Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Flyudar kaps. 150mg №1
Flyudar kaps. 150mg №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Флуконазол
Страна производитель
Индия
Дозировка
150 мг
Производитель
Twilight Litaka Pharma Ltd
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Flyudar
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) flukonazol
Dori shakli
vena ichiga infuziya uchun eritma
Tarkibi
Har 100 ml eritma saqlaydi
Flukonazol AQSh F.200 mg.
Natriy xloridi B.F900 mg.
In'ektsiya uchun suv B.F q.s.
Ta'rifi tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
zamburug‘larga qarshi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Flukonazol zamburug‘larning xujayra membranasida sterollar sintezining kuchli selektiv ingibitori hisoblanadi. Yetarli kontsentratsiyalarda tizimli qo‘llanganida flukonazol zambrug‘larning mikrosomal sitoxromning R-450 bog‘langan fermenti sterol 14-a-dimetilazani bloklaydi. Shu tariqa sitoplazmatik membrana uchun ergosterol biosentezini ingibirlaydi va 14-a-metilsterolazni to‘planishiga olib keladi. Metilsterolazalar atsil-fosfolipid bog‘larini buzishi mumkin, fermentlarning ayrim membranaga bog‘liq tizimi faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va shu yo‘l bilan zamburug‘lar o‘sishini susaytiradi.
Flukonazolga Candida spp., Cryptococcus spp., Microsporum spp. va Trichophyton spp. ko‘proq sezgir hisoblanadi. Shuningdek Flukonazol Blastomyces dermatitidis, Coccidioides immitis (shu jumladan va bosh miya ichki infektsiyalari) va Histoplasma capsulatum chaqirgan endemik mikozlarda ham faoldir.
Farmakokinetikasi
Flukonazol vena ichiga yuborilganida organizmning to‘qima va suyuqliklarga yaxshi kiradi. Plazmadagi preparatning kontsentratsiyasi yuborilgan dozaga to‘g‘ri proportsionaldir. Yarim chiqarilish davri 30 soatni tashkil etadi. Flukonazol organizmning to‘qima va a'zolarida keng taqsimlanadi. Ko‘krak suti, bo‘g‘im suyuqligi, so‘lak, balg‘am, vaginal suyuqlik va peritoneal suyuqlikda uning kontsentratsiyasi qon plazmasidagi kontsentratsiyasi bilan bir xildir. Orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi miya qobig‘ining yallig‘lanishidan qat'iy nazar, qon plazmasiga nisbatan 50-90% tashkil qiladi. Shox qavatda, epidermis, derma va terda kontsentratsiyasi, qon plazmasidagi kontsentratsiyadan ancha yuqori kontsentratsiyalarga erishiladi. Flukonazol terining shox qavatida to‘planadi va uzoq muddat saqlanadi. Asosan buyrak orqali chiqariladi, yuborilgan dozaning taxminan 80 % o‘zgarmagan holatda siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Flyudar quyidagi kasalliklarda qo‘llanadi
• Kriptokokkoz kriptokokkli meningit, o‘pka va terining kriptokokkli infektsiyalari, OITS bo‘lgan bemorlarda, a'zolarni ko‘chirib o‘tkazishda yoki immuntanqislikning boshqa holatlarida kriptokokkozlarni qaytalanishini oldini olish uchun.
• Vaginal kandidoz.
• Orofaringeal va ezofageal kandidoz.
• Tizimli kandidoz kandidemiya, tarqalgan disseminatsiyalangan kandidomikoz va invaziv kandidozli infektsiyalarining boshqa shakllari (qorin bo‘shlig‘i, endokard, ko‘z, nafas va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari);
• Teri mikozlari, shu jumladan panja, tana va chov sohalarining mikozlari.
• Kepaksimon temiratki
• Onixomikoz
• Chuqur mikozlar, shu jumladan koktsidioidoz, sporotrixoz, immuniteti normal bo‘lgan bemorlarda gistoplazmozda qo‘llanadi.
Flukonazol shuningdek kimyoterapiya va/yoki nur bilan davolanayotgan xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda zamburug‘li kasalliklarni oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Flukonazol vena ichiga tomchilab kamida soatiga 20 mg tezlik bilan sutkada bir marta qo‘llaniladi.
Flukonazolning sutkalik dozasi infektsiyaning xarakteri va og‘irligiga bog‘liq.
Davolashni muddatidan oldin to‘xtatish retsidivga olib keladi.
Kattalar
Orofaringeal kandidoz preparatning yuklama sutkalik dozasi sutkada 1 marta 200 mg ni tashkil qiladi, tutib turuvchi dozasi – sutkada 100 mg. Davolash kursi 7-14 kun. Zarurati bo‘lganida immuniteti yaqqol pasaygan bemorlarda davolash uzoqroq davom etishi mumkin.
Ezofageal kandidoz preparatning yuklama sutkalik dozasi sutkada 1 marta 200 mg ni tashkil qiladi, tutib turuvchi doza – sutkada 100 mg. Klinik samara yetarli bo‘lmaganida doza sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash kursi kamida uch haftani tashkil qiladi.
Yoyilgan kandidoz, shu jumladan kandidemiya, disseminatsiyalangan kandidoz va kandidoz infektsiyasining boshqa shakllari (shu jumladan qorin pardasi, endokard, ko‘z, nafas va siydik yo‘llarining kandidozi) davolashning birinchi kuni 400 mg, so‘ngra sutkada 200 mg dan buyuriladi. Klinik samarasi yetarli bo‘lmaganida preparatning dozasi sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi preparatning klinik samaradorligiga bog‘liq.
Kriptokokkoz, shu jumladan kriptokokkli meningit va boshqa sohada (masalan, o‘pka, terida) joylashgan infektsiyalar birinchi kuni – 400 mg, so‘ngra esa – 200-400 mg sutkada 1 marta. Kriptokokkli infektsiyalarni davolash davomiyligi klinik va mikologik samarani bo‘lishiga bog‘liq. Kriptokokkli meningitni davolash kursi orqa miya suyuqligida kriptokokklarni unib chiqishi to‘xtaganidan keyin hech bo‘lmaganda 10-12 hafta.
Orttirilgan immuntanqisligi sindromi (OITS) bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli meningitning qaytalanishlarini oldini olish uchun birlamchi davolash kursi to‘liq yakunlanganidan keyin flukonazol bilan davolashni sutkada 200 mg dozada uzoq muddat davom ettirish mumkin.
Xavfli o‘smalari yoki suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan, sitotoksik kimyoterapiya yoki nur bilan davolash natijasida bunday infektsiyalarning rivojlanishiga moyil bo‘lgan bemorlarda zamburug‘li infektsiyalarni oldini olish yoyilgan infektsiyaning xavfi yuqori bo‘lganida, masalan, kutilayotgan yaqqol yoki uzoq muddat saqlanuvchi neytropeniyasi bo‘lgan bemorlarda, tavsiya qilinadigan doza sutkada 1 marta 400 mg ni tashkil qiladi. Flukonazol kutilayotgan neytropeniyani paydo bo‘lishidan bir necha kun oldin buyuriladi; neytrofillarning soni 1000/mkl dan ko‘proq oshganidan keyin davolash yana 7 sutka davomida davom ettiriladi.
Bolalar
Preparatni sutkalik dozasi kattalarga buyuriladigan sutkalik dozalardan oshmasligi kerak.
Flyudar har kuni sutkada 1 marta qo‘llanadi.
Pediatriya amaliyotidagi dozalari kattalarning dozalariga quyidagi algoritm bo‘yicha ekvivalent
Pediatrik dozaKattalarning dozasi
3 mg/kg100 mg
6 mg/kg200 mg
12 mg/kg400 mg
Hayotining birinchi haftasidagi bolalarga mo‘ljallangan maksimal doza har 72 soatda buyurilib, 12 mg/kg ni tashkil qiladi. Hayotining 3 va 4 haftalari orasida bo‘lgan bolalar uchun maksimal doza, har 48 soatda buyurilib, 12 mg/kg ni tashkil qiladi.
Orofaringeal kandidozda birinchi kuni 6 mg/kg bo‘lgan zarb doza buyurilishi mumkin, flukonazolning tutib turuvchi dozasi sutkada 3 mg/kg ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi 2 haftadan kam bo‘lmasligi kerak.
Ezofageal kandidoz preparatning yuklama sutkalik dozasi 6 mg/kg sutkada 1 martani tashkil qiladi, tutib turuvchi doza – sutkada 3 mg/kg. Klinik javob yetarli bo‘lmaganida doza sutkada 12 mg/kg gacha oshirilishi mumkin. Davolash kursi kamida uch hafta.
Yoyilgan kandidozni davolash uchun tavsiya qilingan doza kasallikning og‘irligiga qarab, sutkada 6-12 mg/kg ni tashkil qiladi.
Kriptokokkli meningit va boshqa sohalarda joylashgan kriptokokkli infektsiyalar birinchi kuni – o‘rtacha 12 mg/kg, so‘ngra – 6-12 mg/kg dan sutkada 1 marta. Kriptokokkli infektsiyalarini davolashning davomiyligi klinik va mikologik samarani bo‘lishiga bog‘liq. Kriptokokkli meningitni davolash kursi orqa miya suyuqligidan kriptokokklarni unib chiqishi to‘xtaganidan keyin kamida 10-12 hafta davom ettiriladi.
OITS bo‘lgan bemorlarda kriptokokkli meningitning qaytalanishlarini oldini olish uchun flukonazol bilan birlamchi davolash kursi to‘liq yakunlanganidan keyin, davolashni sutkada 6 mg/kg dozada juda uzoq muddat davomida davom ettirish mumkin.
Keksa yoshli patsiyentlarda buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lmaganida Flyudar odatdagi dozalash tartibiga muvofiq qo‘llanadi.
Flukonazolni buyrak faoliyatini buzilishida qo‘llanishi
Preparat bir marta qo‘llanganida dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Davolash kursini o‘tkazishda birinchi (zarb) doza 50 dan 400 mg gachani tashkil qiladi. So‘ngra preparatning dozasi yoki qo‘llashlar sonini kreatinin klirensiga qarab o‘zgartirish kerak, xususan
Kreatinin klirensi ml/minFlukonazolning sutkalik dozasi
>50100%
≤50 (dializ yo‘q)50%
Muntazam dializ100% har dializdan keyin
Flyudar, infuziya uchun eritma quyidagi erituvchilar bilan mutanosib 20% li glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi, Xartman eritmasi, glyukozadagi kaliy xloridi eritmasi, 4,2% li natriy bikarbonat eritmasi, natriy xloridining izotonik eritmasi.
Yaqqol nomutanosib bo‘lmasligiga qaramasdan, preparatni boshqa infuzion eritmalar bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi.
Flakondagi dori preparatining ishlatilmagan qoldiqlarini amaldagi ko‘rsatmalarga muvofiq yo‘qotish kerak, ularni keyinchalik ishlatish uchun saqlash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, qorinda og‘riq, kam – jigar faoliyatining buzilishi (skleralarning sariqligi, sariqlik, giperbilirubinemiya, ALT, AST va IF faolligini oshishi)
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, haddan ziyod toliqish, kam – tirishishlar.
Qon yaratish a'zolari tomonidan kam – leykopeniya, trombotsitopeniya (qon ketishlari, petexiyalar), neytropeniya, agranulotsitoz.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, kam – ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaktsiyalar.
Boshqalar kam – buyrak faoliyatini buzilishlari, alopetsiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliyemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Flukonazolga yoki tuzilishi bo‘yicha azol birikmalariga yaqin bo‘lgan preparatlarga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Flukonazolni fenitoin, zidovudin, rifobutin, siklosporin va varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ularning qon plazmasidagi darajasi oshadi. Flukonazol teofillin va peroral kontratseptivlarning metabolizmini biroz o‘zgartiradi. Rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganida flukonazolning yarim chiqarilish davrini qisqarishi kuzatiladi.
Flukonazol antigistamin vositalarining (astemizol, terfenadin), qisqa ta'sir davriga ega bo‘lgan benzodiazepinlar guruxiga kiruvchi anksiolitiklar (midazolam, triazolam); rifabutin, sizaprid, fenitoin, zidovudin, takrolimus, siklosporinning farmakologik ta'sirini kuchaytiradi; teofillinning yarim chiqarilish davrini uzaytiradi va intoksikatsiyani rivojlanish xavfini oshiradi, bu uning dozasini to‘g‘rilashni talab qiladi.
Gidroxlortiazid plazmada flukonazolning kontsentratsiyasini oshiradi, rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasidan flukonazolning yarim chiqarilish davrining pasayishi kuzatiladi.
Flukonazol sulfonilmochevina hosilalari (glibenklamid, glipizid, tolbutamid) – peroral gipoglikemik dori preparatlarining qon plazmasidagi kontsentratsiyasi darajasini, shuningdek yarim chiqarilish davrini oshiradi. Bu dori preparatlari bir vaqtda qo‘llanganida, gipoglikemiyani rivojlanishini oldini olish uchun qondagi qand darajasini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Flukonazol homilaga qarshi peroral dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida gormonlarning (estradiol, levonorgestrel, noretidron) kontsentratsiyasi darajasi o‘zgarib turishi mumkin, bu dori preparatlari bir vaqtda buyurilganida mumkin bo‘lgan nojo‘ya simptomlarini rivojlanishini oldini olish uchun, patsiyentlarning holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Kumarin antikoagulyantlarining samaradorligini oshiradi, protrombin vaqti oshishi mumkin, shuning uchun qon ketishlari (gematomalar, burun va me'da ichak yo‘llaridan qon ketishlar, gematuriya, melena) rivojlanishi mumkin.
Flukonazol va amfoteritsin V bir vaqtda buyurilganida ularning ta'sirini antagonistik xarakterga ega ekanligini hisobga olish kerak, lekin amalda o‘zaro ta'sirning natijasi qaysi moddani oldin qabul qilinishi va patogen zamburug‘ning turi bilan belgilanadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Flukonazolni yaqqol jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda extiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Ekish va boshqa laborator tekshiruvlarni natijalarini olgunga qadar, davolashni boshlash mumkin. Biroq ushbu tekshiruvlarning natijalari ma'lum bo‘lgandan keyin, infektsiyaga qarshi davolashni muvofiq tarzda to‘g‘rilash lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan hollarda simptomatik davolash (shu jumladan tutib turuvchi choralar va me'dani yuvish) adekvat samara berishi mumkin. Flukonazol asosan buyrak orqali chiqariladi va shu sababli jadallashtirilgan diurez, ehtimol preparatni chiqarilishini tezlashtirishi mumkin. Gemodializning uch soatli muolajasidan so‘ng plazmada flukonazolning kontsentratsiyasi taxminan 50% ga kamayadi.
Chiqarilish shakli
100 ml dan 0,2% eritma flakonlarda.
Saqlash sharoiti
5-25ºS haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin. Haddan ziyod yuqori haroratdan saqlash lozim.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Twilight Litaka Pharma Limited, Hindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.