Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Neyromidin in'ektsiya uchun eritma 1.5% 1ml №10
Neyromidin in'ektsiya uchun eritma 1.5% 1ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ипидакрин
Страна производитель
Литва
Дозировка
15 мг/мл 1 мл
Производитель
Олайнфарм, АО, Латвия произведено: Санитас
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для внутривенного и подкожного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Neyromidin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ipidakrin (ipidacrinum)
Dori shakli
mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml in'ektsiya uchun eritma 5 mg/ml ipidakrin gidroxloridi saqlaydi.
1 ml in'ektsiya uchun eritma 15 mg/ml ipidakrin gidroxloridi saqlaydi.
Yordamchi moddalar xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
antixolinesteraz vositalar.
ATX kodi N06DA05.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Neyromidin - xolinesterazaning qaytuvchan ingibitoridir. Preparat bevosita nerv-mushak sinapsida va markaziy nerv tizimida (MNT) membranalarning kaltsiy kanallarini bloklashi oqibatida, impulsning o‘tkazilishini rag‘batlantiradi. Neyromidin silliq mushaklarga nafaqat atsetilxolin mediatorining ta'sirini, balki adrenalin, serotonin, gistamin va oksitotsinning ta'sirini ham kuchaytiradi.
Neyromidin quyidagi farmakologik samaralarga ega
• nerv-mushak o‘tkazuvchanligini tiklaydi va rag‘batlantiradi;
• periferik nerv tizimida turli omillar ta'siri oqibatida (jarohat, yallig‘lanish, mahalliy anestetiklar, ayrim antibiotiklar, kaliy xloridi va boshqalarning ta'siri) buzilgan impulslarning o‘tkazilishini tiklaydi;
• barcha agonistlar ta'sirida, kaliy xlorididan tashqari, silliq mushakli a'zolarda qisqaruvchanlikni kuchaytiradi;
• alohida sedativ samaralarning ko‘rinishlari bilan majmuada MNT ni o‘rtacha rag‘batlantiradi;
• xotirani yaxshilaydi.
Preparat teratogen, embriotoksik, mutagen va kantserogen, shuningdek allergik va immunotoksik ta'sirlarga ega emas, endokrin tizimiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Teri ostiga va mushak ichiga yuborilganda qondagi maksimal kontsentratsiyasiga, yuborilgandan keyin 25-30 minutdan so‘ng erishiladi. Faol moddaning 40-55% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Neyromidin to‘qimalarga tezda kelib tushadi va barqarorlashish bosqichida qon plazmasida faol moddaning faqat 2% gina aniqlanadi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydi. Preparatning eliminatsiyasi buyrak orqali amalga oshiriladi. Yarim chiqarilish davri 40 minutni tashkil etadi. Neyromidin preparatining buyrak orqali ekskretsiyasi asosan buyrak naychalari sekretsiyasi yo‘li bilan va faqat preparatning 1/3 qismi kalavalar filtratsiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Preparatning dozasini 34,8%, preparat parenteral yuborilgandan keyin siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Periferik nerv tizimining kasalliklari (nevrit, polinevrit va polinevropatiya, poliradikulonevropatiya, miasteniya va turli etiologiyali miastenik sindrom); bulbar falajlar va parezlar; harakat buzilishlari bilan birga kechuvchi MNT ning organik shikastlanishlardagi tiklanish davri; demiyelinlovchi kasalliklarini kompleks davolash; turli kelib chiqishga ega bo‘lgan xotirani buzilishi (Altsgeymer kasalligi va qarilik natijasidagi aqli zaiflikni boshqa shakllari); ichak atoniyasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Neyromidin 5 mg/ml va 15 mg/ml in'ektsiya uchun eritmalari mushak ichiga yoki teri ostiga yuboriladi. Dozalari va davolash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasiga qarab shaxsiy ravishda belgilanadi.
Periferik nerv tizimining kasalliklari, miasteniya va miastenik sindrom mushak ichiga yoki teri ostiga – 1 ml 5 mg/ml – 1 ml 15 mg/ml in'ektsiya uchun eritma kuniga 1-2 marta yuboriladi.
Davolash kursi bir oydan ikki oygachani tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida davolash kursini, kurslari orasida 1-2 oylik tanaffus bilan bir necha marta takrorlash mumkin.
Nerv-mushak o‘tkazuvchanligining og‘ir buzilishlarida miastenik krizlarning oldini olish uchun qisqa muddat parenteral 1-2 ml (15-30 mg) Neyromidin® 15 mg/ml in'ektsiya uchun eritmasi yuboriladi, so‘ngra davolash Neyromidin 20 mg tabletkalari bilan davom ettiriladi, doza 20-40 mg (1-2 tabletka) gacha oshirilishi mumkin, kuniga 5-6 marta.
Bulbar falajalar va parezlar; MNT organik shikastlanishlarida tiklash davri 1 ml
5 mg/ml – 1 ml 15 mg/ml in'ektsiya uchun eritma kuniga 1-2 marta yuboriladi. Davolash kursi 15 kungacha, imkoniyati bo‘lganida preparatning tabletka shakliga o‘tiladi.
Kelib chiqishi turlicha bo‘lgan xotirani buzilishi (Altsgeymer kasalligi va keksalik aqli zaiflikni boshqa shakllari) dozasi va davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi, maksimal sutkalik doza ba'zida 200 mg yetishi mumkin, davolash kursi – bir oydan bir yilgachani tashkil etadi.
Agar Siz preparatning navbatdagi dozasini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, davolash kursini avval buyurilgan dozada davom ettiring. Zarurati bo‘lganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Nojo‘ya ta'sirlari
Boshqa dori vositalari kabi, Neyromidin xam nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin, ular barcha patsiyentlarda ham namoyon bo‘lmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlarning MedDRA (Meditsinskiy slovar terminologii reglamentarnoy deyatelnosti) tasnifi tizimi bo‘yicha tez-tezligi
Juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan 1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan 1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10 000 dan 1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000);
* - noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi).
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar tez-tez emas – bronxlardagi sekretni chiqarilishini kuchayishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar tez-tez emas, yuqori dozalar qo‘llangan hollarda – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, uyquchanlik, mushaklarni tirishishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar tez-tez – kuchli terlash, tez-tez emas, yuqori dozalar qo‘llangan hollarda – terida allergik reaktsiyalar (qichishish, toshma).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar tez-tez – so‘lak ajralishini kuchayishi, ko‘ngil aynishi; tez-tez emas, yuqori dozalar qo‘llangan hollarda – qusish; kam hollarda –epigastriyada og‘riq, ich ketishi.
Yuraktomonidan buzilishlar tez-tez – yurakni tez urib ketishi, bradikardiya.
So‘lak oqishi va bradikardiyani m-xolinoblokatorlar (atropin va boshq.) yordamida kamaytirish mumkin. Nojo‘ya samaralar namoyon bo‘lgan hollarda doza kamaytiriladi yoki preparatni qabul qilishda qisqa vaqt (1-2 kun) tanaffus qilinadi.
Agar davolash vaqtida ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya ta'sirlari paydo bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan nojo‘ya ta'sirlaridan birontasi juda kuchli ifodalansa, shifokorga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ipidakrin yoki preparatning yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Tutqanoq, giperkinezli ekstrapiramid kasalliklar, stenokardiya, yaqqol bradikardiya, bronxial astma, ichak tutilishi va/yoki siydik yo‘llarini tiqilib qolishi, vestibulyar buzilishlar, zo‘rayish bosqichidagi me'da yoki o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida qo‘llash mumkin emas.
Emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu haqida o‘z davolovchi shifokoringizni xabardor qiling.
Neyromidin markaziy nerv tizimini susaytiruvchi vositalar bilan majmuada sedativ samarani kuchaytiradi. Boshqa xolinestraza ingibitorlari va M-xolinomimetik vositalar bilan birga qo‘llanganida ta'siri va nojo‘ya samaralari kuchayadi. Myasthenia gravis li bemorlarda, agar Neyromidin boshqa xolinergik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llansa, xolinergik kriz rivojlanishini xavfi oshadi. Neyromidin preparati bilan davolanishdan oldin, agar -adrenoblokatorlar qo‘llangan bo‘lsa, bradikardiya rivojlanishini xavfi oshadi. Preparatni serebralizin bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.
Alkogol preparatning nojo‘ya ta'sirlarini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, tireotoksikozda, yurak-qon tomir tizimining kasalliklarida, shuningdek anamnezida nafas yo‘llarining kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga yoki nafas yo‘llarining o‘tkir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Pediatriya amaliyotida qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
Pediatriya amaliyotida qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Geriatriya amaliyotida qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
Keksa yoshdagi patsiyentlarda Neyromidinning noxush ta'siri yoki dozani pasaytirish zarurati to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan shaxslarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari
Jigar va buyrak faoliyatiga Neyromidinning noxush ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan shaxslarda dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.
Dori vositasini homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparat bachadon tonusini oshiradi va muddatidan oldin tug‘ish faoliyatini chaqirishi mumkin, shuning uchun homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Emizish davrida - qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Sedativ ta'siri kuzatilayotgan patsiyentlar, davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarishda yoki mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Neyromidin preparati bilan zaharlanishda yoki uning dozasi nisbatan oshirib yuborilganida darhol shifokorni chaqirish kerak.
Doza kuchli oshirib yuborilganida “xolinergik kriz” rivojlanishi mumkin.
Simptomlari bronxospazm, ko‘zlarni yoshlanishi, kuchli terlash, qorachiqlarni torayishi, nistagm, o‘z-o‘zidan ich kelishi va siyish, qusish, bradikardiya, aritmiyalar, arterial bosimni pasayishi, bezovtalik, xavotirlik, qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, ataksiya, tirishishlar, koma, nutqni noaniqligi, uyquchanlik va holsizlik. Simptomlari kuchsiz ifodalangan bo‘lishi mumkin.
Davolash simptomatik davolash qo‘llanadi, M-xolinblokatorlar atropin, siklodol, metatsin va boshqalar qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli
5 mg/ml yoki 15 mg/ml mushak ichiga va teri ostiga yuborish uchun eritma 1 ml dan neytral shisha ampulalarda, o‘ramda 10 ampula va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
va qayd qilish guvohnomasining egasi
«Olaynfarm» AJ.
Manzil Rupnitsa 5 ko‘ch., Olayne, LV-2114, Latviya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.