Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ostemaks 70 komfort tab. 70mg №4
Ostemaks 70 komfort tab. 70mg №4
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Алендроновая кислота
Страна производитель
Польша
Дозировка
70 мг
Производитель
Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ostemaks 70 komfort
Ta'sir etuvchi modda (XPN) alendronat kislotasi
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 91,36 mg alendronat natriy trigidrati ko‘rinishidagi 70 mg alendron kislotasi;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, kroskarmellozaning natriyli tuzi, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi.
Ta'rifi uzunchoq shaklli, ikki tomoni qavariq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
suyak strukturasi va mineralizatsiyasiga ta'sir ko‘rsatuvchi vositalar; bifosfonatlar.
ATX kodi M05VA04.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Alendronat suyakning gidroksiapatitlari bilan birikuvchi bifosfonat (pirofosfatlarning sintetik analogi) hisoblanadi. Alendronat asosan suyak to‘qimasining rezorbtsiyasi o‘chog‘ida, ayniqsa osteoklastlar ostida to‘planadi va osteoklastli suyak rezorbtsiyasini ingibitsiya qiladi. Preparat osteogenez jarayonida bevosita ta'sir ko‘rsatmaydi. Suyakni hosil bo‘lishi va rezorbtsiyalanish jarayonlari o‘zaro bog‘liqligini e'tiborga olib, osteogenez jarayoni ham reduktsiyaga uchraydi, biroq rezorbtsiyaga nisbatan pastroq darajada namoyon bo‘ladi. Bu esa suyak massasini asta-sekin oshib borishiga olib keladi. Alendronat bilan kontakt vaqtida farmakologik nofaol hisoblangan dori preparatini suyak matritsasiga kirishi bilan kechuvchi normal suyak to‘qimasini hosil bo‘lishi yuz beradi.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga yuborilgandagiga nisbatan, 5 mg dan 70 mg gacha dozada ertalab nonushtadan 2 soat oldin och qoringa qabul qilinganda alendronatning ayollardagi o‘rtacha biokiraolishligi 0,64% ni tashkil qiladi. Alendronatni nonushtadan bir soat yoki yarim soat oldin qabul qilinganda biokiraolishligi pasaygan (taxminan 40% ga). Klinik tadqiqotlar jarayonida aynan shu kuni ovqat yoki ichimlikni birinchi marta qabul qilishdan kamida 30 minut oldin qabul qilinganda alendronat o‘z samaradorligini saqlab qolgan. Nonushta vaqtida yoki nonushtadan keyin 2 soat davomida qabul qilinganda alendronatning biokiraolishligi nolga yaqin. Alendronatni kofe yoki apelsin sharbati bilan bir vaqtda qabul qilish uning biokiaolishligini taxminan 60% ga pasaytiradi.
Terapevtik dozalarda ichga qabul qilingandan keyin alendronat natriyning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi juda oz – 5 ng/ml dan past.
Odamda muvozanat kontsentratsiyasidagi o‘rtacha taqsimlanish hajmi, suyaklardan tashqari, kamida 28 litrni tashkil etadi. Alendronat yumshoq to‘qimalarga qisqa vaqt ichida taqsimlanadi, so‘ngra suyak to‘qimasiga tez qayta taqsimlanadi yoki siydik bilan chiqariladi. Alendronat plazma oqsillari bilan taxminan 78% bog‘lanadi.
Odamda dori preparatining yarim chiqarilish davri taxminan 10 yilni tashkil etadi, bu dori vositasini suyak to‘qimasidan ajralib chiqishi bilan mos keladi.
Qo‘llanilishi
Ayollarda sinishlar, shu jumladan umurtqalar tanasini va son suyagi bo‘yinchasini kompression sinishi xavfini kamaytirish maqsadida postmenopauzal osteoporozni davolash.
Erkaklarda umurtqalar tanasini va son suyagi bo‘yinchasini sinishini oldini olish maqsadida osteoporozni davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ostemaks 70 komfort ni har doim shifokor ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak. Shubha tug‘ilgan hollarda shifokorga murojaat etish kerak.
Kattalar
Ichga buyuriladi 70 mg li 1 tabletka xaftada bir marta buyuriladi.
Dori preparatini ovqatni birinchi qabul qilishdan, shuningdek boshqa dori preparatlarini qabul qilishdan kamida o‘ttiz minut oldin qaynagan bir stakan suv bilan qabul qilish kerak. Boshqa ichimliklar (shu jumladan mineral suv, sharbatlar, kofe, choy), ovqat va dori preparatlari dori preparatlarini so‘rilishini kamaytiradi. Preparatni me'daga tushishini yengillashtirish va shu bilan birga qizilo‘ngachni mahalliy ta'sirlanishi va nojo‘ya ta'sirlar xavfini kamaytirish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qilish lozim
• preparatni bir stakan qaynagan suv bilan (kamida 200 ml) ertalab, patsiyent to‘shakdan turgandan keyin qabul qilish kerak;
• tabletkani butunligicha yutish kerak, og‘iz bo‘shlig‘i va halqumda yara paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, tabletkani chaynash yoki uni og‘iz bo‘shlig‘ida shimish mumkin emas;
• tabletkani qabul qilgandan keyin, patsiyent kamida o‘ttiz minut davomida, tabletkani qabul qilgandan keyin 30 minut o‘tgach ovqatni birinchi marta qabul qilmaguncha yotmasligi kerak;
• preparatni kechqurun yoki tungi uyqudan keyin turgandan keyin qabul qilish mumkin emas.
Davolash vaqtida kaltsiyning muvofiq miqdorini qabul qilish kerak, agar bu elementni ovqat bilan tushishi yetarli bo‘lmasa, kaltsiy preparatlari va D vitaminini qo‘shimcha qabul qilish kerak (ayniqsa bu glyukokortikosteroidlar bilan davolash vaqtida muhim).
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Klinik tadqiqotlar o‘tkazilganda alendronatning samaradorligi yoki xavfsizlik profili bilan bog‘liq yosh o‘rtasidagi farqlar aniqlanmagan. Shunday qilib, keksa patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Kalavalar filtratsiyasi tezligi (KFT) minutiga 35 ml dan yuqori bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak faoliyatini susayishi bo‘lgan patsiyentlarda, agar KFT minutiga 35 ml dan past bo‘lsa, alendronatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu holatda qo‘llash tajribasi mavjud emas.
Bolalarda qo‘llanishi (18 yoshgacha)
Bolalarda osteoporoz bilan kechuvchi kasalliklarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha yetarli darajada ma'lumotlarni yo‘qligi tufayli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda alendronatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dori preparatining dozasini qabul qilishni o‘tkazib yuborish
Dori preparatining bitta dozasi o‘tkazib yuborilgan hollarda, uni keyingi kuni ertalab qabul qilish kerak. So‘ngra dori vositasini qabul qilishning belgilangan sxemasiga qaytish kerak.
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki dozani barobar qabul qilish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Har bir dori vositasi kabi Ostemaks 70 komfort xam, garchi ular hammada kuzatilmasada, nojo‘ya ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Quyidagi nojo‘ya ta'sirlar kuzatilgan
Juda tez-tez (10 patsiyentdan 1 nafaridan ko‘prog‘ida)
• suyaklarda, mushaklarda va bo‘g‘imlarda og‘riq, ayrim hollarda og‘ir kechadigan og‘riq
Tez-tez (100 patsiyentdan 1 nafaridan ko‘prog‘ida)
• qorinda og‘riq, dispepsiya, qabziyat, diareya, meteorizm, ezofageal yara, disfagiya, qorinni dam bo‘lishi, me'da-qizilo‘ngach reflyuksi (kislotali kekirish)
• agar qizilo‘ngachni ta'sirlanishi paydo bo‘lsa, darhol shifokorga xabar berish kerak.
• bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi
• qichishish, alopetsiya
• bo‘g‘imlarni shishi, qo‘l va oyoqni shishi, holsizlik.
Tez-tez emas (100 patsiyentdan 1 nafardan kamrog‘ida)
• ta'm bilishni o‘zgarishi
• ko‘zlarda og‘riq, ko‘rishni buzilishi yoki kon'yunktiva giperemiyasi kabi simptomlar bilan kechuvchi ko‘zlarning yallig‘lanishli kasalliklari
• ko‘ngil aynishi, qusish, shuningdek gastrit, ezofagit, qizilo‘ngach shilliq qavati eroziyalari, ichni qora moy sifatida kelishi
• toshma, eritema
• mialgiya, o‘zini yomon his qilish, isitma kabi o‘tkinchi grippsimon simptomlar.
Kam hollarda (1000 patsiyentdan 1 nafaridan kamrog‘ida)
• fotosensibiliztsiya bilan kechuvchi toshma, yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi, shu jumladan eshakemi va yuz, lablar va (yoki) hiqildoqni shishi, ular yutish va nafas olishda qiyinchilik tug‘diradi (angionevrotik shish deb nomlanuvchi)
• terini tarqalgan shikastlanishi (deskvamatsiya) kabi teri reaktsiyalarining og‘ir shakllari, teri qoplamalari va shilliq qavatlarni o‘zgarishi
• mushak tortishishlari va (yoki) barmoqlar va og‘iz sohasida uvishish, sanchish hissi bilan xarakterlanadigan qonda kaltsiy darajasini pastligi simptomlari
• qizilo‘ngachni torayishi, og‘iz va halqum shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi, perforatsiyalar, me'da va (yoki) o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi va me'da-ichak yo‘llarining yuqori qismidan qon ketishi
• jag‘ suyaklari nekrozi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang), suyak-mushak tizimida kuchli og‘riqlar, alendron kislotasi uzoq vaqt qabul qilayotgan patsiyentlarda son suyagini sinishlari (son suyagi sinishining birinchi belgilari bo‘lib sonda og‘riq, holsizlik yoki diskomfort bo‘lishi mumkin).
Juda kam hollarda (10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamrog‘ida)
Agar Sizda quloqda og‘riq bezovta qilsa, tashqi eshituv yo‘lidan ajralma aniqlansa va/yoki ushbu sohada infektsion jarayon rivojlanishi belgilari mavjud bo‘lsa, davolovchi shifokorga murojaat eting. Bu tashqi eshituv yo‘lining suyak qismining shikastlanishi simptomlari bo‘lishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan yoki bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan hollarda, ular haqida shifokorga yoki farmatsevtga xabar berish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• alendronatga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga allergiya (yuqori sezuvchanlik).
• qizilo‘ngachni torayishi yoki axalaziyasi kabi undan o‘tishni qiyinlashtiruvchi qizilo‘ngach anomaliyalari va kasalliklari.
• kamida 30 minut davomida tik turish yoki o‘tiraolmaslik.
• gipokaltsiyemi (qonda kaltsiyning kontsentratsiyasini pasayishi) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ushbu qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasidagi ma'lumotlar avval qo‘llanilgan yoki keyinchalik qo‘llanishi mumkin bo‘lgan dori preparatlariga ham taalluqlidir.
So‘nggi vaqtlarda qabul qilinayotgan, hatto retseptsiz beriladigan barcha dori preparatlari haqida xabar berish kerak, ayniqsa quyidagilarni qo‘llash haqida
• nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori preparatlari (ularning me'da-ichak yo‘llarini ta'sirlovchi samarasi tufayli).
Kaliyni tejovchi dori preparatlari (shu jumladan mineral suvni) bir vaqtda qabul qilish, antatsidlar bilan davolash va ayrim dori vositalarini ichga qabul qilish Ostemaks 70 komfort preparatini so‘rilishini izdan chiqarishi ehtimoli mavjud. Shuning uchun Ostemaks 70 komfort preparatini qabul qilgandan keyin boshqa dori preparatini ichga qabul qilishdan oldin kamida o‘ttiz minut kutish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ostemaks 70 komfort preparatini qabul qilayotganda quyidagilarga ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak
• Disfagiya (yutish jarayonini buzilishi), qizilo‘ngach kasalligi, gastrit va (yoki) duodenit, me'da va (yoki) o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi kabi me'da-ichak yo‘llarining yuqori qismining kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, chunki dori preparati me'da-ichak yo‘llarining yuqori qismi shilliq qavatining mahalliy ta'sirlanishini chaqirishi mumkin.
• Disfagiya yoki yutinganda og‘riq, to‘sh ortida og‘riq paydo bo‘lganda, shuningdek jig‘ildon qaynashi paydo bo‘lganda yoki kuchaygan hollarda Ostemaks 70 komfort preparatini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak. Qizilo‘ngach tomonidan nojo‘ya ta'sirlar rivojlanishi xavfini kamaytirish imkonini beruvchi preparatni qabul qilish qoidalariga rioya qilish kerak.
• Barret sindromi mavjudligi ma'lum bo‘lgan patsiyentlarda shifokor har bir patsiyentda alendronatni qo‘llashdan foyda va bo‘lishi mumkin xavfni baholash kerak.
• Jag‘ suyaklari nekrozini rivojlanishi mumkinligi tufayli, ximioterapiya, radioterapiya olayotgan, kortikosteroidlarni qabul qilayotgan rak tashhisi qo‘yilgan, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga qoidalariga rioya qilmayotgan patsiyentlarda yoki parodont kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda. Bu patsiyentlar Ostemaks 70 komfort preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin stomatologik ko‘rikdan o‘tishlari kerak va agar shifokor zarur deb topsa – davolash vaqtida muntazam stomatolog nazoratida bo‘lishi kerak. Imkoni boricha dori preparatini qo‘llash vaqtida murakkab stomatologik aralashuvlardan saqlanish kerak. Agar jag‘ suyagi nekrozi paydo bo‘lsa, stomatologik operatsiya klinik holatni yomonlashtirishi mumkin.
• Buyrak faoliyatini yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar (agar kalavalar filtratsiyasi tezligi minutiga 35 ml dan kamni tashkil etsa).
• Kaltsiy almashinuvini buzilishlari va mineral almashinuvni boshqa buzilishlari (masalan D vitamini tanqisligi, kaltsiy malabsorbtsiyasi, gipoparatireoidizm) bo‘lgan patsiyentlar.
• Davolashni boshlashdan oldin shifokor bu buzilishlarni to‘liq muvofiqlashtirishi kerak, davolash vaqtida esa, qonda kaltsiy darajasi va gipokaltsiyemiya (qonda kaltsiy darajasini pasayishi) simptomlarini nazorat qilishi kerak.
• Ostemaks 70 komfort preparatini qabul qilish vaqtida (ayniqsa glyukokortikosteroidlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda juda muhim) kaltsiy va D vitaminining adekvat miqdorini ta'minlash kerak.
Hatto yuqorida ko‘rsatilgan ehtiyotkorliklar avval kuzatilgan bo‘lsa ham, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Dori vositasini xavfsiz va samarali qo‘llash uchun muhim bo‘lgan yordamchi moddalar haqida ma'lumot
Dori vositasi laktoza saqlaydi. Agar patsiyentlarda avval qandlarni o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin, u shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Har qanday dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat etish kerak. Homiladorlik va emizish davrida Ostemaks 70 komfort dori preparatini qabul qilish mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Muayyan nojo‘ya ta'sirlar ayrim patsiyentlarda transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini izdan chiqarishi mumkin. Shuning uchun transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishdan oldin dori preparatini individual reaktsiyani tekshirish tavsiya etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dori preparatining dozasi oshirib yuborilgan hollarda darhol shifokorga murojaat etish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
gipokaltsiyemiya (qonda kaltsiyning kontsentratsiyasini pasayishi), gipofosfatemiya (qonda fofsfatlarning kontsentratsiyasini pasayishi) va dispepsiya, jig‘ildon qaynashi, ezofagit va gastrit yoki me'da yara kasalligi kabi me'da-ichak yo‘llarining yuqori qismi tomonidan nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Davolash Alendronatni bog‘lash uchun sut ichish yoki antatsid dori preparatlarini qabul qilish kerak. Qizilo‘ngachni ta'sirlanishi xavfini inobatga olib, qusishni chaqirish mumkin emas, patsiyent esa o‘tirgan yoki turgan holatda bo‘lishi kerak.
Chiqarilish shakli
4 tabletkadan alyumin folga/PVX blisterda, karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddait
3 yil.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“POLFARMA” Farmatsevtik zavodi AJ
Polsha, 83-200 Starogard Gdanski, Pelplinska ko‘ch. 19.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.