Аntiflu kids eruvchan kukun.№5
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
AQSh
Yoʻriqnoma: Аntiflu kids eruvchan kukun.№5
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Savdo nomi
Antiflu KidsDori shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.Ta'rifi
Oq yoki deyarli oq rangli, kristall zarrachalari bo‘lgan, sochiluvchan, kuchsiz malina hidli va ta'mli kukun.Tarkibi
Ta'sir etuvchi moddalar (1 paketchada): 160 mg atsetaminofen, 50 mg askorbin kislotasi, 1 mg xlorfeniramin maleati.Yordamchi moddalar: malina aromatizatori, qand, qand kukuni, limon kislotasi, kremniy dioksidi, suvsiz kremniy dioksidi, natriy sitrati, makkajo‘xori kraxmali, titan dioksidi, kaltsiy fosfati, FD&C qizil №40 (E129) bo‘yovchisi.
Farmakologik xususiyatlari
Atsetaminofen (paratsetamol) og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.Askorbin kislotasi (S vitamini) organizmning infektsiyalarga qarshiligini oshiradi.
Xlorfeniramin maleati allergiyaga qarshi ta'sirga ega, tumov, ko‘z yoshini oqishi, ko‘z va burun qichishi simptomlarini yengillashtiradi.
Farmakokinetikasi
Atsetaminofen tez va to‘liq so‘riladi. Plazmada maksimal kontsentratsiyaga 30-60 minutdan keyin erishadi. Metabolizmi jigarda glyukuron va sulfat kislotalari bilan bog‘liq bo‘lgan kon'yugatlarni hosil qilish bilan amalga oshadi, ular 24 soat davomida buyraklar orqali chiqariladi.Askorbin kislotasi ingichka ichakda so‘rilganidan so‘ng organizmga keng taqsimlanadi va to‘qimalarda (ayniqsa, buyrak usti bezlarida) qisman to‘planadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 25% tashkil qiladi. Agar uning organizmga tushishi kerakli miqdordan oshsa, ortiqchasi siydik bilan chiqariladi.
Xlorfeniramin maleatning biotransformatsiyasi jigarda amalga oshadi. Bolalarda T1/2 9,6-13,1 soatni tashkil qiladi. Preparatning metabolizmi mahsulotlari va metabolizmga uchramagan qismi siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda shamollash kasalliklari va nazofaringitni: burundan tiniq ajralmalarni ajralishi va ko‘z yoshini oqishi, aksirish, bosh og‘rig‘i va/yoki isitmani simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.Qo‘llash usuli va dozalari
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar 1-2 paketchani ichidagisi 150 ml iliq suvda eritib ichga qabul qilinadi. Zarurati bo‘lganida qabul qilish har 4-6 soatda takrorlanadi, lekin sutkada 3 martadan ko‘p emas (paratsetamolning maksimal sutkalik dozasi 1000 mg, bu 6 paketchaga to‘g‘ri keladi).Davolashning umumiy davomiyligi 3 kundan oshmasligi kerak.
Jigar faoliyati buzilganida preparatni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 8 soatni tashkil qilishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Yakka hollarda quyidagilar kuzatiladi:
MNT tomonidan: bosh og‘rig‘i, toliqish hissi;
MIY tomonidan: ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq;
endokrin tizimi tomonidan: gipoglikemiya (hatto koma rivojlangunicha);
qon yaratish a'zolari tomonidan: anemiya, gemolitik anemiya (ayniqsa, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlar uchun); juda kam hollarda – trombotsitopeniya;
allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi;
boshqalar: gipervitaminoz, moddalar almashinuvini buzilishi, qizib ketish hissi, og‘izni qurishi, akkomodatsiya falaji, siyishni tutilishi, uyquchanlik.
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar; preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik; jigar faoliyatini buzilishi; yopiq burchakli glaukoma; siydikni prostata bezining faoliyatini buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tutib qolishi; fruktozani o‘zlashtirolmaslik, glyukoza/galaktoza malabsorbtsiyasi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi (tarkibida qand borligi sababli); homiladorlik, laktatsiya davri.Dozani oshirib yuborilishi
Paratsetamolning dozasini oshirib yuborilish simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, rangparlik, qorinda og‘riq, odatda birinchi sutkalarda paydo bo‘ladi. Kattalarda 10 g dan ortiq paratsetamol bir marta qabul qilinganida va bolalarda tana vazniga 150 mg/kg paratsetamol bir marta qabul qilinganida dozani oshirib yuborilishi gepatotsitlar nekrozini chaqirishi mumkin, bu gepatotsellyular yetishmovchilik, metabolik atsidoz, entsefalopatiya va o‘limga olib kelishi mumkin. Dozasi oshirib yuborilganidan so‘ng 12-48 soatdan keyin jigar transaminazalari, laktatdegidrogenaza va bilirubinning darajasini oshishi, shuningdek protrombinning darajasini pasayishi kuzatilishi mumkin.Xlorfeniraminning dozasini oshirib yuborilish simptomlari: bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquni buzilishi, depressiya, tirishishlar.
Davolash: simptomatik.
Ushbu yoki har qanday boshqa dori vositasining dozasi oshirib yuborilganida zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.
Ehtiyotkorlik choralari
Superinfektsiyaning belgilari paydo bo‘lganida yoki simptomlar doimo kuzatilganida, tana haroratini oshishi 3 kundan ortiq saqlanib turganida, davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa dori vositalari paratsetamol saqlamaganligini tekshirish kerak.
Har bir paketcha 11,59 g saxaroza saqlaydi, qandning miqdori past bo‘lgan parxezga rioya qilinganida yoki qandli diabetda preparatni har kuni qabul qilishda buni e'tiborga olish kerak.
Avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat uyquchanlikni chaqirish hususiyatiga egaligini hisobga olib, preparatni qabul qilgandan so‘ng 4 soat davomida patsiyentlar diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi mashg‘ulotlarni bajarishdan saqlanishlari kerak.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Alkogol preparatning sedativ samarasini kuchaytiradi.
Morfin hosilalari (analgetiklar, yo‘talga qarshi vositalar), neyroleptiklar, barbituratlar, benzodiazepinlar va benzodiazepinlarga taaluqli bo‘lmagan boshqa anksiolitiklar, uxlatuvchi vositalar, sedativ antidepressantlar, antigistamin preparatlar, MNT bilan bog‘liq antigipertenziv vositalar, baklofen va talidomid MNT ga susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadilar.
Atropinsimon ta'sir etuvchi boshqa preparatlar (imipramin antidepressantlar, ko‘pchilik atropin N1 antigistaminlar, antixolinergik parkinsonizmga qarshi vositalar, antispazmatik atropinlar, dizopiramid, fenotiazin neyroleptiklar, klozapin) tutib qolinishi, qabziyat, og‘izni qurishi kabi bunday nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfini oshiradilar.
Saqlash sharoiti
+250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.Yaroqlilik muddati
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.Chiqarilish shakli
5, 8 yoki 10 paketcha ilova-varaqasi bilan birga qutiga joylangan.Berish tartibi
Retseptsiz.
Buyurtmachi/Ishlab chiqaruvchi firmaning nomi, manzili
Bayer Konsyumer Ker AG,
Peter Merian-Shtrasse 84, 4052 Bazel, Shveytsariya.
Kontrakt Farmakal Korporeyshn,
135 Adams Avenyu, Xopog, Nyu-York 11788, AQSh
Diqqat!
Maʼlumotlar faqat maʼlumot olish uchun berilgan va oʻz-oʻzidan davolanish uchun qoʻllanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qoʻllash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmaclick.uz veb-sayti Pharmaclick.uz veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.