Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Alflutop in'ektsiya uchun eritma 10 ampula 1 ml dan
Alflutop in'ektsiya uchun eritma 10 ampula 1 ml dan
Nomi | Narx | |||||
Алфлутоп раствор д/инъекций 10 амп по 1мл (3220622##2 070) |
UZS 364 400
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Биоактивный концентрат мелких морских рыб
Страна производитель
Румыния
Дозировка
1 мл
Производитель
К.О. Биотехнос АО.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Alflutop®
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Preparatning faol komponenti mayda dengiz baliqlaridan (Kilka (Sprattus sprattus sprattus), Qora dengiz Merlangi (Odontogadus merlangus euxinus), Qora dengiz Puzonoki (Alosa tanaica normanni), Qora dengiz Anchous (Engraulis encrassicholus ponticus)) ekstraktsiya yo‘li bilan olingan, keyinchalik deproteinizatsiya (oqsilsizlantirilgan) va delipidizatsiya (yog‘sizlantirilgan) qilingan biofaol kontsentratidir.
Tarkibi
1 ml quyidagilarni saqlaydi
faol modda 0,1 ml biofaol kontsentrat
yordamchi moddalar fenol (maks 0,005 g), in'ektsiya uchun suv (1 ml gacha).
Ta'rifi rangsiz yoki biroz jigarrangroq-sariq rangli, yoki biroz sarg‘ish rangli, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
suyak-mushak tizimi kasalliklarni davolash uchun preparat.
ATX kodi M09AX.
Farmakologik xususiyatlari
Alflutop® - xondroprotektordir, mayda dengiz baliqlaridan olingan biofaol kontsentrat uning faol komponentidir. Kontsentrat mukopolisaxaridlar (xondroitin sulfati), aminokislotalar, peptidlar, natriy, kaliy, kaltsiy, magniy, temir, mis va rux ionlarini saqlaydi. Alflutop® normal to‘qimalarning makromolekulyar tuzilishini buzilishini oldini oladi, interstitsial to‘qimalarda va bo‘g‘im tog‘ayining to‘qimasida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiradi, bu uning og‘riqni qoldiruvchi ta'sirini ko‘rsatadi.
Yallig‘lanishga qarshi ta'siri va to‘qimalarning regeneratsiyasi gialurnidazaning faolligini susayishi va gialuron kislotasining biosintezini me'yorlashishiga asoslangan. Bu ikki samara sinergik va to‘qimalardagi tiklanish jarayonlarini faollashishini belgilaydi (xususan, tog‘ay tuzilishini tiklanishi).
Qo‘llanilishi
Alflutop kattalarda turli joylashgan birlamchi va ikkilamchi osteoartrozda (koksartrozda, gonartrozda, mayda bo‘g‘imlarning artrozida), osteoxondrozda va spondilezda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Poliosteoartrozda va osteoxondrozda preparat mushak ichiga chuqur qilib kuniga 1 ml dan yuboriladi. Davolash kursi 20 in'ektsiyani tashkil qiladi (kuniga 1 in'ektsiyadan 20 kun davomida).
Asosan yirik bo‘g‘imlarni shikastlanishida preparat bo‘g‘im ichiga 1-2 ml dan har bir bo‘g‘imga 3-4 kun oraliq bilan yuboriladi. Hammasi bo‘lib kurs uchun har bir bo‘g‘imga 5-6 in'ektsiya buyuriladi.
Bo‘g‘im ichiga va mushak ichiga yuborish usullarini birga qo‘llash mumkin.
Davolash kursini 6 oy o‘tgach shifokorning maslahatidan keyin qaytarish maqsadga muvofiqdir.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda qichishuvchi dermatit, terini qizarishi va preparat yuborilgan joyda achishish hissi, qisqa muddatli mialgiyalar kuzatilishi mumkin. Alohida hollarda bo‘g‘im ichki in'ektsiyalarida o‘tkinchi og‘riq sindromini kuchayishi mumkin.
Juda kam hollarda anafilaktik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Homiladorlik va laktatsiya davri.
Bolalar.
Ehtiyotkorlik
Preparatni o‘smirlarda, bu toifa patsiyentlarda ilmiy klinik ma'lumotlarning yo‘qligi tufayli, buyurish tavsiya qilinmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dengiz mahsulotlarini (dengiz balig‘i) shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik hollarida allergik reaktsiyalarni rivojlanish xavfi oshadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Alflutop dori vositasini doza oshirib yuborish hollari qayd qilinmagan.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 0,1 ml/1 ml dan oq sindirish halqali to‘q shisha 1 ml li ampulalarda. 5 ampuladan alyumin folga qoplamasi bilan kontur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
In'ektsiya uchun eritma 0,1 ml/1 ml dan oq sindirish halqali to‘q shisha 2 ml li ampulalarda. 5 ampuladan alyumin folga qoplamasi bilan kontur uyali o‘ramda. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
2 ml in'ektsiya uchun eritma 0,1 ml/1 ml dan, 2,25 ml sig‘imli oldindan to‘ldirilgan shpritslarda. Oldindan to‘ldirilgan bitta shprits qoplamasi bilan kontur uyali o‘ramda.
5 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-250S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Qayd etish guvohnomasining egasi
«K.O. Biotexnos C.A.», Ruminiya, Ilfov, Otopen sh., Gorunuluy ko‘ch.№3-5
(«S.C. BIOTEHNOS S.A.», Romania,Ilfov, Otopeni, 3 - 5 Gorunului Str.)
Ishlab chiqaruvchi
Birlamchi o‘ram
«K.O. Romfarm Kompani S.R.L.», Rumniya, Ilfov, 075100 Otopen sh., Yeroilor ko‘ch., №1A
(«S.C. Rompharm Company S.R.L.», Romania, Ilfov, 075100 Otopeni, str. Eroilor, Nr. № 1A).
yoki
«K.O. Zentiva C.A.», Teodor Palladi bulvari № 50, Buxarest sh, Ruminiya
(«S.C. ZENTIVA S.A.»,Theodor Pallady blvd, no. 50, Bucharest, Romania)
Ikkilamchi o‘ram/sifatiga javob beruvchi
«K.O. Biotexnos C.A.», Ruminiya, Ilfov, Otopen sh., Gorunuluy ko‘ch., №3-5
(«S.C. BIOTEHNOS S.A.», Romania,Ilfov, Otopeni, 3 - 5 Gorunului Str.)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.