Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Yodofol tab. № 60
Nomi | Narx | |||||
Йодофол табл. № 60 (2300500##2 266) |
UZS 93 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Йодофол табл. № 60 (2300500##2 274) |
UZS 93 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Калия йодид, витамин В9
Страна производитель
Болгария
Дозировка
200 мкг/400 мкг
Производитель
World Medicine Limited, Великобритания произведено: Kendy Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Yodofol
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Kaliy yodid + folat kislotasi
Dori shakli
Tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 200 mkg kaliy yodid, 150 mkg yodga to‘g‘ri keladi, 400 mkg folat kislotasi;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, kremniy kislotasi, glyukoza, talk, magniy stearati.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Yod preparatlari folat kislotasi bilan majmuada.
ATX kodi H03C
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Yod qalqonsimon bez funktsiyasini normal kechishiga sabab bo‘ladi, gormonlari (tiroksin, triyodtironin) ning tarkibiga kiradi. Endemik buqoq, kreatinizmni rivojlanishini oldini oladi.
Folat kislotasini yetishmovchiligi xromosomalarni replikatsiyasi va bo‘linishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan hujayrada DNK sintezini izdan chiqaradi. Ta'sir mexanizmi nuklein kislotalar sintezida va hujayralarni bo‘linishida folat kislotasini tetragidrofolat shaklida ishtiroki bilan, shuningdek purin va pirimidinlar sintezida koenzim sifatida ishtiroki bilan ifodalangan, bu uni odamda tuxum hujayra urug‘langanidan so‘ng 15-28 kunida rivojlanadigan markaziy nerv tizimini shakllanishida hal qiluvchi omil qiladi. Folat kislotasi megaloblastlarni normal yetilishi va normoblastlarni hosil bo‘lishi uchun zarur. Uni yetishmovchiligi qon plazmasida aterosklerotik o‘zgarishlarning markeri hisoblangan gomotsisteinni to‘planishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetikasi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
• ayollarda homiladorlik rejalashtirilgan davrda, shuningdek homiladorlik va laktatsiya davrida yod va folat kislotasi tanqisligini oldini olish va to‘ldirish uchun;
• ona qornidagi davrda nerv tizimi, qo‘l-oyoqlar, yurakni rivojlanish nuqsonlarini oldini olish uchun;
• o‘smirlarda o‘sish va jinsiy yetilishni buzilishini oldini olish uchun;
• surunkali toliqish holati, xotirani buzilishida;
• periferik neyropatiyalarda;
• yod tanqisligi oqibatidagi buqoqni terapevtik davolashdan keyin qaytalanishlarni oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Yodofol ichga kuniga 1 tabletkadan ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlangandan keyin, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Preparatni qabul qilish kursining davomiyligi shifokor bilan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning faol moddalariga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda;
• gipertireozda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yodofol preparatini analgetiklar, tirishishga qarshi preparatlar, antatsidlar, kolestiramin, sulfanilamidlar, antibiotiklar, sitostatiklar bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki ular folat kislotasini o‘zlashtirilishini kamaytiradilar.
Yodofol kaliyni tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkaliyemiya rivojlanishi mumkin.
Yodofol preparati va litiy preparatlarini bir vaqtda qo‘llash buqoq va gipotireozni rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qalqonsimon bez kasalliklarida yoki yodning boshqa preparatlari ishlatilganida preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Yordamchi moddalar
Preparat tarkibida laktoza monogidrati va glyukoza saqlaydi. Fruktozani, galaktozani va boshqalarni o‘zlashtirolmaslik bilan xarakterlanuvchi, kam uchraydigan nasliy kasalliklar, masalan, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bilan xastalangan patsiyentlar ushbu dori preparatini qabul qilishlari mumkin emas.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homilador va emizikli ayollarga qo‘llash mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilish holatlari xaqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar. 30 tabletkadan blisterda. 1, 2 yoki 3 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.