Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Medinak®-K tab. №10, blister
Medinak®-K tab. №10, blister
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диклофенак, парацетамол
Страна производитель
Индия
Дозировка
50 мг/500 мг
Производитель
Medwin Pharmaceuticals
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Medinak®-K
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) paratsetamol, kofein
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 500 mg paratsetamol, 30 mg suvsiz kofein;
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, povidon, magniy stearati, tozalangan talk, natriy kraxmalglikolyati, natriy kroskarmelloza, “sariq shafaq”bo‘yovchisi.
Ta'rifi ikki tomonlama qavariq, qobiqsiz, to‘q sariq rangli, kasulasimon shaklli, bir tomonida sindirish uchun chiziqchasi va boshqa tomoni silliq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi vosita.
ATX kodi N02VE51
Farmakologik xususiyatlari
Paratsetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Og‘riqni qoldiruvchi ta'sir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish bilan bog‘liq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri, termoregulyatsiyaning gipotalamik markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'siri bilan bog‘liq, buning natijasida tomirlarni kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, issiqlikni chiqarilishi kuchayadi.
Kofein charchoqlikni va uyquchanlikni kamaytirishga, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirishga olib keluvchi markaziy nerv tizimiga stimullovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 30-90 minut o‘tgach erishiladi. Organizmning deyarlik barcha to‘qimalariga kiradi, yo‘ldoshga orqali oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to‘planganida jigarni nekrozga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha o‘zgaradi. Jigar funktsiyasi buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to‘planishiga olib keladi.
Kofein ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi va organizmga yaxshi taqsimlanadi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga bir soatdan so‘ng erishiladi, yarim chiqarilish davri 3,5 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Medinak®–K tabletkalari turli etiologiyali o‘rtacha va kuchsiz jadallikdagi og‘riq sindromi bo‘lgan bemorlarni davolashda tavsiya qilinadi, shuningdek boshog‘rig‘i, migren, mushak og‘rig‘i, tish og‘rig‘i, nevralgiyalar, artralgiyalar, revmatik og‘riqlar va algodismenoreyalar, jarohatlardan keyingi og‘riqlar. Shu bilan birga, shamollash, gripp va angina belgilarini yengillashtirish uchun qo‘llanilishi mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi.
Kattalarga 1-2 tabletkadan bir qabulga, lekin sutka davomida 4 tabletkadan ko‘p emas. Takroranqabul qilish 4 soatdan kam bo‘lmagan vaqt ichida bo‘lishi lozim.
Bolalarga 12 yoshgato‘lmagan bolalarga tavsiya qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘pchilik hollarda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Paratsetamolning nojo‘ya samaralari odatda kuchsiz namoyon bo‘ladi. Gematologik tizim tomonidan reaktsiyalar haqida xabarlar bor. Ba'zida toshmalar va boshqa allergik teri reaktsiyalari (toshma, eritema, eshakemi) paydo bo‘ladi.
Odatda kofein bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralar me'da-ichak yo‘llarini qo‘zg‘alishi va markaziy nerv tizimini rag‘batlantirishidir (bosh aylanishi, uyquni buzilishi, yuqori ta'sirchanlik).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Paratsetamol, kofeinga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
-homiladorlik, laktatsiya davri;
-bolalarda (12 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz biron-bir boshqa dori preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokorni xabardor qiling!
Bilvosita antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishlari rivojlanishi mumkin.
Fenotiazin bilan birga qo‘llanganida, kutilmagan gipotermiya, azidotimidin bilan esa – neytropeniya rivojlanishi mumkin. Preparat xloramfenikolning toksikligini kuchaytiradi, bilvosita antikoagulyantlar, difenin, peroral gipoglikemik preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi va tiazid diuretiklarning diuretik va natriy uretik samarasini susaytirishi mumkin.
Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shuningdek glyukokortikoidlar bilan birga qo‘llanganida nojo‘ya ta'sirlarini ko‘payishi va kuchayishi yuz beradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni boshqa paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas.
Preparat bilan davolash davrida jigar, buyraklar funktsiyasini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida preparatning gepatotoksik ta'sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste'mol qilish mumkin emas.
Medinak®-K ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun laktatsiya davrida preparatni buyurishning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Nojo‘ya samaralarini hisobga olib, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari allergik reaktsiyalar, bosh og‘rig‘i, psixomotor qo‘zg‘alishlar, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash me'dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 1 yoki 3 yoki 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Mediwin Pharmaceuticals”., Hindiston
Manzili
128/A, Phase I & II,G.I.D.C., Naroda
Ahmedabad – 382 330. (India)
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«British Pharma» MChJ
O‘zbekiston, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, I.Akilov ko‘ch. 55.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.