Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bal'zam Zolotaya zvezda sirtga qo‘llash uchun eritma 5 ml
Nomi | Narx | |||||
Бальзам Золотая звезда жидкий 5 мл (031023##2 385) |
UZS 13 300
UZS 13 900
-4%
Экономия UZS 600
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Бальзам Золотая звезда жидкий 5 мл (031023##2 387) |
UZS 13 300
UZS 13 900
-4%
Экономия UZS 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Vetnam
Дозировка
5 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Данафа Фармасьютикал Джойнт Сток Компани, Вьетнам
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Бальзам для наружного применения
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Bal'zam Zvyozdochka
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) chinnigul moyi+kamfora+Xitoy dolchini moyi+qalampir yalpiz moyi+evkalipt moyi+levomentol
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun eritma
Tarkibi
100 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
levomentol 28,000 g;
ratsemik kamfora 8,880 g;
qalampir yalpiz moyi 22,900 r;
evkalipt moyi 0,100 g;
chinnigul moyi 0,460 g;
Xitoy dolchini moyi 0,380 g;
yordamchi moddalar
Green mediol aromatizatori 0,700 g;
poliztilenglikol' 400 (makrogol) 12,500 g;
propilenglikol' 3,400 g;
sandal daraxti moyi 0,020 g;
jigarrang Solvent Red 3 bo‘yovchisi 0,035 r;
suyuq parafin 100 ml gacha.
Ta'rifi tiniq, jigarrang-qizil rangli, o‘ziga xos hidli moysimon suyuklik.
Farmakoterapevtik guruhi
tabiiy kelib chiqishga ega mahalliy ta'sirlovchi vosita.
ATX kodi R05X
Farmakologik xususiyatlari
Mahalliy ta'sirlovchi, chalg‘ituvchi va antiseptik ta'sirlarga ega.
Qo‘llanilishi
O‘tkir respirator kasallik (O‘RK), gripp, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, rinit (tumov), hasharotlarni chaqishini majmuaviy davolaganda simptomatik vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga ko‘llanadi. Preparat og‘riqli soha terisiga yupqa qavat qilib surtiladi va ishqalanadi bosh og‘rig‘ida — chakka yoki ensa sohasiga; rinit (tumovda) — buruk kanotlariga; shamollash kasalliklarida — bel va ko‘krak sohasiga ishqalanadi. Hasharotlar chaqqanida suyuq bal'zam chaqqan joyga surtiladi.
Agar davolagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki simptomlar chuqurlashsa yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni qo‘llanilishiga doir yo‘riknomasidagi ko‘rsatmalar, qo‘llash usuliga muvofiq qo‘llang.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin, ular paydo bo‘lganida preparatni qo‘llash to‘xtatilishi kerak. Bal'zam qoldiqlarini nam salfetkalar yordamida olib tashlash va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Agar Sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar kuzatilsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Urganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni ko‘zlar, burun va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati, shuningdek terining shikastlangan sohalariga tushishidan saqlanish kerak.
Bal'zam surtilgandan keyin fotosensibilizatsiya xavfi tufayli quyosh ostida bo‘lishdan saqlanish kerak.
Bal'zam shilliq qavatlarga tushganida preparatni nam salfetkalar yordamida olib tashlash va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.
Preparatni shifokor maslahatisiz bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homilador va emizikli ayollarda qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish kobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan.
Preparatni to‘satdan ichga qabul qilganda dozani oshirib yuborilishi simptomlari me'da-ichak (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq) va nevrologik buzilishlar (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizib ketish "quyilish" hissi, tirishishlar, nafasni susayishi va koma)ni o‘z ichiga oladi.
Davolash simptomatik. Kichik yoshdagi bolalarda o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan kamforani keyinchalik ingalyatsiyasi va laringospazm rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xavf tufayli qusishni chaqirish mumkin emas, Bal'zam ichga qabul qilinganda darhol shifokorga xabar berish kerak.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun eritma. 5 ml dan buraladigan plastik qopqoqchali tiniq shisha flakonlarda. Har bir flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida (flakon karton qutida) saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
firma nomi va manzili
DANAFA FARMAS'YUTIKAL DJOINT STOK KOMPANI,
253 uy, Zung Si Txan' Txe ko‘ch., Txak' Txe tum., Danang sh., V'etnam.
Buyurtmachi va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
DANSON-BG MChJ,
2400, Bolgariya Respublikasi, Radomir sh., Otets Paisiy ko‘ch., 4226
Tel. +359245 19300.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.