Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
ZOLАFREN-SVIFT dispersiyalanadigan tabletkalar 5 mg N28

'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Оланзапин
Страна производитель
Польша
Производитель
Adamed Limited Liability Company, Польша произведено: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
O‘ramga ilova-varaqa iste'molchilar uchun yo‘riqnoma
Zolafren-svift, dispersiyalanadigan tabletkalar 5 mg
Zolafren-svift, dispersiyalanadigan tabletkalar 10 mg
Zolafren-svift, dispersiyalanadigan tabletkalar 15 mg
Zolafren-svift, dispersiyalanadigan tabletkalar 20 mg
Olanzapinum
Dori preparatini qo‘llashdan oldin ilova-varaqa bilan tanishib chiqish kerak, chunki u patsiyent uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
-Zarurati bo‘lganida yo‘riqnomani takroran o‘qib chiqish imkoni bo‘lishi uchun uni saqlash kerak.
-Savollar yoki gumonlar bo‘lganida shifokor yoki farmatsevtga murojaat etish kerak.
-Ushbu dori preparati aynan bir shaxsga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Bu preparat hatto shunga o‘xshash simptomlar bo‘lsa ham ularga zarar yetkazishi mumkin.
-Biron-bir noxush ko‘rinish og‘irlashgan yoki ilova-varaqada ko‘rsatilmagan noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan hollarda shifokor yoki farmatsevtga murojaat etish kerak.
4-bo‘limga qarang.
Ilova-varaqaning mazmuni
1.Zolafren-svift dori vositasi nima va u nima maqsadda qo‘llanadi?
2.Zolafren-svift dori preparatini qabul qilishdan oldin
3.Zolafren-svift dori preparati qanday qabul qilinadi
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
5.Zolafren-svift dori preparatini saqlash sharoitlari
6.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot.

Zolafren-svift preparati olanzapin saqlaydi. Zolafren-svift antipsixotik dori vositalari guruhiga mansub va quyidagilarni davolash uchun mo‘ljallangan
-shizofreniya –patsiyentlar haqiqatda mavjud bo‘lmagan narsalarni ko‘rishi, eshitishi yoki his qilishi bilan namoyon bo‘luvchi kasallik, unda noto‘g‘ri ishonch, oadtdagi bo‘lmagan shubhalanish va odamlar bilan muomala qilganda odamoviylik kuzatiladi. Patsiyentlar depressiyaga tushishi, axvotirlik yoki zo‘riqishni his qilishlari mumkin,
-o‘rtacha va og‘ir darajadagi maniya epizodlari – kayfiyatni ko‘tarilishi va eyforiya bilan kechuvchi kasallik holatlari.
Bipolyar affektiv buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda Zolafren-svift bu simptomlarni paydo bo‘lishini oldini olishi kuzatilgan, ularda maniya epizodlarini olanzapin bilan davolashga yaxshi terapevtik javob olingan.
2.Zolafren-svift dori preparatini qabul qilishdan oldin tanishib chiqish zarur bo‘lgan ma'lumot
Zolafren-sviftni qachon qabul qilish mumkin emas
• agar patsiyentda olanzapin yoki bu preparatning biron-bir boshqa ingrediyentlariga (6 bo‘limda ko‘rsatilgan) yuqori sezuvchanlik kuzatilsa. Allergik reaktsiya toshma, qichishish, yuzni shishi, lablarni shishi yoki bo‘g‘ilish hissi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday simptomlar paydo bo‘lishi haqida shifokorga xabar berish kerak.
• agar patsiyentda glaukomaning ayrim turlari (ko‘z ichki bosimini oshiish) kabi ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlari kuzatilsa.
Maxsus ko‘rsatmalar
va ehtiyotkorlik choralari
Zolafren-svift dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashish kerak.
• Dementsiya bilan xastalangan keksa yoshdagi patsiyentlarda Zolafren-svift preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki bu jiddiy nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
• Bu guruhga mansub preparatlar odatdagi bo‘lmagan harakatlarga, asosan yuz yoki tilni harakatlanishini chaqirishi mumkin. Agar Zolafren-svift preparatini qabul qilgandan keyin bunday simptom paydo bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar berish kerak.
• Ushbu tipdagi preparatlar juda kam hollarda isitma, nafas olishni tezlashishi, terlash, mushaklar tangligi, lanjlik yoki uyquchanlik chaqiradi. Bunday simptomlar paydo bo‘lgan hollarda shifokorga murojaat etish kerak.
• Zolafren-svift preparatini qabul qilayotgan patsiyentlarda tana vaznini oshishi kuzatilgan. Patsiyentning tana vaznini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
• Zolafren-svift preparatini qabul qilayotgan patsiyentlarda qonda qand darajasini va lipidlar (triglitseridlar va xolesterin) darajasini oshishi kuzatiladi. Zolafren-svift preparatini qo‘llashdan oldin va uni qo‘llash davrida shifokor qonda qand va ayrim lipidlarning darajasini aniqlash maqsadida qon tahlilini o‘tkazishi kerak.
• Agar avval patsiyentda yoki uning oila a'zolarida trombozlar kuzatilgan bo‘lsa, shifokorga xabar berish kerak, chunki shunga o‘xshash preparatlarni qo‘llash qonda tromblarni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Agar patsiyentda quyidagi kasalliklardan birontasi kuzatilsa, iloji boricha davolovchi shifokorga xabar berish kerak
-insult yoki mikroinsult (insultning vaqtincha simptomlari);
-Parkinson kasalligi;
-prostata bezi kasalliklari;
-ichak tutilishi (paralitik ichak tutilishi);
-jigar yoki buyrak kasalliklair;
-qon kasalliklari;
-yurak kasalliklari;
-qandli diabet;
-tirishish xurujlari.
Agar patsiyent dementsiya bilan xastalangan va unda avval insult yoki mikroinsult bo‘lgan bo‘lsa, u (yoki uni parvarishlovchi shaxs) bu haqida shifokorga xabar berishi kerak.
Standart ehtiyotkorlik chorasi sifatida shifokor 65 yoshdan oshgan shaxslarda qonning arterial bosimi darajasini nazorat qilishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlar
Zolafren-svift preparati 18 yoshdan kichik patsiyentlarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Zolafren-svift dori preparati va boshqa preparatlar
Zolafren-svift preparati bilan davolash vaqtida faqat davolovchi shifokorning ruxsati bilan boshqa preparatlarni qabul qilish mumkin.
Zolafren-svift preparatini antidepressantlar yoki xavotirlikni kamaytirish uchun preparatlar yoki uxlatuvchi vositalar bilan majmuada qo‘llash uyquchanlikni chaqirishi mumkin.
Patsiyent qabul qilayotgan yoki so‘nggi vaqtlarda qabul qilgan, shuningdek patsiyent qabul qilishni rejalashtirganbarcha dori vositalari haqida shifokorga xabar berishi kerak.
Ayniqsa quyidagilarni qabul qilish haqida shifokorga xabar berish kerak
-Parkinson kasalligini davolash uchun preparatlar
-karbamazepin (tutqanoqqa qarshi va kayfiyatni barqarorlashtiruvchi preparat), fluvoksamin (antidepressant) yoki siprofloksatsin (antibiotik) - Zolafren-svift preparatining dozasi o‘zgartirish zarur bo‘lishi mumkin.
Zolafren-sviftni qo‘llash va alkogol
Zolafren-svift preparatini qabul qilgandan keyin alkogolni iste'mol qilish mumkin emas, chunki ushbu preparat alkogol bilan birga uyquchanlikni chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davri
Agar patsiyent homilador bo‘lsa yoki emizsa, agar homiladorlikni gumon qilsa yoki rejalashtirayotgan bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevtga murojaat etishi kerak.
Zolafren-sviftdori preparatini emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatning kam miqdori ko‘krak sutiga o‘tishi mumkin.
Onalari homiladorlikning oxirgi uch oyligida Zolafren-svift preparatini qo‘llagandan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin tremor, mushak tonusini oshishi yoki pasayishi, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, nafas buzilishlari sindromi yoki emizishdagi qiyinchiliklar. Bolada bunday simptomlar paydo bo‘lgan hollarda shifokorga murojaat etish kerak.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish
Zolafren-svift uyquchanlik chaqirishi mumkin. Agar uyquchanlik kuzatilsa, transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish mumkin emas. Bu haqida shifokorga xabar berish kerak.
Zolafren-svift aspartam saqlaydi
Fenilalaninni qabul qilaolmaydigan shaxslar Zolafren-svift fenilalaninning manbai hisoblangan aspartam saqlaydi. U fenilketonuriyasi bo‘lgan shaxslarga zararli ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
3.Zolafren-svift preparatini qanday qo‘llash kerak
Dori preparatini har doim shifokor ko‘rsatmalariga muvofiq qo‘llash kerak. Savollar va gumonlar bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevtga xabar berish kerak.
Shifokor patsiyentga Zolafren-svift preparatining qancha tabletkasini va qanday davomiylikda qabul qilishi kerakligi haqida xabar beradi. Zolafren-svift preparatining sutkalik dozasi 5 mg dan 20 mg gachani tashkil qiladi. Kasallik simptomlari qaytalangan hollarda shifokorga murojaat qilish kerak. Agar shifokor aytmasa, Zolafren-svift preparatini qabul qilishni to‘xtatish mumkin emas.
Zolafren-svift tabletkalarini davolovchi shifokor ko‘rsatmalariga muvofiq sutkada bir marta qabul qilish kerak. Sutkalik dozani har kuni, kunning bir vaqtida qabul qilishga harakat qilish kerak. Preparatni ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilish kerak. Zolafren-svift og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanadigan tabletkalarini ichga qabul qilish kerak.
Zolafren-svift tabletkalarini nam qo‘llar bilan olish mumkin emas, chunki tabletka parchalanishi mumkin.
Qabul qilishdan bevosita oldin tabletkani bir stakan suada yoki boshqa mos keluvchi ichimlikda, apelsin sharbati, olma sharbati, sut yoki kofeda eritish, so‘ngra aralashtirish mumkin. Tabletka qo‘shilgandan keyin va aralashtirilgandan keyin ayrim suyuqliklar rangi o‘zgarishi va xiralashishi mumkin. Tayyorlangan eritmani darhol ichish kerak.
Zolafren-svift preparatining tavsiya etilgan dozasidan yuqoriroq dozani qo‘llash
Zolafren-svift preparatining tavsiya etilgan dozasidan yuqoriroq dozasini qabul qilgan patsiyentlarda quyidagi simptomlar rivojlangan tez-tez yurak urishi, qo‘zg‘alish yoki tajavvuzkorlik, nutq bilan muammolar, odatdagi bo‘lmagan harakatlar (ayniqsa yuz va til) va ong darajasini pasayishi. Quyidagi boshqa simptomlar ham kuzatiladi o‘tkir ongni chalkashishi (dezoriyentatsiya), tirishishlar (tutqanoq), koma, isitmani bir vaqtda namoyon bo‘lishi, nafas olishni tezlashishi, terlash, mushaklar tangligi va lanjlik yoki uyquchanlik, nafas olishni siyraklashishi, aspiratsiya, arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, yurak ritmini buzilishi. Agar ko‘rsatilgan simptomlardan birontasi paydo bo‘lsa, davolovchi shifokorga yoki yaqindagi shifoxonaga darhol murojaat etish kerak. Shifokorga tabletkalarning o‘ramini ko‘rsatish kerak.
Zolafren-sviftdori preparatini qabul qilishni o‘tkazib yuborish
Patsiyent buni eslagani zahotiyoq tabletkani darhol qabul qilishi kerak. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilish mumkin emas.
Agar Siz Zolafren-svift preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Tabletkani qabul qilishni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas, hatto patsiyentning umumiy holati yaxshilanganda ham. Davolovchi shifokor ko‘rsatgan davomiylikda Zolafren-svift preparatini qabul qilishni davom ettirish muhim.
Zolafren-svift preparatini qabul qilishni to‘satdan to‘xtatganda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin ko‘p terlash, uyqusizlik, tremor, xavotirli holat, ko‘ngil aynishi yoki qusish. Shifokor davolash yakunlanguncha preparatning dozasini kamaytirishni tavsiya etishi mumkin.
Dori vositasini qo‘llash bilan bog‘liq biron-bir gumonlar bo‘lgan hollarda, shifokor yoki farmatsevtga murojaat etish kerak.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar
Har bir dori preparati kabi ushbu dori vosita ham noxush samaralar chaqirishi mumkin, garchi u barcha patsiyentlarda kuzatilmaydi.
Agar quyidagilar kuzatilsa, darhol shifokorga xabar berish kerak
-ixtiyorsiz harakatlar, ayniqsa yuz sohasi yoki tilda (10 patsiyentlardan 1 tasida paydo bo‘luvchi tez-tez uchraydigan noxush ta'sir);
-venada qon quyqalarini hosil bo‘lishi (100 patsiyentlardan 1 tasida paydo bo‘luvchi tez-tez uchramaydigan noxush ta'sir), ayniqsa oyoqda (simptomlar oyoqni shishi, og‘riq va qizarishini o‘z ichiga oladi), ular ko‘krak qafasida og‘riq va nafas olishni qiyinlashishini chaqirib, qon oqimi bilan o‘pkaga borishi mumkin. Bu simptomlardan birontasi paydo bo‘lgan hollarda darhol shifokorga murojaat etish kerak.
-isitma, nafas olishni tezlashishi, terlash, mushaklar tangligi va lanjlik yoki uyquchanlik bilan birga kelishi (mavjud ma'lumotlar asosida nojo‘ya ta'sirning namoyon bo‘lish tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi).
Juda tez-tez uchraydigan noxush samaralar (10 patsiyentlardan 1 tasidan ko‘prog‘ida kuzatiladi) tana vaznini oshishi, uyquchanlik va qonda prolaktin darajasini oshishi. Davolashning erta davrlarida bosh aylanishi yoki hushdan ketish holatlari (yurak urishini sekinlashishi bilan), ayniqsa yotgan yoki o‘tirgan holatdan turganda kuzatilishi mumkin. Bu simptomlar odatda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi, lekin agar simptomlar saqlansa, davolovchi shifokorga xabar berish kerak.
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta'sirlar (10 patsiyentlardan 1 tasida kuzatilishi mumkin) qonning ayrim xujayralari, aylanib yuruvchi yog‘ darajasini o‘zgarishini va davolashning boshida jigar fermentlarini faolligini o‘tuvchan oshishini, qonda va siydikda qand darajasini oishshini, qonda siydik kislotasi darajasini va kreatinfosfokinaza faolligini oshishini, ochlik hissini oshishini, bosh aylanishini, bezovtalikni, tremorni, harakatlarni buzilishlari (diskineziya) ni, og‘izni qurishini, qabziyatni, teri toshmasini, mushaklarda kuchni yo‘qolishini, yaqqol toliqishni, qzl, kaft yoki to‘piqni shishiga olib keluvchi suvni tutilishini, isitmani, bo‘g‘imlarda og‘riqni yoki erkaklarda erektsiyani buzilishini o‘z ichiga oladi.
Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya ta'sirlar (100 patsiyentlardan 1 tasida kuzatilishi mumkin) yuqori sezuvchanlik (masalan og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda shishi, qichishish, toshma) ni, ayrim hollarda ketoatsidoz (qon va siydikda ketonlar) yoki koma bilan kechuvchi qandli diabet yoki uni kechishini zo‘rayishini, anamnezida odatda xurujlar (tutqanoq) bilan bog‘liq tirishishlarni, ko‘z olmalarini aylanma harakatini, nutq bilan muammolarni chaqiruvchi mushaklar spazmlarini, yurak ritmni sekinlashishini, quyosh nuriga sezuvchanlikni, burundan qon ketishini, meteorizmni, xotirani yo‘qolishini, siydikni tutib turolmaslikni, siyishdagi qiyinchiliklarni, soch to‘kilishini, hayzni yo‘qligi yoki kamayishini, sut bezlarini kattalashishi yoki emizish davridan tashqarida sutni ajralishi kabi erkaklar va ayollarda sut bezidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (1000 patsiyentlardan 1 tasidan kamrog‘ida kuzatiladi) tananing normal haroratini pasayishi, yurak ritmini buzilishi, tushuntirib bo‘lmaydigan to‘satdan o‘lim, qorinda kuchli og‘riq, isitma va ko‘ngil aynishini chaqiruvchi me'da osti bezini yallig‘lanishi, terini va ko‘zlarning oq pardalarini sarg‘ayishi bilan namoyon bo‘luvchi jigar kasalliklari, mushak kasalliklari tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi, siyishdagi qiyinchiliklar, davomli va/yoki og‘riqli erektsiya.
Dementsiyasi bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlarda olanzapinni qabul qilganda quyidagilar rivojlanishi mumkin insult, pnevmoniya, siydikni tutib turolmaslik, yaqqol toliqish, ko‘rish gallyutsinatsiyalari, tana haroratini oshishi, terini qizarishi va yurishni buzilishi. Patsiyentlarning ushbu guruhida bir necha o‘lim holatlari haqida xabar berilgan.
Parkinson kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda Zolafren-svift preparati nojo‘ya samaralarning kuchaytirishi mumkin.
Noxush nojo‘ya reaktsiya haqida xabar berish
Agar Sizda nojo‘ya ta'sirlar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lsa, iltimos, shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering. Nojo‘ya ta'sirlar haqida bevosita dori vositalarini qayd etish bo‘yicha Boshqarma qoshidagi dori vositalarining nojo‘ya ta'sirini monitoringi Departamentiga xabar berish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlar haqidagi xabarlar tufayli, Biz preparatning xavfsizligi to‘g‘risida ko‘proq ma'lumot to‘plashimiz mumkin.
5.Zolafren-svift dori preparatini saqlash sharoiti
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Original o‘ramida, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparatni kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas.
Sizga kerak bo‘lmagan preparatni qanday to‘g‘ri utilizatsiya qilish kerakligi haqida farmatsevtingiz bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumot
Ta'sir etuvchi modda bo‘lib olanzapin hisoblanadi. Zolafren-sviftning dispersiyalanadigan har bir tabletkasi 5 mg, 10 mg, 15 mg yoki 20 mg olanzapin saqlaydi.
Yordamchi moddalar mannitol (E 421), aspartam (E 951), krospovidon, apelsin aromatizatori, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy stearilfumarati.
Zolafren-svift dori prepatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Zolafren-svift 5 mg – dumaloq shaklli, yassi silindrik yuzali, diametri 6 mm li, bir tomonida “5” gravirovkasi bo‘lgan va boshqa tomoni silliq tabletkalar. O‘ram 28 ta dispersiyalanadigan tabletka saqlaydi.
Zolafren-svift 10 mg – dumaloq shaklli, yassi silindrik yuzali, diametri 8 mm li, bir tomonida “10” gravirovkasi bo‘lgan va boshqa tomoni silliq tabletkalar. O‘ram 28 ta dispersiyalanadigan tabletka saqlaydi.
Zolafren-svift 15 mg – dumaloq shaklli, yassi silindrik yuzali, sariq rangli, diametri 9 mm li, bir tomonida “15” gravirovkasi bo‘lgan va boshqa tomoni silliq tabletkalar. O‘ram 28 ta dispersiyalanadigan tabletka saqlaydi.
Zolafren-svift 20 mg – dumaloq shaklli, yassi silindrik yuzali, sariq rangli, diametri 10 mm li, bir tomonida “20” gravirovkasi bo‘lgan va boshqa tomoni silliq tabletkalar. O‘ram 28 ta dispersiyalanadigan tabletka saqlaydi.
Tabletkalar og‘iz bo‘shlig‘ida eriydi, shuning uchun ularni yutish oson.
Mas'ul sub'ekt va ishlab chiqaruvchi
Qayd etish guvohnomasining egasi
Adamed Limited Liability Company
Penkov 149, 05-152 Chosnov, Polsha
Ishlab chiqaruvchi
Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint Stock Company
Shkolnaya ko‘ch., 33, 95-054 Ksaverov, Polsha.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.