilish shifokor kuzatuvi ostida amalga oshirilishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralar tez-tezligini aniqlash uchun quyidagi mezonlar inobatga olinadi
juda tez-tez (≥1/10)
tez-tez (≥1/100 - <1/10)
tez-tez emas (≥1/1 000 - <1/100)
kam hollarda (≥1/10 000 - <1/1 000)
juda kam hollarda (<1/10 000)
noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar bo‘yicha tez-tezligini baholab bo‘lmaydi).
Yuqoriroq dozalarda xavfli bo‘lmagan va dozani kamaytirgandan keyin o‘tib ketadigan ich ketishi kuzatilishi mumkin. Biolektra Magnezium fortissimumni yuqori dozalarda uzoq qabul qilganda toliqish xissi rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda shifokor klinik va kimyoviy taxlil usullari yordamida magniyni keyinchalik qabul qilish maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilishi kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Buyrak faoliyatini buzilishlarida va bradikardiyaga olib keluvchi yurak qo‘zg‘aluvchanligi o‘tkazuvchanligini buzilishlarida (yuqori darajadagi AV – blokada), preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Shuningdek mineral va elektrolit almashinuv buzilishlari mavjudligini tekshirish kerak (gipermagneziyemiya, giperkaliyemiya).
Biolektra Magnezium fortissimum og‘ir miosteniyada, eksikozda, siydik chiqarish yo‘llarining surunkali infektsiyalarida va kaltsiy-magniy-fosfatoamoniy diatezida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Temir, natriy ftoridi yoki tetratsiklinni bir vaqtda qo‘llanganda temirni, natriy ftoridni, tetratsiklinni va magniyni o‘zlashtirilishi buzilishi mumkin. Bunday xolatlarda Biolektra Magnezium fortissimum preparatini va temir, ftorid natriy, tetratsiklin preparatlarini qabul qilish orasida 3-4 soat intervalga rioya qilish kerak.
Alyumin saqlovchi preparatlarni (masalan, antatsid vositalar) bir vaqtda qabul qilganda alyumin so‘rilishi oshishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
1 vishillovchi tabletka 4,65 mmol (107 mg) natriy saqlaydi. Buni natriyni kam saqlovchi parxezga rioya qiluvchi shaxslarga inobatga olish kerak (natriyni kam saqlovchi/osh tuzi).
1 vishillovchi tabletka 2,51 mmol (98 mg) kaliy saqlaydi. Buni buyrak faoliyati susaygan patsiyentlarga, shuningdek kaliyni kam saqlovchi parhezdagi patsiyentlarga inobatga olish kerak.
Homiladorlik va emizish.
Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo‘llashga nisbatan xavfi mavjud emas.
Bolalar.
Preparatni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va maxsus uskunalar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Magniy tuzlarini ichga qabul qilganda gipermagneziyemiya faqat buyrak yetishmovchiligida paydo bo‘ladi. Bunday bemorlarga magniy tuzlarini qabul qilish mumkin emas.
Intoksikatsiya simptomlari
Magniyni yuqori qontsentratsiyalari mushak skeletlarini bo‘shashini chaqiradi (qon plazmasida magniy kontsentratsiyasi 5,5 mmol/l dan yuqori). Yanada yuqoriroq magniy ionlari kontsentratsiyasi (10-20 mmol/l) yurakda o‘tkazuvchanlik davrini uzaytiradi, undan xam yuqoriroq kontsentratsiyalari diastolada yurak to‘xtashiga olib keladi.
Intoksikatsiyani davolash
Kaltsiyni vena ichiga darxol yuborish ta'riflangan simptomlarni bartaraf qilishga olib keladi, chunki ushbu ionlar orasida antagonizm mavjud.
Chiqarilish shakli
Vishillovchi tabletkalar № 10.
10 vishillovchi tabletkadan tubada, 1 tubadan yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Germes Artsnaymittel GmbX, Gans-Urmiller-Ring 52, 82515 Volfratsxauzen, Germaniya
Hermes Arzneimittel GmbH, Hans-Urmiller-Ring 52, 82515 Wolfratshausen, Germany
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.