Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Oksaliplatin Ebeve infuziya uchun eritma 100mg/20ml (fl)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Оксалиплатин
Страна производитель
Австрия
Дозировка
100 мг/20 мл
Производитель
Ebewe Pharma GmbH, Австрия произведено: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg.KG
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Концентрат для приготовления раствора для инфузий
Ko'rsatmalar
1. DORI VOSITASINING NOMI
Oksaliplatin Ebeve®
infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat (5 mg/ml).
2. MIQDOR VA SIFAT TARKIBI
1 ml da 5 mg oksaliplatin saqlanadi
10 ml kontsentratli bir flakonda 50 mg oksaliplatin saqlanadi.
20 ml kontsentratli bir flakonda 100 mg oksaliplatin saqlanadi.
30 ml kontsentratli bir flakonda 150 mg oksaliplatin saqlanadi.
40 ml kontsentratli bir flakonda 200 mg oksaliplatin saqlanadi.
Yordamchi moddalarning to‘liq ro‘yxati 6.1-bo‘limda keltirilgan.
3. DORI ShAKLI
Infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat.
Tiniq, rangsiz yoki och-sariq eritma, rN 4,0-6,0.
4. KLINIK XARAKTERISTIKALARI
4.1.
Qo‘llanilishi
Oksaliplatin 5-ftoruratsil (5-FU) va folin kislotasi (FA) bilan majmuada quyidagilar uchun ko‘rsatilgan
• Yo‘g‘on ichakning III bosqichdagi (Dyuk bo‘yicha - S bosqich) rakini birlamchi o‘smani tubdan olib tashlagandankeyin ad'yuvant davolashda.
• Metastatik kolorektal rakini davolashda.
4.2.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalari
FAQAT KATTALAR UChUN
Ad'yuvant davolashda oksaliplatinning tavsiya etilgan dozasi 85 mg/m2 ni tashkil qiladi.
Preparat vena ichiga, har 2 haftada, 12 sikllar davomida (6 oy) yuboriladi.
Metastatik kolorektal rakini davolashda oksaliplatinning tavsiya etilgan dozasi
85 mg/m2 ni tashkil qiladi. Preparat vena ichiga xar 2 haftada yuboriladi.
Preparatning o‘zlashtirilishiga muvofiq dozani tanlash kerak (4.4-bo‘limga qarang).
Oksaliplatin dozasi 250-500 ml gacha hajmda 5% li glyukoza eritmasida eritib aralashtirilganidan keyin (ya'ni glyukozaning 50 mg/ml kontsentratsiyasida) (2-6 soat davomida) vena ichiga tomchilab yuboriladi. Shunday qilib olingan oksaliplatin eritmasining kontsentratsiyasi 0,2-0,7 mg/ml ni tashkil qiladi, uni 85 mg/m2 dozada klinika ishlatishda maksimal kontsentratsiya 0,7 mg/ml ni tashkil qiladi.
Oksaliplatin doimo ftorpirimidinlarni (ya'ni 5-ftoruratsilni) yuborishgacha yuborilishi kerak.
Oksaliplatin asosan ximioterapiya tartiblari bilan majmuada ishlatiladi, ularda 5-ftoruratsilni tomchilab yuborish ko‘zda tutilgan. 5-ftoruratsilni 2 haftada 1 marta yuborish ko‘zda tutilgantartiblar ishlatilganda, uni majmuaviy tomchilab yokibolyusli yuborish amalga oshiriladi.
Alohida guruh patsiyentlarda ishlatish
Buyraklar faoliyatini buzilishi
Buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlarida oksaliplatinni ishlatish tekshirilmagan (4.3-bo‘limga qarang).
O‘rtacha og‘irlikdagi buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda standart dozalar ishlatilishi mumkin (4.4-bo‘limga qarang).
Buyraklar faoliyatini yengil buzilishida oksaliplatinning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar faoliyatiini turli og‘irlikdagi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar ishtirokidagi 1 faza tekshirishlarda, gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlarning tez-tezligi va og‘irligini, jigar shikastlanishini kuchayib borishi va uning faoliyatini buzilishini dastlabki yaqqollik darajasiga bog‘likligi ko‘rsatilgan. Klinik tekshirishlar jarayonida jigarning funktsional sinamalarining patologik o‘zgarishlarida dozani maxsus o‘zgartirish o‘tkazilmagan.
Keksa yoshli patsiyentlar
65 yoshdan oshgan patsiyentlarda oksaliplatin monoterapiyada yoki 5-ftoruratsil bilan majmuada ishlatilganida og‘ir toksiklik tez-tezligini oshishi kuzatilmagan. Shuning uchun keksa yoshli patsiyentlarda dozani maxsus o‘zgartirish talab qilinmaydi.
Bolalar
Oksaliplatinni bolalarda qo‘llashgako‘rsatmalar aniqlanmagan. Solid o‘smalari bo‘lgan bolalardagi monoterapiyada oksaliplatinning samaradorligi aniqlanmagan (5.1-bo‘limga qarang).
Yuborish usuli
Qo‘llash oldidan kontsentratni suyultirish kerak.
Olingan eritma vena ichiga tomchilab yuboriladi.
Yuborish oldidan patsiyentni gipergidratatsiyasi talab qilinmaydi.
Oksaliplatin 250-500 ml 5% li glyukoza eritmasida oksaliplatinning 0,2 mg/ml dan kam bo‘lmagan kontsentratsiyasini olish uchun eritiladi. Olingan eritma markaziy yoki periferik venaga 2-6 soat davomida yuborilishi kerak.
Oksaliplatin doimo 5-ftoruratsildan oldin yuborilishi kerak.
Faqat ko‘rinadigan zarrachalar saqlamaydigan tiniq eritma ishlatilsin.
Ekstravazatsiya holida yuborishni darhol to‘xtatish kerak.
4.3.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Oksaliplatinni patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas
• Anamnezda oksaliplatinga yoki preparatning xar qanday yordamchi moddalarigao‘ta yuqori sezuvchanlikda.
• Emizuvchi ayollarda.
• Miyelosupressiyaga duchor bo‘lganlarda davolashning birinchi kursini boshlashdan oldin, neytrofillarning dastlabki <2 x 109/l va/yoki trombotsitlarning <100 x 109/l darajasidan past bo‘lishi.
• Birinchi kursni boshlashdan oldin funktsional buzilishlar bilan periferik sensor neyropatiya bo‘lganida.
• Buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lganida (kreatinin klirensi minutiga
30 ml dan kam).
4.4. Maxsus ogoxlantirishlar va extiyotkorlik choralari
Oksaliplatinni faqat ixtisoslashtirilgan onkologik bo‘limlarda va faqat tajribali onkologning kuzatuvi ostida qo‘llash kerak.
Buyraklar faoliyatini buzilishi
Buyraklar faoliyatini o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotning cheklanganligi tufayli, bunday vaziyatda preparatni ishlatish masalasi faqat har bir patsiyent uchun foyda va xavflar nisbati adekvat baholanganidan keyin ko‘rilishi kerak.
Bunday vaziyatda buyraklar faoliyatini sinchiklab nazorat qilish va patsiyentdagi uning toksiklik ko‘rinishlarining yaqqolligiga muvofiq preparatning dozasini korrektsiya qilish kerak.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Patsiyentning anamnezida platinaning har qanday preparatlariga allergik reaktsiyalar bo‘lgan patsiyentlarni alohida kuzatuvini ta'minlash kerak. Anafilaksiya ko‘rinishlari rivojlanganida infuziyani darhol to‘xtatish va adekvat simptomatik davolashni boshlash kerak. Bunday patsiyentlarga oksaliplatinni qayta yuborish mumkin emas. Platinaning barcha preparatlari ishlatilganida, ayrim hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi qarama-qarshi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalar aniqlangan.
Ekstravazatsiyada oksaliplatinni yuborishni darhol to‘xtatish va odatdagi mahalliy simptomatik davolashni boshlash kerak.
Neyrotoksiklik
Oksaliplatinning nevrologik toksikligini sinchiklab nazorat qilish kerak, ayniqsa u boshqa neyrotoksik dori vositalari bilan birga qo‘llanganida. Preparatni har bir yuborish oldidan va keyinchalik vaqti-vaqti bilan nevrologik tekshirish o‘tkazilishi kerak.
Agarda patsiyentda infuziya vaqtida yoki infuziya yakunlanganidan keyingi bir necha soat o‘tgach o‘tkir xalqum va/yoki tomoq dizesteziyasi rivojlansa (4.8-bo‘limga qarang), unda preparatning keyingi infuziyalari 6 soatni tashkil qilishi kerak.
Periferik neyropatiya
Nevrologik simptomlar rivojlanganida (paresteziyalar, dizesteziyalar), bu simptomlarning davomiyligi va og‘irligini hisobi bilan oksaliplatinning dozasini quyidagicha to‘g‘rilash tavsiya etiladi
• Agarda simptomlar 7 kundan ortiq davom etsa va patsiyentni bezovta qilsa, keyingi yuborishlarda oksaliplatinning dozasini 85 dan 65 mg/m2 gacha (kasallikning metastatik fazasini davolashda) yoki 75 mg/m2 gacha (ad'yuvant davolash xolida) pasaytirish kerak.
• Agarda paresteziya funktsional buzilishlarsiz keyingi siklgacha saqlansa, keyingi yuborishlarda oksaliplatinning dozasini 85 dan 65 mg/m2 gacha (kasallikning metastatik davolashda) yoki 75 mg/m2 gacha (ad'yuvant davolash xolida) pasaytirish kerak.
• Agarda paresteziya funktsional buzilishlar bilan keyingi siklgacha saqlansa, unda oksaliplatinni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
• Agarda yuqorida ta'riflangan Oksaliplatin bilan davolash to‘xtatilganidan keyin bu simptomlarning og‘irligi kamaysa, uni ishlatishni qayta tiklash masalasini ko‘rish mumkin.
Davolash tugatilganidan keyin turg‘un periferik sensor neyropatiya rivojlanishi mumkinligi haqida patsiyentlarni xabardor qilish kerak. Ad'yuvant davolash holida, o‘rtacha og‘irlikdagi ma'lum joydagi paresteziya funktsional faollikka salbiy ta'sir qilishi mumkin, u ad'vant davolash yakunlanganidan keyin 3 yil davomida saqlanishi mumkin.
Qaytuvchi orqa leykoentsefalopatiya sindromi (QOLS)
Majmuaviy ximioterapiya tarkibida oksaliplatin olayotgan patsiyentlarda, qaytuvchi orqa leykoentsefalopatiya sindromi (QOLS) rivojlanish xollari aniqlangan. Ushbu sindrom kamdan-kam uchrovchi, qaytuvchi, tez rivojlanuvchi nevrologik buzilish bo‘lib, u tirishishli xurujlar, arterial gipertenziya, bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi, ko‘rlik va boshqa ko‘ruv va nevrologik buzilishlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin (“Noxush samaralari” 4.8-bo‘limiga qarang). QOLS tashxisi bosh miyani nurli tekshirishlar, asosan magnit-rezonans tomografiya (MRT) ma'lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, degidratatsiya
Oksaliplatinning me'da-ichak yo‘llari tomonidan toksik samaralarini (xususan, ko‘ngil aynishi va qusish) oldini olish yoki davolash maqsadida qusishga qarshi vositalarni ishlatishni talab qiladi (“Noxush samaralari” 4.8-bo‘limiga qarang).
Og‘ir diareya/qusish, xususan oksaliplatinni 5-ftoruratsil bilan majmuada qo‘llash fonida, suvsizlanish, falajli ichak o‘tkazmasligi, ichakni obstruktsiyasi, gipokaliyemiya, metabolik atsidoz va buyrak yetishmovchiligining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Gematologik o‘zgarishlar
Gematologik toksiklik (neytrofillar <1,5 x 109/l yoki trombotsitlar <50 x 109/l miqdorini pasayishi) rivojlangan holda, gematologik ko‘rsatgichlar to‘g‘ri keladigan darajalarga ko‘tarilmagunicha keyingi davolash kursini kechiktirish kerak. Davolashni boshlashgacha va barcha keyingi sikllar oldidan leykoformulani xisoblash bilan qonning kengaytirilgan umumiy taxlilini o‘tkazish kerak.
Patsiyentlar oksaliplatin va 5-ftoruratsil yuborilganidan keyin diareya/qusish, mukozit, stomatit va neytropeniya paydo bo‘lishi mumkinligi va ular rivojlanganida adekvat davolashni o‘tkazish maqsadida darxol davolovchi shifokorlari bilan bog‘lanish kerakligi haqida yetarlicha xabardor qilingan bo‘lishlari kerak.
Mukozit/stomatit rivojlanganida (neytropeniya bilan yoki usiz) davolashning keyingi siklini mukozit/stomatitning simptomlari 1-nchi darajaga yoki kamga pasaygunicha va/yoki neytrofillarning miqdori ≥1,5 x 109/l gacha oshmagunicha kechiktirish kerak.
Oksaliplatin 5-ftoruratsil (shuningdek folin kislotasi bilan yoki usiz) majmuada qo‘llanganida, toksiklik ko‘rinishlari rivojlanganida 5-ftoruratsil dozani to‘g‘rilashni odatdagi tamoyillariga amal qilish kerak.
4-darajali diareya, 3-4-darajali neytropeniya (neytrofillar miqdorini <1,5 x 109/l pasayishi), 3-4-darajali trombotsitopeniya (trombotsitlar miqdorini <50 x 109/l pasayishi) rivojlanganida, mumkin bo‘lgan 5-ftoruratsilning dozasini pasaytirish bilan birga shuningdek oksaliplatinning dozasini 85 mg/m2 dan 65 mg/m2 gacha (kasallikning metastatik fazasini davolashda) yoki 75 mg/m2 gacha (ad'yuvant davolashda) pasaytirish kerak.
O‘pkalar tomonidan buzilishlar
Nafas tomonidan tushuntirib bo‘lmaydigan simptomlar rivojlanganida, xususan, mahsulotsiz yo‘tal, dispnoe, xirillishlar yoki nurli tekshirishlarning ma'lumotlari bo‘yicha infiltratlar rivojlanganida, o‘pkalarning keyingi tekshirishlari davomida o‘pkalarning interstitsial kasalliklari istisno qilinmagunicha, oksaliplatinni bekor qilish kerak (“Noxush samaralari” 4.8-bo‘limiga qarang).
Jigar tomonidan buzilishlar
Jigarning funktsional sinamalarining patologik o‘zgarishlari yoki portal gipertenziya rivojlanganida, u jigar metastazlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, juda kam uchraydigan jigar tomirlarini shikastlanishini istisno qilish kerak.
Homiladorlik davrida qo‘llanishi
Oksaliplatinni homiladorlik davrida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar 4.6-bo‘limda keltirilgan.
Fertillikka ta'siri
Klinikagacha bo‘lgan tekshirishlarda oksaliplatinda genotoksik potentsial borligi ko‘rsatilgan. Shuning uchun preparat olayotgan erkaklarning ayol jinsiy sheriklariga, davolash kursi davomida va u yakunlanganidan keyin 6 oygacha davomida homiladorlik yuz berishidan saqlanish, shuningdek davolanish boshlangunicha urug‘ suyuqligini konservatsiya qilish bo‘yicha maslaxat olish tavsiya etiladi, chunki oksaliplatin fertillikka qaytmas salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Ayollar oksaliplatin bilan davolanish vaqtida, kontratseptsiyaning samarali usullarini ishlatib, homiladorlikdan saqlanishlari kerak (4.6-bo‘limga qarang).
Immunosupressiya va infektsiyalarga moyillikni oshishi
Ximioterapiya, shu jumladan oksaliplatin olayotgan immuniteti pasaygan patsiyentlarga tirik yoki kuchsizlantirilgan vaktsinalarni yuborish og‘ir yoki halokatli infektsiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Oksaliplatin olayotgan patsiyentlar, tirik vaktsinalar bilan immunizatsiya qilinishdan saqlanishlari kerak. O‘ldirilgan yoki faolsizlantirilgan vaktsinalar ishlatilishi mumkin, lekin ularga javob pasaygan bo‘lishi mumkin.
4.5. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri yoki o‘zaro ta'sirning boshqa shakllari
Bevosita 5-ftoruratsilni yuborish oldidan oksaliplatinning 85 mg/m2 bir martalik dozasini olayotgan patsiyentlarda, qon plazmasida oxirgisining kontsentratsiyasini o‘zgarishi kuzatilmagan.
In vitro tekshirishlarda quyidagi preparatlar eritromitsin, salitsilatlar, granisetron, paklitaksel va valproat natriy tomonidan oksaliplptinni qon palazmasi oqsillari bilan bog‘lanishidan axamiyatli siqib chiqarilishi qayd etilmagan.
4.6. Fertillikka, homiladorlikka va emizishga ta'siri
Homiladorlik
Hayvonlardagi tekshirishlarda preparatning reproduktiv toksikligi aniqlangan. Shuning uchun homiladorlik vaqtida, shuningdek kontratseptsiya vositalarini ishlatmaydigan reproduktiv potentsialga ega bo‘lgan ayollarda oksaliplatinni tavsiya etilmaydi.
Oksaliplatinni homiladorlik vaqtida ishlatish masalasi davolovchi shifokor tomonidan faqat homila uchun xavf adekvat baholanganidan keyin va faqat patsiyentning roziligi olinganidan keyin ko‘rilishi kerak.
Kontratseptsiya
Davolash vaqtida va u yakunlanganidan keyin 4 oy (ayollar uchun) va 6 oy (erkaklar uchun) davomida adekvat kontratseptivlarni ishlatish kerak.
Emizish davrida qo‘llanishi
Oksaliplatinni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Fertillikka ta'siri
Oksaliplatin fertillikni bostirishi mumkin (“Alohida ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” 4.4 bo‘limiga qarang).
4.7. Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Oksaliplatin bilan davolash bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish va qadam tashlash va muvozanatga ta'sir qiluvchi boshqa nevrologik simptomlar rivojlanishi xavfini oshiradi, bu o‘z navbatida, avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatida salbiy (engil yoki o‘rtacha darajada) aks etishi mumkin.
Ko‘rishni buzilishi, xususan ko‘rishni vaqtinchalik yo‘qotish (davolash yakunlanganidan keyin o‘tib ketuvchi) ham, patsiyentlarning avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Patsiyentlar davolashni avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga potentsial ta'siri haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
4.8. Noxush samaralari
Oksaliplatinni 5-ftoruratsil va folin kislotasi (5-FU/FA) bilan majmuada ishlatilganda eng ko‘p noxush samaralari me'da-ichak yo‘llari tomonidan (diareya, ko‘ngil aynishi, qusish va mukozit), gematologik (neytropeniya, trombotsitopeniya) va nevrologik (o‘tkir va o‘tkirosti periferik sensor neyropatiya) buzilishlar aniqlangan. Umuman, bu noxush ko‘rinishlar 5-FU/FA bilan monoterapiya bilan solishtirganda, oksaliplatinni 5-FU/FA bilan majmuasi ishlatilganida ko‘proq paydo bo‘lgan va og‘irlik darajasi kattaroq bo‘lgan.
Nojo‘ya ko‘rinishlarning paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha quyidagi jadvalda keltirilgan ma'lumotlar (oksaliplatinni 5-FU/FA bilan qo‘shib olgan, muvofiq 416 va 1108 patsiyentlarda) oksaliplatin metastatik kasallikni davolash vositasi va ad'yuvant davolash vositasi sifatida ishlatilgan klinik sinovlarning natijalariga, shuningdek uni qayd qilgandan keyingi davrga to‘g‘ri keladi.
Uchrashi tez-tezligining quyidagi kategoriyasi ishlatilgan juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan ≤1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan ≤1/100 gacha); kam (≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha); juda kam (≤1/10000); noma'lum (bor bo‘lgan ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Infektsiyalar va invaziyalar
Juda tez-tez infektsiya.
Tez-tez rinit, yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari, neytropenik sepsis
(3-darajali - 0,7-1,1% patsiyentlarda; 4-darajali - 0,4%).
Qon yaratilishi va limfatik tizimlari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez anemiya (3-darajali - 0,7-3%; 4-darajali - 0,1 - <1%), neytropeniya
(3-darajali - 28-28,8%; 4-darajali - 12,3-14%), trombotsitopeniya (3-darajali - 1,5-4%;
4-darajali - 0,2 - <1%), leykopeniya, limfopeniya.
Tez-tez febril neytropeniya (3-darajali - 1,4-3,6%; 4-darajali - 0-1,4%).
Kam gemolitik anemiya, immunoallergik trombotsitopeniya.
Noma'lum gemolitik-uremik sindrom (qayd etilgandan keyin qo‘llash jarayonida aniqlangan).
Immun tizimi tomonidan buzikishlar
Juda tez-tez allergiya/allergik reaktsiya (asosan infuziya davomida aniqlanadigan, ba'zida o‘lim bilan yakunlanuvchi; allergik reaktsiyalarning asosiy ko‘rinishlari, teri toshmalari, ayniqsa eshakemi, kon'yunktivit, rinit hisoblanadi; anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalarning asosiy ko‘rinishlari bronxospazm, angionevrotik shishi, gipotenziya, ko‘krak qafasida og‘riq hissi va anafilaktik shok hisoblanadi; 3-darajali - 1-2,3%; 4-darajali - 0,6 - <1%).
Ovqatlanish va moddalar almashinuvini buzilishlari
Juda tez-tez anoreksiya, giperglikemiya, gipoglikemiya, gipernatriyemiya.
Tez-tez degidratatsiya.
Tez-tez emas metabolik atsidoz.
Ruxiy buzilishlar
Tez-tez depressiya, uyqusizlik.
Tez-tez emas asabiylik.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez periferik sensor neyropatiya, bosh og‘rig‘i, sensor buzilishlar, disgveziya.
Tez-tez bosh aylanishi, motor neyropatiya, meningizm.
Tez-tez emas dizartriya, qaytuvchi orqa leykoentsefalopatiya sindromi (QOLS).
Noma'lum tirishishlar (qayd qilishdan keyingi qo‘llash jarayonida aniqlangan).
Ko‘rish a'zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez kon'yunktivit, ko‘rishni buzilishi.
Kam ko‘rish o‘tkirligini o‘tkinchi buzilishi, ko‘rish maydonini yo‘qolishi, ko‘ruv nervining nevriti, ko‘rishni o‘tkinchi buzilishi (preparat bekor qilinganidan keyin qaytuvchi).
Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas ototoksiklik.
Kam karlik.
Tomirlar tizimi tomonidanbuzilishlar
Tez-tez qon ketishlar, giperemiya, chuqur venalar trombozi, arterial gipertenziya.
Nafas a'zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez dispnoe, yo‘tal, burundan qon ketishi.
Tez-tez hiqichoq, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi.
Kam qator hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi o‘pkaning interstitsial kasalligi, o‘pkalar fibrozi.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez diareya (3-darajali - 8,3-9%; 4-darajali - 2-2,5%), ko‘ngil aynishi
(3-darajali - 4,8-8%; 4-darajali - 0,3 - <1%),qusish (3-darajali - 5,3-8%; 4-darajali - 0,5-1%), stomatit/mukozit (3-darajali - 2,8-4%; 4-darajali - 0,1 - <1%), qorin og‘rig‘i, qabziyat.
Tez-tez dispepsiya, gastroezofagal reflyuks, me'da-ichak qon ketishlari, rektal qon ketishlar.
Tez-tez emas falajli ichak o‘tkazmasligi, ichak obstruktsiyasi.
Kam kolit, shu jumladan Clostridium difficile chaqirgan diareya, pankreatit.
Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar
Kam jigar sinusoidlarining obstruktsiyasi sindromi (shuningdek jigarning venookklyuziv kasalligi nomi ostida ma'lum bo‘lgan), shuningdek jigar purpurasi, tugunli regenerativ giperplaziya va perisinusoidal fibrozni o‘z ichiga oluvchi jigar tomonidan buzilishlarga xam aloqasi bo‘lgan patologik o‘zgarishlar. Ushbu buzilishlarni klinik ko‘rinishlari portal gipertenziya va/yoki transaminazalar faolligini oshishi hisoblanadi.
Teri va teri ostikletchatkasi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez teri tomonidan buzilishlar, alopetsiya.
Tez-tez terining eksfoliatsiyasi (ya'ni “qo‘l-oyoq kafti” sindromi), eritematoz toshmalar, toshmalar, gipergidroz, tirnoqlar tomonidan buzilishlar.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez orqada og‘riq.
Tez-tez artralgiya, suyaklarda og‘riq.
Siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez gematuriya, dizuriya, siyish tez-tezligining patologik o‘zgarishlari.
Juda kam naychalarning o‘tkir nekrozi, o‘tkir interstitsial nefrit va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi.
Tizimlibuzilishlar va yuborish joyidagi asoratlar
Juda tez-tez tana haroratini oshishi (xususan, tana haroratini oshishi, infektsiya (febril neytropeniya fonida yoki usiz) yoki immunologik sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan qaltirash (tremor), yuborish joyidagi reaktsiya (shu jumladan mahalliy og‘riq, qizarish, shish va tromboz; ekstravazatsiya mahalliy og‘riq va yallig‘lanishga olib kelishi mumkin, ular og‘ir bo‘lishi va asoratlarga, jumladan to‘qimalar nekroziga olib kelishi mumkin, ayniqsa oksaliplatin periferik venalarga yuborilganida), charchoqlik, asteniya, og‘riq.
Laboratoriya va instrumental tekshirishlarni o‘zgarishlari
Juda tez-tez qonda ishqoriy fosfataza kontsentratsiyasini oshishi, qonda bilirubinning darajasini oshishi, qonda laktatdegidrogenaza (LDG) kontsentratsiyasini oshishi, jigar fermentlari kontsentratsiyasini oshishi, tana vaznini oshishi (ad'yuvant
davolash sifatida ishlatilganida).
Tez-tez qonda kreatininning kontsentratsiyasini oshishi, tana vaznini pasayishi.
Qo‘shimcha ma'lumotlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlari
Kuchli antiemetiklar bilan profilaktik davolash ko‘rsatilgan.
Og‘ir diareya/qusish, ayniqsa oksaliplatin 5-ftoruratsil bilan majmuada qo‘llanganida, suvsizlanish, ichakning falajli o‘tkazmasligi, ichak obstruktsiyasi, gipokaliyemiya, metabolik atsidoz va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib kelishi mumkin (4.4-bo‘limga qarang).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Oksaliplatinning dozasini cheklovchi noxush ko‘rinishi neyrotoksiklik hisoblanadi. U ko‘pincha sovuq ta'siri bilan qo‘zg‘atiluvchi mushaklarning tirishishli tortilishlari bilan birga kechuvchi (yoki birga kechmaydigan) qo‘l-oyoqlarning dizesteziyasi va/yoki paresteziyasi bilan xarakterlanuvchi sensor periferik neyrotoksiklik rivojlanishida ifodalanadi. Bu simptomlar preparat bilan davolash olgan 95% patsiyentlarda kuzatiladi. Bu simptomlarning davomiyligi (ular odatda sikllar orasida pasayadi) odatda o‘tkazilgan davolash sikllarining soni oshgan sari oshadi.
Bu simptomatikaning davomiyligiga qarab, og‘riq va/yoki funktsional buzilishlarning belgilarini paydo bo‘lishi, dozani to‘g‘rilash uchun yoki xatto davolashni to‘xtatish uchun ko‘rsatma hisoblanadi (4.4-bo‘limga qarang).
Bunday funktsional buzilishlar aniq harakatlarni bajarishda qiyinchilik hisoblanadi va sensor buzilishlarning oqibatlari bo‘lishi mumkin. Bu simptomlarni doimiy davom etuvchi xavfi preparatning 850 mg/m3 yig‘indi dozasini (10 sikllar) olgan patsiyent uchuntaxminan 10% ni,1020 mg/m3 yig‘indi doza uchun (12 sikllar) - 20% ni tashkil qiladi.
Ko‘pchilik hollarda nevrologik belgilar va simptomlar davolash to‘xtatilganidan keyin pasayadi yoki butunlay o‘tib ketadi. Yo‘g‘on ichak rakining ad'yuvant davolash holida, davolash to‘xtatilganidan keyin 6 oy o‘tgach, 87% patsiyentlarda simptomlar bo‘lmagan yoki simptomlar yengil darajali bo‘lgan. Lekin 3 yil davomiylikdagi keyingi kuzatish davomida, taxminan 3% patsiyentlarda yoki o‘rtacha jadallikdagi doimiy davom etuvchi chegaralangan paresteziyani (2,3%) yoki funktsional buzilishlar bilan paresteziyalar (0,5%) aniqlangan.
O‘tkir neyrosensor ko‘rinishlarning hollari ham aniqlangan (5.3-bo‘limga qarang). Bu buzilishlar preparat yuborilganidan keyin bir necha soatlar davomida rivojlanadi va ko‘pincha sovuq ta'siridan keyin kuzatiladi. Ularning odatdagi ko‘rinishlari o‘tkinchi paresteziya, dizesteziya va gipesteziya hisoblanadi. Tomoq va/yoki xalqum dizesteziyasini o‘tkir ko‘rinishlari 1% va 2% patsiyentlarda aniqlanadi va disfagiya yoki dispnoeni sub'ektiv tuyg‘ulari, yoki nafasning buzilishini ob'ektiv belgilarisiz (ya'ni sianoz yoki gipoksiya), yoki laringo- yoki bronxospazmning (stridor yoki xushtakli nafas bo‘lmaganda) har qanday sub'ektiv belgilarisiz bo‘g‘ilish hissi bilan xarakterlanadi. Garchi bunday hollarda antigistamin preparatlar va bronxodilatatorlar ishlatilsada, bu simptomlar xatto davolashsiz ham tez o‘tib ketadi.
Infuziya davomiyligini oshirish bu sindromning tez-tezligini pasaytirish imkoniyatini beradi (4.4-bo‘limga qarang). Kam hollarda boshqa ko‘rinishlari ham qayd etilgan, xususan chaynov mushaklarining spazmi, mushak spazmlari, mushaklarni ixtiyorsiz qisqarishlari, mushaklarni tortilishlari, mioklonuslar, harakatlar koordinatsiyasini patologik o‘zgarishlari, qadam tashlashni patologik o‘zgarishlari, ataksiya, muvozanatni buzilishi, tomoq yoki ko‘krakda siqilish hissi, diskomfort, og‘riqlar. Bunga qo‘shimcha, bosh suyagi nervlarining faoliyatini buzilishi yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rinishlarni rivojlanishi bilan qo‘shilishi mumkin, yoki ptoz, diplopiya, disfoniya, ba'zida tovush boylamlarining falaji sifatida ta'riflanuvchi xirillash, tilning sezuvchanligini patologik o‘zgarishlari yoki ayrim hollarda afaziya sifatida ta'riflanadigan dizartriya, uch shoxli nerv nevralgiyasi, yuz og‘rig‘i, ko‘zlarda og‘riq, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, ko‘rish maydonini buzilishi kabi ko‘rinishlar shaklida mustaqil rivojlanadi.
Oksaliplatin bilan davolash fonida shuningdek dizartriya, chuqur pay reflekslarini yo‘qolishi va Lermitt sindromi kabi boshqa nevrologik simptomlar ham ta'riflangan.
Shuningdek ko‘ruv nervining nevritining alohida hollari qayd etilgan.
4.9.
Dozani oshirib yuborilishi
Oksaliplatinning antidoti noma'lum. Doza oshirib yuborilgan holda preparatning noxush samaralarni zo‘rayishini kutish kerak. Gematologik parametrlarni nazorat qilish va simptomatik davolashni boshlash kerak.
5. FARMAKOLOGIK XUSUSIYaTLARI
5.1.
Farmakodinamika
si
Farmakoterapevtik guruhi
boshqa o‘smalarga qarshi vositalar, platina birikmalari.
ATX kodi L01XA03.
Oksaliplatin platina asosidagi yangi sinf birikmalariga kiruvchi o‘smalarga qarshi faol modda bo‘lib, unda platina atomi 1,2-diaminotsiklogeksan (DACH) va oksalat guruxi bilan kompleks xosil qiladi.
Oksaliplatin faqat bitta enantiomerga ega - sis-[oksalato (trans-L-1,2-DACH) platina] dan iborat.
Oksaliplatin in vitro keng doirali sitotoksik xususiyatlar, shuningdek in vivo o‘smalarning turli tizim modellarida, shu jumladan odam chambar va to‘g‘ri ichak rakining o‘smalariga qarshi faollik namoyon qiladi. Oksaliplatin shuningdek in vitro va in vivo sisplatinga rezistent turli modellarga nisbatan faollik namoyish qiladi.
Oksaliplatinni 5-ftoruratsil bilan majmuada in vitro ham, in vivo ham sinergik sitotoksik ta'siri kuzatilgan.
Preparatning ta'sir mexanizmini tekshirishlari, garchi uni aniq aniqlash imkonini bermasada, uning biotransformatsiyasi natijasida hosil bo‘ladigan oksaliplatinning gidratatsiyasini hosilalari molekula zanjirlarining bir va ikki orasida bog‘lar hosil bo‘lishiga olib kelib, DNK bilan o‘zaro ta'sirini qiladi, bu o‘z navbatida DNK sintezini buzilishi, preparatning sitotoksikligi va o‘smalarga qarshi samaralarining sababi bo‘ladi.
5.2.
Farmakokinetikasi
Alohida faol birikmalarning farmakokinetikasi o‘rganilmagan. Quyida 130 mg/m2 dozada har 3 haftada bajarilgan (1-5 sikllar miqdorida) va 85 mg/m2 dozada har 2 haftada bajarilgan (1-3 sikllar miqdorda) 2 soat davomidagi oksaliplatinning infuziyasidan keyin, platinaning barcha bog‘lanmagan (faol va nofaol) birikmalari aralashmasiga muvofiq keluvchi ultrafiltrlanuvchi platinaning farmakokinetik parametrlari berilgan.
Oksaliplatin 85 mg/m2 dozada 2 haftada 1marta yoki 130 mg/m2 dozada 3 haftada 1 marta ko‘p marta yuborilganidan keyin ultrafiltrlanuvchi platinaning farmakokinetik parametrlarining yig‘indi qiymatlari.
DozaSmax
mkg/mlAUC0-48
mkg*s/mlAUC
mkg*s/mlt1/2a
st1/2β
st1/2γ
sVss
lCL
l/s
85mg/m2
O‘rtacha0,8144,194,680,4316,839144017,4
Standart
og‘ish0,1930,6471,400,355,744061996,35
130mg/m2
O‘rtacha1,218,2011,90,2816,327358210,1
Standart
og‘ish0,102,404,600,062,9019,02613,07
AUC0-48 va Smax o‘rtacha qiymatlari 3 sikl (85 mg/m2) yoki 5 sikl (130 mg/m2) davomida aniqlangan.
AUC, Vss, CL va CLR0-48 o‘rtacha qiymatlari 1 sikl davomida aniqlangan.
Cend, Cmax, AUC, AUC0-48, Vss va CL qiymatlari nokamerali tahlil chegaralarida aniqlangan.
t1/2a, t1/2β, t1/2γ qiymatlar kamerali tahlil chegaralarida aniqlangan (1-3 sikllarning birlashtirilgan ma'lumotlari).
2 soatlik infuziyaning oxirida yuborilgan platinaning 15% katta qon aylanish doirasida bo‘ladi, qolgan 85% tez to‘qimalarga taqsimlanadi yoki siydik bilan chiqariladi. Qon eritrotsitlari va plazma bilan qaytmas bog‘lanishi, bu matritsalarda qon eritrotsitlari va plazma albuminining aylanishini tabiiy davriga yaqin yarim parchalanish davriga olib keladi. Preparat 85mg/m2 dozada ikki haftada bir marta, yoki 130 mg/m2 dozada uch haftada bir marta yuborilganidan keyin plazmada ultrafiltratni to‘planishi kuzatilmaydi, bu muhitdagi farmakokinetikasining muvozanat holatiga 1 sikl davomida erishilgan. Farmakokinetik parametrlarning turli sub'ektlar orasidagi va bir sub'ektning o‘zidagi tebranishlar past bo‘lgan.
Preparatning in vitro biotransformatsiyaci, ko‘rinishicha, nofermentativ parchalanish bilan bog‘liq; Diaminotsiklogeksan (DACH) halqasining sitoxrom R450 izofermentlari orqali metabolizmining belgilari aniqlanmagan.
Oksaliplatin organizmida jadal biotransformatsiyaga uchraydi, natijada 2 soat davomiylikdagi infuziyaning oxirida plazma ultrafiltratida o‘zgarmagan modda aniqlanmaydi. Tizimli qon oqimida biotransformatsiyasining bir necha sitotoksik mahsulotlari (shu jumladan monoxlor-, dixlor- va diakva-DACH), shuningdek kechroq qator nofaol kon'yugatlar aniqlangan.
Platina asosan siydik bilan chiqariladi asosiy chiqarilishi yuborilgandan keyin. 48 soat davomida yuz beradi.
5-nchi kunga kelib umumiy dozaning taxminan 54% gachasi siydikda va <3% ahlatda aniqlangan.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda klirensini soatiga 17,6±2,18 l dan soatiga 9,95±1,91 l gacha pasayishi, shuningdek taqsimlanish hajmini statistik ahamiyatli 330±40,9 dan 241±36,1 l gacha pasayishi aniqlangan. Og‘ir buyrak yetishmovchiligini platinaning klirensiga ta'siri o‘rganilmagan.
5.3. Xavfsizligi haqida klinikagacha bo‘lgan ma'lumotlar
Turli hayvonlardagi (sichqonlar, kalamushlar, itlar va/yoki maymunlar) klinikagacha bo‘lgan tekshirishlar davomida bir martalik va ko‘p martalik yuborishlarda nishon-a'zolar suyak ko‘migi, me'da-ichak yo‘llari, buyraklar, moyaklar, nerv tizimi va yurak bo‘lgan. Yurak tomonidan preparatning samaralari faqat itlarda aniqlangan va qorinchalarning letal fibrillyatsiyasiga olib keluvchi elektrofiziologik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Natijada oksaliplatinning kardiotoksikligi itlar uchun turga xos sifatida baholangan.
Oksaliplatinni sut emizuvchilar bilan eksperimentlarda mutagen va klastogen va kalamushlardagi tekshirishlarda - embriotoksik hisoblanadi. Bundan tashqari, garchi muvofiq tekshirishlar o‘tkazilmagan bo‘lsa ham, oksaliplatin kantserogen ta'sirga ega bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi.
6. FARMATSEVTIK XARAKTERISTIKASI
6.1 Yordamchi moddalar ro‘yxati
Laktoza monogidrati va in'ektsiya uchun suv.
6.2. Nomutanosiblik
Ushbu dori vositasini 6.6-bo‘limda sanab o‘tilganlardan tashqari, boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.
• Ishqoriy muhitga ega bo‘lgan dori preparatlari va eritmalar bilan, xususan 5-ftoruratsil, trometamol va folin kislotasi, shuningdek yordamchi moddalar sifatida trometamol va faol moddalar sifatida - trometamol tuzlarini saqlovchi preparatlar bilan aralashtirish MUMKIN EMAS. Ishqoriy muhitga ega bo‘lgan dori preparatlar va eritmalar oksaliplatinning turg‘unligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishlari mumkin.
• Oksaliplatinni natriy xloridi eritmasi yoki xlor-ionlarini saqlovchi boshqa eritmalar (shu jumladan kaltsiy, kaliy yoki natriy xloridi) bilan suyultirish MUMKIN EMAS.
• Boshqa dori vositalari bilan quyish uchun bir paketda aralashtirish yoki u bilan bir infuzion tizim orqali yuborish MUMKIN EMAS (6.6-bo‘limdagi folin kislotasini bir vaqtda yuborish bo‘yicha yo‘riqnomaga qarang).
• Alyuminiy saqlovchi in'ektsion moslamalarni ishlatish MUMKIN EMAS.
6.3.
Yaroqlilik muddati
va saqlash sharoiti
Sotish uchun o‘ramlangan preparat 18 oy.
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoya qilish uchun tashqi karton o‘ramida saqlansin.
Muzlatilmasin.
Eritilganidan keyingi turg‘unligi
Mikrobiologik nuqtai nazardan eritma tayyorlangandan keyin darxol ishlatilishi kerak. Aks holda preparatni saqlash saqlash sharoitiga javobgarlik foydalanuvchiga o‘tadi; har qanday holda ham saqlash davri, agarda tiklanish/eritish nazoratli va validatsiyalangan aseptik sharoitlarda o‘tkazilgan hollardan tashqari, 2oS dan 8oS gacha haroratda 24 soatdan oshmasligi kerak.
Infuziyalar uchun 0,2 mg/ml, 0,5 mg/ml va 2,0 mg/ml kontsentratsiyali oksaliplatinning kimyoviy va fizik turg‘unligi, 5oS+/-3oS haroratda, shuningdek xona haroratida (25oS yuqori emas), yorug‘likdan himoya qilingan sharoitda 7 kun davomida namoyish qilingan.
Ishlatish oldidan ko‘rikdan o‘tkazish kerak. Faqat tiniq, ko‘rinadigan zarrachalarni saqlamaydigan eritmani ishlatish kerak.
Ushbu preparat faqat bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan. Infuzion eritmaning hamma ishlatilmagan qoldig‘ini yo‘qotish kerak.
6.4. Turi va o‘ram ichidagisi
Galobutil kauchuk tiqinlar bilan berkitilgan va sindirib olinuvchi plastik qopqoqli alyumin qalpoqlar bilan muxrlarngan rangsiz shisha flakonlarda.
O‘ram o‘lchamlari
50 mg/10 ml 1 flakon.
100 mg/20 ml 1 flakon.
150 mg/30 mg 1 flakon.
200 mg/40 ml 1 flakon.
O‘ramlarning hamma turlari sotuvda bo‘lmasligi mumkin.
6.5. Utilizatsiya qilishdagi maxsus ehtiyotkorlik choralari
Sitostatiklar bilan ishlashda tibbiyot xodimlari preparat bilan ishlayotgan shaxs va uning atrofidagilarni himoya qilishga qaratilgan barcha ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishlari kerak.
Parenteral yuborish uchun sitostatiklarning eritmalarini tayyorlash, bu preparatlar bilan ishlash tamoyillariga o‘rgatilgan mutaxassislar tomonidan, preparatning intaktligini ta'minlovchi, atrof-muhitni ifloslanishini oldini oluvchi va dori preparatlari bilan ishlovchi xodimlarni himoyalovchi sharoitlarda, shuningdek muassasada qabul qilingan standartlarga muvofiq sharoitlarda o‘tkazilishi kerak.
Xodimlar kerakli materiallar, xususan uzun yengli xalatlar, himoya niqoblar, qalpoqchalar, himoya ko‘zoynaklar, steril bir martalik qo‘lqoplar, ishchi zonasi uchun himoya g‘iloflar, chiqindilarni yig‘ish uchun konteynerlar va qopchalar bilan ta'minlangan bo‘lishi kerak.
Homilador ayollar sitotoksik preparatlar bilan kontaktda bo‘lishdan saqlanish kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.
Preparat qabul qilayotgan patsiyentlarning ekskretlari va qusish massalari, shikastlangan konteynerlar bilan ishlashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, ularni kontaminirlargan chiqindilar sifatida baxolash kerak. Kontaminirlangan chiqindilar muvofiq markirovka qilingan qattiq konteynerlarga joylanishi va yoqilishi kerak. Shuningdek “Utilizatsiya” bo‘limiga qarang.
Preparat teri yoki shilliq qavatlariga tushsa, darhol bu joyni katta miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak.
Yuborishdagi maxsus ehtiyotkorlik choralari
• alyuminiy saqlovchi in'ektsion moslamalarni ishlatish MUMKIN EMAS.
• eritilmagan kontsentratni yuborish MUMKIN EMAS.
• kontsentratni eritish uchun faqat infuziyalar uchun 5% li glyukoza eritmasini ishlatishga yo‘l qo‘yiladi.
• preparatni natriy xloridi eritmasi va yoki xlorid-ion saqlovchi boshqa eritmalar bilan eritish MUMKIN EMAS.
• preparatni bir infuzion paketda boshqa dori vositasi bilan aralashtirish va ular bilan bir vaqtda bir infuzion tizim orqali yuborish MUMKIN EMAS.
Folin kislotasi (kaltsiy folinati yoki dinatriy folinati) bilan birga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Oksaliplat (vena ichiga tomchilab, 85 mg/m2 dozada 250-500 ml gacha 5% li glyukoza eritmasida) folin kislotasi (vena ichiga tomchilab, 5% li glyukoza eritmasida) bilan bir vaqtda, 2-6 soat davomida bevosita infuziya joyiga joylashtirilgan Y-simon ayri tizimi orqali yuboriladi. Bu ikki dori vositalarini bir infuzion paketda aralashtirish mumkin emas. Folat kislotasining preparati yordamchi modda sifatida trometamol saqlamasligi va faqat glyukozaning 5% li eritmasida suyultirilishi kerak, preparatni suyultirish uchun ishqoriy muhitga ega eritmalar, natriy xloridi yoki xlorid-ion saqlovchi boshqa eritmalarni ishlatish mumkin emas.
5-ftoruratsil bilan majmuada yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma

Oksaliplatin yuborilganidan keyin tizimni yuving, so‘ngra esa 5-ftoruratsilni yuborish kerak.
Utilizatsiya
Dori preparatining qoldiqlari, shuningdek eritish, suyultirish va yuborishda ishlatilgan, u bilan ifloslangan barcha materiallar, sitotoksik materiallarga qo‘llanadigan davolash muassasasining standart qoidalariga muvofiq, va xavfli chiqindilarni utilizatsiyasi bo‘yicha mahalliy talablarga muvofiq utilizatsiya qilinishi kerak.
7. QAYD QILISH GUVOHNOMASINING EGASI VA ISHLAB CHIQARUVCHI
EBEVE Farma Ges.m.b.X. Nfg. KG
A-4866 Unterax, Avstriya
EBEWE Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
A-4866 Unterach, Austria
8. BERISH TARTIBI
Statsionar sharoitlarida qo‘llash uchun.
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.