Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Muskomed in'ektsiya uchun eritma 4mg/2ml ampulalar №6
Muskomed in'ektsiya uchun eritma 4mg/2ml ampulalar №6
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тиоколхикозид
Страна производитель
Турция
Дозировка
4 мг/2 мл 2 мл
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Muskomed
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tiokolxikozid
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
Preparatning 1 ampulasi quyidagilarni saqlaydi
faol modda tiokolxikozid 4 mg.
yordamchi moddalar natriy xloridi, xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, och sariq rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Markaziy ta'sirga ega miorelaksant.
ATX kodi M03BX05
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Tiokolxikozid – kolxikozidning, miorelaksant faollikka ega bo‘lgan, yarim sintetik sulfid hosilasidir.
In vitro sharoitida o‘tkazilgan radiologik tadqiqotlarda, tiokolxikozid faqat A gamma-aminomoy kislotasi (GAMKa) ning retseptori va strixninga sezgir glitsin retseptori bilan bog‘langan. Avtoradiografik tadqiqotlarda, tiokolxikozid kalamushlarning asosan bosh miya ustuni va orqa miyasida bog‘langan 3N-strixninni siqib chiqarganligini ko‘rsatgan.
Nativ yoki rekombinant GAMKa retseptorlarda o‘tkazilgan elektrofiziologik tadqiqotlarda (potentsialni fiksatsiya qilish usuli yordamida), tiokolxikozid monoterapiya sifatida qo‘llanganida hech qanday noxush reaktsiyalar chaqirmasligi, biroq GAMK bilan induktsiyalangan xlor kanallariga antagonistik ta'sir qilishi ko‘rsatilgan.
Tiokolxikozid yosh (10 kunlikkacha bo‘lgan) kalamushlarda motoneyronlarning glitsin bilan induktsiyalangan kanallariga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
In vivo sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlarda, tiokolxikozid anesteziyadagi erkak quyonlarda strixnin bilan chaqirilgan mandibulyar refleksga antagonistik ta'sir qilishi ko‘rsatilgan. Olingan natijalar dori vositasining glitsinergik ta'sir mexanizmi xaqidagi gipoteza bilan muvofiq keladi.
Hayvonlarning modellarida tiokolxikozidning qorin bo‘shlig‘iga yuborilgan ikkita in'ektsiyasi spastik kalamushlarda tortishgan mushak reflekslarini pasaytirgan, qorin bo‘shlig‘iga 10 mg/kg, mushak ichiga 1 mg/kg va peroral 10 mg/kg dan yuborish esa normal kalamushlarda postsinaptik refleksni 60% ga pasaytirgan. Elektroentsefalografik tadqiqotlarda, tiokolxikozidni sedativ samara chaqirmasligi ko‘rsatilgan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng tiokolxikozid maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) davomida erishadi va 4 mg dozada yuborilganidan so‘ng 113 ng/ml ni va 8 mg dozasi yuborilganidan so‘ng 175 ng/ml ni tashkil etadi. AUC ko‘rsatkichining muvofiq qiymatlari muvofiq ravishda 283 ng·soat/ml va 417 ng·soat/ml ni tashkil etadi.
Farmakologik jihatdan SL18.0740 metaboliti ham dozasi qabul qilinganidan so‘ng 5 soatdan keyin Cmax 11,7 ng/ml da va AUC 83 ng·soat/ml da kichikroq kontsentratsiyalarda aniqlangan.
Nofaol SL59.0955 metaboliti bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Taqsimlanishi
Tiokolxikozidning taxminiy taqsimlanish hajmi 8 mg dori vositasi mushak ichiga yuborilganidan so‘ng taxminan 42,7 l ni tashkil etadi. Alohida metabolitlari bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilishi
Tiokolxikozid mushak ichiga yuborilganidan so‘ng yarim chiqarilish davri 1,5 soatni va plazma klirensi soatiga 19,2 l ni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 16 yoshdan boshlab o‘smirlarda tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkir og‘riqli mushak spazmlarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Muskomed preparati mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.
Maksimal sutkalik dozasi 4 mg (1 ampula) dan har 12 soatda yuborishni (sutkada 8 mg (2 ampulani)) tashkil etadi.
Davolashning davomiyligi 5 kungacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi.
Dozani oshirish va/yoki uzoq muddat davolashdan saqlanish kerak.
Bolalar
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan anafilaktik reaktsiyalar, masalan tez-tez emas – qichishish; kam hollarda – eshakemi; juda kam hollarda – gipotenziya; uchrash tezligi noma'lum – angionevrotik shish va anafilaktik reaktsiyalar, jumladan anafilaktik shok.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tez emas – terida allergik reaktsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez – uyquchanlik; kam hollarda – ajitatsiya va ongni chalkashishi, uchrash tezligi noma'lum – odatda mushak ichiga yuborilganidan so‘ng bir necha minut davomida amalga oshadigan vazovagal xushdan ketish bilan bog‘liq bo‘lgan yoki bog‘liq bo‘lmagan lohaslik, tirishishlar.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez – diareya, gastralgiya; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi, qusish; kam hollarda – jig‘ildon qaynashi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – jigarni dori vositalari ta'sirida shikastlanishi.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya aniqlanganida Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Preparatning istalgan komponentiga yuqori sezuvchanlikda;
• periferik falaj, mushaklar gipotoniyasi;
• homiladorlik;
• laktatsiya davri;
• kontratseptsiyadan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollar;
• 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dorilarning o‘zaro ta'siri yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tiokolxikozid tutqanoq bilan xastalangan patsiyentlarda yoki tutqanoq hurujlarini rivojlanish havfi bo‘lgan patsiyentlarda tirishishlarni chaqirishi mumkin.
Vazovagal xushdan ketish havfi orligi tufayli, in'ektsiyadan keyin patsiyent o‘zining ahvolini kuzatishi lozim.
Klinika oldi tadqiqotlarida, tiokolxikozidning metabolitlaridan biri (SL59.0955) organizmda maksimal tavsiya etilgan (sutkada 8 mg) dozada qabul qilinganida erishiladigan darajalardan uncha ko‘p bo‘lmagan ta'sir darajalarida aneuploidiya (bo‘linayotgan hujayralarda xromosomalarning sonini o‘zgarishi) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Aneuploidiya teratogenlik, embriotoksiklik/fetotoksiklik, ixtiyotsiz bola tashlash, shuningdek erkaklar fertilligini buzilishini aniqlangan rivojlanish havf omili hisoblanadi. Nazariy jihatdan shuningdek rakni rivojlanish havfi oshadi. Shuning uchun ehtiyotkorlik chorasi sifatida dozani oshirish va/yoki davolashni uzaytirishdan saqlanish kerak.
Homiladorlikda patsiyentlar potentsial havf borligi va samarali kontratseptsiya usullaridan foydalanish kerakligi xaqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Tiokolxikozidni qo‘llash bilan bog‘liq postmarketing hisobotlarda jigarni shikastlanganligi xaqida xabar berilgan. Og‘ir holatlar (masalan, yashin tezligida kechuvchi gepatit) tiokolxikozid bilan bir vaqtda nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar yoki paratsetamol qabul qilgan patsiyentlarda qayd etilgan. Jigarni shikastlanish simptomlari paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Preparat bir martalik dozasida 1 mmol (23 mg) dan kamroq miqdorda natriy saqlaydi, ya'ni deyarli saqlamaydi.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Homilador ayollarda tiokolxikozidni qo‘llash yuzasidan cheklangan ma'lumotlar mavjud. Embrion va homila uchun potentsial havf noma'lum. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda teratogen samaralari ko‘rsatilgan. Homiladorlik vaqtida va kontratseptsiyadan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollarda Muskomedni qo‘llash mumkin emas.
Laktatsiya davri
Tiokolxikozid ko‘krak sutiga o‘tganligi tufayli, laktatsiya davrida uni qo‘llash mumkin emas.
Fertillik
Kalamushlarda, fertillikni o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotda, preparat 12 mg/kg gacha bo‘lgan (ya'ni klinik samara kuzatilmaydigan dozalarda) dozalarda qo‘llanganida fertillikni yomonlashishi kuzatilmagan. Tiokolxikozid va uning metabolitlari turli kontsentratsiya darajalarida aneugen faollikni namoyon qiladi, bu odamda fertillikni pasaytiruvchi havf omili hisoblanadi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatni ta'siri yuzasidan ma'lumotlar yetarli emas.
Klinik tadqiqotlarda, tiokolxikozidni psixomotor funktsiyalarga hech qanday ta'sir ko‘rsatmasligi namoyish etilgan. Biroq uyquchanlikni kam holatlari xaqida xabar berilgan. Avtomobil yoki mexanizmlarni boshqarishda ushbu noxush reaktsiyani e'tiborga olish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Tiokolxikozid yuborilgan patsiyentlarda dozani oshirib yuborilish holatlari qayd etilmagan.
Davolash simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 2 ml dan rangsiz shisha ampulalarda. 6 ampula kontur uyali o‘ramlarda. 1 kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik sertifikatini egasi quyidagi kompaniya
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Romfarm Ilach San. ve Tidj. Ltd. Shti.», Turkiya
(Gazi Osman Pasha Maxallesi Cherkezkey Organize Sanayi Belgesi 5.
Djadde № 17, Cherkezkey/Tekirdag)
“Rompharm İlaç San. ve Tic. Ltd. Şti.”, Turkey
(Gazi Osman Paşa Mahallesi Ҫerkezköy Organize Sanayi Bölgesi 5.
Cadde No17, Çerkezköy/Tekirdağ).
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarning sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Evro Farm Biznes» MChJ HK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tum., Sh. Rustaveli ko‘ch., 120 uy
Telefon (+99871) 212-18-41, (+99871) 212-20-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.