Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nurofen tab. 200mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ибупрофен
Страна производитель
Великобритания
Дозировка
200 мг
Производитель
Reckitt Benckiser Healthcare International Ltd, Великобритания произведено: Reckitt Benckiser Healthcare India Private Limited
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nurofen®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ibuprofen
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 200 mg ibuprofen,
yordamchi moddalar 30 mg natriy kroskarmelloza, 0,5 mg natriy laurilsulfati, 43,5 mg natriy sitrat digidrati, 2 mg stearinovaya kislota, 1 mg kremniy kolloid dioksidi;
qobig‘ining tarkibi 0,7 mg natriy karmelloza, 33 mg talk, 0,6 mg akatsiya kamedi,
116,1 mg saxaroza, 1,4 mg titan dioksid, 0,2 mg makrogol 6000, qora siyoh [Opakod S-1-277001] (28,225% shellak, 24,65% temir (II,III) oksidi bo‘yovchisi (E172), 1,3% propilenglikol, 0,55% izopropanol*, 9,75% butanol*, 32,275% etanol*, 3,25% tozalangan suv*).
*Muhrlash jarayonidan keyin bug‘lanuvchi eritmalar.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidan qora siyoh bilan bosilgan Nurofen yozuvi bo‘lgan, oq yoki deyarli oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Ko‘ndalang kesilganida tabletkaning yadrosi oq yoki deyarli oq rangli, qobig‘i oq yoki deyarli oq rangli.
Farmakoterapevtik guruhi
nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYaQP)
ATX kodi M01AE01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) guruhiga mansub bo‘lgan, propion kislotasining hosilasi ibuprofenning ta'sir mexanizmi og‘riq, yallig‘lanish va gipertermik reaktsiyaning mediatorlari – prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilishiga bog‘liqdir. Siklooksigenaza 1 (TSOG-1) va siklooksigenaza 2 (TSOG-2) tanlamay bloklaydi, buning oqibatida prostaglandinlar sintezini tormozlaydi. Og‘riqqa qarshi tez yo‘naltirilgan (og‘riq qoldiruvchi), isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ibuprofen trombotsitlar agregatsiyasini qaytuvchan ingibitsiya qiladi. Preparatning og‘riq qoldiruvchi ta'siri 8 soatgacha davom etadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi - yuqori, me'da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Preparatni och qoringa qabul qilingandan so‘ng ibuprofenning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi (Smax) ga 45 minutdan keyin erishiladi. Preparatni ovqat bilan birga qabul qilish maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqtini (TSmax) 1- soatga oshirishi mumkin. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi - 90%. Bo‘g‘imlar bo‘shlig‘iga sekin kiradi, plazmadagiga nisbatan yuqoriroq kontsentratsiyani hosil qilib, sinovial to‘qimada tutib qolinadi. Orqa miya suyuqligida qon plazmasidaga qaraganda ibuprofen past kontsentratsiyada aniqlanadi. So‘rilganidan so‘ng farmakologik faol bo‘lmagan R-shaklining taxminan 60% faol S-shakliga asta-sekin aylanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 2 soat. Buyrak orqali (o‘zgarmagan holda ko‘pi bilan 1%) va kamroq darajada safro bilan chiqariladi.
Cheklangan tadqiqotlarda ibuprofen ko‘krak sutida juda past kontsentratsiyalarda aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Nurofen® bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i, og‘riqli hayz ko‘rish, nevralgiya, beldagi og‘riq, mushak va revmatik og‘riqlarda; gripp va shamollash kasalliklaridagi isitmalash holatlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Me'dani yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ovqatlanish vaqtida qabul qilish tavsiya etiladi.
Faqat qisqa muddat qo‘llash uchun. Preparatni qabul qilishdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar ichga 1 tabletka (200 mg) dan sutkada 3-4 martagacha. Tabletkani suv bilan ichish lozim. Tezroq terapevtik samaraga erishish uchun kattalarda bir martalik dozani sutkada 3 marta 2 tabletka (400 mg) gacha oshirish mumkin.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 1 tabletka (200 mg) dan kuniga 3-4 martagacha; preparatni faqat bolaning tana vazni 20 kg dan yuqori bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.
Tabletkalarni qabul qilish orasidagi interval 6 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Maksimal sutkalik doza kattalar uchun 1200 mg (6 tabletka) ni tashkil qiladi. 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maksimal sutkalik doza 800 mg (4 tabletka) ni tashkil qiladi.
Agar preparat qabul qilinganidan keyin 2-3 kun davomida simptomlar saqlansa yoki kuchaysa, davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.
Nojo‘ya ta'sirlari
Agar preparatni qisqa kurslarda, simptomlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan minimal samarali dozada qabul qilinsa, nojo‘ya samaralarni yuz berish xavfini minimumga yetkazish mumkin.
Keksa yoshdagi odamlarda NYaQP qabul qilish fonida, ayniqsa me'da-ichakdan qon ketishi va perforatsiyasi, ayrim hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi nojo‘ya reaktsiyalar tez-tezligini oshishi kuzatiladi.
Nojo‘ya samaralar asosan dozaga bog‘liqdir.
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar ibuprofenni sutkada 1200 mg (6 tabletka) dan oshmaydigan dozalarda qisqa muddat davomida qabul qilinganda aniqlangan. Surunkali holatlarni davolaganda va uzoq muddat qo‘llanganda boshqa nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin
Nojo‘ya reaktsiyalarni yuz berish tez-tezligini baholash quyidagi mezonlarga asosan amalga oshirilgan juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (tez-tezligini baholash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q).
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
• Juda kam hollarda qon yaratilishini buzilishi (anemiya, leykopeniya, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz). Bunday buzilishlarning birinchi belgilari bo‘lib isitma, tomoqda og‘riq, og‘iz bo‘shlig‘ida yuza yaralar, grippsimon simptomlar, kuchli holsizlik, burundan qon ketish va teri osti qon quyilishlari, noma'lum etiologiyali qon ketishlari va noma'lum etiologiyali ko‘karishlar hisoblanadi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
• Tez-tez emas yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari – nospetsifik allergik reaktsiyalar va anafilaktik reaktsiyalar, nafas olish yo‘llari tomonidan reaktsiyalar (bronxial astma, shu jumladan uni zo‘rayishi, bronxospazm, hansirash, dispnoe), teri reaktsiyalar (qichishish, eshakemi, purpura, Kvinke shishi, eksfoliativ va bullez dermatozlar, shu jumladan toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema), allergik rinit, eozinofiliya.
• Juda kam hollarda yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari, shu jumladan yuz, til va hiqildoq shishi, hansirash, taxikardiya, arterial gipotenziya (anafilaksiya, Kvinke shishi yoki og‘ir anafilaktik shok).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
• Tez-tez emas qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, dispepsiya (shu jumladan jig‘ildon qaynashi, qorinni dam bo‘lishi).
• Kam hollarda diareya, meteorizm, qabziyat, qusish.
• Juda kam hollarda peptik yaralar, me'da-ichakdan qon ketishi yoki teshilishi, melena, qon aralash qusish, yarali stomatit, gastrit.
• Tez-tezligi noma'lum kolitni zo‘rayishi va Kron kasalligi
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
• Juda kam hollarda jigar faoliyatini buzilishi (ayniqsa uzoq muddat qo‘llanganida), gepatit va sariqlik.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
• Juda kam hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (kompensvatsiyalangan va dekompensatsiyalangan), ayniqsa qon plazmasida mochevina kontsentratsiyasini oshishi va shishlarni paydo bo‘lishi bilan birga uzoq muddat qo‘llanganda, gematuriya va proteinuriya, nefritik sindrom, nefrotik sindrom, papillyar nekroz, interstitsial nefrit, sistit.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
• Tez-tez emas bosh og‘rig‘i.
• Juda kam hollarda aseptik meningit.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar
• Tez-tezligi noma'lum yurak yetishmovchiligi, periferik shish, uzoq muddat qo‘llanganida trombotik asoratlar xavfini oshishi (masalan, miokard infarkti), arterial bosimni oshishi.
Nafas tizimi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
• Tez-tezligi noma'lum bronxial astma, bronxospazm, hansirash.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari
• gematokrit yoki gemoglobin (kamayishi mumkin)
• qon ketish vaqti (oshishi mumkin)
• qon plazmasida glyukozaning kontsentratsiyasi (pasayishi mumkin)
• kreatinin klirensi (kamayishi mumkin)
• kreatininning plazma kontsentratsiyasi (oshishi mumkin)
• «jigar» transaminazalar faolligi (oshishi mumkin)
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Preparatning tarkibiga kiruvchi ibuprofenga yoki har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik.
• Bronxial astma, burun yoki burun oldi bo‘shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni o‘zlashtirolmaslikni to‘liq yoki noto‘liq qo‘shilib kelishi (shu jumladan anamnezdagi).
• Me'da-ichak yo‘llari a'zolarining eroziv-yarali kasalliklari (shu jumladan me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, Kron kasalligi, yarali kolit) yoki faol bosqichida yoki anamnezida yaradan qon ketishi (yara kasalliklari yoki yaradan qon ketishining ikki yoki undan ortiq shikastlangan epizodlari).
• NYaQP ni qabul qilinishi oqibatida qo‘zg‘algan anamnezdagi me'da-ichak yo‘llaridagi yaradan qon ketishi yoki perforatsiya.
• Og‘ir jigar yetishmovchiligi yoki faol fazadagi jigar kasalligi.
• Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/min), tasdiqlangan giperkaliyemiya.
• Dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, aortokoronar shuntlash o‘tkazilgandan keyingi davr.
• Serebrovaskulyar yoki boshqa qon ketishlari.
• Gemofiliya qon ivishining boshqa buzilishlari (shu jumladan gipokoagulyatsiya), gemorragik diatezlar.
• Homiladorlik (III uch oylik).
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Boshqa NYaQP ni bir vaqtda qabul qilish, anamnezda me'da yara kasalligi yoki MIY da yaradan qon ketishining bir martalik epizodi bo‘lgan bo‘lsa; gastrit, enterit, kolit, Helicobacter pylori infektsiyasini borligi, yarali kolit; bronxial astma yoki zo‘rayish bosqichidagi yoki anamnezdagi allergik kasalliklar – bronxospazm rivojlanishi mumkin; tizimli qizil yugurik yoki biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalligi (Sharp sindromi) – aseptik meningitni xavfi oshadi; buyrak yetishmovchiligi, shu jumladan suvsizlanganda (kreatinin klirensi minutiga 30-60 ml dan kam), nefrotik sindrom, jigar yetishmovchiligi, portal gipertenziya bilan kechuvchi jigar sirrozi, giperbilirubinemiya, arterial gipertenziya va/yoki yurak yetishmovchiligi, serebrovaskulyar kasalliklar, noaniq etiologiyali qon kasalliklari (leykopeniya va anemiya), og‘ir somatik kasalliklar, dislipidemiya/giperlipidemiya, qandli diabet, periferik arteriyalarning kasalliklari, chekish, alkogolni tez-tez iste'mol qilish, yaralarni yoki qon ketishlarini yuz berish xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan dori vositalarini, xususan, peroral glyukokortikosteroidlar (shu jumladan prednizolonni), antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (shu jumladan sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) yoki antiagregantlarni (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrelni) bir vaqtda qabul qilish, homiladorlik I-II uch oylik, emizish davri, keksa yoshdagi patsiyentlar, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ibuprofenni quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak
• Atsetilsalitsil kislotasi shifokor tomonidan buyurilgan atsetilsalitsil kislotasining past dozalari (ko‘pi bilan sutkada 75 mg) dan tashqari, chunki birga qo‘llash nojo‘ya samaralarni yuz berish xavfini oshirishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llanganda ibuprofen atsetilsalitsil kislotasining yallig‘lanishga qarshi va antiagregant ta'sirini pasaytiradi (antiagregant vosita sifatida atsetilsalitsil kislotasining kichik dozalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda, ibuprofenni qabul qilish boshlangandan keyin o‘tkir koronar yetishmovchilikni rivojlanish tezligi oshishi mumkin).
• Boshqa NYaQP, shu jumladan SOG-2 ning selektiv ingibitorlari NYaQP guruhiga mansub ikki va undan ortiq preparatlarni bir vaqtda qo‘llashdan, nojo‘ya samaralarni yuz berish xavfi oshishi mumkinligi tufayli bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak
• Antikoagulyantlar va trombolitik preparatlar NYaQP antikoagulyantlarning, xususan, varfarinning va trombolitik preparatlarning samarasini kuchaytirishi mumkin.
• Antigipertenziv vositalar (AAF ingibitorlari va angiotenzia II antagonistlari) va diuretiklar NYaQP bu guruh preparatlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan ayrim patsiyentlarda (masalan, suvsizlangan patsiyentlarda yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlarda) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II antagonistlarini va siklooksigenazani ingibitsiya qiluvchi vositalarni bir vaqtda buyurish buyrak faoliyatini yomonlashishi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (odatda qaytuvchan) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zaro ta'sirlarni koksiblarni AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II antagonistlari bilan bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda hisobga olish kerak. Shuning uchun yuqorida ko‘rsatilgan vositalarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, ayniqsa keksa yoshdagi shaxslarda. Patsiyentlarda suvsizlanishni oldini olish kerak, shuningdek bunday majmuaviy davolash boshlangandan keyin va keyinchalik vaqti-vaqti bilan monitoring olib borish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Diuretiklar va AAF ingibitorlari NYaQP ning nefrotoksikligini oshirishi mumkin.
• Glyukokortikosteroidlar MIY da yaralarni hosil bo‘lish va me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari xavfi oshadi.
• Antiagregantlar va serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlarini yuz berish xavfi oshadi.
• Yurak glikozidlari NYaQP va yurak glikozidlarini bir vaqtda buyurilishi yurak yetishmovchiligini og‘irlashishiga, buyrak kalavalari filtratsiyasi tezligini pasayishiga va qon plazmasida yurak glikozidlarining kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
• Litiy preparatlari NYaQP ni qo‘llash fonida qon plazmasida litiyning kontsentratsiyasini oshish ehtimoli to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud.
• Metotreksat NYaQP ni qo‘llash fonida qon plazmasida metotreksatatning kontsentratsiyasini oshish ehtimoli to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud.
• Siklosporin NYaQP va siklosporinni bir vaqtda buyurilganda nefrotoksiklik xavfi oshadi.
• Mifepriston NYaQP ni qabul qilishni, mifepriston qabul qilingandan keyin kamida 8-12 kundan so‘ng boshlash lozim, chunki NYaQP mifepristonning saaradorligini pasaytirishi mumkin.
• Takrolimus NYaQP va takrolimus bir vaqtda buyurilganda nefrotoksiklik xavfi oshishi mumkin.
• Zidovudin NYaQP va zidovudinni bir vaqtda qo‘llanishi gepatotoksiklikni oshishiga olib kelishi mumkin. Zidovudin va ibuprofenni birga qo‘llab davolangan gemofiliyasi bo‘lgan, OITV-musbat patsiyentlarda gemartroz va gematomalarni yuz berishining yuqori xavfi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud.
• Xinolon qatori antibiotiklari NYaQP va xinolon qatori antibiotiklarini birga qabul qilayotgan patsiyentlarda tirishishlarni yuz berish xavfi oshishi mumkin.
• Miyelotoksik preparatlar gematotoksiklik kuchayadi.
• Sefamandol, sefoperazon, sefotetan, valproat kislotasi, plikamitsin gipoprotrombinemiyani rivojlanish tezligi oshadi.
• Buyrak naychalari sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari ibuprofenni chiqarilishini pasayishi va uning plazmadagi kontsentratsiyasini oshishi yuz beradi.
• Mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) gidroksillangan faol metabolitlarni ishlab chiqarilishi oshadi, og‘ir intoksikatsiyalarni rivojlanish xavfi oshadi.
• Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari gepatotoksik ta'sir xavfi pasayadi.
• Peroral gipoglikemik dori vositalari va insulin, sulfonilmochevina hosilalari samarasi kuchayadi.
• Antatsidlar va kolestiramin so‘rilishi susayadi.
• Urikozurik preparatlar preparatning samaradorligi susayadi.
• Kofein og‘riq qoldiruvchi samarasi kuchayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni maksimal ravishda iloji boricha qisqa kurslarda va simptomlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan minimal samarali dozada qabul qilish tavsiya etiladi. Preparatni 10 kundan ortiq qabul qilish zarurati bo‘lgan hollarda, shifokorga murojaat qilish zarur.
Bronxial astmasi yoki zo‘rayish bosqichidagi allergik kasalliklari, shuningdek anamnezida bronxial astma/allergik kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda preparat bronxospazmni qo‘zg‘atishi mumkin. Preparatni tizimli qizil yugurik yoki biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash aseptik meningit rivojlanishining yuqori xavfi bilan bog‘liq.
Uzoq muddatli davolanish vaqtida periferik qon manzarasini va jigar hamda buyrakning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Gastropatiya belgilari paydo bo‘lganida ezofagogastroduodenoskopiya, qon umumiy tahlilini (gemoglobin miqdorini aniqlash), ahlatda yashirin qon borligi yuzasidan tahlilini o‘z ichiga oluvchi sinchkov nazorat ko‘rsatilgan. 17-ketosteroidlarni aniqlash zarurati tug‘ilganida, tekshirishdan 48 soat oldin preparatni bekor qilish kerak. Davolanish davrida etanolni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari lozim, chunki buyrakning funktsional holatini yomonlashish xavfi mavjud bo‘ladi.
Gipertoniyasi, shu jumladan anamnezida gipertoniyasi va/yoki surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari lozim, chunki preparat organizmda suyuqlikni tutilishini, arterial bosimni oshishini va shishlarni chaqirishi mumkin.
Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar uchun ma'lumot ushbu dori vositalar siklooksigenazani va prostaglandinlar sintezini susaytiradi, ovulyatsiyaga ta'sir ko‘rsatib, ayollarda reproduktiv faoliyatni (davolash bekor qilinganidan keyin qaytuvchan) izdan chiqaradi.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi
Preparatni homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Preparatni homiladorlikning I-II uch oyliklarida qo‘llashdan saqlanish kerak, preparatni qabul qilish zarurati tug‘ilganida shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Ibuprofen go‘dakning salomatligi uchun biron-bir salbiy oqibatlarsiz juda oz miqdorlarda ko‘krak sutiga o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud, shuning uchun, odatda qisqa muddat qabul qilinganda emizishni to‘xtatish zarurati tug‘ilmaydi. Preparatni uzoq muddat qo‘llash zarurati tug‘ilganida, preparatni qo‘llash davrida emizishni to‘xtatish masalasini xal etish uchun shifokorga murojaat qilish lozim.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Ibuprofenni qabul qilganda bosh aylanishi, uyquchanlik, tormozlanish yoki ko‘rishni buzilishini his etuvchi patsiyentlar avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarishdan saqlanishlari lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Bolalarda dozani oshirib yuborish simptomlari tana vazniga 400 mg/kg dan ortiq dozani qabul qilgandan keyin yuz berishi mumkin. Kattalarda dozani oshirib yuborish simptomlarini dozaga bog‘liqligi kamroq namoyon bo‘ladi. Doza oshirib yuborilganda preparatni yarim chiqarilish davri 1,5-3 soatni tashkil etadi.
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, kamroq hollarda – diareya, quloqni shang‘illashi, bosh og‘rig‘i, me'da-ichakdan qon ketishi. Og‘irroq hollarda markaziy nerv tizimi tomonidan ko‘rinishlar uyquchanlik, kam hollarda - qo‘zg‘alish, tirishishlar, dezoriyentatsiya, koma kuzatiladi. Og‘ir zaharlanish hollarida metabolik atsidoz va protrombin vaqtini oshishi, buyrak yetishmovchiligi, jigar to‘qimasini shikastlanishi, arterial bosimni pasayishi, nafasni susayishi va sianoz rivojlanishi mumkin. Bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda bu kasallik zo‘rayishi mumkin.
Davolash nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta'minlash sharti, EKG va hayot faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini patsiyentning holati normallashguniga qadar monitoringini o‘tkazish bilan simptomatik bo‘lishi kerak. Follashtirilgan ko‘mirni peroral qo‘llash yoki ibuprofenning potentsial toksik dozasi qabul qilingandan keyin 1 soatdan so‘ng me'dani yuvish tavsiya etiladi. Agar ibuprofen so‘rilib bo‘lgan bo‘lsa, ibuprofenning kislotali hosilasini buyrak orqali chiqarish maqsadida ishqoriy suyuqliklarni ichish, jadallashtirilgan diurez buyurilishi mumkin. Tez-tez kuzatiladigan yoki davomli tirishishlarni diazepam yoki lorazepamni vena ichiga yuborib bartaraf etish kerak. Bronxial astmani kechishi yomonlashganda bronxodilatatorlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 200 mg.
6, 8, 10 yoki 12 tabletkadan blisterda (PVX/PVDX/ alyuminiy).
Bir blister (6, 8, 10 yoki 12 tabletkadan) yoki ikki blister (6, 8, 10 yoki 12 tabletkadan) yoki 3 blister (10 yoki 12 tabletkadan) yoki 4 blister (12 tabletkadan) yoki 8 blister (12 tabletkadan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxs va ishlab chiqaruvchi
Rekitt Benkizer Xelsker Interneshnl Ltd, Teyn Roud, Nottingem, NG90 2DB, Buyuk Britaniya.
Rossiyadagi vakolatxonasi / Iste'molchilarning e'tirozlarini qabul qiluvchi tashkilot
«Rekitt Benkizer Xelsker» MChJ
Rossiya, 115114, Moskva, Kojevnicheskaya ko‘ch., 14 uy
Tel. 8-800-505-1-500 (Rossiya bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar bepul),
contact_ru@reckittbenckiser.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.