Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinarta in'ektsiya uchun eritma 200mg/ml 2ml №5
Sinarta in'ektsiya uchun eritma 200mg/ml 2ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Глюкозамин
Страна производитель
Украина
Дозировка
200мг/мл 2мл
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning savdo nomi
Sinarta® Tasir qiluvchi modda (XPN) glyukozamin sulfati
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma (A ampula) quyidagilarni saqlaydi faol modda glyukozamin sulfatining natriy tuzi 100 % moddaga qayta hisoblaganda – 251,25 mg, glyukozamin sulfatiga qayta hisoblaganda – 200 mg, natriy xloridiga qayta hisoblaganda – 51,25 mg; yordamchi moddalar lidokain gidroxloridi, in'ektsiya uchun suv; 1 ml eritma (V ampula) quyidagilarni saqlaydi dietanolamin, in'ektsiya uchun suv. Tarifi A ampula tiniq rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlik (chiqarilgan paytda). Shaffof, rangsiz yoki och sariqdan sariq ranggacha bo‘lgan suyuqlik ( yaroqlilik muddati mobaynigacha); V ampula tiniq rangsiz suyuqlik; A+V ampula tiniq rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlik (chiqarilgan vaqtda). Tiniq, rangsiz yoki och sariqdan sariq ranggacha bo‘lgan suyuqlik (yaroqlilik muddati mobaynigacha).
Farmakoterapevtik guruhi
nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar. ATX kodi M01AX05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si Glyukozamin sulfat tasir qiluvchi moddasi, inson organizmida fiziologik sharoitda mavjud bo‘lgan va sulfatlar bilan birga sinovial suyuqlikning gialuron kislotasi va bo‘g‘im tog‘ayi asosiy substantsiyasi glikozaminoglikanlar biosintezi uchun ishlatiladigan aminomonosaxarid tuzlaridir. Shunday qilib, glyukozamin sulfatning ta'sir qilish mexanizmi glikozaminoglikanlar va shunga mos ravishda bo‘g‘im proteoglikanlari sintezini stimulyatsiya qilishdan iborat. Bundan tashqari, glyukozamin yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega va interleykin 1 (IL-1) faolligini so‘ndirish xususiyatiga ega, asosan o‘z metabolik xususiyatlarining namoyon qilishi tufayli bo‘g‘im tog‘ay yemirilish jarayonini so‘ndiradi, bu esa bir tomondan osteoartrit belgilariga ta'sir qiladi va boshqa tomondan bo‘g‘imlarning tizimli shikastlanishini kechiktirishi mumkin, bu uzoq muddatli klinik tadqiqotlar natijalari bilan tasdiqlangan. In vitro va in vivo dastlabki tadqiqotlari malumotlariga ko‘ra, glyukozamin sulfatini ekzogen yuborish osteoartritda yetarli bo‘lmagan proteoglikanlar biosintezini stimullaydi, glikozaminoglikanlar sintezida oltingugurt ionlarini fiksatsiyalaydi va bo‘g‘im tog‘ayi trofikasini yaxshilaydi. Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, glyukozamin sulfat superoksid radikallari kabi to‘qimalarni buzadigan moddalar sintezini, shuningdek, kollagenazalar va A2 fosfolipazalari kabi bo‘g‘im tog‘ayi to‘qimasini buzadigan fermentlarga qo‘shimcha ravishda lizosomal fermentlarning faolligini bostiradi. Ushbu ta'sir in vivo hayvon modellarida kuzatiladigan, shu jumladan, ba'zi hollarda eksperimental osteoartritda, hatto nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalardan (NYaQV) farqli o‘laroq, siklooksigenazani bostirmasdan ham kuzatiladigan kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta'sir chaqiradi. Kechroq olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yuqorida keltirilgan metabolik va yallig‘lanishga qarshi ta'sirlarning aksariyati osteoartrit patogenezida ishtirok etgan sitokininlardan biri bo‘lgan IL-1 stimulyatsiyasining hujayra ichidagi signalining transduktsiyasini so‘ndirish, keyinchalik sitokinin bilan indutsirlangan gen transkriptsiyasini bostirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Osteoartriti bo‘lgan bemorlarda tasvirlangan qon plazmasidagi va sinovial suyuqlikdagi glyukozamin sulfat miqdori, bo‘g‘im to‘qimalarda bir qator inflamator fermentlarning IL-1 bilan bog‘liq gen ekspressiyasini, shuningdek, aggrekanazlarni o‘z ichiga olgan ba'zi metalloproteazalar kabi tog‘ay oldi degenerativ fermentlarni ingibirlashi mumkin. Ehtimol, glyukozaminning yuqorida qayd etilgan farmakodinamik xususiyatlariga oltingugurt ionlarining potentsial ta'siri aniq emas. Yuqoridagi barcha xususiyatlar, osteoartrit patogenezi asosidagi tog‘aylar degenerativ jarayonlariga, shuningdek, kasallikning klinik ko‘rinishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Qisqa muddatli tadqiqotlar va o‘rta muddat davom etuvchi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, glyukozamin sulfatning osteoartrit belgilari bo‘yicha samaradorligi uning qo‘llanilishidan 2-3 haftadan keyin namoyon bo‘ladi. Boshqa tomondan, glyukozamin sulfatning simptomatikaga nisbatan davolash samaradorligi, oddiy analgetiklar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan solishtirganda, 6 oy davomida doimiy foydalanish kursidan keyin yoki 3 oy davomida qo‘llanilgandan so‘ng, 2 oy davomida ta'sir o‘tkazilgandan so‘ng aniq ta'sirga ega. 3 yil davomida har kuni uzluksiz davo olib borilgan klinik tadqiqotlar natijalari rentgen nurlari bilan tasdiqlangan bo‘g‘imlar tuzilmasi shikastlanish sekinlashuvi va belgilarini samaradorligini progressiv oshirishni ko‘rsatadi. Glyukozamin sulfat yaxshi tolerantlikni namoyon qildi. Glyukozamin sulfatning yurak-qon tomir, nafas olish, vegetativ yoki markaziy asab tizimiga ta'siri aniqlanmadi.
Farmakokinetikasi
Odamlarda va hayvonlarda olib borilgan tadqiqotlar 14S-glyukozaminni peroral qabul qilgandan so‘ng radio faol nishonlangan elementlar tez va deyarli butunlay tizimli darajada so‘rilishini ko‘rsatdi. Odamda preparatning taxminan 90% radio faol nishonlangan miqdori so‘riladi. Kalamushlarda glyukozamin sulfatni peroral yuborganda, jigar orqali birlamchi o‘tish samarasi natijasida absolyut biokiraolishlik darjasi 26 %ni tashkil qildi. Odamlarda absolyut biokiraolishligi nomalum, lekin allometrik xisobga ko‘ra, kalamushlarda kuzatilgan bilan analogik yani 20%dan 30%gacha. Sog‘lom ko‘ngillilarda gdyukozamin sulfatni sutkasiga 1500 mg miqdorda ko‘p marotaba qabul qilishda, qon plazmasidagi (Cmax, ss) miqdorning maksimal muvozanati 1602 ± 425 ng/ml (8,9 μM) ni tashkil qildi. Ushbu kontsentratsiyaga, yuborilgandan keyin (tmax) 1,5-4 soatdan so‘ng (mediana 3 soat) erishildi. Muvozanat holatida plazma kontsentratsiya AUC ko‘rsatkichi vaqtga nisbatan 14564 ± 4138 ngxyil/mlni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkichlar dori vositasini naxorda qabul qilganda olingan, shuning uchun ovqat qabuli malum bir darajada preparatning so‘rilishiga tasir qilishi nomalum. Peroral qabulda glyukoza so‘rilishidan so‘ng asosan qon - tomirdan tashqari muhitda (shuningdek, sinovial suyuqlikka) tarqaladi, tarqalish hajmi odam tanasidagi suvning tarqalishidan taxminan 37 marta ko‘p. Glyukozaminning oqsillar bilan bog‘lanishi aniqlanmagan. Glyukozaminning metabolik profili o‘rganilmagan, chunki ushbu dori vositasi odam organizmida mavjud bo‘lgan tabiiy modda bo‘lib, bo‘g‘im tog‘aylari ayrim komponentlari biosintezi uchun ishlatiladi. Dori vositasini peroral qabul qilgandan so‘ng 48 soat ichida qon plazmasidagi glyukozamin darajasini tekshirish natijasiga ko‘ra glyukozaminning odam qon plazmasidan yarim chiqarilishning faqat yakuniy eliminatsion davri aniqlangan. Hisoblanagan qiymat taxminan 15 soat edi. 14S-glyukozaminni peroral qabul qilgandan so‘ng odamda radio faol nishonlangan elementlarni siydik orqali chiqarilishi, yuborilgan dozadan 10 ± 9% ni tashkil qildi, najas bilan ajralish esa 11,3 ± 0,1%ni tashkil qildi. Peroral qabuldan keyin odamda glyukozaminning o‘zgarmagan holda siydik orqali chiqarilish darajasi past edi ( yuborilgan dozadan taxminan 1%). Ushbu natijalar buyraklar glyukozamin va\yoki uning metobolitlari va\yoki parchalanish mahsulotlari chiqarilishida buyraklar axamiyatli rol o‘ynamaydi. Kuniga 1 mahal 750-1500 mg dozada ko‘p marotaba qabul qilishda glyukozamin farmokakinetikasi chiziqli bo‘ldi, 3000 mg dozada qabul qilishda esa qon plazmasidagi glyukozamin darajasi, kutilgandan past edi. Glyukozaminning muvozanat holatidagi farmakokinetiksi bir marta qabul qilgan farmakokinetik profiliga qaraganda vaqtga bog‘liq bo‘lmadi, kumulyatsiyasiz yoki biokiraolishlikning pasayishi kuzatildi. Ayollar va erkaklardagi glyukozamin farmakokinetikasi analogik, sog‘lom ko‘ngillilar va tizza bo‘g‘imi osteoartriti bor bemorlarda farmakokinetik farq aniqlanmadi. Ikkinchi holatda so‘nggi dozani sutkada 1 marta ko‘p marotaba 1500 mg qabul qilgandan 3 soatdan so‘ng qon plazmasidagi o‘rtacha kotsentratsiya 7,2 μM ni tashkil qildi va bu sog‘lom ko‘ngillilarga o‘xshash bo‘lib, bu holatda sinovial suyuqlikning o‘rtacha miqdori 25 % tashkil qildi va 10 μM diapazonda bo‘ldi. Buyrak va jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda glyukozaminning farmakokinetikasi tekshirilmadi, chunki preparatning xavfsizlik profilini hisobga olgan holda va buyraklarning glyukozamin eliminatsiyasida ishtiroki tufayli ushbu guruhdagi bemorlarda dozani kamaytirish nazarda tutilmagan. Glyukozaminni sutkada 1 marta ko‘p marotaba 1500 mg dozada qabul qilgandan so‘ng qon plazmasida va sinovial suyuqlikdagi muvozanat kontsentratsiyasi 10 μM oralig‘ida joylashgan va shuning uchun in vitro eksperimental modellar tadqiqotlarda farmakologik faollik ko‘rsatilgan, bu dori vositasining ta'sir mexanizmini va klinik samarasini tasdiqlaydi.
Qo‘llanilishi
Osteoartrit simptomlarini davolash og‘riq va funktsional cheklanishlarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga qo‘llash uchun buyuriladi! Preparat tomir ichiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan. Katta va keksa yoshdagi patsiyentlar Ishlatishdan oldin bir shpritsda V (1 ml erituvchi) eritmasini A (2 ml prepart eritmasi) eritmasi bilan aralashtiring. Preparatning tayyorlangan eritmasi 3 ml yoki 6 ml dan (A+V eritmasi) haftada 3 marta 4-6 hafta mobaynida mushak ichiga yuborilsin. A ampuladagi eritmaning sarg‘ish rangda ekanligi dori vositasining samaradorligi va tolerantligiga ta'sir qilmaydi. Preparat in'ektsiyalarini eritma tayyorlash uchun kukun shaklida peroral qabul qilish mumkin. Glyukozamin o‘tkir og‘riq sindromini davolash uchun ko‘rsatilmagan. Simptomlarni yengillashtirish (ayniqsa og‘riq hislarin kamayshi) faqat bir necha hafta davolanishdan keyin va ayrim hollarda – uzoq vaqtdan keyin ham sodir bo‘lishi mumkin. Buyrak va/yoki jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish bo‘yicha tavsiyalar berilmaydi, chunki tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Bolalar Bolalar va o‘smirlardan foydalanilmasin, chunki bunday bemorlar uchun preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Nojo‘ya tasirlari Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qorindagi og‘riq, meteorizm, dispepsiya, diareya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish; glyukozaga tolerantligi buzilgan patsiyentlarda giperglikemiya; nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, o‘ta charchash, bosh aylanishi; immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan allergik reaktsiyalar, bronxial astmaning kuchayishi; ko‘rish azolari tomonidan ko‘rish buzilishi; teri va uning tuzilmalari tomonidan eritema, qichishish, toshma, angionevrotik shish, eshakemi, soch to‘kilishi, abtsess; maxalliy reaktsiyalar in'ektsiya joyida reaktsiyalar. Preparatning in'ektsiya shakli lidokainni o‘z ichiga oladi. Istisno hollarda, ushbu komponentga xos bo‘lgan nojo‘ya tasirlar bo‘lishi mumkin ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish; nerv tizimi tomonidan til va lablar karaxtligi, nurdan qo‘rqish, diplopiya, bosh og‘rig‘i, hushni yo‘qotish, mushaklar qaltirashi, yuqori dozalarni qabul qilganda – quloqlarda shovqin, qo‘zg‘algan holatlar, xavotir, paresteziya, tirishish, hushni yo‘qotish, koma, giperakuziya; ko‘rish azolari tomonidan ko‘rish buzilishi, kon'yunktivit; yuqori dozalarni qabul qilganda – nistagm; ruxiy buzilishlar uyquni buzilishi; yurak qon-tomir tizimi tomonidan arterial gipotenziya, yurakning transvers blokadasi, qon bosimi ortishi; yuqori dozalarni qabul qilganda – aritmiya, bradikardiya, yurak o‘tkazuvchanligini sekinlashishi, yurak faoliyatini to‘xtashi, periferik vazodilatatsiya, kollaps, taxikardiya, yurak sohasida og‘riq; immun tizim tomonidan immunitet tizimini susayishi, allergik reaktsiyalar shu jumladan, shish, teri reaktsiyalari, qichishish; eshakemi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan anafilaktik shok), umumiy eksfoliativ dermatit; nafas tizimi tomonidan nafas susayishi yoki nafas olishni to‘xtashi, xansirash; boshqalar qizib ketish, oyoq va qo‘llarni sovib ketish hissi, uvishishi, xavfli gipertermiya; yuqori dozalarda qo‘llanilganda – rinit; mahalliy reaktsiyalar in'ektsiya joyida terining sanchishi, abstsess, yengil achishish hissi (1 minut mobaynida og‘riqsizlantiruvchi samarasi rivojlanishi bilan yo‘qoladi), tromboflebit kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Ta'sir etuvchi moddaga yoki har qanday yordamchi moddalardan biriga individual yuqori sezuvchanlikda, qon ketishga moyillikda qo‘llash mumkin emas. • Sinarta® preparatini mollyuskalarga allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas, chunki faol moddalar mollyuskalar qobig‘idan olinadi, bunday patsiyentlar glyukozaminga allergik reaktsiyalarni rivojlanishiga moyil bo‘lib, ularda kasallik belgilari kuchayishi mumkin. • In'ektsion shakldagi preparatning tarkibida lidokain yordamchi moddasi quyidagi qarshi ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan kardiogen shok, og‘ir arterial gipotenziya, surunkali yurak etishmovchiligining og‘ir shakllari, chap qorincha funktsiyasi pasayishi, II-III darajali atrioventrikulyar blokadasi, og‘ir bradikardiya, qon ivishining buzilishi, Volf-Parkinson-Vayt sindromi, Adams-Stoks sindromi; • anamnezida lidokaindan foydalanish natijasida kelib chiqqan tirishishlar; • sinus tugun zaiflik sindromi, jigar funktsiyasi og‘ir buzilishi, gipovolemiya, miyasteniya, in'ektsiya joyida infektsiyalar, boshqa amid guruhidagi anestetiklarga o‘ta yuqori sezuvchanlik (chunki yuqori sezuvchanlikning o‘zaro ta'sirlashuv reaktsiyalarini rivojlanish xavfi yuqori)da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning ampulali tarkibini boshqa in'ektsion dori vositalari bilan aralashtirishdan saqlanish kerak. Preparatning o‘zaro ta'siri bo‘yicha spetsifik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq, glyukozamin sulfatining fizik-kimyoviy va farmakokinetik xususiyatlarini hisobga olgan holda, o‘zaro ta'sirlarning past potentsialini taxmin qilish mumkin. Bundan tashqari, glyukozamin sulfat insonning CYP450 asosiy fermentlarining faolligini oshirishga, pasayishiga olib kelmaydi. Aslida, preparat so‘rilish mexanizmlari uchun raqobat qilmaydi, so‘rilishidan keyin plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi, aksincha proteoglikanlarda metobolizmga uchraydi yoki sitoxrom tizimi fermentlari ishtirokisiz parchalanadi, natijada boshqa dorilar bilan o‘zaro ta'sir o‘tkaza olmaydi. Glyukozamin bilan birgalikda davolangan patsiyentlarda kumarin antikoagulyantlarini qo‘llashda kuchli ta'sir ko‘rsatilishi haqida xabar berilgan. Shu munosabat bilan, bunday bemorlar uchun koagulyatsiya ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya etish maqsadga muvofiq. Preparat nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va glyukokortikosteroidlar bilan mos keladi. Tetrattsiklinning me'da-ichakda so‘rilishini kuchaytirishi mumkin. Preparatning in'ektsion shakli tarkibiga lidokainning yordamchi moddasi kiradi. Simetidin, peptidin, bupivakain, propranolol, xinidin, dizopiramid, amitriptilin, nortriptilin, xlorpromazin, imipramin jigar metabolizmini kamaytirish yo‘li bilan qon plazmasida lidokain darajasini oshiradi. Noradrenalin lidokain bilan o‘zaro aloqada sinergik ta'sirga ega. MAO ingibitorlarini ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak, chunki ular arterial gipotenziya xavfini oshiradi va ularning mahalliy anestetik ta'sirini uzaytiradi. IA sinfidagi antiaritmik preparatlar (shu jumladan, xinidin, prokainamid, disopiramid bilan) bilan bir vaqtning o‘zida foydalanilganda QT intervalining uzayishi juda kam hollarda AV blokadasi yoki qorinchalar fibrilatsiyasi kelib chiqishi mumkin. Yurak glikozidlarini qo‘llashda kardiotonik ta'siri zaiflashadi. Sedativlar bilan bir vaqtning o‘zida foydalanish bilan sedativ ta'sir kuchayadi. Fenitoin lidokainning kardiodepressiv ta'sirini kuchaytiradi. Prokainamid bilan bir vaqtning o‘zida foydalanish vasvasa, gallyutsinatsiyalarga olib kelishi mumkin. Lidokain nerv-mushak o‘tkazuvchanlik blokadasiga olib keladigan dorilarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin, chunki u nerv impulslarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Etanol lidokainning nafas olish ta'sirini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni yuborish faqat tibbiy xodimlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Glyukoza o‘lashtirolmagan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Davolash boshlanishida qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda qondagi shakar miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi. Bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarni davolashda ehtiyotkorlik bilan foydalanilsin, chunki bunday bemorlar glyukozaminga allergik reaktsiyalarni rivojlanishiga moyil bo‘lib, ularning belgilari kuchayishi mumkin. Preparatning 1 dozasi 40,3 mg natriyni o‘z ichiga oladi. Buni qattiq tuzsiz parhez buyurilgan bemorlarda tavsiya etishda e'tiborga olinishi kerak. Preparatning tasodifiy intranazal qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun aspiratsion sinamani o‘tkazish tavsiya etiladi. Lidokain anestetik guruhidan foydalanish xavfsizligi yomonsifatli gipertermiyaga moyil bo‘lgan bemorlarda shubhali bo‘lib, bunday hollarda ulardan foydalanishdan saqlanish kerak. Yurak kasalliklarida lidokainni qo‘llashdan oldin (gipokalemiya lidokainning samaradorligini pasaytiradi) qonda kaliy darajasini normallashtirish va EKGni nazorat qilish kerak. Preparatni mushak ichiga yuborilgandan so‘ng qon zardobida kreatinfosfokinazining faolligi oshishi mumkin, bu esa o‘tkir miokard infarkti tashxisini qo‘yishda xatolikka olib kelishi mumkin. Sinus tugunining faoliyatni buzilishi, R-Q intervalining uzayishi, QRS kengayishi yoki aritmiya yuzaga kelishi yoki kuchayishi holatlarida dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilish kerak. Preparatni qon aylanishi yetishmovchiligi, arterial gipotenziya, anamnezda aritmiya, o‘rta darajadagi jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga qo‘llashda alohida e'tibor berish kerak.
Tarkibi
da lidokainning mavjudligi sababli, keksa bemorlarda, epilepsiya bilan og‘rigan bemorlarda, yurak o‘tkazuvchanligini buzilganda, nafas olish yetishmovchiligida buyurishda ehtiyot bo‘lish kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi. Homiladorlik yoki laktatsiya davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar mavjud emas, shuning uchun ushbu toifadagi bemorlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'siri. Preparatni avtomobil boshqaruvi va boshqa mexanizmlardan foydalanishga tasir qilish qobiliyati bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmadi. Transport vositalarini boshqarishda va e'tibor talab qiladigan ishlarni bajarishda ehtiyot bo‘lish kerak. Uyqusizlik, charchoq, bosh aylanishi yoki avtotransport va boshqa mexanizmlar boshqaruvida ko‘rishni buzilishida taqiqlangan.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollari qayd etilmagan. Dozani oshirib yuborish holatlarida suv-elektrolitlar muvozanatini tiklashga qaratilgan simptomatik davo olib borish kerak. Preparatning in'ektsion shakli tarkibiga yordamchi modda lidokain kiradi. Markaziy asab tizimi tomonidan lidokain gidroxloridning dozasi oshirib yuborilishini dastlabki belgilari til va lablar karaxtligi, qo‘zg‘aluvchanlik, eyforiya, tashvish, quloqda shovqin, bosh aylanishi, ko‘rish xiraligi, nistagm, tremor, depressiya, uyquchanlik, hushni yo‘qotish, komagacha, tonik-klonik tirishishlar. Adabiy manbalarda ta'kidlanganidek, lidokain gidroxlorid bilan bog‘liq dozani oshirib yuborish belgilari, yurak-qon tomir tizimi va nafas olish funktsiyasi tomonidan qon bosimi pasayishi, kollaps, AV blokadasi va nafas olish faoliyatini susayishi mumkin. Bemorning yurak-qon tomir va nafas olish funktsiyalarini nazorat qilish kerak. Ushbu parametrlarning o‘zgarishi preparatning dozasini oshib ketishini ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun bemorni darhol kislorod bilan taminlash kerak. Barcha asoratlar simptomatik davoni talab qiladi.
Chiqarilish shakli
A ampula 2 ml eritma jigarrang tiniq shisha ampulada. V ampula 1 ml erituvchi rangsiz tiniq shisha ampulada. 5 A ampula va 5 V ampuladan mos ravishda blisterda. Qadoqda A ampula 1 blisterdan va V ampula 1 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga. Saqlash sharoitlari Yorug‘likdan ximoyalangan joyda 25 ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Tayyorlangan eritmani darxol ishlatilsin. Dorixnalardan berish tartibi Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovckaya ko‘chasi, 63.
Ishlab chiqaruvchi
ning manzili va uni faoliyat ko‘rsatish joyi manzili. Ukraina, 04080, Kiyev sh., Kirillovskaya ko‘chasi, 74. O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarning sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili "Farmak" AJ ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi 100170, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tum., Ziyolilar ko‘ch. 12a, 1/2 e-mail info@farmak.ua Tel. +998 (71) 235-77-13
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.