Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Medrolgin ko‘z tomchilari 0.5% 5ml dan №1
Medrolgin ko‘z tomchilari 0.5% 5ml dan №1
Nomi | Narx | |||||
Медролгин гл. капли 0,5% по 5мл №1 (201002702##2 061) |
UZS 47 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кеторолак
Страна производитель
Турция
Дозировка
0,5% 5 мл
Производитель
World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Глазные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Medrolgin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ketorolak
Dori shakli
ko‘z tomchilari
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 5 mg ketorolak trometamol;
yordamchi moddalar oktoksinol 40, dinatriy edetati, natriy xloridi, benzalkoniy xloridi, natriy gidroksidi yoki xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi rangsizdan och sariq ranggacha bo‘lgan tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallangan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.
ATX kodi S01BC05
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Medrolgin og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirlarga ega bo‘lgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYaQP) bo‘lib, uning ta'sirlari araxidon kislotasi metalolizmining asosiy fermenti – siklooksigenazani ketorolak trometamoli tomonidan ingibitsiya bo‘lishi bilan ifodalanadi. Mahalliy qo‘llanganida ko‘z suyuqligida prostaglandinlarning kontsentratsiyasini pasaytiradi.
Medrolgin ko‘z ichki bosimiga ahamiyatli darajada ta'sir ko‘rsatmaydi. Tizimli qo‘llanganida qorachiqni torayishini chaqirmaydi.
Farmakokinetikasi
0,5% li ketorolak trometamol eritmasi patsiyentlarga ko‘z tomchilari ko‘rinishida operatsiyani o‘tkazishdan taxminan 1 soat oldin yoki 12 soatdan keyin tomizilgan. Operatsiyani o‘tkazish vaqtida ko‘z suyuqligida ketorolakning miqdorini aniqlash maqsadida namunalar olingan. Ko‘z suyuqligida ketorolakning o‘rtacha kontsentratsiyasi
95 ng/ml ni tashkil etgan. Ko‘z suyuqligida prostaglandin Ye2 ning kontsentratsiyasi
28 ng/ml ni tashkil etgan.
Preparat sog‘lom ko‘ngillilarga ko‘p marta qo‘llanganida uning o‘zlashtirilishini o‘rganish bo‘yicha o‘rganilgan 21 kunlik tadqiqot, 13 nafar ko‘ngillining faqat bir nafarida plazmada ketorolakning farqli miqdori (0,021 mkg/ml) aniqlanganligini ko‘rsatdi. 13 nafar patsiyentdan iborat bo‘lgan boshqa guruhda faqat 4 nafarida preparat tomizilgandan so‘ng 15 minutdan keyin plazmada ketorolakning juda past kontsentratsiyasi (0,011 mkg/ml dan 0,023 mkg/ml gacha) aniqlangan.
Shunday qilib, preparat kon'yunktivaga tomizilganidan so‘ng ko‘z suyuqligida ketorolakning yuqori kontsentratsiyasi va plazmada uning juda past kontsentratsiyasi yoki aniqlab bo‘lmaydigan kontsentratsiyasi, preparat mahalliy tomizilgandan so‘ng tizimli qon oqimiga minimal so‘rilishidan dalolat beradi.
Qo‘llanilishi
• katarakta bartaraf qilingandan keyingi va ko‘zning oldingi kamerasida o‘tkazilgan boshqa oftalmologik operatsiyalardan keyingi yallig‘lanish va u bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni oldini olish va davolash;
• mavsumiy allergik kon'yunktivit tufayli ko‘zlarda kuzatiladigan qichishishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Davolash davomiyligi ikki haftadan oshmasligi kerak.
Oftalmologik operatsiyalardan keyingi yallig‘lanishni davolashda preparat shikastlangan ko‘zga, operatsiyani o‘tkazishdan 24 soat oldin boshlab, 1 tomchidan sutkada 3 marta tomiziladi va 3 haftagacha davom ettiriladi.
Mavsumiy allergik kon'yunktivitda preparat kon'yunktivaga 1 tomchidan kuniga 4 marta tomiziladi.
Flakonning ichidagi eritma mikroblar bilan ifloslanishdan saqlanish uchun, tomchilagichning uchligini biror-bir yuzaga tegishidan saqlanish kerak.
Agar Medrolgin mahalliy qo‘llanadigan boshqa preparat bilan birga ishlatilsa, ularni qo‘llash o‘tasidagi oraliq kamida 5 minut bo‘lishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Medrolginni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaktsiyalar instillyatsiya qilingan ko‘zda vaqtinchalik achishish va ta'sirlanishni paydo bo‘lishi hisoblanadi.
Nojo‘ya samaralarning uchrash tez-tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000,
< 1/100); uchrash tez-tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar tez-tez – o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan mahalliy allergik reaktsiyalar.
Markaziy nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i.
Ko‘rish a'zolari tomonidan juda tez-tez – ko‘zlarni ta'sirlanishi (shu jumladan achishish hissi), ko‘zlarda og‘riq (shu jumladan sanchish); tez-tez – yuzaki (nuqtali) keratit, ko‘z va/yoki qovoqlarni shishi, ko‘zlarni achishishi, kon'yunktiva giperemiyasi, ko‘zlarda infektsiyani rivojlanishi, ko‘zlarni yallig‘lanishi, ko‘zning rangdor pardasini yallig‘lanishi, keratin pretsipitatlar, to‘r pardaga qon quyilishi, kistoz makulyar shish, ko‘zlarni shikastlanishi, ko‘z ichki bosimini oshishi, ko‘rishni xiralashishi va/yoki susayishi; tez-tez emas – shox pardada yarani hosil bo‘lishi, shox pardada infiltrat hosil bo‘lishi, ko‘zlarni qurishi, retentsion ko‘z yoshi oqishi; uchrash tez-tezligi noma'lum – shox pardani shikastlanishi (masalan, shox parda epiteliysini yupqalashishi, eroziyasi, shikastlanishi yoki shox pardani perforatsiyasi)*.
Nafas va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan uchrash tez-tezligi noma'lum – bronxospazm yoki astmani zo‘rayishi**.
* postmarketing amaliyotda shox pardani shikastlanishi, shu jumladan yupqalashishi, eroziyasi, epiteliyni shikastlanishi yoki shox pardani perforatsiyasi holatlari yuzasidan yagona xabarlar berilgan. Ushbu reaktsiyalar asosan kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llaydigan patsiyentlar uchun va/yoki moyillik omillari va yondosh kasalliklar bo‘lganida xarakterlidir.
** postmarketing amaliyotda, aspiringa yoki NYaQP ga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda yoki anamnezida astma bilan xastalangan patsiyentlarda, ketorolak trometamolni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, bronxospazmni rivojlanganligi yoki astmani zo‘rayganligi yuzasidan xabar berilgan.
NYaQP (shu jumladan ketorolak trometamol) ni tizimli qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalardan hech biri, preparat terapevtik dozalarda mahalliy qo‘llanganida kuzatilmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• homiladorlik va laktatsiya davri;
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Medrolgin preparatini tarkibida antibiotiklar, sedativ vositalar, beta-blokatorlar, karboangidraza ingibitorlari, miotiklar, midriatiklar, mahalliy anestetiklar va sikloplegiklarni saqlovchi ko‘z tomchilari bilan birga qo‘llash mumkin. Bunday holatda ko‘z tomchilarini tomizishlar orasidagi oraliq kamida 5 minut bo‘lishiga riya qilish kerak. Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kortikosteroidlar bilan majmuada qo‘llanganida jarohatni bitishi jarayoni uzayadi.
Medrolgin ko‘z tomchilari boshqa NYAQP, pentoksifillin, antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida operatsiyadan keyingi qon ketishlar xavfi oshishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan NYAQP ni qo‘llash keratitga olib kelishi mumkin. Ayrim beriluvchan patsiyentlarda, mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan NYAQP uzoq muddat qo‘llash shox pardani epitelial buzilishlariga, yupqalashishi, eroziyasi, yara hosil bo‘lishi yoki perforatsiyasiga olib kelishi mumkin. Bunday ko‘rinishlar ko‘rishni yo‘qolishiga havf tug‘dirishi mumkin. Shox parda epiteliysini buzilish belgilari paydo bo‘lganida patsiyentlar mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan NYAQP qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatishlari kerak; shox pardaning holatini qat'iy nazorat qilish kerak.
Patsiyentlarda murakkab oftalmologik operatsiyadan keyin, shox pardani denervatsiyasida, shox parda epiteliysini nuqsonlarida, qandli diabet, ko‘zning yuzasi kasalliklari (masalan, quruq ko‘z sindromida), revmatoid artrit yoki takroriy oftalmologik operatsiyalarda qisqa vaqt davomida shox parda bilan bog‘liq bo‘lgan, ko‘rishni yo‘qolish havfini tug‘dirishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ko‘rinishlarni rivojlanish havfi oshishi mumkin. Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan NYAQP bunday patsiyentlarga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan NYAQP yanada uzoqroq vaqt davomida, jarrohlik operatsiyasidan taxminan 24 soat oldin yoki 14 kundan keyin qabul qilish shox parda bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi va jiddiylik darajasini oshirishi mumkin.
Medrolgin ko‘z tomchilari qon ketishiga moyilligi ma'lum bo‘lgan patsiyentlarga yoki qon ketishi vaqtini uzaytirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan patsiyentlarga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Atsetilsalitsil kislotasiga, fenilsirka kislotasi va boshqa NYAQP ga nisbatan kesishgan sezuvchanlik ehtimoli mavjud. Shuning uchun ilgari bunday preparatlarga sezuvchanlik kuzatilgan patsiyentlarni davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Boshqa yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanganida Medrolgin preparati infektsiyaning odatdagi ko‘rinishlarini yashirishi mumkin.
Barcha NYAQP jarohatning bitishini sekinlashtirishi mumkin.
Medrolgin preparati shox parda epiteliysini shikastlanishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarga mahalliy kortikosteroidlar bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Medrolgin ko‘z tomchilari kontakt linzalarda to‘planishi va ko‘zga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan konservant – benzalkoniy xloridini saqlaydi. Preparatni qo‘llashdan oldin linzani ko‘zlardan olish va instillyatsiyadan so‘ng kamida 15 minutdan o‘tgach yana o‘rnatish kerak.
Bundan tashqari benzalkoniy xloridi yumshoq kontakt linzalarning rangini yo‘qotishi mumkin, shuning uchun preparatni bunday turdagi linzalar bilan kontaktda bo‘lishidan saqlanish kerak.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida Medrolgin ko‘z tomchilarini qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Medrolgin ko‘z tomchilarini qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat tomizilgandan so‘ng ko‘rish faoliyatini zudlik bilan rivojlanadigan buzilishi mumkinligi tufayli, ko‘rish faoliyati tiklanmagunicha avtomobil va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ko‘z tomchilari 5 ml dan tiqin-tomchilagich va himoya xalqasi bilan ta'minlangan buraladigan himoya qopqoqli polietilen flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Uorld Meditsin Oftalmiks Ilachlari Ltd. ShTI.», Turkiya
“World Medicine Ophthalmics İlaçlari Ltd. ŞTİ.”, Turkey.
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(BagdjIlar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
“World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.