Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tiodeks sirtga qo‘llash uchun gel 30 пк
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тиоколхикозид, Дексетопрофен
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
2,5 мг/12,5 мг
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tiodeks®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) deksketoprofen, tiokolxikozid
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
1 g gel quydagilarni saqlaydi
faol moddalar 18,5 mg deksketoprofen trometamol (12,5 mg deksketoprofenga ekvivalent) va 2,5 mg tiokolxikozid;
yordamchi moddalar karbomer gomopolimeri, dietilenglikolni monoetilli efiri, makrogol, lavanda essentsiyasi, etanol, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, sariq rangli, lavanda hidli gel.
Farmakoterapevtik guruhi
sirtga qo‘llash uchun miorelaksantlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar
ATX kodi M02AA27, M03VX05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Deksketoprofen
Deksketoprofen trometamoli S-(+) -2 - (3-benzoilfenil) propion kislotasini trometamol tuzi va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositasining faol enantiomeri – ketoprofen.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning ta'sir mexanizmi prostaglandinlar sintezini siklooksigenazaning metabolik yo‘lini ingibitsiya qilish orqali kamaytirishi bilan bog‘liq. Xususan, araxidon kislotasini prostaglandinlar PGE1, PGE2 va PGF2, RGD2, shuningdek prostatsiklin va tromboksanlar PGI2 (TxA2 va TxV2) ni hosil bo‘lishiga olib keluvchi siklik endoperoksidlar PGG2 va PGH2 ga transformatsiyasini (aylanishini) tormozlanishi yuz beradi. Bundan tashqari, prostaglandinlarni jarayoniga bilvosita ta'sir ko‘rsatuvchi kininlar kabi yallig‘lanish mediatorlariga ham ta'sir qilishi mumkin, bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sirigaqo‘shimcha ta'sir sifatida taxmin qilinadi.
Ketoprofenning analgetik, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta'siri enantiomerning S konfiguratsiyasi bilan bog‘liqdir. Siklooksigenazani ingibitsiya qilinishi o‘zgarish bo‘yicha tadqiqotlar R-(-) enantiomer to‘liq nofaol enantiomer ekanligi, S-(+) esa ratsemik dori vositaning farmakologik faolligi uchun javob berishini ko‘rsatadi. Bu natijalar tabiiy sharoitda ham hayvonlarda, ham odamlardagi o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarning natijalari tasdiqlanadi.
Tiokolxikozid
Tiokolxikozid o‘tloq za'faronida (shafran) saqlanuvchi miorelaksant ta'sirga ega bo‘lgan tabiiy glikozid yarim sintetik – kolxikozidning tiohosilasi hisoblanadi.
Tiokolxikozid GAMK ga va glitsinergik retseptorlarga tanlab agonistik ta'sir ko‘rsatadi, shu yo‘l bilan reflektor revmatik va travmatik mushak qisqarishlariga va markaziy nerv tizimidagi bo‘lgan spastik holatlarga bo‘lgan ta'sirini tushuntirish mumkin.
Tiokolxikozid erkin harakatga ta'sir qilmaydi va nafas tizimi mushaklari bilan o‘zaro ta'sirga kirishmaydi. U yurak qon tomir tizimiga nisbatan hech qanday ta'sirga ega emas.
Farmakokinetikasi
Deksketoprofen
Mahalliy qo‘llanganiga qaramay, deksketoprofen geli yuqori mahalliy kontsentratsiyaga erishishni ta'minlaydi; plazmada dori vositasining kontsentratsiyasi juda past. Gelni mahalliy qo‘llaganda qon plazmasiga maksimal kontsentratsiyasiga 4 soatdan keyin erishiladi. Preparat 24 soatdan keyin organizmdan to‘liq chiqariladi.
Sinovial suyuqlikda terapevtik faol kontsentratsiyalari aniqlangan. Sinovial suyuqlikda deksketoprofenning 2,5% li deksketoprofen geli bilan bir xil bo‘lgan terapevtik darajada aniqlanadi. Deksketoprofen trometamoli qo‘llangandan keyin, odamda deksketoprofen trometamoli R- (-) enantiomerga o‘zgarishi yuz bermasligini namoyish etib, siydikda faqat S – (+) enantiomeri aniqlanadi.
Tiokolxikozid
Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda krem yoki gelni tavsiya qilingan dozada qo‘llangandan keyin tiokolxikozidni plazmadagi darajasi miqdoriy cheklash darajasidan (LOQ) past (3 ng/ml) bo‘lgan.
Qo‘llanilishi
Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'siri bilan quyidagi xolatlarda mahalliy davolash uchun
-revmatizm, revmatoidli artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, lyumbalgiya, ishialgiya;
-bo‘g‘imlar, paylar, bog‘lamlar va mushaklar jarohati yoki degenerativ kasalliklar natijasida yuzaga kelgan og‘riqli yallig‘lanish holatlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi.
Doza patsiyentning ehtiyojiga muvofiq individual ravishda tanlanishi kerak. Oz miqdorda kuniga 1-3 marta buyuriladi, tez so‘rilishi uchun ishqalamasdan qo‘llaniladi.
Shifokorning maslahatisiz uzluksiz qo‘llash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
JSST ma'lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam xollarda (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam xollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam xollarda (<1/10000); noma'lum – mavjud ma'lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q.
Deksketoprofen
Immun tizimi tomonidan tez-tez emas - dermatit (terini qizarishi va yallig‘lanishi), jumladan terini allergik reaktsiyalari; kam hollarda - bullyoz yoki pufakchali ekzema kabi ancha og‘ir reaktsiya holatlari, ular tarqalishi mumkin yoki tarqalgan bo‘lishi mumkin; juda kam hollarda - o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (eshakemi, bronxospazm); noma'lum - yorug‘likga sezuvchanlik reaktsiyalari (eritema, yallig‘lanish va ayrim hollarda yengil vezikulyatsiya).
Tiokolxikozid
Immun tizimi tomonidan tez-tez emas - qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, uyquchanlik, teri allergik reaktsiyalar kabi anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan yorug‘likka sezuvchanlik.
NOJO‘Ya TAЪSIRLAR KUZATILGANDA ShIFOKORGA MUROJAAT QILING!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-deksketoprofenga, tiokolxikozidga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYaQV ga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
-kasallik tarixida yorug‘likka sezuvchanlikning har qanday reaktsiyalari;
-ketoprofenga, tiaprofen kislotasiga, fenofibratga yoki UB-blokatorlariga, yoki parfyumga nisbatan bo‘lgan teri allergiyasi bilan kechuvchi kasallik tarixi;
-homiladorlik va laktatsiya davri;
-lanj falaji, mushak gipotoniyasi;
-quyosh ta'siri bo‘lganda, hatto quyosh nuri xiralashgan bo‘lsa xam, solyariyda UB-nurlanish hollarida, davolash vaqtida va u to‘xtatilgandan 2 haftadan keyin, Tiodeks® ochiq jarohatlarga, ochiq infektsiyalangan teriga, shilliq qavatlarga, ekzemada, akneda, jinsiy a'zolari va ko‘z yoki periokulyar sohalari a'zolariga qo‘llash mumkin emas;
-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dorilarning o‘zaro ta'sirlari to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Mahsus ko‘rsatmalar
Tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda yoki tirishishlarga moyilligi bo‘lgan shaxslarda tiokolxikozid hurujlarni tezlashtirishi mumkin.
Preparatni har gal qo‘llagandan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.
Terida har qanday reaktsiyalar rivojlanganda, shu jumladan, oktokrilin saqlovchi vositalar bilan birga qo‘llanganda paydo bo‘lgan teri reaktsiyalarida davolashni darhol to‘xtatish kerak.
Tananing ayrim sohalariga quyosh nurlarini tushishidan himoya qilish uchun va fotosezuvchanlik xavfidan saqlanish uchun vositani qo‘llash davrida va uni qo‘llash to‘xtatilgandan keyin 2 hafta davomida kiyim kiyib yurish tavsiya qilinadi.
Teri toshmasi paydo bo‘lganida darhol preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Gel surtilgandan keyin tor kiyim kiyish yoki okklyuzion (havo o‘tqazmaydigan) bog‘lamlarni qo‘llash mumkin emas.
Ayrim quyoshdan himoya qiluvchi vositalar, fenofibrat va kimyoviy strukturasida benzofenon saqlagan boshqa vositalar bilan kesishgan reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya
Preparatning xomiladorlik davrida qo‘llanilishi bo‘yicha FDAtasnifiga binoan Tiodeks® (tiokolxikozid, deksketoprofen) preparatihomilaga ta'siriga ko‘ra “C” toifaga kiradi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda dori vosita homilaga salbiy ta'sir ko‘rsatgan, homilador ayollarga mos yetarli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Biroq, homilador ayollarda shu dori vositasini qo‘llanganlik bilan bog‘lik potentsial foyda, xavf ehtimoli bo‘lishiga qaramay, undan foydalanishni oqlashi mumkin.
Tiodeks® gelini laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas, chunki u ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Mahalliy qo‘llanganda oz miqdorda so‘rilishi tufayli, hech qanday tizimli ta'sirlari kuzatilmaydi. Kam hollarda uyquchanlik to‘g‘risidagi xabarlarga qaramay, avtotransportni haydashda va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam, chunki sirtga qo‘llanganda deksketoprofenning tizimli so‘rilishi juda past.
Davolash gelni tasodifan yutib yuborilganda, simptomatik davolash va me'dani yuvishni o‘tkazish kerak. Deksketoprofen trometamoli organizmdan dializ yordamida chiqarilish mumkin.
Chiqarilish shakli
«Tiodeks®» sirtga qo‘llash uchun gel 30 g tubada.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept buyicha.
Ishlab chiqarilgan
"Nobel İlaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.", Turkiya
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
uchun ishlab chiqarilgan
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘ch., 5 “A” Tel. (99871) 207 99 00; Faks (99871) 207 99 01;
E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.