Krenfit sashe 250mg №10
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
250 мг
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Пакистан
Yoʻriqnoma: Krenfit sashe 250mg №10
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHIGA DOIR YO‘RIQNOMAKrenfit
Preparatning savdo nomi
KrenfitDori shakli
ichish uchun eritma tayyorlashga kukunTarkibi
Har bir 5,6 g li sashe-paketcha quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar: klyukva (Vaccinum macrocarpon) mevalarining kukunli ekstrakti - 250 mg;
yordamchi moddalar: suvsiz laktoza, askorbin kislotasi, limon kislotasi, sukraloza, natriy benzoati, qora qorag‘at ta'm qo‘shimchasi (kukun), Allyura qizil bo‘yog‘i, qora qorag‘at ta'm qo‘shimchasi (suyuqlik).
Ta'rifi
pushti-qizil rangli o‘ziga xos hidli granulali kukun.Farmakoterapevtik guruhi
Nefrologiyada va urologiyada qo‘llanadigan vosita.ATX kodi: G04VX
Farmakologik xususiyatlari
Siydik chiqarish yo‘llarini himoya qilish uchun preparat.Klyukva ekstrakti, ko‘p holatlarda siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalarini, ayniqsa siydik chiqarish yo‘llarining qaytalangan infektsiyalarini adgeziyani ingibitsiya qilish yo‘li bilan samarali bartaraf qiladi.
Klyukva uropatogenlarning uroepitelial hujayralarga adgeziya bo‘lishining oldini oladi, bu siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari patogenezining boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Kuzatilmagan.Qo‘llanilishi
Klyukva quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:• Siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalarini oldini olish va davolash;
• Siydik ajratilishini nazorat qilolmaydigan patsiyentlarda dezodorator sifatida;
• Siydik chiqarish yo‘llarining ta'sirlanishi va achishida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga ichga 1 sashe paketchadan kuniga 1-2 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha. Bir paketcha ichidagisini bir stakan suvda eritiladi va darhol qo‘llaniladi.Nojo‘ya samaralari
Agar simptomlardan birontasi jiddiy bo‘lsa yoki yo‘qolmasa shifokoringizga xabar bering:
• Kusish
• Ko‘ngil aynishi
• Ich ketishi
• Qabziyat
• Qorinda og‘riq
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Klyukva sharbati yoki yordamchi moddalardan birontasiga nisbatan yuqori sezuvchanlik; Buyraklarning dastlabki yoki xozirgi kasalliklari, shu jumladan buyrakda tosh bo‘lganda;Suyuklikni iste'mol qilishni cheklashni talab qiluvchi holatlar, masalan yurak yoki buyrakning og‘ir kasalliklari;
Varfarin va boshqa antikoagulyantlar, immunodepressantlar va kimyo-terapevtik preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kuzatilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Quyidagi holatlarda shifokorga murojaat qiling:• Homiladorlik yoki emizish davri
• Isitma
• Qorinda og‘riq
• Siyishning tutilishi yoki siyishni tutib turolmaslik
• 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki yetarlicha ma'lumotlar yo‘q, tibbiy yordamga murojaat qilish lozim.
Dozaning oshirib yuborilishi
Agar dozani o‘tkazib yuborsangiz, eslashingiz bilan uni qabul qiling. Agar u keyingi dozani qabul qilish vaqtiga yaqin bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani o‘tkazib yuboring va odatiy dozalash tartibini davom ettiring. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki barobar oshirmang.
Chiqarilishi
5,6 g dan sashe paketchada (paketchalar uch qavatli alyumin-polietilen folьgali).
10 sashe paketchadan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach, qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
RetseptsizIshlab chiqaruvchi
Xerbion Pakistan Prayvet Limited.30/28 Korang ishlab chiqaruvchi zona, Karachi 74900, Pokiston
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar
(takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasi, 100016, Toshkent sh., Yashnobod tumani, Alimkent ko‘ch.,
1 proyezd, 33 a.
Tel./faks: +99871 2945984, +99871 294 59 86.
Email: info/pk@herbion.com
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.