Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Zarsio in'ektsiyalar va infuziyalar uchun eritma 30 mln TB/0.5ml №1, ampula (Filgrastim)
Zarsio in'ektsiyalar va infuziyalar uchun eritma 30 mln TB/0.5ml №1, ampula (Filgrastim)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Филграстим
Страна производитель
Австрия
Производитель
Sandoz GmbH
Форма выпуска
Раствор
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta'sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorilarning o‘zaro ta'siri
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Zarsio® Ta'sir etuvchi modda (XPN) filgrastim
Dori shakli
in'ektsiyalar va infuziyalar uchun eritma
Tarkibi
0,5 ml (1 shprits) eritma quyidagilarini saqlaydi faol modda 0,30 mg (30 mln. TB) yoki 0,48 mg (48 mln. TB) filgrastim*; yordamchi moddalar glyutamin kislotasi, sorbitol, polisorbat 80, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv. *Rekombinant filgrastim rN 4,4 5% hajm /vazn sorbitolda 1,5 - 2,5 mg/ml rch7-KSF, 10 mM glyutamin kislota saqlovchi YeR2006 balk eritma sifatida ishlab chiqariladi. Rekombinant DNK texnologiya usuli bilan E. coli shtammi ishlab chiqaradigan rekombinant odam granulotsitar koloniyestimulyatsiya qiluvchi omil (rchG-KSF). Ta'rifi rangsiz yoki biroz sarg‘ish eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Immunomodulyator. Koloniyestimulyatsiya qiluvchi omillar. Filgrastim. ATX kodi L03A A02. Fprmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si Zarsio biosimilyar dori vositasi hisoblanadi. Rekombinant odam granulotsitar koloniyestimulyatsiya qiluvchi omil (rchG-KSF) suyak ko‘migidan periferik qonga neytrofillarning ishlab chiqarilishi va ajralib chiqishini boshqaradi. Zarsioni qo‘llash tomir xavzasida 24 soat davomida neytrofillar sonini ahamiyatli oshishi, shuningdek monotsitlar sonini biroz oshishi bilan birga kechadi. Alohida hollarda shuningdek eozinofillar va bazofillarning sonini ham oshishi aniqlanadi, lekin patsiyentlarning bir qismida eozinofiliya va bazofiliya davolash boshlangunga qadar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Tavsiya etilgan dozalar diapazonida Zarsio qo‘llanganida neytrofillar sonini oshishi dozaga bog‘liq xarakterga ega. Ajralib chiqayotgan neytrofillar normal yoki yuqori funktsional faollikka ega, bu xemotaksis va fagatsitoz testlari o‘tkazilganida tasdiqlanadi. Davolash tugaganida periferik qondagi neytrofillarning soni 1-2 kun davomida 50% ga kamayadi va keyingi 1-7 kunlar davomida normal qiymatlariga qaytadi. Sitotoksik dori vositalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda Zarsioni qo‘llash, neytropeniya va febril neytropeniyaning tez-tezligi, yaqqolligi va davomiyligini ahamiyatli pasayishi bilan birga kechadi va faqat sitotoksik ximioterapiyani olayotgan patsiyentlar bilan solishtirganda, antibiotiklarni pastroq dozalarda qo‘llash imkoniyatini beradi. Miyeloleykozni induktsion ximioterapiyasi yoki miyeloablativ terapiyadan so‘ng suyak ko‘migini transplantatsiyasi o‘tkazilgan patsiyentlarda statsionar davolashni zarurati va davomiyligini pasaytiradi. Miyeloablativ terapiyadan so‘ng suyak ko‘migini transplantatsiyasi o‘tkazilgan patsiyentlarda tana haroratini oshishining tez-tezligi pasayganligi kuzatilgan. Zarsioni monoterapiya sifatida ham, ximioterapiyadan keyin ham qo‘llash, periferik qon oqimiga gemopoetik o‘zak xujayralarni chiqishiga jalb etadi. Qonning periferik o‘zak xujayralarini (QPO‘X) autologik yoki allogen transplantatsiyasi sitostatiklarning yuqori dozalari bilan davolashdan keyin yoki suyak ko‘migini transplantatsiyasi o‘rniga, yoki unga qo‘shimcha sifatida o‘tkaziladi. Filgrastim bilan ishlab chiqarilishini jalb etilgan allogen QPO‘X patsiyentlarda, ahamiyatli tezroq gematologik tiklanish kuzatilgan, bu suyak ko‘migining allogen transplantatsiyasi bilan solishtirganda trombotsitlarning tutib turilmaydigan tiklanishiga ketadigan vaqtni ahamiyatli kamayishiga olib keladi. O‘tkir leykemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda suyak ko‘migini allogen transplantatsiyasidan keyin rchG-KSF ishlatishni baholash maqsadida o‘tkazilgan Yevropa tadqiqoti vaqtida, “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaktsiyasining, rchG-KSF yuborilganida transplantatsiya bilan bog‘liq o‘lim (TBO‘) xavfini oshishi aniqlangan. O‘tkir va surunkali miyelogen leykozlari bo‘lgan patsiyentlardagi alohida retrospektiv xalqaro tadqiqot vaqtida, “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaktsiyasini, TBO‘ va o‘lim hollarining rivojlanishi xavfiga ta'siri kuzatilmagan. Allogen transplantatsiyalari yuzasidan o‘tkazilgan to‘qqiz prospektiv randomizatsiyalangan tadqiqotlar, sakkiz retrospektiv tadqiqotlar va bir nazoratli tadqiqot yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan meta-tahlil natijalari “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaktsiyasini, surunkali “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaktsiyasini yoki davolash bilan bog‘liq bo‘lgan erta o‘lim rivojlanishi xavfiga ta'siri aniqlanmagan. Xavflar nisbati (95% II “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaktsiyasi va TBO‘) Suyak ko‘migi transplantatsiyasidan keyin rchG-KSF davolashdan keyin Puplikatsiyalar Tadqiqot davri N “Transplantat xo‘jayinga qarshi” II-IV o‘tkir bosqichi Surunkali “transplantat xo‘jayinga qarshi”reaktsiyasi TBO‘ Meta-Tahlil (2003) 1986-2001Ra 1198 1,08 (0,87, 1,33) 1,02 (0,82, 1,26) 0,70 (0,38, 1,31) Yevropa retro- spektiv tadqiqot (2004) 1992-2002Rb 1789 1,33 (1,08, 1,64) 1,29 (1,02, 1,61) 1,73 (1,30, 2,32) Xalqaro ret- rospektiv tadqiqot (2006) 2000-2002Rb 2110 1,11 (0,86, 1,42) 1,10 (0,86, 1,39) 1,26 (0,95, 1,67) a Tahlil bu davr vaqtida suyak ko‘migi transplantatsiyasidan keyingi patsiyentlar ishtirokidagi tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi; alohida tadqiqotlar vaqtida rchG-KSF ishlatilgan. b Bu davr davomida suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan patsiyentlar tahlili. QPO‘X allogen transplantatsiyasi oldidan sog‘lom donorlarda QPO‘X ga jalb etish xususiyati uchun Zarsioni qo‘llash. Sog‘lom donorlarga 4-5 ketma-ket kunlar davomida buyurilgan sutkada 1 mln. TB/kg (sutkada 1 mkg/kg) doza, ko‘pchilik patsiyentlarda ikki leykoferezdan keyin retsipiyent tana vaznidan ≥ 4 x 106 CD34 + xujayra/kg yig‘ish imkoniyatini beradi. OTN (og‘ir tug‘ma, periodik va ideopatik neytropeniya) bo‘lgan kattalar va bolalarda Zarsioni qo‘llash, periferik qonda faol neytrofillar sonini turg‘un oshishini va infektsion va boshqa asortalir tez-tezligini pasayishini rag‘batlantiradi. OITV bilan infektsiyalangan patsiyentlarda Zarsioni qo‘llash neytrofillar sonini normal qiymatlar chegarasida tutib turadi, bu antiretravirusli va miyelosupressiv dori vositalarining dozalashni kerakli tartibiga rioya qilish imkoniyatini beradi. Zarsio qo‘llanganida OITV replikatsiyasi oshishining belgilari aniqlanmagan. Gemopoezning rag‘batlantirilishini boshqa omillari kabi, in vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlarda rchG-KSF spetsifik retseptorlarga ega bo‘lganligi tufayli endoteliy xujayralarini rag‘batlantirish qobiliyatiga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
Farmakokinetikasi
Sog‘lom ko‘ngillilarning ishtirokidagi bir martalik va ko‘p martalik dozalarni randomizatsiyalangan, kesishgan, ikki tomonlama yashirin tadqiqotlar, Zarsioning farmakokinetik xususiyatlari teri ostiga va vena ichiga yuborilganidan keyin original dori vositasining profili bilan o‘xshash. So‘rilishi 0,5 mln. TB/kg (5 mkg/kg) bir marta teri ostiga yuborilganidan keyin, qondagi filgrastimning maksimal kontsentratsiyasiga tmax 4,5±0,9 soatdan keyin erishiladi (o‘rtacha qiymat ± SD) Taqsimlanishi Qondagi taqsimlanish hajmi taxminan 150 ml/kg. Tavsiya etilgan dozalarda teri ostiga va vena ichiga yuborilganida qon plazmasidagi filgrastimning kontsentratsiyasi 10 ng/ml dan yuqorida 8-16 soat davomida saqlanadi. Vena ichiga yoki teri ostiga yuborilganidan filgrastimning yuborilgan dozasi va qon plazmasidagi uning kontsentratsiyasi orasida proportsional aloqa aniqlangan. Chiqarilishi Bir marta teri ostiga yuborilganidan keyin filgrastimning o‘rtacha yarim chiqarilish davri 2,7 soatdan (1,0 mln. TB/kg yoki 10 mkg/kg) 5,7 soatgachani (0,25 mln. TB/kg yoki 2,5 mkg/kg) tashkil qiladi, 7 kun qo‘llanganidan keyin 8,5-14 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
- xavfli o‘sma (surunkali miyeloleykoz va miyelodisplastik sindromlardan tashqari) tufayli sitotoksik ximioterapiya olayotgan patsiyentlarda neytropeniya davomiyligini yoki febril neytropeniya paydo bo‘lishi tez-tezligini qisqaritish uchun, shuningdek keyingi suyak ko‘migini trasnplantatsiyasi bilan miyeloblastiv terapiya olayotgan patsiyentlarda neytropeniya davomiyligini qisqartirish uchun Zarsioning samaradorligi va xavfsizligi bolalar va kattalarda sitotoksik ximioterapiya o‘tkazilganda bir xil namoyon bo‘ladi. - periferik o‘zak xujayralarni (QPO‘X) rivojlanishini jalb etish. - neytrofil granulotsitlar miqdorini oshirishga qaratilgan davomli davolashda, og‘ir tug‘ma, periodik yoki ideopatik neytropeniyasi (neytrofil granulotsitlarning mutloq soni 0,5 x 109/l va kam) va anamnezida og‘ir yoki qaytalanuvchi infektsiyalari bo‘lgan bolalar va kattalarda infektsion asoratlar kelib chiqishini tez-tezligi va davomiyligini qisqartirish uchun. - OITV-infektsiyasining yoyilgan bosqichi bo‘lgan doimiy davom etuvchi neytropeniyasi (neytrofillarning mutloq soni 1 x 109/l va kam) bo‘lgan bemorlarda, neytropeniyaning nazorati bo‘yicha boshqa choralar yetarli bo‘lmaganida, bakterial infektsiyalarning xavfini pasaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Zarsio bilan davolash onkologiya-gematologiya markazi mutaxassislari bilan xamkorlikda o‘tkazilishi kerak, ular kerakli diagnostik imkoniyatlar bo‘lganida, granulotsitar koloniyestimulyatsiya qiluvchi omilni qo‘llash tajribasiga ega bo‘ladilar. Ishlab chiqarilishini jalb etish va aferez muolajasi, bu soxada kerakli tajribaga va gemopoezning o‘tmishdosh-xujayralarini kerakli monitoringi imkoniyatiga ega bo‘lgan onkologiya-gematologiya markazi mutaxassislari bilan xamkorlikda o‘tkazilishi kerak Sitotoksik ximioterapiya Zarsioning tavsiya etiladigan sutkalik dozasi sutkada 0,5 mln. TB/kg (sutkada 5 mkg/kg) ni tashkil qiladi. Preparatning birinchi dozasini sitotoksik ximioterapiya kursidan keyin kamida 24 soat o‘tgach yuborish kerak. Zarsio har kuni qonning klinik tahlilida neytrofillarning umumiy soni kutilayotgan nadirdan oshib, normal qiymatlarga yetmagunicha yuboriladi. Solid o‘smalar, limfoma va limfoleykoz bo‘yicha sitotoksik ximioterapiyadan keyin ko‘rsatilga qiymatlarga erishishgacha davolash 14 kungachani tashkil qiladi. O‘tkir miyeloid leykozni induktsion va konsalidatsion davolashdan keyin davolash muddatlari ahamiyatli oshishi (38 kungacha) va qo‘llanayotgan sitotoksik ximioterapiyaning turi, dozasi va sxemasiga qarab belgilanadi. Sitotoksik ximioterapiyani olayotgan patsiyentlarda, neytrofillar sonini o‘tkinchi oshishi odatda Zarsio bilan davolash boshlanganidan keyin 1-2 kun o‘tgach kuzatiladi. Shunga qaramasdan, turg‘un terapevtik samaraga erishish uchun Zarsio bilan davolashni neytrofillar soni kutilayotgan nadirdan oshib, normal qiymatlarga yetmagunicha davom ettirish kerak. Zarsio bilan davolashni neytrofillarning soni nadirdan o‘tmagunicha muddatidan oldin bekor qilish tavsiya etilmaydi. Yuborish usuli Zarsio teri ostiga in'ektsiyalar ko‘rinishida sutkada 1 marta yoki oldindan 5% li glyukoza eritmasida suyultirib sutkada 1 marta 30 minut davomidagi vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuboriladi. Bir martalik doza vena ichiga yuborilganida Zarsioning samarasini davomiyligi qisqarishi mumkin. Bu ma'lumotlarning klinik ahamiyati Zarsioning ko‘p martalik dozalarini qo‘llashga nisbatan aniqlanmagan. Yuborish usulini tanlash konkret klinik vaziyatning xususiyatlariga bog‘liq va har bir patsiyent uchun shaxsiy ravishda belgilanadi. Randomizatsiya qilingan tadqiqotlar vaqtida sutkada 23 mln. TB/kg (sutkada 230 mkg/m2) (sutkada 4,0-8,4 mkg/kg) dozada teri ostiga in'ektsiyalar qo‘llangan. Keyingi suyak ko‘migini transplantatsiyasi bilan miyeloblastiv davolanayotgan patsiyentlar Zarsioning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi sutkada 1 mln. TB/kg ni (sutkada 10 mkg/kg) tashkil qiladi. Zarsioning birinchi dozasini sitotoksik ximioterapiya yuborilganidan keyin kamida 24 soat o‘tgach, va suyak ko‘migi transplantatsiyasidan keyin 24 soatdan kech bo‘lmasdan yuborish kerak. Dozaga tuzatish kiritish neytrofillirning soni maksimal pasayganidan keyin (nadir) Zarsioning sutkalik dozasiga neytrofillarning sonini o‘zgarishiga qarab quyidagi tarzda tuzatish kiritish kerak Neytrofillarning mutloq soni (NMS) Zarsioning dozasiga tuzatish kiritish Ketma-ket 3 kun davomida NMS >1x109/l Dozani sutkada 0,5 mln. TB/kg gacha (sutkada 5 mkg/kg) pasaytirish So‘ngra agar keyingi ketma-ket 3 kun davomida NMS >1x109/l bo‘lsa Zarsio bekor qilinadi Agar davolash vaqtida NMS <1x109/l gacha pasaysa, Zarsioning dozasi yana yuqorida keltirilgan sxemaga muvofiq oshiriladi Qo‘llash usuli Zarsio 30 minut davomidagi qisqa vena ichiga infuziya yoki 24 soat davomidagi davomli teri ostiga yoki vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuboriladi. Zarsioni 20 ml 5% li glyukoza eritmasida suyultirish kerak. Qonning periferik o‘zak xujayralarini (QPO‘X) ishlab chiqarilishini jalb etish Keyingi QPO‘X ni autologik transplantatsiyasi bilan miyelosupressiv yoki miyeloblastiv davolanayotgan patsiyentlar QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun monoterapiya sifatida Zarsio qo‘llanganida tavsiya etiladigan doza ketma-ket 5-7 kunlar davomida sutkada 1 mln. TB/kg (sutkada 10 mkg/kg) tashkil qiladi. 5-nchi va 6-nchi kunlari 1-2 seans leykaferez o‘tkaziladi. Ayrim hollarda qo‘shimcha 1 seans leykaferez o‘tkaziladi. Leykafarez yakunlangunicha Zarsioning dozasini o‘zgartirish mumkin emas. Miyelosupressiv ximioterapiyadan keyin QPO‘X ishlab chiqarilishini jalb etish uchun Zarsioning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 0,5 mln. TB/kg (sutkada 5 mkg/kg) har kuni, ximioterapiya kursi yakunlanganidan keyingi birinchi kundan boshlab, to neytrofillarning soni kutilgan nadirdan o‘tmagunicha va normaga yetmagunicha. Leykaferezni NMS <0,5 x 109/l dan > 5 x 109/l gacha oshgunicha davr davomida o‘tkazish kerak. Jadal ximioterapiya olmayotgan patsiyentlarda 1 seans leykaferez o‘tkaziladi. Alohida hollarda leykaferezning qo‘shimcha seanslarini o‘tkazish tavsiya etiladi. QPO‘X ni allogen transplantatsiyasi oldidan sog‘lom donorlar Sog‘lom donorlarda QPO‘X ni allogen transplantatsiyasi oldidan QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun Zarsioning tavsiya etiladigan dozasi teri ostiga ketma-ket 4-5 kun davomida sutkada 1 mln. TB/kg ni (sutkada 10 mkg/kg) tashkil qiladi. Leykaferez 5-nchi kundan boshlab o‘tkaziladi va zarurati bo‘lganida retsipiyentning tana vazniga 4x106 CD34+ xujayra/kg olish maqsadida 6-nchi kungacha davom ettiriladi. Yuborish usuli Keyingi QPO‘X ni allogen transplantatsiyasi bilan miyelosupressiv yoki miyeloablativ davolash o‘tkazilayotgan patsiyentlarda QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun Zarsioning tavsiya etiladigan dozasi shuningdek 24 soat davomidagi davomli teri ostiga infuziya yoki ketma-ket 5-7 kun davomida bir har kunlik teri ostiga in'ektsiya ko‘rinishida xam yuborilishi mumkin. Zarsio 20 ml 5% li glyukoza eritmasida suyultiriladi. Og‘ir surunkali neytropeniya (OSN) Yuborish usuli Zarsio teri ostiga in'ektsiyalar ko‘rinishida yuboriladi. Tug‘ma neytropeniya Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 1,2 mln. TB/kg (sutkada 12 mkg/kg) bir marta yoki bo‘lingan dozalarda. Ideopatik va periodik neytropeniya Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sutkada 0,5 mln. TB/kg (sutkada 5 mkg/kg) bir marta yoki bo‘lingan dozalarda. Zarsio dozasini tanlash Zarsio har kuni neytrofillar miqdorini ko‘rsatgichi 1,5 x 109/l ga yetgunicha va turg‘un oshgunicha har kuni yuboriladi. Terapevtik samaraga erishilgandan keyin bu darajani tutib turish uchun minimal samarali doza aniqlanadi. Neytrofillarning kerakli miqdorini tutib turish uchun Zarsioni har kuni davomli yuborish talab etiladi. Davolashni 1-2 haftasidan keyin davolashning samaradorligiga qarab dozani ikki marta oshirish yoki yarmiga kamaytirish mumkin. Keyinchalik har 1-2 haftada neytrofillaring o‘rtacha miqdorini 1,5 x 109/l dan 10 x 109/l gacha doirasida tutib turish uchun dozaga shaxsiy ravishda tuzatish kiritish o‘tkaziladi. Og‘ir infektsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda doza tezroq oshiriladigan sxemani qo‘llash mumkin. Davolashga ijobiy javob bergan 97% patsiyentlarda, to‘liq terapevtik samara sutkada 24 mkg/kg gacha dozalar buyurilganida kuzatiladi. OSN bo‘lgan patsiyentlarda sutkada tana vazniga 2,4 mln. TB/kg dan (sutkada 24 mkg/kg) ko‘proq dozalarda buyurilganida Zarsioning uzoq muddatli xavfsizligi aniqlanmagan. OITV-infektsiyasi Yuborish usuli Zarsio teri ostiga in'ektsiyalar ko‘rinishida yuboriladi. Neytrofillarning sonini tiklanishi Zarsioning tavsiya etiladigan boshlang‘ich dozasi, neytrofillar soni normallashgunicha (NMS > 2 x 109/l) dozani maksimal sutkada 0,4 mln. TB/kg gacha (sutkada 4 mkg/kg) oshirish bilan sutkada 0,1 mln. TB/kg ni (sutkada 1 mkg/kg) tashkil qiladi. Neytrofillar sonini normallashishi odatda 2 kun o‘tgach yuz beradi. Kam hollarda (<10% patsiyentlarda) neytrofillar sonini tiklanishi uchun Zarsioning dozasi sutkada 1 mln. TB/kg gacha (sutkada 10 mkg/kg) oshirilishi mumkin. Neytrfillarning normal sonini tutib turish Reversiv neytropeniyaga erishilgandan keyin, neytrofillarning normal sonini tutib turish uchun minimal samarali doza aniqlanishi kerak. Dozalashni sutkada 30 mln. TB/kg dan (sutkada 300 mkg/kg) navbatlash uchun dozaga boshlang‘ich tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Keyin dozaga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin, u neytrofillar miqdorini > 2x109/l da tutib turish uchun, patsiyentning NMS bo‘yicha aniqlanadi. Klinik tadqiqotlarda, haftaning 1-7 kunlarida sutkada 30 mln.TB/kg (sutkada 300 mkg/kg) dozalash NMS >2x109/l tutib turish uchun talab etilgan, doza haftada 3 kun o‘rtacha tez-tezlikda yuboriladi. Davomli yuborish NMS > 2x109/l da tutib turishni talab qilishi mumkin. Alohida guruh patsiyentlar Buyraklar/jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi, chunki ularning farmakokinetik va farmakodinamik ko‘rsatgichlari sog‘lom ko‘ngilliklardagilar bilan o‘xshash. OTN va xavfli o‘smalari bo‘lgan bolalar OTN sinovida o‘rganilgan 65% patsiyentlar 18 yoshgacha bo‘lganlar. Bu yosh guruhi uchun davolashning samaradorligi aniq bo‘lgan, guruh tug‘ma neytropeniyasi bo‘lgan ko‘pchilik patsiyentlarni o‘z ichiga olgan. OTN dan davolangan bolalardagi xavfsizlik profillarida farqlar kuzatilmagan. Klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari, Zarsioning xavfsizligi va samaradorligi sitotoksik ximioterapiyani olayotgan kattalarda ham bolalarda ham bir xil ekanligini ko‘rsatadi. Bolalar uchun dozalash bo‘yicha tavsiyalar miyelosupressiv ximioterapiyani olayotgan kattalardagi kabidir. Keksa patsiyentlar Klinik tadqiqotlardagi keksa yoshdagi patsiyentlarning soni cheklanganligi tufayli, keksa patsiyentlarda Zarsioni qo‘llash buyicha alohida tavsiyalar yo‘q. Bu guruh patsiyentlarida qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Yuborishgacha suyultirish Zarsioni 5% li (50 mg/ml) glyukoza eritmasida suyultirish kerak. Suyultirish bevosita yuborish oldidan o‘tkaziladi, lekin 0,2 mln. TB/kg (2 mkg/kg) dan kam oxirgi kontsentratsiyagacha suyultirish tavsiya etilmaydi. 1,5 mln.TB/kg kam kontsentratsiyaga suyultirishda 2 mg/ml kontsentratsiyaga erishilguncha odam zardob albuminini qo‘shimcha qo‘shish kerak. Masalan 20 ml eritma hajm i va 30 mln. TB/kg dan (300 mkg) kam Zarsioning umumiy dozasiga erishish uchun qo‘shimcha 0,2 ml 20% li odam zardobi albuminini (200 mg/ml, Yevropa Farmakopeyasi) qo‘shish kerak. Zarsio 5% li (50 mg/ml) glyukoza eritmasida suyultirilganida shisha va turli platmassalar bilan, shu jumladan polivinilxlorid, poliolefin (polipropilen va polietilenning sopolimeri) va polipropilen, mutanosib. Zarsioni natriy xloridi erimasi va, 5% li glyukoza eritmasidan tashqari, boshqa dori vositalari bilan suyultirish mumkin emas. Ignani oldindan ximoyalovchisi bilan oldindan to‘ldirilgan shpritsni ishlatish Ignani oldindan himoyalovchisi in'ektsiyadan keyin, igna bilan shikastlanishni oldini olish uchun, ignani o‘rab oladi. Bu shpritsni normal ishlashiga ta'sir qilmaydi. Xamma doza yuborilmaguncha va porshenni keyinga surish mumkin bo‘lmagunicha porshenga sekin va birtekis bosing. Porshenga bosimni saqlab, patsiyentdan shpritsni oling. Porshen bo‘shashganida, ignani oldindan ximoya qiluvchisi ignani yopadi. Har bir shprits faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan va ochilganidan keyin darhol ishlatilishi kerak. Agar eritma darhol ishlatilmagan xolda, foydalanuvchi saqlash davomiyligi va sharoitiga javobgar bo‘ladi. Saqlash va ambulator qo‘llash davrida patsiyent Zarsioni sovutgichdan chiqarib olishi va xona xaroratida (25oS dan yuqori bo‘lmagan) 72 soatgacha saqlashi mumkin. 72 soat o‘tgach Zarsioni qo‘llash yoki sovutgichda saqlash mumkin emas, uni utilizatsiya qilish kerak. Utilizatsiya va boshqacha ishlov berishdaga ehtiyotkorlikning alohida choralari Zarsio va/yoki uning chiqindilari maxalliy talablarga muvofiq utilizatsiya qilinishi kerak. Ishlatish oldidan eritmani vizual tekshirish kerak. Faqat yot zarrachalari bo‘lmagan tiniq eritmalar ishlatilishi kerak. Manfiy xaroratlarning tasodifiy ta'siri Zarsioning turg‘unligiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi. Zarsio konservantlar saqlamaydi. Mikrobli kontaminatsiyaning mumkin bo‘lgan xavfi tufayli, Zarsio shpritslari faqat bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan.
Nojo‘ya ta'sir
lari Xavfsizlik profilini xulosasi Onkologik bemorlardagi klinik tadqiqotlar vaqtida eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta'sirlari orasida, 10% patsiyentlarda kuchsiz va o‘rtacha va 3% kuchli mushak-skelet og‘rig‘i qayd etilgan. Shuningdek “transplantat xo‘jayinga qarshi” (GvHD) reaktsiya qayd etilgan. Sog‘lom donorlarda QPO‘X eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta'sirlari orasida mushak-skelet og‘rig‘i qayd etilgan. Zarsio qo‘llanganidan keyin donorlarda leykotsitoz va trombotsitopeniya, shuningdek leykaferez aniqlangan. Shuningdek splenomegaliya va taloqning spontan yorilish hollari ham qayd etilgan. Taloqning spontan yorilishini bir necha hollari o‘lim bilan yakunlangan. OTN bo‘lgan patsiyentlar orasida, Zarsioni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta'sirlardan suyak og‘rig‘i, umumiy mushak-skelet og‘rig‘i va splenomegaliya aniqlangan. Miyelodisplastik sindromlar (MDS) yoki leykoz tug‘ma neytropeniyasi bo‘lgan, Zarsio qabul qilgan patsiyentlarda rivojlangan. Kapillyarlarning yuqori o‘tkazuvchanligi sindromi rivojlanishi haqida ko‘p bo‘lmagan xabarlar tushgan, sitotoksik ximioterapiyani olgan, xavfli o‘smalari bo‘lgan patsiyentlarda talab etilgan davolash kech buyurilganida (≥1/1000 dan <1/100 gacha), shuningdek rchG-KSF yuborilganidan keyin periferik qondagi o‘tmishdosh-xujayralarning ishlab chiqarilishini jalb etishini o‘tayotgan sog‘lom donorlarda ham, u hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. OITV infektsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda klinik tadqiqotlar vaqtida, Zarsioni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari orasida, mushak-skelet og‘rig‘i, suyak og‘rig‘i va mushaklarda og‘riq aniqlangan. Quyidagi ma'lumotlar klinik tadqiqotlar vaqtida va spontan xabarlar yo‘li bilan qayd etilgan nojo‘ya ta'sirlarni ta'riflaydi. Har bir guruhda nojo‘ya ta'sirlarning tez-tezligi jiddiyligining pasayishi tartibida berilgan. Ma'lumotlar bu guruh patsiyentlaridagi nojo‘ya ta'sirlarning turli profilini aks ettirib, xavfli o‘smalari bo‘lgan patsiyentlar, QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etilishidagi sog‘lom donorlarda, OITV va OTN bo‘lgan patsiyentlar uchun alohida berilgan. Onkologik patsiyentlar Juda tez-tez (>1/10) - qonda siydik kislotasining miqdorini oshishi, qon laktatida degidrogenaza miqdorini oshishi, ishtahani pasayishia - bosh og‘rig‘ia - og‘iz-xalqumda og‘riqa, yo‘tala, dispioe - diareyaa - qusisha, qabziyata, ko‘ngil aynishia - gamma-glyutamiltransferazani oshishi, qonda ishqoriy fosfataza darajasini oshishi - toshma3 - alopetsiya - mushak-skelet og‘rig‘ia - asteniya, charchoqlika - shilliq qavatni yallig‘lanishia Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha) - dori vositasiga yuqori sezuvchanlika - gipotenziya - qon tupurisha - dizuriya - ko‘krakda og‘riqa Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha) - taloqni yorilishia - splenomegaliyaa,e - o‘roqsimon xujayralar krizisi3 - “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaktsiyasib - soxta podagra3 - venooklyuzion kasalligid - suyuqlik almashinuvini buzilishi - kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshishi sindromia - o‘tkir nafas yetishmovchiligi sindromia - nafasni buzilishia - o‘pkalarning shishia - o‘pkalarning interstitsial kasalligia - o‘pkalarning infiltratsiyasia - o‘pkadan qon ketishia - Svit sindromi - teri vaskulitia - revmatoid artritni zo‘rayishi - siydik chiqarilishini buzilishi - og‘riqa aQuyiga qarang bSuyak ko‘migini allogen transplantatsiyasidan keyin patsiyentlarda GvHD va o‘lim hollari haqida hisobotlar tushgan (s bo‘limga qarang) sSuyak og‘rig‘i, belda, bo‘g‘imlarda, mushaklarda, oyoq-qo‘llarda og‘riq, mushak-skelet og‘rig‘i, ko‘krakda skelet-mushak og‘rig‘i, bo‘yin og‘rig‘i Bu dHolatlar suyak ko‘migining transplantatsiyasini yoki periferik qonning o‘tmishdosh-xujayralarining ishlab chiqarilishini jalb etishini o‘tkazgan patsiyentlardagi post-marketing tadqiqotlar vaqtida kuzatilgan. Bu yeHolatlar klinik sinovlar sharoitlarida kuzatilgan. Sog‘lom donorlarda QPO‘X ishlab chiqarilishini jalb etilishidagi klinik tadqiqotlar vaqtidagi nojo‘ya ta'sirlari Juda tez-tez (>1/10) - trombotsitopeniyaa - leykotsitoza - bosh og‘rig‘i - mushak-skelet og‘rig‘i* Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha) - splenomegaliyaa - qonda laktatdegidrogenaza miqdorini oshishi - dispnoe - qonda ishqoriy fosfatazani oshishi Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/10 gacha) - taloqni yorilishia - anafilaktik reaktsiya - giperurikemiya (qonda siydik kislotasining miqdorini oshishi) - kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshishi sindromia - o‘pkadan qon ketishi - qon tupurish - o‘pkalarni infiltratsiyasi - gipoksiya - aspartataminotransferazani oshishi - revmatoid artritni zo‘rayishi aQuyiga qarang *Suyak og‘rig‘i, belda, bo‘g‘imlarda, mushaklarda, oyoq-qo‘llarda og‘riq, mushak-skelet og‘rig‘i, ko‘krakda skelet-mushak og‘rig‘i, bo‘yin og‘rig‘i OTN bo‘lgan patsiyentlardagi klinik tadqiqotlar vaqtidagi nojo‘ya ta'sirlari Juda tez-tez (≥1/10) - splenomegaliyaa - anemiya - giperurikemiya - qonda glyukoza darajasini pasayishi - qonda laktatdegidrogenaza miqdorini oshishi - bosh og‘rig‘i - burundan qon ketishi - diareya - gepatomegaliya - qonda ishqoriy fosfatazani oshishi - toshma - mushak-skelet og‘rig‘i* - bo‘g‘imlarda og‘riq Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha) - taloqni yorilishia - trombotsitopeniyaa - terili vaskulit - sochni to‘kilishi - osteoporoz - gematuriya - in'ektsiya joyida reaktsiya - splenomegaliyaa Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha) - proteinuriya OITV bo‘lgan patsiyentlardagi klinik tadqiqotlardagi nojo‘ya reaktsiyalar Juda tez-tez (>1/10) - mushak-skelet og‘rig‘i* Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha) - splenomegaliyaa aQuyiga qarang *Suyak og‘rig‘i, belda, bo‘g‘imlarda, mushaklarda, oyoq-qo‘llarda og‘riq, mushak-skelet og‘rig‘i, ko‘krakda skelet-mushak og‘rig‘i, bo‘yin og‘rig‘i Alohida nojo‘ya ta'sirlarining ta'rifi Suyak ko‘migini allogen transplantatsiyasidan keyin rchG-KSF qabul qilgan patsiyentlarda “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaktsiyasi va o‘lim hollari haqida hisobotlar tushgan. rchG-KSF ishlatilgan post-marketing davrda kapillyarlarning yuqori o‘tkazuvchanligi sindromi hollari qayd etilgan. Ular, odatda, bir necha ximioterapevtik vositalarni qabul qilayotgan yoki ilgari qabul qilgan og‘ir xavfli o‘smalari va sepsisi bo‘lgan patsiyentlarda paydo bo‘lgan. Onkologik patsiyentlar Randomizatsiya qilingan platsebo-nazoratli klinik tadqiqotlar vaqtida, Zarsio ishlatilganida sitotoksik ximioterapiya bilan bog‘liq bo‘lgan noxush reaktsiyalar tez-tezligini oshishi aniqlanmagan. Shu klinik tadqiqotlar vaqtida, Zarsio/ximioterapiya va platsebo/ximioterapiya olgan patsiyentlarda nojo‘ya ta'sirlar bir xil tez-tezlikda paydo bo‘lgan, va ko‘ngil aynishi va qusish, alopetsiya, diareya, charchoqlik, anoreksiya (ishtahani pasayishi), shilliq qavatini yallig‘lanishi, bosh og‘rig‘i, yo‘tal, toshma, ko‘krakda og‘riq, asteniya, og‘iz-xalqumda og‘riq va qabziyatni o‘z ichiga olgan. Postmarketing davri vaqtida Zarsio qabul qilgan patsiyentlarda terili vaskulit qayd etilgan. Klinik sinovlarning ma'lumotlari asosida uchrash-tezligi, tez-tez emas sifatida baholanadi. Postmarketing davrida Svit sindromi (o‘tkir febril dermatoz) hollari xabar berilgan. Klinik sinovlarning ma'lumotlari asosida tez-tezligi, tez-tez emas sifatida baholanadi. Klinik tadqiqotlar vaqtida va postmarketing davrida o‘pkalarga nojo‘ya ta'siri qayd etilgan, o‘pkalarning interstitsial kasalligi, shu jumladan o‘pkalarning shishi va o‘pkalarning infiltratsiyasi, ayrim hollarda nafasni buzilishi yoki o‘tkir respirator distress-sindromi (ARDS) bilan, ular o‘limga olib kelishi mumkin. Zarsio buyurilganidan keyin splenomegaliya va taloqni yorilishini tez-tez bo‘lmagan hollari xabar berilgan. Taloqning yorilishini ayrim hollari o‘limga olib kelgan. Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, anafilaksiya, toshma, allergik toshma, angionevrotik allergik shish, qiyinlashgan nafas va past arterial bosim davolashni boshlang‘ich yoki keyingi bosqichida, klinik tadqiqotlar vaqtida va postmarketing davri vaqtida qayd etilgan. Umuman, xabarlar ko‘proq vena ichiga yuborilganidan keyin tushgan. Ayrim hollarda, Zarsioni qo‘llash sinama qayta tiklanganida simptomlar takrorlangan, buning asosida sabab-oqibat aloqasi haqida taxmin qilish mumkin. Agar jiddiy allergik reaktsiya rivojlansa, Zarsioni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Pastmarketing davri vaqtida o‘roqsimon xujayralarning kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda o‘roqsimon xujayralarning krizisini alohida hollari qayd etilgan. Klinik sinovlarning ma'lumotlari asosida uchrash-tezligi, tez-tez emas sifatida baholanadi. Onkologik bemorlarda Zarsio qo‘llanganidan keyin soxta podagra hollari qayd etilgan. Klinik sinovlarning ma'lumotlari asosida uchrash-tezligi, tez-tez emas sifatida baholanadi. QPO‘X ishlab chiqarilishini jalb etilgandagi sog‘lom donorlar Sog‘lom donorlarda va rchG-KSF yuborilganidan keyin patsiyentlarda splenomegaliyaning tez-tez, biroq umuman simptomsiz hollari va taloqning tez-tez bo‘lmagan spontan yorilish hollari qayd etilgan. O‘pka nojo‘ya ta'sirlari (qon tufurish, o‘pkadan qon ketishi, o‘pkalarning infiltratsiyasi, qiyinlashgan nafas va gipoksiya) qayd etilgan. Artrit simptomlarining zo‘rayishini tez-tez bo‘lmagan hollari aniqlangan. Leykotsitoz (leykotsitlar > 50x199/l) 41% patsiyentlarda qayd etilgan, vaqtinchalik trombotsitopeniya esa (trombotsitlar < 100x199/l) Zarsio leykaferez qo‘llanganidan keyin 35% donorlarda qayd etilgan. OTN bo‘lgan patsiyentlarda
Nojo‘ya ta'sir
lari, shu jumladan splenomegaliyani aniqlangan, u ayrim hollarda trombotsitopeniyaga rivojlanishi mumkin. Ehtimol Zarsio bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari va odatda OTN bo‘lgan patsiyentlarda paydo bo‘luvchi, in'ektsiya joyidagi reaktsiya, bosh og‘rig‘i, gepatomegaliya, bo‘g‘imlarda og‘riq, alopetsiya, osteoporoz va toshmani o‘z ichiga olgan. Davomli qo‘llanganida OTN bo‘lgan patsiyentlarning 2% terili vaskulit qayd etilgan. OITV bo‘lgan patsiyentlarda Zarsioni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan splenomegaliya, 3% patsiyentlarda aniqlangan. Xamma hollarda shifokor tashrifi vaqtida simptomlari yengil yoki o‘rtacha, klinik jihatdan esa xavfsiz bo‘lgan; patsiyentlarda gipersplenik sindrom bo‘lmagan, splenektomiya o‘tkazilmagan. OITV infektsiyasi bo‘lgan bemorlarda tez-tez uchrashi va OITS bo‘lgan ko‘pchilik patsiyentlarda turli darajada mavjudligi tufayli, bunda Zarsioni qo‘llash bilan aloqasi aniqlanmagan. Bolalar Bolalardagi klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari, sitotoksik ximioterapiyani olayotgan kattalar va bolalardagi Zarsioning xavfsizligi va samaradorligi o‘xshashligini ko‘rsatadi, shuning uchun kattalar va bolalarda Zarsioning farmakokinetikasida farqlar yo‘q. Yakka nojo‘ya ta'siri mushak-skelet og‘rig‘i hisoblanadi, kattalardagi bunday samaradan farq qilmaydi. Bolalarni davolashda Zarsioni keyingi baxolash bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emas. Keksa patsiyentlar Sitotoksik ximioterapiyani olayotgan 65 yoshdan oshgan patsiyentlar orasida yoshroq katta patsiyentlar (>18 yosh) bilan solishtirganda xavfsizligi yoki samaradorligida umumiy farqlar yo‘q. Shuningdek klinik tadqiqotlar vaqtida, keksalar va yosh katta patsiyentlar orasida farqlar aniqlanmagan. Boshqa tasdiqlangan ko‘rsatmalarni davolashda keksalarda Zarsioni qo‘llashni baxolash uchun yetarli bo‘lmagan miqdorda ma'lumotlar bor. OTN bo‘lgan bolalar Zarsio qabul qilayotgan, og‘ir surunkali neytropeniyasi bo‘lgan bolalarda suyak to‘qimasi zichligini pasayishi va osteoporoz hollari qayd etilgan. Klinik sinovlarning ma'lumotlari asosida uchrash-tezligi, tez-tez sifatida baxolanadi. Gumon qilingan nojo‘ya ta'sirlari haqida hisobotlar Zarsio qayd etilganidan keyin gumon qilingan nojo‘ya ta'sirlari haqida hisobotlar berish muximdir. Bu dori vositasining foyda/xavf ko‘rsatgichini monitoringini o‘tkazishni davom ettirish imkoniyatini beradi. Tibbiyot xodimlari hisobotni milliy tizimi orqali har qanday gumon qilingan nojo‘ya ta'siri haqida xabar beradilar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- faol moddagi yoki har qanday boshqa yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik - yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri (birinchi 4 hafta) - homiladorlik va laktatsiya davri - miyelodisplastik sindrom (MDS) va surunkali miyeloleykoz - fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslikda (sorbitol saqlaydi) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Miyelosupressiv sitotoksik ximioterapevtik vositalarni yuborish kuni Zarsioni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Bo‘linayotgan miyeloid xujayralarni miyelosupressiv sitotoksik ximioterapiyaga sezuvchanligi tufayli, Zarsioni bu ximioterapevtik preparatlarni yuborishdan 24 soat oldingi yoki keyingi intervalda buyurish tavsiya etilmaydi. Zarsio va 5-ftoruratsil bir vaqtda qo‘llanganida neytropeniya kuchayishi mumkin. Klinik tadqiqotlarda o‘sishni boshqa gemopoetik omillari va sitokinlarning mumkin bo‘lgan o‘zaro ta'siri xali o‘rganilmagan. Litiy neytrofillarning ajralib chiqishini rag‘batlantirishini hisobga olib, Zarsioning ta'siri kuchayishi mumkin. Bu o‘zaro ta'sir tekshirilmagan, lekin uning noxush keyingi ta'sirlari haqida ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Maxsus ogohlantirishlar Dozalashning belgilangan tartiblaridan tashqari sitotoksik ximioterapiyaning dozalarini oshirish uchun Zarsioni buyurish mumkin emas. Og‘ir tug‘ma neytropeniyasi bo‘lgan, leykemiya rivojlangan yoki leykemiya rivojlanishini simptomlari bo‘lgan patsiyentlarga Zarsioni buyurish mumkin emas. Sitotoksik ximioterapiya Xujayralarni xavfli o‘sishi rchG-KSF in vitro sharoitda miyeloid xujayralarning o‘sishini rag‘batlantirishi mumkin. Miyelodisplastik sindromi (MDS) va surunkali miyeloleykozi bo‘lgan patsiyentlarda Zarsioni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun bu kasalliklarda uni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Davolashni boshlash oldidan surunkali miyeloleykozni blast-transformatsiyasi va o‘tkir miyeloleykoz orasida differentsial diagnozni sinchiklab o‘tkazish talab etiladi. Ikkilamchi o‘tkir miyelotsitar leykozi (O‘ML) bo‘lgan patsiyentlar uchun Zarsioning xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma'lumotlar cheklanganligi tufayli, Zarsioni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Normal sitogenetik profilili [t(8; 21), t(15; 17) inv(16)] 55 yoshligacha bo‘lgan O‘ML li patsiyentlarga birinchi marta buyurilgan Zarsioning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Onkologik bemorlardagi ehtiyotkorlikning maxsus choralari Zarsio qo‘llanganidan keyin splenomegaliya va taloqning yorilishini ko‘p bo‘lmagan hollari haqida xabar berilgan. Taloq yorilishini bir necha hollari o‘lim bilan yakunlangan. Zarsioni qabul qilayotgan patsiyentlar, qorinni chap yuqori qismida va/yoki yelka uchida og‘riq haqida xabar berganlarida, taloqni kattalashishi yoki taloqni yorilishiga tekshirishlari kerak. Leykotsitoz Zartsioni tana vazniga 0,3 mln. TB/kg (0,0003 mg/kg) dan ko‘proq sutkalik dozada qabul qilayotgan 5% dan kamroq patsiyentlarda qondagi leykotsitlarning miqdori 100x109/l ga yetadi yoki undan oshadi. Bunday og‘irlik darajasidagi leykotsitozni rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan biron-bir nojo‘ya ta'sirlar haqida ma'lumotlar yo‘q. Lekin og‘ir leykotsitoz bilan bog‘liq bo‘lgan xavf ehtimolini hisobga olib, Zarsio bilan davolanish vaqtida muntazam leykotsitlar sonini nazorat qilish kerak. Agar leykotsitlarning soni kutilgan nadirga erishganidan keyin 50x109/l dan oshsa, darxol Zarsioni qo‘llashni bekor qilish kerak. Agar Zarsio QPO‘X ishlab chiqarilishini jalb etish uchun qo‘llanayotgan bo‘lsa, uni bekor qilish yoki leykotsitlar soni > 70x109/l gacha oshganida dozani qisqartirish kerak. O‘tkazilayotgan ximioterapiyada dozani oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xavf Ximoterapevtik vositalarning yuqori dozalarini qabul qilayotgan xavfli o‘smalari bo‘lgan patsiyentlarni davolashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki yuqori dozalarni qo‘llashni kasallikni yakuniga ahamiyatli qo‘shimcha samarasi tasdiqlanmagan, lekin yurak-qon tomir tizimiga, nafas a'zolariga, nerv tizimiga va teriga yaqqolroq toksik ta'sirining ehtimoli yuqori Zarsio bilan davolash, miyelosupressiv ximioterapiya bilan bog‘liq bo‘lgan trombotsitopeniya va anemiyani oldini olmaydi. Ximioterapevtik vositalarning yuqoriroq dozalari qo‘llangan xolda (masalan, buyurilgan sxemalarga muvofiq to‘liq dozalari), og‘ir trombotsitopeniya va anemiya xavfi oshadi. Qonning klinik tahlili ko‘rsatgichlarini gematokrit va trombotsitlar sonini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Bir komponentli yoki majmuaviy ximioterapevtik vositalar qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, ular og‘ir trombotsitopeniya chaqirishi mukin. QPO‘X filgrastim- ishlab chiqarilishini jalb etilganida, miyelosupressiv yoki miyeloblastiv ximioterapiya bilan bog‘liq bo‘lgan trombotsitopeniyaning og‘irlik darajasini va davomiyligini kamayishi aniqlangan. Ehtiyotkorlikning boshqa choralari Miyeloid o‘tmishdosh-xujayralar miqdori ahamiyatli pasaygan patsiyentlarda Zarsioning samaradorligi o‘rganilmagan. Zarsio asosan, neytrofillarning o‘tmishdosh-xujayralariga ta'sir qilish yo‘li bilan neytrofillar sonini oshiradi. Shuning uchun o‘tmishdosh-xujayralar soni past bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, jadal nurli davolash yoki ximioterapiya natijasida, yoki suyak ko‘migini o‘sma xujayralari bilan infiltratsiyasi oqibatida) hosil bo‘layotgan neytrofillarning soni past bo‘lishi mumkin. Suyak ko‘migini allogen transplantatsiyasidan keyin rchG-KSF olgan patsiyentlarda “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaktsiyasini rivojlanishi va o‘lim bilan yakunlanish haqida ma'lumotlar bor. Qonning periferik o‘zak xujayralarini (QPO‘X) ishlab chiqarilishini jalb etish Bir patsiyentlar populyatsiyasi chegaralarida ishlab chiqarilishini jalb etishni tavsiya etilgan ikki usullarini (faqat Zarsio yoki miyelosupressiv ximioterapiya bilan birga) solishtirish maqsadida prospektiv randomizatsiya qilingan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Alohida patsiyentlar va CD34 xujayralarni laborator tahlili orasida farqlar darajasini turli tekshirishlar orasida bevosita qiyoslashni o‘tkazish qiyin. Shuning uchun ma'lum usulni tavsiya etish qiyin. Ishlab chiqarilishini jalb etish usulini alohida patsiyentni davolashni umumiy maqsadini hisobi bilan tanlash kerak. Sitostatik vositalar bilan oldingi davolash Ilgari jadal miyelosupressiv davolash o‘tkazilgan patsiyentlarda, QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun Zarsio dori vositasini qo‘llash fonida, tavsiya etilgan minimal darajagacha yetarli (>2x109/l CD34 - xujayra/kg) yoki trombotsitlarning tiklanish tezligini oshishi uchun QPO‘X sonini oshishi yuz bermasligi mumkin. Ayrim sitotoksik vositalar gemopoezning o‘tmishdosh-xujayralariga nisbatan alohida toksiklikka ega va ularning ishlab chiqarilishini jalb etilishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishlari mumkin. Melfalan, karboplatin yoki karmustin kabi sitotoksik vositalarni davomli qo‘llash, natijalarni yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Lekin melfalan, karboplatin yoki karmustinni Zarsio bilan bir vaqtda qo‘llash QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etishda samarador. Agar QPO‘X ni transplantatsiya qilish royejalashtirilayotgan bo‘lsa, patsiyentni davolashni erta bosqichida o‘zak xujayralarning ishlab chiqarilishini jalb etishni o‘tkazish tavsiya etiladi. Ximoterapevtik vositalarning yuqori dozalarini qo‘llashgacha bunday patsiyentlarda faollangan o‘tmishdosh-xujayralarning soniga alohida e'tibor berish kerak. Agar ishlab chiqarilishini jalb etishning natijalari yuqorida keltirilgan mezonlarga muvofiq yetarli bo‘lmasa, o‘tmishdosh-xujayralarni ishlatishni talab qiluvchi davolashning muqobil usullarini qo‘llashni ko‘rish kerak. Qonning periferik o‘zak xujayralari miqdorini baxolash Zarsioni qo‘llash fonida patsiyentlarda ishlab chiqarilishini jalb etilgan QPO‘X sonini baxolashda, miqdoriy aniqlash usuliga alohida e'tibor berish kerak. CD34+ xujayralar miqdori bo‘yicha oqimli-tsitometrik tahlil natijalari, tanlangan usulga qarab farqlanadi, va shuning uchun turli laboratoriyalarda tekshirishlar o‘tkazishda olingan natijalarni ehtiyotkorlik bilan interpretatsiya qilish kerak. Statistik tahlil, ximioterapevtik vositalarning yuqori dozalari qo‘llanganidan keyin, reinfuziyaga kiritilgan soni va trombotsitlar sonini tiklanish tezligi orasida murakkab, lekin turg‘un o‘zaro ta'sir mavjudligini ko‘rsatadi. CD34+ xujayra/kg ning minimal miqdori >2x109/l gematologik ko‘rsatgichlarni yetarli tiklanishiga olib keladi va chop etilgan ma'lumotlar asosida tavsiya etilgan. Ko‘rsatilgan qiymatdan ortiq CD34+ xujayralarning miqdori tezroq normallashish bilan birga kechadi, agar xujayralarning miqdori bu darajaga yetmasa, qon ko‘rsatgichlarining tiklanishi sekinroq yuz beradi. QPO‘X gi allogen transplantatsiyasini o‘tkazish oldidan sog‘lom donorlar QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish sog‘lom donorlar uchun bevosita klinik natijaga ega emas va faqat o‘zak xujayralarni allogen transplantatsiyasi maqsadida o‘tkazilishi mumkin. QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish gematologik ko‘rsatgichlarga va infektsion kasalliklarning mavjudligiga alohida e'tibor bilan, faqat o‘zak xujayralarni donorligi bo‘yicha standart klinik va laboratoriya mezonlariga muvofiq keluvchi donorlarga buyurilishi mumkin. Zarsioni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi 16 yoshgacha bo‘lgan va 60 yoshdan oshgan sog‘lom donorlarda o‘rganilmagan. Zarsioni buyurish va leykoferez o‘tkazishdan keyin o‘tkinchi trombotsitopeniya (trombotsitlarning miqdori <100x109/l) 35% donorlarda kuzatiladi. Ular orasida leykaferez o‘tkazilganidan keyin trombotsitlar miqdori <50x109/l bo‘lgan trombotsitopeniyaning 2 holati aniqlangan. Agar leykaferezning birdan ortiq seansini o‘tkazish talab qilinsa, ayniqsa trombotsitlar miqdori <100x109/l dan kam bo‘lgan donorlarning holatini sinchiklab nazorat qilish kerak; odatda, neytrofillar miqdori 75x109/l gacha bo‘lganida aferez tavsiya etilmaydi. Antikoagulyantlarni qabul qilayotgan yoki gemostazning buzilishlari bo‘lgan donorlarda leykaferez o‘tkazish mumkin emas. Agar leykotsitlarning miqdori >70x109/l dan oshsa Zarsioni bekor qilish yoki qo‘llanayotgan dozani pasaytirish kerak. QPO‘X ni ishlab chiqarilishini jalb etish uchun rchG-KSF qabul qilayotgan donorlarda, qonning klinik tahlilining xamma ko‘rsatgichlarini, ular normallashgunicha muntazam nazorat qilish kerak rchG-KSF qo‘llagan sog‘lom donorlarda, o‘tkinchi sitogenetik o‘zgarishlarning hollari aniqlangan. Bu ko‘rinishlarning ahamiyati noma'lum. Shunga qaramasdan, donorlarda xavfli miyeloid klonning rivojlanish xavfini istisno qilish mumkin emas. Aferez muolajasini o‘tkazuvchi Tibbiy markazlarga, uzoq muddatli davr davomida Zarsio qo‘llashni xavfsizligini monitoringi maqsadida, donorlar o‘zak xujayralarining holatini kamida 10 yil davomida muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Splenomegaliyaning tez-tez, asosan, simptomsiz hollari, shuningdek rchG-KSF qabul qilgan sog‘lom donorlar va patsiyentlarda taloqni yorilishini juda kam hollari haqida xam ma'lumotlar bor. Taloqning yorilishini ayrim hollari o‘lim bilan birga kechgan. Shuning munosabati bilan taloqning o‘lchamlarini sinchiklab nazorat qilish kerak (klinik ko‘rikda va UZI usuli bilan). Qorin bo‘shlig‘ining yuqori chap qismida yoki yelkaning yuqori qismida og‘riqlar bo‘lgan donorlar va/yoki patsiyentlarda taloqning yorilish xavfini hisobga olish kerak. Sog‘lom donorlarda nafas a'zolariga noxush ta'sirining (qon tufurish, o‘pkadan qon ketishi, o‘pkalarda infiltrativ o‘zgarishlar, xansirash va gipoksiya) juda kam hollari aniqlangan. Sanab o‘tilgan simptomlar borligiga gumon qilinganida Zarsioni keyingi qo‘llashni maqsadga muvofiqligini va muvofiq davolashni buyurish zaruratini ko‘rish kerak. Zarsio bilan rag‘batlantirilgan ishlab chiqarilishini jalb etishda olingan QPO‘X allogen retsipiyentlar Mavjud bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra, QPO‘X allogen transplantatni immunologik o‘zaro ta'siri, suyak ko‘migini transplantatsiyasi bilan solishtirganda o‘tkir va surunkali “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaktsiyasining rivojlanishini yuqoriroq xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Og‘ir surunkali neytropeniya (OSN) Qon xujayralarining soni Trombotsitlar sonini, ayniqsa Zarsio bilan davolashni birinchi haftasi davomida jiddiy nazorat qilish kerak. Agar patsiyentda trombotsitopeniya aniqlangan bo‘lsa, va tormbotsitlar soni uzoq vaqt davomida 199 000/mm3 dan kamni tashkil qilsa, qisqa muddatga Zarsioni bekor qilish yoki uning dozasini kamaytirish masalasini ko‘rish kerak. Sinchkov nazoratni talab qiluvchi, qon formulasining boshqa o‘zgarishlari ham bo‘lishi mumkin, shu jumladan anemiya va miyeloid o‘tmishdosh-xujayralar miqdorini o‘tkinchi oshishi. O‘tkir leykoz yoki miyelodisplastik sindromni rivojlanishi OSN o‘z vaqtida tashxisini amalga oshirish, va bu tashxisni aplastik anemiya, miyelodisplaziya va miyeloleykoz kabi qon yaratish tizimining boshqa o‘zgarishlaridan ajratish kerak. Davolashni boshlashgacha leykotsitar formula va trombotsitlar miqdorini aniqlash bilan umumiy klinik tahlil o‘tkazish, suyak ko‘migining morfologiyasi va kariotipni aniqlash kerak. Klinik tadqiqotlar vaqtida Zarsio qabul qilgan OSN bo‘lgan patsiyentlarning kam qismida (taxminan 3%) MDS yoki leykoz kuzatilgan. Bu natijalar faqat tug‘ma neytropeniyasi bo‘lgan patsiyentlarni kuzatishda olingan. MDS va leykoz bu OSN ning eng ko‘p uchraydigan asoratlari, va ularni Zarsio bilan davolash bilan aloqasi aniqlanmagan. Sitogenetik ko‘rsatgichlari dastlab o‘zgarmagan taxminan 12% patsiyentlarda takroriy tekshirishda o‘zgarishlar, shu jumladan 2 juft xromosomada monosmiya aniqlangan. Agar OSN bo‘lgan patsiyentda sitogenetik o‘zgarishlar paydo bo‘lsa, Zarsio bilan davolashni davom ettirishdan xavf va foyda darajasi nisbatini sinchiklab baxolash kerak; MDS yoki leykoz rivojlangan xolda Zarsio qo‘llashni bekor qilish kerak. Hozirgi vaqtda OSN bo‘lgan patsiyentlarda Zarsioni davomli qo‘llash sitogenetik buzilishlar, MDS yoki leykoz rivojlanishini qo‘zg‘atishi noma'lum. Suyak ko‘migini muntazam (taxminan har 12 oyda) morfologik va sitogenetik tekshirishlarini o‘tkazish tavsiya etiladi. Ehtiyotkorlikning boshqa choralari Tranzitor neytropeniyaning virusli infektsiyalar kabi sabablarini istisno qilish kerak. Taloqni kattalashishi, Zarsioni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan samara bo‘lishi mumkin. Klinik tadqiqotlar vaqtida 31% patsiyentlarda palpatsiya vaqtida splenomegaliya aniqlangan. Rentgenografiyada taloqning o‘lchamlarini kattalashishi Zarsioni qo‘llash boshlanganidan keyin tezda aniqlanadi va barqarorlashish tendentsiyasiga ega. Zarsioning dozasini kamaytirish taloqning o‘lchamlarini kattalashishini sekinlashtirishi yoki to‘xtatishi aniqlangan; 3% patsiyentlarda splenektomiyaning zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Klinik ko‘rikda taloqning o‘lchamlarini muntazam nazorat qilish kerak. Patsiyentlarning katta bo‘lmagan sonida gematuriya/proteinuriya kuzatilgan. Bu ko‘rinishlarni istisno qilish uchun muntazam siydikning umumiy tahlilini nazorat qilish kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va autoimmun neytropeniyasi bo‘lgan patsiyentlarda Zarsioni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. OITV infektsiyasi Zarsio qo‘llanganidan keyin splenomegaliyaning tez-tez hollari haqida xabar berilgan. Zarsio olayotgan va yuqori chap qorin bo‘shlig‘iv/yoki yelkadagi og‘riq haqida xabar bergan patsiyentlarni taloqni kattalashishi yoki taloqni yorilishiga tekshirish kerak. Qon xujayralarining soni Neytrofillarning mutloq sonini (NMS), ayniqsa Zarsio qo‘llashni birinsi haftasida, jiddiy nazorat qilish kerak. Ayrim patsiyentlarda Zarsioning boshlang‘ich dozasida NMS juda tez va ahamiyatli oshishi kuzatilishi mumkin. Preparatni qo‘llashni birinchi 2-3 kunlari davomida har kuni NMS o‘lchash tavsiya etiladi. Keyinchalik NMS birinchi 2 hafta davomida minimum haftada 2 marta va so‘ngra esa har haftada yoki tutib turuvchi davolashning xamma kursi davomida hafta oralatib tekshirish kerak. Zarsioni sutkada 30 mln.TB/kg (sutkada 0,300 mg) dozada qo‘llashda tanaffus qilinganida patsiyentda davolash vaqtida NMS ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilishi mumkin. Minimal NMS ni (nadirni) aniqlash maqsadida Zarsioni har bir qo‘llash oldidan qonning umumiy tahlilini nazoratini o‘tkazish tavsiya etiladi. Miyelosupressiv dori vositalarining yuqori dozalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan xavf Miyelosupressiv dori vositalarini qo‘llash fonida trombotsitopeniya va anemiya rivojlanishini oldini olish uchun Zarsio qo‘llanmaydi. Yuqoriroq dozalar yoki Zarsio bilan davolash bilan birga bir necha miyelosupressiv dori vositalari bir vaqtda qo‘llangan xolda, trombotsitopeniya va anemiya rivojlanishini xavfi oshadi. Muntazam qonning keng tahlilini nazorat qilish tavsiya etiladi. Infektsiyalar yoki o‘sma oqibatida miyelosupressiya rivojlanishi Neytropeniya opportunistik infektsiyalarda suyak ko‘migining shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ular mikobakterial kompleks kabi qo‘zg‘atuvchilar yoki xavfli o‘smalar, masalan, limfoma bilan chaqiriladi. Suyak ko‘migining yallig‘lanish kelib chiqishga ega bo‘lgan infiltrativ shikaslanishi yoki xavfli o‘smasi aniqlanganida, neytropeniyani davolash uchun Zarsioni qo‘llash bilan bir vaqtda, tashxis qilingan kasalliklarni muvofiq davolashni buyurish kerak. Suyak ko‘migining infektsion genezli shikastlanishi yoki xavfli o‘smasi bilan bog‘liq bo‘lgan neytropeniyani davolashda Zarsioni qo‘llashning samaradorligi aniqlanmagan. Ehtiyotkorlikning boshqa choralari Nafas a'zolariga noxush ta'sirini, xususan, rchG-KSF ni qo‘llash fonida interstitsial pnevmoniya rivojlanishini kam hollari haqida xabar berilgan. Yaqinda o‘pkaning infiltrativ kasalligini yoki pnevmoniyani o‘tkazgan patsiyentlar, yuqori xavfga ega bo‘lishlari mumkin. Yo‘tal, tana xaroratini oshishi va xansirash kabi simptomlarni paydo bo‘lishi, rentgenologik tekshirishda o‘pkaning infiltrativ shikastlanishini aniqlanishi va rivojlanib boruvchi nafas yetishmovchilishining belgilari bilan birga, kattalar respirator distress-sindrom (KRDS) borligini gumon qilish imkoniyatini beradi. KRDS aniqlanganida Zarsioni qo‘llash to‘xtatiladi va muvofiq davolash buyuriladi. Yondosh suyak patologiyasi va osteoporozi bo‘lgan patsiyentlarga, Zarsio davomli (6 oydan ko‘proq) qo‘llanganida suyak to‘qimasining zichligini mutazam nazorat qilish tavsiya etiladi. O‘roqsimonxujayrali kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda, ba'zida o‘lim bilan yakunlangan o‘tkir gemolitik krizning (o‘zgargan xujayralar sonini oshishi) rivojlanish hollari aniqlangan. O‘roqsimonxujayrali kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga Zarsioni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Suyak to‘qimasini dinamikada rengenografiyasida, o‘sish omili bilan davolashga javoban, suyak ko‘migining gemopoetik faolligini oshishi aniqlangan. Suyaklarning rentgenografiyasi natijalarini tahlilida bu ma'lumotlarni hisobga olish kerak. Yordamchi moddalar Zarsio sorbitol saqlaydi. Fruktozaning o‘zlashtiraolmaslik bilan muammolari bo‘lgan kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. rchG-KSF nazorati muolajasini yaxshilash uchun, patsiyentning kartochkasida yuborilayotgan preparatning nomini aniq yozish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davri Homiladorlikda Zarsioni qo‘llash tajribasi cheklangan. Filgrastimni yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi mumkinligidan dalolat beruvchi ko‘rsatmalar mavjud. Xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda filgrastimni qo‘llash teratogen ta'siri bilan birga kechmagan. Bola tashlashlar tez-tezligini oshishi aniqlangan, lekin homila anomaliyalarining rivojlanishi aniqlanmagan. Zarsioni homiladorlarga buyurishda, ona uchun kutilayotgan terapevtik samarani, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfni qiyoslab, foyda-xavf nisbatini sinchiklab baxolash kerak. Filgrastim yoki uning metabolitlarini ko‘krak sutiga o‘tishi aniqlanmagan. Shuning uchun Zarsioni laktatsiya davrida buyurishning zarurati bo‘lganida, emizishni to‘xtatish kerak. Dori vositasini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Zarsio transport vositalarni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz ta'sir ko‘rsatadi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlanishi va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Zarsioni dozasini oshirib borilishining keyingi ta'siri aniqlanmagan. Zarsio bilan davolashni to‘xtatish, aylanib yuruvchi neytrofillarni 1-7 kundan keyin normal darajaga qaytishi bilan, 1-2 kun davomida 50% ga pasayishiga olib keladi.
Chiqarilish shakli
0,5 ml dan eritma (30 mln. TB/0,5 ml yoki 48 mln. TB/0,5 ml) brombutil porshen va zanglamas po‘latdan bo‘lgan in'ektsion igna, shuningdek in'ektsiya o‘tkazilganidan keyin (ehtiyotsizlik bo‘yicha igna bilan ukol oqibatida jarohatni oldini olish uchun) igna uchun xavfsizlikni maxsus moslamasi bilan ta'minlangan, bir marta ishlatish uchun sig‘imi 1 ml rangsiz tiniq shisha shpritsda. Shpritslar kontur uyali o‘ramlarga joylanadi. 1 yoki 5 shpritsli kontur uyali o‘ramlar tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 2oS dan 8oS gacha haroratda (sovutgichda) saqlansin. Suyultirilgan eritma darhol qo‘llansin, 2oS dan 8oS gacha haroratda (sovutgichda) 24 soatgacha saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Sandoz GmbX, Avstriya Biochemiestrasse 10, A-6250 Kundl, Austria Qayd qilish guvoxnomasining egasi Sandoz GmbX, Avstriya Biochemiestrasse 10, A-6250 Kundl, Austria
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.