Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vitaprost Forte rektal suppozitoriylar 20 mg №10 (Nijfarm)
Vitaprost Forte rektal suppozitoriylar 20 mg №10 (Nijfarm)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Простаты экстракт
Страна производитель
Россия
Дозировка
20 мг
Производитель
Нижфарм
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории ректальные
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Vitaprost® Forte
Dori shakli
rektal suppozitoriylar
Tarkibi
Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda prostata ekstrakti – 100 mg suvda eruvchan peptidlarga qayta hisoblaganda 20 mg);
yordamchi moddalar qattiq yog‘ (Vitepsol, markasi N 15, W 35; supposir, markasi N 15, NAS 50) - 1,25 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda.
Ta'rifi
Sarg‘ish, och-sariq yoki kulrangroq oq rangligacha bo‘lgan, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriyning yuzasida oq dog‘ paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Surunkali prostatitni davolovchi vosita.
ATX kodi G04BX.
Farmakologik ta'siri
Vitaprost® Forte prostata beziga organotrop ta'sirga ega. Prostata bezining shishi, leykotsitar infiltratsiya darajasini kamaytiradi, epitelial xujayralarining sekretor faolligini normallashtiradi, atsinuslar shirasidagi letsitin zarrachalarining sonini oshiradi, qovuqning mushak tonusini rag‘batlantiradi. Tromblar hosil bo‘lishini kamaytirishi, antiagregant faolligi hisobiga prostata bezida mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, prostata bezida venulalar trombozini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari asosida, Vitaprost® Forteni prostata bezining hajmini o‘rtacha kamaytirishi isbotlangan. Preparat prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida obstruktiv va irritativ simptomatikaning yaqqolligini kamaytiradi, bu siydik oqimining maksimal va o‘rtacha hajm tezligini oshishi va qoldiq siydikning hajmini kamayishida ifodalanadi.
Vitaprost® Forte qovuq devorida shikastlanmagan tomirlarning kengayishi (vazodilatatsiya samarasi) hisobiga qonning mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydi, bu bilan gipoksiyaga uchragan to‘qimalarga kislorodning yetkazilishini tiklanishiga yordam beradi, bu fiziologik reparatsiyani rag‘batlantiradi. Qovuq devorini trofik jarayonlarini yaxshilashi va regeneratsiya jarayonlarini rag‘batlantirishi hisobiga yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. A'zodagi qon oqimini faollashishi, qovuqning hajmini oshirib detruzorning adaptatsion va qisqaruvchanlik faolligini yaxshilanishiga yordam beradi.
Detruzorning ishemiyasini pasayishi bilan qovuqning giperreaktivligining yaqqol pasayishini tushuntirish mumkin, u Vitaprost® Forteni qo‘llash tugaganidan keyin ham davom etadi.
Vitaprost® Forte prostata bezi va eyakulyat ko‘rsatkichlarini normallashishiga yordam beradi. Og‘riq va diskomfortni kamaytiradi, dizurik ko‘rinishlarni yo‘qotadi, kopulyativ faoliyatni yaxshilaydi.
Qo‘llanilishi
Surunkali prostatit.
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi.
Siydikni urgent (imperativ) tutib turaolmaslikni, siyishga urgent (imperativ) qistovlarni va klimakterik va postklimakterik davrdagi ayollarda qovuqning yuqori
faolligini asoratlanmagan shakllaridagi tezlashgan siyishni davolash.
Prostata bezidagi jarrohlik aralashuvlardan oldingi va keyingi holatlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal buyuriladi. Ichak o‘z-o‘zidan bo‘shalganidan keyin yoki tozalovchi klizmadan so‘ng 1 suppozitoriydan kuniga bir marta qo‘llanadi. Kiritilganidan so‘ng patsiyentni 30-40 minut davomida o‘rinda yotishi maqsadga muvofiqdir.
Davolash kursi davomiyligini shifokor belgilaydi. Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida Vitaprost® Forte preparati bilan minimal davolash kursi davomiyligi - 15 kun, surunkali prostatitda - 10 kun, giperreaktiv qovuqda – 20 kunni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'siri
Juda kam hollarda- allergik reaktsiyalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Vitaprost® Forte preparatini dozasini oshirib yuborilish hollari haqida xabar berilmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri yoki nomutanosibligi hollari ta'riflanmagan.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 20 mg. 5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda.
Bir yoki ikki kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan keyin preparat ishlatilmasin.
Berish tartibi
Retseptsiz
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxsning nomi va manzili/
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NIJFARM» OAJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh.,
GSP-459, Salganskaya ko‘ch., 7
tel (831) 278-80-88
faks (831) 430-72-28
Internet http//www.nizhpharm.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.